O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta'lim vazirligi


Xususiy  о„zlashtirish  odamlarning  mulkka  boylik  orttirish  manbai



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/185
Sana30.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#93353
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   185
Bog'liq
iqtisodiy tarbiya nazariyasi

Xususiy  о„zlashtirish  odamlarning  mulkka  boylik  orttirish  manbai  sifatida  qarashidan 
kelib chiqadi. 
Xususiy  о‗zlashtirishga  egalik  qilish,  foydalanish  va  tasarruf  qilish  huquqidan  tashkari, 
boshqarish,  daromad  olish,  sotish,  xavfsizlikni  ta‘minlash,  meros  koldirish  va  boshqa  huquqlar 
ham  kiradi.  Bu  huquqlar  mohiyati  jihatidan  jamiyatda  qabul  qilingan  tartib,  qonun-qoidalarni 
ifodalaydi. Bu о‗z navbatida inson iqtisodiy psixologiyasini ham shunga muvofiq shakllantiradi: 
- individual, egoistik fikr yuritish asosiy о‗ringa chiqadi; 
- jamiyat bilan har bir alohida shaxsning begonalashuvi; 
-  boshqalarning  ehtiyojini  qondirishga  о‗z  manfaatini  kо‗zlagan  holda  (kirishiladi), 
qatnashiladi; 
- xususiy mulk asosida boylik orttirish kо‗zlanadi; 
- jamiyatda boylikni xususiy mulk asosida tabaqalanish g‗oyasi ustun bо‗ladi; 
-  xususiy  mulk  muqaddas,  daxlsiz,  insonning  tabiatiga  mos  tushadigan  mulk  tarzida 
tasavvur etiladi; 
-  о‗z  mulkini  iqtisodiy  realizatsiya  qilish  orqali  mulk  egasining  shaxsiy  manfaatdorligi 
amalga oshadi, ta‘minlanadi. 
Xususiy о‗zlashtirish ikki turda bо‗lib, bir-biridan katta farq qiladi. 
Birinchisida  ishlab  chiqarish  omillarining  egasi  о‗zi  mehnat  qiladi,  ikkinchisida  esa 
yollangan ishchilar. Muvofiq ravishda xususiy mulkning ikki turi mavjud bо‗ladi: 
a) barcha ishlab chiqarish omillarining yagona egasiga tegishli bо‗lgan mulk yoki individual 
xususiy mulk; 
b)  ishlab  chiqarishning  mehnat  omili  bilan  boshqa  omillar  egasi  alohidalashgan  xususiy 
mulk. 
Xususiy  mulkning  birinchi  turiga  dehqon,  hunarmand  va  boshqa  shunga  о‗xshash  о‗z 
mehnat vositalari bilan о‗zi mehnat qiladiganlar kiradi. Ishlab chiqarish barcha omillarining egasi 
sifatida yaratilgan barcha mahsulotni mehnat omili egasining о‗zi о‗zlashtiradi. Har bir kishi о‗zi 
mehnat qilar ekan,  о‗z mulkidan asrab-avaylab, samarali foydalanishga  harakat  qiladi.  Mulkdan 
foydalanish natijasida farovon  yashash  uchun chuqur manfaatdorlik  yotadi.  Shuning uchun ham 
xо‗jalik  yurituvchi  о‗z  xо‗jaligi  va  olayotgan  daromadi  barqaror  bо‗lishi  uchun  kuchi  va 
mablag‗ani  ayamay  harakat  qiladi.  Bir  kishining  о‗zida  ham  mulk  egasi,  ham  mehnatkash 
mujassamlashganda  ishlab  chiqarish  omillaridan  eng  samarali  foydalaniladi.  U  erkin,  boshqalar 
tomonidan  ezilmaydi,  ekspluatatsiya  qilinmaydi.  Boshqacha  aytganda,  mehnat  omiliga  tegishli 
mahsulot (daromad) boshqa omil egasi tomonidan о‗zlashtirib olinmaydi. 
Xususiy  mulkning  ikkinchi  turida  mehnat  omilidan  boshqa  omillar  mulk  egasiga  tegishli 
bо‗lib,  ishlab  chiqarish  natijasi  ham  unta  qarashli  bо‗ladi.  U  nisbatan  katta  miqdorda  mulkka 
egalik qilib, yirik ishlab chiqarish, ya‘ni yirik xо‗jalik tashkil etib, iqtisodiy faoliyat yuritadi. 


Bunda ishlab chiqarish jarayonida mehnat omili bilan boshqa omillarning birikishi ikki usul 
bilan amalga oshiriladi: 
1) noiqtisodiy, ya‘ni majburiy mehnat orqali; 
2) iqtisodiy yо‗l bilan, ya‘ni iqtisodiy rag‗batlantirish, haq tо‗lash yо‗li bilan mehnatga jalb 
qilish orqali. 
XV-XIX  asrlarda  G‗arbiy  Yevropada  yangi  sotsial-iqtisodiy  tizim:  kapitalizmning 
dastlabki, tarixda «klassik kapitalizm» deb nom olgan bosqichi qaror topdi. 
Bu  bosqichda  xususiy  kapitalistik  tadbirkorlik  prinsiplari  tо‗la  namoyon  bо‗ladi.  Bosh 
iqtisodiy  omil  yakka  xususiy  mulk  egasi  bо‗lib,  u  korxona  egasi  sifatida  ishlab  chiqarinshi  о‗zi 
boshqaradi.  Shunday  xо‗jalik  faoliyatini  A.  Smit  va  D.  Rikardo  nazariy  jihatdan  yoritib 
berishgan.  Kapitalizm  bosqichiga  о‗tilishi  bilan  buyuk  tarixiy  jarayon  -  insoniyatning  industrial 
ishlab chiqarishga о‗tishi boshlandi. Bu texnika va ishlab chiqarishni tashkil etishda katta sifat va 
miqdor о‗zgarishlariga yо‗l ochdi. «Bug‗ asri»dan «Elektr asri»ga о‗tilishi mehnat kooperatsiyasi 
masshtabining kengayishi, kapitalning tо‗planishi va markazlashuvini kuchaytirdi. 
Oqibatda mikroiqtisodiyot tamomila yangi kо‗rinishga ega bо‗ldi. 
Kо‗plab  yirik  korxonalar ajralib, ishlab  chiqarishda hukmron mavqeni  egallashga kirishdi. 
Bu yirik korxonalar milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida о‗z mahsulotini realizatsiya qilish 
uchun hamma imkoniyatlarini ishga solishga kirishdi. 
Yirik  sanoat  kapitali  bilan  bank  kapitali  qо‗shilib  moliya  kapitali  vujudga  keldi. 
Mulkchilikning  yangi  tipi:  birgalikda  qо‗shilgan  ulushga  qarab  о‗zlashtiriladigan  mulk  kelib 
chiqdi. 
Mulkchilik yangi tipining shakllanishiga kо‗p jihatdan fan-texnika inqilobi natijasida yangi, 
katta kapital talab qiladigan sohalarning paydo bо‗lishi sabab bо‗ldi. Bunda, birinchidan, alohida 
kapitalistlarning  kapitali  yetmasligi,  ikkinchidan,  raqobatda  mag‗lub  bо‗lib,  bankrot  bо‗lishi 
tufayli mol-mulkdan ajralib qolish xavfi muhim rol о‗ynadi. Kо‗pchilik olimlarning fikriga kо‗ra, 
kapitalizm  100  yil  davomida  erishgan  natijalar  kishilik  jamiyati  tarixiy  taraqqiyotidagi  million 
yillar  davomida  erishgan  yutuqlardan  salmoqliroqdir.  Bunday  natijaga  erishishda  mulkchilik 
psixologiyasi, iqtisodiy psixologiya yetakchi о‗rin egallaydi. 
Mulkchilikning yangi, uchinchi tipida - umumiy va xususiy о‗zlashtirish birgalikda amalga 
oshadi. Bunday aralash о‗zlashtirishga quyidagi sabablarga kо‗ra erishiladi: 
1.  Bu  mulk  -  umumiy  mulk  bо‗lib,  barcha  qatnashchilar  qо‗shgan  hissa  asosida  tashkil 
topadi. 
2. Birgalikdagi  hissadorlik  asosida tashkil topgan bu mulkdan umumiy  maqsad va  yagona 
boshqaruv  asosida  foydalaniladi.  Odatda,  har  bir  hissa  qо‗shgan  mulk  egasiga  umumlashgan 
mulkni boshqarishda meyoriy imkoniyatlar beriladi. 
3.  Xо‗jalik  faoliyatini  pirovard  natijasi  har  bir  kishining  qо‗shgan  hissasiga  kо‗ra 
taqsimlanadi. 
Bu  mulk  tipi  ham  odamlarda  ma‘lum  iqtisodiy  psixologiya  vujudga  kelishiga  ta‘sir 
kо‗rsatadi: 
- individual-jamoachilik tuyg‗usi; 
-  umumlashgan  mulk  egalari  mulk  va  undan  olinadigan  daromad  barqarorligini 
ta‘minlashga harakat qiladilar; 
- xususiy iqtisodiy manfaatdorlik jamoaning umumiy manfaati bilan qо‗shilib ketadi; 
-  kishilarda  har  bir  kishining  daromadi  umumiy  daromadga,  umumiy  muvaffaqiyatga 
bog‗liqligi haqida tushuncha paydo bо‗ladi. 
Hamkor (ulush asosida birgalikda tashkil topgan) mulk quyidagi  aniq  shakllarda namoyon 
bо‗ladi: 
- aksionerlik jamiyati (korporativ) mulki; 
- qatnashuvchilarning pay mulkiga asoslangan kooperativ mulk; 
- shirkatlar mulki; 
- yirik xо‗jalik birlashmalari (assotsiatsiya, ittifoq va boshqa shunga о‗xshashlar) mulki; 
- qо‗shma korxonalar (milliy va xorijiy kapital bilan); 


- turli shakldagi jamoalar mulki. 
Agar  mulkchilikning  birinchi  tipida  mulk  umumiy,  bо‗linmaydigan,  har  bir  kishining 
individual  manfaati  umumiy  manfaatga  tо‗laligicha  bо‗ysundirilgan  bо‗lsa,  uchinchi  tipida 
avvaddan bosh umumiy mulk uning qatnashchilari xususiy mulkidan tashkil topgan. Har biri о‗z 
ulushidan manfaatdor. 
U  ikkinchi  mulk  tipidan  ham  farq  qiladi.  Agar  klassik  kapitalizmda  ishlab  chiqarish 
vositalariga yakka kapitalistning о‗zi egalik qilsa, uchinchi tipda mulk egasi anonim, ya‘ni barcha 
ulushi borlarning birgalikdagi mulki bо‗ladi. 
Uchinchi  tip  mulkning  eng  keng  tarqalgan  shakli  aksionerlik  jamiyati,  ya‘ni  korporativ 
mulkdir.  Bu  mulk  egalari  birgalikdagi  mulkdagi  о‗z  ulushlarini  xohlagan  paytlarida  sotishlari 
mumkin.  Shunning  uchun  mulk  hajmi  о‗zgarmagani  holda  mulk  egalari  tarkibi  о‗zgarib  turishi 
mumkin.  Undan  tashqari,  individual,  yakka  kapitalistik  mulkda  kapitalni  mulk  egalarining  о‗zi 
boshqarsa,  aksionerlik  jamiyati  faoliyatini  maxsus  professional  boshqaruvchilar  menejerlar 
boshqaradi.  Ular  ma‘lum  muddatga  har  ikki  tomonning  huquq  va  majburiyatlari  kо‗rsatilgan 
shartnoma  (kontrakt)  asosida  ishlaydilar.  Agar  kapital  egasining  kapitali  о‗z  mablag‗ini  ishlab 
chiqarishga  qо‗yish  tufayli  kо‗paysa,  aksionerlik  kapitali  chetdan  pul  mablag‗larini,  ayniqsa, 
bank mablag‗larini jalb qilish orqali kо‗paytiriladi. 
Aksionerlik  shakli  nihoyatda  moslashuvchan.  U  turlicha  ijtimoiy-iqtisodiy  mazmunga  ega 
bо‗lib,  undan  alohida  kishilar  manfaati  yoki  ijtimoiy  guruhlar,  yoki  davlat  manfaati  yо‗lida 
foydalanish mumkin. Bu aksiyalar nazorat paketi kimga tegishli bо‗lishiga bog‗liq. 
Nazorat  paketi  kimning  qо‗lida  bо‗lishiga  qarab,  aksionerlik  jamiyatlari  alohida  kishilar, 
boshqa kompaniyalar, davlat yoki mehnat jamoasi nazoratidan ajratish mumkin. 
Ma‘lumki,  mulk  haqidagi  dastlabki  tushuncha  oilada  beriladi.  Bolaga  birovning  narsasini 
egasidan sо‗ramay olish mumkin emasligi, о‗yinchoqlari, kiyim-kechaklarini iflos qilish yomon 
ish ekani, ularni ehtiyot qilish kerakligi о‗rgatiladi. Keyingi bosqichlarda esa mulk munosabatlari, 
turlari va shakllari, mulkdan samarali foydalanish haqida tushunchaga ega bо‗ladi va mulkchilik 
munosabatlarida о‗zi qatnashadi. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish