Masala yechish bo’yicha o’quvchilarning mustaqil
ishlarbni uyushtirish.
O’quvchilarni mustaqil ravishda masala yechish malakasini shakllantirish
uzoq va ko’p mehnat talab etadigan jarayon hisoblanadi. Bu jarayon o’qituvchidan
puxta o’ylanib, sistematik tarzda ish olib borishni taqozo etadi. O’quvchilarni
mustaqil tarzda masala yechishga o’rgatish ko’p jihatdan o’qituvchi mahoratiga
bog’liq. Masala yechish bo’yicha o’quvchilarni mustaqil ishi oddiydan murak-
kabga qarab borishi tamoyili asosida tashkil etilishi lozim, aks holda o’quvchilar
masalani yechishga qiynalib qolib ularda masalaga nisbatan qolaversa fizika faniga
nisbatan ishonchsizlik va qiziqishni so’nishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |