Frontal laboratoriya ishi va tajriba.
Laboratoriya mashg’ulotlarining quyidagi turlari mavjud.
Demonstrasion tajriba davomida o’quvchilar faqat kuzatib boradilar ya’ni
ular darsda passiv ishtirok etadilar. O’quvchilarning mustaqil ishini yo’lga qo’yish,
ularning aktivligini oshirish maqsadida, frontal laboratoriya ishi olib boriladi.
87
Frontal laboratoriya darsida barcha o’quvchilar bir paytda va bir xil asbobda bir xil
ishni bajaradilar. Frontal laboratoriya darsi o’quvchilarni mustaqil fikrlashga, va
amaliy ishga layoqatini shakllantirishga xizmat qiladi. Frontal laboratoriya ishlari
ro’yxati o’quv dasturida keltirilgan. Ta’limning birinchi bosqichida:
«O’tkazgichlarni parallel va ketma-ket ulash», “G’o’lani o’lchamini chizg’ich yor-
damida o’lchash”, «Oddiy elektr zanjirini tuzish» va “Tok kuchi va kuchlanishni
zanjirning turli qismlarida o’lchash” kabi frontal laboratoriya ishlari bajarilsa, Ik-
kinchi bosqichda: “suyuqlikning sirt taranglik koeffisiyentini aniqlash”, “konden-
sator sig’imini o’lchash” va h.k. o’rganiladi.
Frontal laboratoriya sifat hamda miqdoriy ishlarga bo’linadi. Frontal labora-
toriya ishlari ko’zlangan maqsadga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
1)Fizik hodisalarni kuzatish va o’rganish.
Masalan: “Suvning qaynashini kuzatish va suv temperaturasini vaqtga bog’liqlik
grafigini chizish”, “Magnit xususiyatini o’rganish”, “Magnit maydonini
o’rganish”, “Tok bilan magnitning o’zaro ta’sirlashuvi” va h.k.
2) O’lchov asboblar bilan tanishish va fizik kattaliklarni o’lchash. Masalan:
tarozi yordamida massani o’lchash, “Voltmetr yordamida kuchlanishni o’lchash”,
Yuqori sinflarda “Yarim o’tkazgichli diodning volt-amper xarakteristikasini
o’rganish”, “Spektroskopni gradirovkalash va gradirovka egri chizig’i yordamida
yorug’lik to’lqin uzunligini aniqlash” va hokazolar.
3) Fizik asbob va uskunalar, texnik qurilmalarning ishlash prinsipi bilan tan-
ishish. Masalan: “Elektromagnit va uning ishlash prinsipi”, “O’zgarmas tok gen-
eratori, va elektrodvigatelini ishlash prinsipi”, “Mikroskop modelini yasash” va
hokazolar.
4)Miqdoriy bog’lanishlarni tekshirish.
Masalan: “Boyl-Mariott qonuni”, Yorug’likning qaytish qonunini o’rganish.
5) Fizik kattaliklarni, moddalar xususiyatini o’rganish. Masalan: Bolsman
doimiysini, erkin tushish tezlanishi, ishqalanish koeffisiyenti yorug’lik tezligi,
moddalarning dielektrik singdiruvchanligi va sindirishni ko’rsatkichini aniqlash va
h.k.
Frontal laboratoriya darsi quyidagi tartibda olib boriladi: Kirish so’zi,
o’quvchilar tamonidan tajriba o’tkazilishi, olingan natijalarni ishlab chiqish va
ishga xulosa yasash.
1) Kirish so’zi qisqa va aniq bo’lishi kerak, kerakli asbob va uskunalar stol
ustida turishi zarur.
2) Tajriba davomida o’qituvchi maslahatlar va ogohlantirishlar qilib turishi
kerak. O’lchashlar 3-4 marta takrorlanib, fizik kattalikning o’rtacha qiymati
olinadi.
Tajribani hamma o’quvchilar bir maromda bajara olmasligi uning
samadorligini pasaytirishi mumkin: Shuning uchun o’qituvchi tajriba davomida
o’quvchilarga individual yondoshishi zarur bo’ladi. Ulgura olmagan o’quvchilarga
yordam berish, tajribani tugatgan o’quvchilarga esa qo’shimcha vazifa berishni
taqozo etadi. Frontal laboratoriya ishi davomida o’quvchilarda jadvallar va spra-
vochniklardan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish ham muhim ahamiyatga ega.
88
Har bir laboratoriya ishiga qisqacha qo’llanma tuzilishi kerak. Bu
qo’llanmada laboratoriya ishining tartib raqami, uning qisqacha nazariyasi, asbob,
va uskunalar ro’yxati va ularni ishlatish qoidasi va xavfsizlik texnikasi bayon eti-
ladi.
Laboratoriya ishi yuzasidan yozma hisobot tuzilib unda ish mavzusi, ish-
ning bajarilish tartibi, olingan natijalar asosida hisoblashlar, grafiklar keltirilib, xa-
toliklar hisobi qayd etiladi.
Laboratoriya darsi oxirida, hisobot muhokama qilinib baholanadi. Bunda
o’qituvchi xato va kamchiliklar va yutuqlarni umumlashtirib xulosa chiqaradi.
Fizikadan amaliy mashg’ulot (fizpraktikum).
Frontal laboratoriya mashg’ulotidan fizpraktikumning farqi shuki unda
o’quvchi mustaqil ish olib boradi. Fizpraktikum ko’pchilik holda biror bo’limni
yakunlash paytida yoki o’quv yili oxirida o’tkaziladi. Har bir ishga tegishli
qo’llanma tuzilib, ushbu qo’llanma asosida o’quvchilar mustaqil ravishda ishni ba-
jarishadi.
Laboratoriya mashg’ulotlarida o’quvchilarni guruhlarga bo’lishning didaktik
tamoni ham bor. U yoki bu tajribani o’tkazishda bir vaqtning o’zida bir nechta as-
bobning ko’rsatishini kuzatib yozib borishiga to’g’ri keladi. Guruhlardagi
o’quvchilar soni 2-3 tadan oshmasligi kerak, chunki barcha guruh a’zolari tajribani
o’tkazishga aktiv ishtirok etishlari lozim. Guruhlarga bo’lishda quyidagilarni
e’tiborga olish lozim; o’quvchilarni guruhlarga o’qituvchi tamonidan tuzilishi yoki
o’quvchilarning xohishiga qarab bo’linishi ham mumkin. Bir guruhda kuchli,
o’rtacha va past o’zlashtiruvchi o’quvchilar tanlanishi mumkin. Bu usulda kuchli
o’quvchini kuchsiz o’quvchiga yordami tegishi mumkin. Lekin bu bilan biz kuchli
o’quvchini ishini samaradorligini pasaytirishimiz ham mumkin. Laboratoriya
mashg’uloti paytida o’qituvchi har bir o’quvchining faoliyatini nazorat qilib
borishi zarur.
Laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish uslubiyati.
Laboratoriya ishi hajmiga qarab 1-soatlik yoki 2-soatlik bo’lishi mumkin.
Laboratoriya mashg’ulotlariga qo’yiladigan asosiy uslubiy talablar quyidagilardan
iborat:
1) Laboratoriya ishi o’rganiladigan mavzuga vaqt bo’yicha mos kelishi zarur.
2) Laboratriya ishini bajarishdan ko’zda tutilgan maqsad aniq bo’lmog’i
lozim.
3) O’quvchilar laboratoriya ishini bajarish uchun tayyorlangan qo’llanmani
o’qib u bilan tanishib chiqqandan keyin o’qituvchiga ish tartibini va maqsadini
bayon qilib berishlari zarur.
4) Laboratoriya ishlarini bajarishga kirishishdan avval texnika xavfsizligi
bo’yicha o’quvchilar bilan suhbat o’tkazilishi zarur.
5) Laboratoriya mashg’ulotini yakuni sifatida hisobot tuzilishi lozim. Hi-
sobotda: Ishning nomi va tartib raqami, ishga kerakli asbob va uskunalar ro’yxati,
qisqacha nazariya, tajribalar natijasi, xatoliklarni hisoblashlar qayd etiladi.
89
Uyda bajariladigan laboratoriya ishlari.
Ayrim mavzular bo’yicha laboratoriya ishlari uy-ro’zg’or buyumlari bilan
uyda o’tkazilishi ham mumkin. O’quvchilarning darsdan tashqari olib boradigan
kuzatishlarini uy-ro’zg’or asboblari (radio, televizor, elektr schyotchigi, gaz plitasi,
xolodilnik va h.k.), tabiat hodisalari, sanoat korxonalari, qishloq xo’jalik ishlari va
h.k.bo’lishi mumkin.
O’quvchilarning mustaqil ravishda bajaradigan kuzatish va o’lchashlari
o’qituvchi tamonidan boshqariladi.
O’quvchilarning sinfdan tashqari ishlari.
O’quvchilarga tavsiya etiladigan laboratoriya ishlari va kuzatish mavzulari
sifatida quyidagilarni olish mumkin:
1) Jismlarning og’irlik markazini aniqlash.
2) Jismlar o’rtasidagi ishqalanish kuchini aniqlash.
3) Matematik mayatnikning tebranish davrini aniqlash.
4) Sham yoki chiroq yordamida havoda konveksiya hodisasini o’rganish.
5) Elektr schyotchigini nagruzkaga qarab aylanish tezligini kuzatish.
6) Turli jismlarni tirqishda, linzada tasvirini kuzatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |