3
3
3
8
8
8
bolalar daraxt barglaridagi ranglarning o’zgarganini ko’radilar. Bunda ular e‘tibori bir xil daraxtlarda
ranglarning pastki shoxlarda, boshqalarda — yuqoridagi shoxlarda o’zgarganligiga, siren va ligustrum kabi
o’simliklarda barglarning o’zgarmay yashil holda qolganligiga qaratiladi. Shu sayrning o’zida bolalarga
o’simliklarning o’lchami, rangi, shakli yoki boshqa xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan narsalarning belgi-
larini ajratish bo’yicha topshiriqlar berish mumkin.
Tabiiy material bilan ish olib borilganda taqqoslashga, tafakkurning rivojlanuvchi mantiqiga alohida
ahamiyat beriladi. Bu uslubning muhimligini hisobga olib, uni to’laroq qarab chiqishga to’g’ri keladi.
Taqqoslash — bu narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik va tafovut belgilarini aniqlash
demakdir. Taqqoslash — aqlning tahliliy ishidir. Taqqoslash jarayoni murakkab va o’z ichiga sintez,
umumlashtirish va xulosani oladi. O’quvchilar narsalarning belgilarini ajrata olsalar, muhimni uncha muhim
bo’lmagandan farq qila olsalar, shunday sharoitdagi taqqoslash bo’lishi mumkin, chunki faqat muhim
belgilar bo’yicha taqqoslash mumkin bo’ladi.
Taqqoslash uchun topshiriqlar tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish zarur:
Faqat bir-biriga daxlli bo’lgan narsa va hodisalarni, ya‘ni ular o’rtasida o’xshashlik yoki tafovut
bo’lganligini (archa va qarag’ay,
zarang va chinor, akatsiya va glidichiyani) taqqoslash kerak.
Taqqoslash maqsadga yo’nalgan holda (masalan, bo’ri va it, it va mushuk) bo’lishi. Taqqoslash
faqat tashqi belgilari bo’yichagina emas, balki xarakteri va keltiradigan foydasi bo’yicha ham bo’lishi
mumkin.
Taqqoslash xulosa bilan tugallanishi kerak.
Mashqni ikki narsa yoki hodisani taqqoslash bilan boshlamoq zarur. Keyin uch, to’rt va hatto
ko’proq sondagi ob‘ektlarni taqqoslash mumkin bo’ladi. Taqqoslashni hammadan ko’ra bir-biriga qarama-
qarshi qo’yishdan boshlash qulay (qum sochiluvchan, loy esa yopishqoq). Bolalar asta-sekin faqat farq
qiladigan belgilargina emas, balki o’xshashlarini ham ajrata boshlaydilar, hodisa va narsalarning eng
muhim belgilarini aniqlaydilar.
Maktaboldi uchastkasidagi gulzorda o’suvchi o’simliklarni poyasi, barglari, gullari, mevalari
bo’yicha taqqoslashni taklif qilish mumkin. Taqqoslash asta-sekin mustaqil hikoya belgilarini kasb etib
boradi. Taqqoslash yordamida o’qituvchi o’quvchilar bevosita kuzatmagan, yaqqol ko’rmagan, qabul qilish
vositasida sezgilari sezmagan hodisalar o’rtasidagi boglanishlarni ochib berishi mumkin.
Tahlil — bu butunni belgilangan qismlarga ajratish, maxsus belgilarga bo’lish, o’xshash narsalarda
tafovutni ajrata bilishdir. Masalan, hamma g’alla o’simliklarida ildizi, poyasi, bargi, guli va mevasi bo’ladi.
Ammo bu belgilarning o’xshashligida, masalan, bug’doy va makkajo’xorida farqlar ham bor.
Sintez — bu bog’lanishlar o’rnatish, umumlashtirish va xulosa chiqarishdir (g’alla o’simliklarining
ildizlari ko’pgina ingichka ildizchalardan iborat, poyasi kovak—poxol cho’p, bargi ensiz va uzun, mevasi—
don).
Fikrlash natijasida ilgari ko’rilmagan yangi bog’lanishlarni o’rnatsa bo’ladi. Tafakkur jarayonida
o’quvchi fikr yuritadi, tahlil qiladi, zarur bog’lanishlarni aniqlaydi, unga berilgan aniq vazifaga mos
keladigan yechim uslublarini fikran tanlaydi va qo’llanadi. Aqliy operatsiyalar vositasida u o’xshash va farq
qiluvchi narsalarni taqqoslaydi va guruhlaydi.