5
5
5
9
9
9
Muammoli darsning kelgusi booqichlari o’quvchilarning o’qituvchi rahbarligidagi mustaqil
faoliyatidir.
Izlanish ishlari jarayonida umumiy muammo narsa yoki hodisalarning biror muhim belgilarini
kuzatish yoki o’rganilayotgan ob‘ektning muhim va muhim bo’lmagan belgilarini aniqlash bilan bog’liq
bo’lgan qator vazifalarga ajratilishi mumkin. Izlanish ishi jarayonida taqqoslash, tahlil qilish, sintez qilish,
umumlashtirish kabi fikrlash ishlari keng qo’llaniladi. O’quvchilarning o’quv vazifalarini mustaqil hal qila
olishlariga erishish — muammoli o’qitishning eng muhim belgilaridan biridir va u o’qituvchi uchun ancha
qiyin masaladir. Bunda o’qituvchi faqat o’quvchilar ishiga rahbarlik qilishi, eng zarur holatlardagina ularga
yordamga kelishi, biroq hech qachon ularning o’rnini olmasligi, ular uchun murakkab muammolarni hal
qilmasligi kerak
2-sinfda «Erta bahorda o’simliklar» mavzusidagi muammoli darsni misol qilib keltiramiz.
Kirish suhbati davomida o’quvchilarga erta bahorda jonli va jonsiz tabiatda sodir bo’ladigan
o’zgarishlar to’g’risida hikoya qilish taklif qilinadi. Bunda ular parkda daraxtlarning yalang’och turganligini,
yer chiriyotgan barglarning qalin qatlami bilan qoplanganligini, biroq ba‘zi o’simliklar (
boychechak,
binafsha, chuchmoma, lola va h.) gullayotganini albatta aniqlaydilar. Bunda «erta gullovchi o’simliklar»
tushunchasi kiritiladi, uning ma‘nosi ochib beriladi, keyin nima uchun sanab o’tilgan o’simliklarni erta
gullovchilar deb aytilishi aniqlanadi.
Endi bu o’simliklar bolalarga ekskursiyadan tanish, shunga ko’ra o’qituvchi o’quvchilarning
ularning farqiga bora olishlarini tekshirish uchun savollar beradi. Buning uchun doskaga o’simliklarning
nomlari: binafsha, chuchmoma, boychechak, yarutka, lola yozib qo’yiladi. O’quvchilar bu nomlarni o’qib,
o’simlikni gerbariy yoki ko’rgazmali quroldan ko’rsatadilar va uning nomini aytadilar. Keyin sanab o’tilgan
o’simliklarning har birini qarab chiqish va ta‘riflash taklif qilinadi. O’simliklarning organlarini
taqqoslaganda o’qituvchi muammoli o’qitish metodidan foydalanadi, nima uchun lola, boychechak,
binafsha, yarutka, chuchmoma erta gullaganligi aniqlanadi.
O’quvchilar o’simliklar tashqi tuzilishining o’xshashligi va xilma-xilligi to’g’risida xulosalar
chiqarishlari kerak. Bu bilimlar darsda yangi materialni o’rganish va qo’yilgan muammoni butunlay hal
qilish uchun tayanch bo’ladi.
Kirish hikoyasi oldidan topshiriqlar bajartirib, o’qituvchi o’simliklardagi o’xshashlik faqat yer
usti organlaridagina emas, balki yer osti organlarida ham bo’lishini belgilaydi va o’z hikoyasini binafsha,
chuchmoma, boychechak, lola ildizlarini ko’rsatish bilan namoyish qiladi.
Ikkinchi sinf o’quvchilarining yosh xususiyatlarini, ularda zarur botanik bilimlar zapasining
yo’qligini va qo’yilgan muammoning murakkabligini hisobga olib, o’qituvchi o’quvchilarga ko’rsatilgan erta
gullovchi o’simliklar to’g’risida har xil mulohazalar aytishlarini taklif qiladi, e‘tiborni barcha erta gullovchi
o’simliklarda yer ostki qismlari yo’g’onlashgan bo’lishiga qaratadi. Yer osti organlarini qarab chiqib va
taqqoslab, bolalar boychechak va binafshada ular har xil ekanligini ko’radilar. Buni ta‘kidlab, o’qituvchi
binafshaning yer ostki qismini ildizpoya, boychechak va lolada — piyozbosh deb atalishini aytadi.
Piyozbosh va ildizpoyada kuzda oziq moddalar to’planadi, ular o’simliklarga erta rivojlanish va gullashga
6
6
6
0
0
0
yordam beradi. Keyin o’qituvchi piyozbosh va ildizpoyani kesadi va ularning ichki tuzilishini ko’rishni taklif
qiladi.
O’quvchilarning ekskursiyadagi kuzatishlariga asoslanib, o’qituvchi erta gullovchi o’simliklarni
qaerda (quyosh ko’p tushadigan joylarda) ko’rganliklarini aniqlaydi. Javoblarni umumlashtirib, o’qituvchi
o’quvchilarni shunday xulosaga olib keladi: erta gullovchi o’simliklarda yil davomida yer osti organlarida
oziq moddalar to’planadi, ulardan o’simliklar bahorda foydalanadi. Bahorgi o’sish jarayonini kuchayishiga
bu xilda to’plangan oziq moddalar yordam beradi. O’simliklarning erta gullashini o’quvchilar oziq moddalar
zapasining bo’lishi va bahorgi issiq bilan tushuntirishlari kerak.
O’quv materialini muammoli bayon qilish uning isbotlanishini va zarur miqdordagi bilimlarning
ongli o’zlashtirilishini ta‘minlaydi, ularga bo’ladigan qiziqishni oshiradi va bolalar tafakkurini faollashtiradi,
bu olingan bilimlarni faqat ongli qilibgina qolmasdan, balki ularning ishonchga aylanishiga ham yordam
beradi.
Bundan tashqari muammoli bayon qilish o’quvchilarga o’zlarining xususiy farazlarini aytib,
ulardan faqat haqiqatga muvofiq keladiganlarini tanlab olishga imkon beradi, ya‘ni mantiqiy fikrlashga
o’rgatadi. Yana shu narsa muhimki, muammoli bayon qilish ancha hissiyotli bo’ladi, shuning uchun ham
o’rganishga qiziqishni oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: