Testning layoqatliligini (validligini) tekshirish (aprabasiya).
Tayanch iboralar: Obyektiv, subyektiv, test, aprabasiya, validlik,
ekspert
O’tilgan mavzuni takrorlash usullari.
Ta’lim jarayonida o’quv materiallini berish bilan birgalikda uni mustahkam-
lash ham muhim ahamiyatga ega. O’quvchilar bilimini mustahkamligi takrorlash
orqali amalga oshiriladi. Halqimizda «Mulla bo’lsang takror qil» degan ibora bejiz
aytilmagan. Takrorlash usullari haqida to’xtalamiz. Takrorlash o’tilgan mavzuni
qayta o’rganishga aylanmasligi kerak. Takrorlash yangi mavzuni o’zlashtirishga
zamin hozirlaydi. Takrorlash yodlab olingan narsalarni mexanik tarzda so’zlab ber-
ishga aylanmasligi zarur, balkim o’quvchilarni mantiqiy xulosa chiqarishga va
o’zlashtirilgan mavzularni sistemaga keltirishga harakat qilishi kerak.
Takrorlashning samarali usuli turli xildagi masalalarni yechish, laboratoriya
ishlarini bajarish hisoblanadi. Masala yechish orqali o’quvchilarning nazariy bilim-
larini amalda qo’llanilishini, fizik kattaliklar va munosabatlarning fizik mohiyatini
chuqurroq o’rganilishiga erishiladi. Takrorlashni yangi mavzuni o’tishdan avval,
dars davomida va darsning yakunida ham o’tkazish mumkin. Takrorlash sistematik
tarzda o’quv yili davomida o’tkazilishi kerak.
O’quvchilar bilim va malakasini nazorat qilish uslubiyati
O’quvchilar o’zlashtirishini baholash orqali ularning xotirasini rivojlanishiga, ol-
gan bilimlarini sistemaga keltirishga erishiladi. O’quvchilar bilimi va malakasini
baholash orqali o’qituvchi qo’llagan uslubiyatining samaradorligi to’g’risida xu-
losa chiqarishi mumkin. Shu yo’l bilan o’qituvchi o’zi yo’l qo’ygan xato va kam-
chiliklarni dars jarayonida to’g’rilab borishi mumkin. Sistematik tarzda
o’tkaziladigan nazorat o’quvchilarda javobgarlik hissini uyg’otadi, intizomni
mustahkamlaydi. O’quvchilar bilimi va malakasini nazorat qilishda qo’yiladigan
asosiy talab uning obyektivligidir. Fizikadan o’quvchilar bilimi va malakasini na-
zorat qilish quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:
1) Og’zaki usuli eng keng tarqalgan usul hisoblanib, uning yordamida o’quvchi
bilan o’qituvchi o’rtasida aloqa o’rnatiladi. Og’zaki so’rov darsning boshida, dars
davomida va dars oxirida o’tkazilishi mumkin. Og’zaki so’rash o’quvchilarni man-
tiqiy fikrlashga va nutqini o’stirishga xizmat qiladi. Og’zaki so’rov yakkama-
yakka va frontal usullarda olib borilishi mumkin.
Yakkama-yakka usulda o’quvchilardan biri doska oldiga chiqib fizik
jarayonni, masalani yoki qonuniyatni izohlab beradi. Bu usulda eng muhimi muno-
zaraga sinfdagi barcha o’quvchilarni jalb etish hisoblanadi. O’quvchilarga beri-
ladigan savol asosiy va qo’shimcha savollarga bo’linishi ham mumkin.
Qo’shimcha savol o’quvchilar asosiy savolga javob bera olmagan taqdirda beriladi
va asosiy savolga javob berishga ko’maklashadi. Sinfdagi barcha o’quvchilar
95
diqqatini o’quvchi javobiga qaratilishga erishmoq kerak. Agar o’quvchi javobida
xato yoki kamchiliklar bo’lsa, uni boshqa o’quvchilar tomonidan to’ldirilishi
so’raladi.
Savol nafaqat qo’l ko’targan o’quvchiga, balkim tinch o’tirgan
o’quvchilarga ham berilishi zarur. Shu usulda barcha o’quvchilar diqqatini muho-
kama etilayotgan mavzuga qaratish mumkin. Yakkama-yakka so’rash usulida
qo’yiladigan savol ko’rgazmali qurollar, chizmalar, grafiklar, jadvallarga ta’luqli
bo’lishi ham mumkin.
2) Frontal (Yalpi) so’rov usuli. Bu usulda o’quvchilar bilimi va malakasi na-
zorat ishi olish yo’li bilan amalga oshiriladi. Nazorat ishlar 15-20 minut yoki bir
dars davomida o’tkazilishi mumkin. Nazorat ishidan maqsad qisqa vaqt ichida
o’quvchilar o’zlashtirishini anqlash, ularning olgan nazariy bilimlarini amalda
qo’llashda o’rgatish hisoblanadi. Nazorat o’tkazish vaqti va mavzusi avaldan e’lon
qilinishi ham mumkin. Hozirgi paytda qisqa muddatli nazorat ishlar test sinovlari
orqali amalga oshirish ta’lim jarayoniga kirib kelmoqda. Test sinov usulining ijo-
biy tomonlari bilan birgalikda u ayrim kamchiliklardan ham holi emas. Test usu-
liga haddan ortiq berilib ketish, o’quvchilarni mayda savollarga javob berishga
o’rgatib, mantiqiy fikrlash va mavzuni to’liq o’zlashtirishdan chalg’itadi. Yozma
nazorat ishda berilgan masalalar o’quvchilar xotirasida uzoq saqlanadi va ular
o’zaro bahslashib to’g’ri yechimni topishga intilishadi. Nazorat ishlarni tekshirib
baholash va xato kamchiliklarini ko’rsatish muhim ahamiyatga ega. Nazorat ishlar
natijasi muhokama etilib barcha o’quvchilarning yozma ishidagi umumiy kam-
chiliklar ko’rsatilishi kerak.
O’quvchilar bilimi va malakasini nazorat qilishning test-sinov usuli.
O’quvchilar bilimini nazorat qilib borish dars jarayonining ajralmas va muhim
bosqichi hisoblanadi. O’quvchilar bilimi va layoqatini nazorat qilishning asosan
ikki usuli mavjud: obyektiv va subyektiv usullar. Subyektiv usulda o’qituvchi
o’quvchi javobi va malakasini o’z bilimi va ta’surotlari asosida taqqoslash orqali
baholaydi.
Obyektiv baholash ma’lum bir mezon asosida amalga oshiriladi. Hozirgi
paytda bu test usuli hisoblanadi. Bu usulda o’quvchi bilimini baholash uchun test
topshiriqlari ekspert komissiyasi a’zolari tomonidan tuzilgan testlar asosida
o’tkaziladi. Ekspert hay’ati tarkibiga fan mutaxassisi, psixolog va pedagoglar
kiradi.
Test usulida o’quvchi javobi etalon bilan solishtirilib, obyektiv
xulosa chiqariladi (baholanadi).
Test (T
3
)=topshiriq (3
)+ Etalon
Test topshiriqlariga quyiladigan asosiy talablar: aniqlik, soddalik, bir qiymatlilik.
Aniqlik-o’quvchi test topshiriqlarini o’qib undan nima talab qilinayotganligini va
qanday yo’l tutish lozimligini anglab yetishi zarur.
Soddalik-test topshiriqlari soda va tushunarli bo’lishi zarur.
96
Bir qiymatlilik-ya’ni test javoblari kim tamonidan tekshirilmasin javob bir xil
bo’lishi kerak (baholashning bir xilligi)
O’zlashtirish darajasi (koeffisiyenti) Quyidagi munosabat orqali aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |