O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


O’quvchilarni mustaqil tarzda uyda bajaradigan



Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/106
Sana20.09.2021
Hajmi1,22 Mb.
#179951
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   106
Bog'liq
2 1 Fizikani o'qitish uslubiyati (Rustamov H) Maruza

 
O’quvchilarni mustaqil tarzda uyda bajaradigan  
ishlari uslubiyati. 
 
O’quvchilarni  uyda  bajaradigan  mustaqil  ishi  o’quv  jarayonining  muhim 
elementi  hisoblanadi.  To’g’ri  hal  qilingan  uydagi  mustaqil  ish  o’quvchilarda 
darsliklar  bilan  ishlash,  fizik  jarayonlarni  tahlil  qilish,  tajribalar  o’tkazish 
ko’nikmalarini shakllantirishga erishiladi. Uy vazifalarini o’z vaqtida bajara borish 
orqali  o’quvchilarda  tartib,  intizom,  o’z  majburiyatlariga  javobgarlik  hissini 
o’yg’otadi, vaqtdan umumli foydalanish kabi xislatlarni shakllantirish bilan tarbi-
yaviy  vazifa  ham  amalga  oshirila  boriladi.  Uy  vazifalari  u  yoki  bu  qoida  yoki 
qonunni  yodlash  yoki  mexanik  tarzda  masala  yechishga  aylanmasligi  lozim.  Uy 
vazifalariga  o’quvchilar  ongli  va  ijodiy  yondashuvini  shakllantirish  lozim. 


 
103 
Umumta’lim maktablarida o’quvchilarni uy ishlarini tashkil etishda bir qator kam-
chiliklarga yo’l quyilishi mumkin. 
1)Uy vazifasi o’quvchilar tomonidan mavzuni yodlash tarzida uyushtirilishi. 
 
2) Mavzuga ijodiy yondashuv juda past darajada. 
 
3)  Ko’pchilik  holda  uy  vazifasi  dars  oxirida  yoki  qo’ng’iroq  chalingandan 
keyin  beriladi,  bu  holda  uy  vazifasini  bajarish  bo’yicha  ko’rsatma,  yo’nalish 
ko’rsatilmay qoladi. Natijada o’quvchining juda ko’p vaqtini bekorga isrof qilishga 
olib keladi, bu hol o’quvchilarni o’ziga ishonchsizlikni, o’qishga qiziqishini susay-
tirishga olib keladi. 
 
4)  Ko’pchilik  hollarda  uy  ishlarini  bajarilishi  nazoratsiz  qoldiriladi,  bu  hol 
o’quvchilarda javobgarlik hissini susayishiga olib keladi. 
 
5)  Uy  vazifalarini  berishda  o’quvchilarning  individual  qobiliyati  hisobga 
olinmaydi. 
Fizikadan uy ishlari turlari. 
O’tilgan  mavzuni  takrorlash,  darsliklar,  qo’llanmalar  bilan  ishlash,  masala 
yechish, o’tilgan qonunlarni tabiatda, turmushda, sanoatda qo’llanilishini kuzatish, 
chizmalar,  grafiklar,  turli  shakllar  yasash,  turli  tajribalar  o’tkazish,  hisoblashlar 
o’tkazish va h.k. 
Uy ishl0Ҏri uslubiyati. 
 
Uy ishlari o’quvchilar qobiliyatini hisobga olgan holda berilishi lozim. Yu-
qori  va  past  o’zlashtiruvchi  o’quvchilarga  bir  xil  vazifa  berish  didaktik  jihatdan 
noto’g’ri bo’lib o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini pasayishiga olib 
 
 
Uy ishlari o’quvchilar qobiliyatini hisobga olgan holda berilishi lozim. Yu-
qori  va  past  o’zlashtiruvchi  o’quvchilarga  bir  xil  vazifa  berish  didaktik  jihatdan 
noto’g’ri bo’lib o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini pasayishiga olib 
 keladi. 
 
O’quv chilar tomonidan uy ishlarini qayd etilishi. Uy ishlarini tekshirish (nazorat)  
uslubiyati. y ishlarini nazorat qilish to’g’ri sistemali tarzda tashkil etish didaktik  
 y ishlarini nazorat qilish to’g’ri sistemali tarzda tashkil etish didaktik  
vatarbiyaviy ahamiyatga ega. 
 
Fizikadan sinfdan tashqarida olib boriladigan ishlar  
 
1) Sindan tashqari ishlar o’quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodkorlik kabi xis-
latlarni shakllantirishga olib keladi. 
 
2)  Fizika  to’garagi-o’quvchilarning  sinfdan  tashqari  ishlarini  asosiy  shakli 
hisoblanadi.  Fizika  to’garagi  12-15tadan  ortiq  bo’lmagan  o’quvchilar  bilan  uyu-
shtiriladi. 
 
3) Fizika va texnika to’garagi. Fizika to’garagi  tajriba, atraksion, viktorina, 
suhbat hikoya, topishmoq va krossvord shaklida tashkil etilishi mumkin. 
 
Fizika to’garagi va uning didaktik ahamiyati. 
 


 
104 
Fizika  ta’limining  samaradorligi  ko’p  jihatdan  o’quvchilarning  qiziqishiga 
bog’liq. yuqori saviyada olib borilgan  fizika darsida o’quvchilar o’quv dasturidan 
tashqari  mavzularni  ham  bilishga  intiladi.  O’quvchilarni  fanga  qiziqtirish 
yo’llaridan  biri  fizika  to’garaklarini  tashkil  etish  hisoblanadi.  Fizika  to’garagi 
o’quvchilarni  fizik  qonuniyatlar  mazmunini  kengroq  tushunishga,  mustaqil  va 
ijodiy fikrlashga undaydi, amaliy ishlarga layoqatini yuzaga chiqaradi. 
Fizika to’garagining mavzusi sifatida quyidagilar olinishi mumkin:  
1) fizika tarixidan u yoki bu qonuniyatlarning kashf etilishi tarixi, olimlarn-
ing hayoti va ilmiy faoliyati mavzusida bo’lish mumkin. Ayniqsa Ona Vatanimiz-
dan  chiqqan  buyuk  allomalarimiz:  al-Xorazmiy,  al  –Farg’oniy,  Beruniy,  Farobiy, 
Ibn  Sino,  Ulug’beklarning  fizika-matematika  sohasidagi  ilmy  merosini  o’rganish 
muhim  didaktik  va  tarbiyaviy  ahamiyatga  ega:  ularda  mustaqillik,  ozodlik,  milliy 
g’ururni va ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiladi. 
2)  Fizika-texnika  mavzusidagi  to’garaglarda  o’quvchilar  nafaqat  nazariy 
bilim olishadi, balkim ular fizik qonuniyatlarga asoslangan turli xildagi texnik as-
bob va uskunalar modelini yasashga o’rganishadi. 
3)  Namoyish  uchun  o’quv  qurollarini  yasashga  qaratilgan  fizika  to’garagi. 
Uning  maqsadi  o’quv  dasturiga  kirmagan  o’quv  texnika  vositalarini  yaratish  va 
borlarini takomillashtirishga qaratilgan. 
4)  Izlanuvchanlik  ruhidagi  to’garak.    Bu  turdagi  fizika  to’garagida 
o’quvchilar  mustaqil  tarzda  ammo  o’qituvchi  rahbarligida  ilmiy  izlanishlar  olib 
borishadi. Agar  maktab sharoitida bunga imkoniyat bo’lmasa, ular mavjud labora-
toriya ishlari negizida dasturga kiritilmagan fizik  tajribalarni  olib borishlari mum-
kin. 
Fizika  to’garagini  tashkil  etish.    Fizika  to’garagiga  ko’ngilli  o’quvchilar 
qabul  qilinadi.  To’garakga  turli  sinf  o’quvchilari  qabul  qilinadi  va  ularning  soni 
12-15  tadan  oshmasligi  kerak.  Fizika  o’qituvchisi  to’garak  rahbari  hisoblanadi  va 
tugarak  mavzusini,  kerakli  adabiyotlar  va  jurnallarni  tavsiya  etadi,  o’quvchilarga 
maslahatlar va topshiriqlar beradi, ularning yutuq va kamchiliklarini e’tirof etib bo-
radi. 
Fizika  kechasini  uyushtirish.  Fizika  o’qituvchisi  tugarak  a’zolari  va  maktab 
o’quvchilari  bilan  ahyon-ahyonda  maxsus  fizika  kechalari  uyushtirib    turadi. 
Ushbu kechalarda fizikadan qiziqarli hodisalar va suhbatlar tanlab olinadi. Tabiat-
dagi g’ayri-tabiiy hodisalar, tarixiy tajribalar, topishmoqlar va viktorinalar mavzu 
sifatida  olinishi  mumkin.  Ayrim  fizik  olimlar,  buyuk  allomalarimizning  hayoti  va 
ilmiy merosi kecha mavzusi sifatida olinishi maqsadga muvofiqdir. Kechada ilmiy 
munozara va tajribalar bilan birgalikda, adabiy va badiiy chiqishlar ham kiritilishi 
mumkin,  bu  yoshlarni  estetik  tarbiyasiga,  vatanparvarlik,  istiqlol  mafkurasini 
shakllantirishga xizmat qiladi. 
 
Iqtidorli va sust o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan olib boriladigan ishlar. 
    
Umumta’lim, o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida fizika darsining maz-
muni odatda o’rtacha o’zlashtiruvchi o’quvchiga mo’ljallanadi, natijada o’quv ma-
teriali iqtidorli o’quvchi uchun zerikarli bo’lsa, past o’zlashtiruvchi o’quvchilarga 


 
105 
tushunarli bo’lmay qolishi mumkin. Ta’lim jarayonidagi ushbu muamo keyingi yil-
larda  ishlab chiqilgan  «dasturli dars»  usuli  orqali qisman hal  etildi. Ammo  «das-
turli  dars»  usuli  universal  usul  emas,  uni  barcha  dars  turlariga  qo’llash  kutilgan 
natijani  bermasligi  mumkin.  Masalan,  laboratoriya,  fizpraktikum  kabi  dars  turlari 
uchun «dasturli dars» samarasiz ekanligi ayon bo’ldi. 
Mustaqillikka  erishganimizdan  keyin  ta’lim  tizimi  tubdan  isloh  qilina  bosh-
landi. Ta’lim tizimiga «Yangi pedagogik texnologiya» (YaPT) ni joriy etish dasturi 
ishlab chiqildi. YaPT ning maqsadi o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda 
maxsus  tuzilgan  dastur  asosida  sifati  kafolatlangan  kadrlar  tayorlashdan  iborat. 
Ammo  YaPT  ni  ta’lim  jarayoniga  keng  miqyosda  qo’llanilayapti  deb  ayta  ol-
maymiz.  Shu  sababli  iqtidorli  va  past  o’zlashtiruvchi  o’quvchilar  bilan  fizika 
o’qituvchisi maxsus shug’ullanishga to’g’ri keladi. 
 
Iqtidorli o’quvchilar bilan olib boriladigan ishlar. 
 
1)  Har  bir  iqtidorli  o’quvchining  individual  qobiliyatini  e’tiborga  olib  unga 
boshqalarga nisbatan qiyinroq masalalarni  yechishni, mustaqil fikrlashni ta-
lab etadigan laboratoriya ishlarini taklif etish, darsdan keyin turli darajadagi 
namoyish tajribalarini o’tkazishni taklif etish lozim. 
2)  Darsliklardan tashqari turli xil jurnallar va maqolalarni o’qib chiqib, fizikan-
ing dolzarb mavzulari bo’yicha referatlar yozishni va uni darsdan tashqarida 
to’garaklar va konferensiyalarga ma’ruza bilan chiqishini uyushtirishi yaxshi 
natijalarni berishi mumkin. 
3)  Iqtidorli talabalar bilan fizikaning yangi ochilgan hodisalari haqida suhbatlar 
uyushtirish, ularga turli xildagi o’quv texnika vositalarini yasashni, turli xil-
dagi namoyish plakatlari, jadvallar  va  grafiklarni tuzishni taklif  etish  mum-
kin. 
 
Past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan olib boriladigan ishlar. 
 
 
Kundalik nazorat o’tkazish orqali past o’zlashtiruvchi o’quvchilar aniqlanib, 
ular  bilan  shug’ullanish  fizika  o’qituvchisining  majburiyati  hisoblanadi.  Avvalo 
fizika  o’qituvchisi  past  o’zlashtirish  sababini  aniqlashi  va  unga  barham  berish 
uchun  chora  va  tadbirlar  ishlab  chiqishi  kerak.  O’quvchilarning  o’quv  mavzusini 
past  o’zlashtirishiga  turli  xil  sabablar    bo’lishi  mumkin.  O’quvchi  salomatligini 
yomonligi,  oilaviy  sharoiti,  aqliy  zaifligi,  ruhiy  kechinmalari,  boshqa  fanlarni  yo-
mon  o’zlashtirishi  (asosan  matematika,  ximiya)  va  hokazolar  bo’lishi  mumkin. 
Past  o’zlashtiruvchi  o’quvchi  o’qituvchidan  maxsus  topshiriqlar  olib  o’zlashtira 
olmagan mavzularni o’zlashtirib boradi. Uning o’zlashtirishi dars paytida va dars-
dan  keyin  nazorat  qilib  boriladi.  O’qituvchining  o’quvchi  bilan  yakkama-yakka 
suhbati    va  yordami  unga  ijobiy  ta’sir  etadi  va  boshqalardan  orqada  qolmaslikka 
intiladi. 

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish