Fizika fanini o’qitish jarayoniga sistemali yondashuv usuli
Respublikamizda xalq ta’limi sistemasida olib borilayotgan islohatlar hal
qiluvchi davrni boshidan kechirmoqda. Qilinayotgan islohatlar va o’zgarishlar
zamirida hukumatimiz tamonidan o’z vaqtida qabul qilingan qaror va ko’rsatmalar
turadi. [1]. Ushbu hujjatlarda qayd etilishicha milliy ta’lim tizimini johon ando-
zalari (standartlari) darajasida ko’tarish ko’zda tutiladi. Bu muammoni amalga
oshirish uchun ta’lim jarayoniga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvni taqozo etmo-
qda. Agar ta’lim-tarbiya jarayonini sistema deb qaraydigan bo’lsak, u murakkab,
ochiq, boshqariladigan, takomillashib boruvchi nochiziqli, dinamik sistema
hisoblanadi.
Fizika fanini o’qitish jarayoniga sistemali usulda yondashsak uning element-
lari va ular orasidagi bog’lanishlarni quyidagicha sodda model tarzda ifodalash
mumkin.(1-rasm) Sistema elementlari sifatida: 1) fizika fanining o’quv adabiyot-
lari, 2) o’qituvchi, 3) o’quvchi, 4) fizikani o’qitish uslubiyati, 5) o’quv-texnika
vositalari (O’TV) va 6) o’quv dasturi olindi. Albatta o’quv jarayoniga ishtirok etu-
vchi elementlar soni juda ko’p. Biz shular orasidan eng muhimlarini tanlab oldik.
Muhim bo’lmagan ikkinchi darajali elementlar majmuasini tashqi madaniy muhit
sifatida ifodaladik. Sistemaga tashqi muhitdan kiruvchi o’zgaruvchilarni x
i
bilan,
sistema elementlari orasidagi axborot almashinuvini z
i
, sistemaning tashqi muhit
bilan axborot almashinuvini u
i
orqali ifodalaymiz. (50- betdagi sxema) sistema
elementlari orasidagi axborot almashinuvni ikki turga ajratamiz. Birinchisi
yo’naltirilgan aloqa unda sterelka bir tamonga qo’yilgan (masalan: Z6, Z7,),-
ikkinchisi-yo’naltirilmagan o’zaro aloqa (masalan: Z1, Z2, Z3,…,), Ikkinchi ax-
borot almashinuvi turli sistema elemenlari orasida teskari aloqa (obratny svyaz)
mavjudligini bildiradi. Sistemaga kiruvchi elementlarning joylashuviga ham
e’borni qaratdik. O’qutuvchi ta’lim jarayonini aktiv ishtirokchisi bo’lganligi uchun
uni sistemaning makazida joylashtirdik. U sistemani boshqa elementlaridan kerakli
axborotlarni olib, uni tahlil qilib dars jarayonida o’quvchilarga yetkazadi.
O’qituvchi bilan o’quvchi orasidagi muloqat (Z1)ikki taraflama bo’lib, uni quyida-
gicha tushuntiramiz. O’qituvchi o’quvchiga bergan ma’lumotlarini qanday
o’zlashtirib borayotganligiga qarab o’z ish rejasini muvofiqlashtirib boradi.
O’qituvchi fizika fanidan olayotgan axborotlarni (Z2), FO’U qoidalariga (Z4),
asoslanib, O’TV (Z3), yordamida o’quvchiga (Z1), yetkazadi. Sistemali yondashuv
usulida o’quvchi passiv element sifatida qaralmaydi, balkim u sistemaning boshqa
46
elemetlari bilan aktiv o’zaro axborot almashuviga ishtirok etadi (Z5, Z7, Z1, Z10)
Natijada o’quvchi mustaqil fikrlash, masalaga ijodiy yondashuv kabi xislatlarni
egallab boradi. Shuningdek o’quvchi tashqi muhit bilan ham axborat almashuviga
(Z10)ishtirok etadi. Tashqi muhit ham bir necha elementlardan tashkil topadi.
Tashqi muhit elementlari qatoriga maktab, ommaviy kutubxonalar, madaniyat
markazlari, radio, televideniya, oila, mahalla, va hokazo elementlar kiradi
O’quvchi ushbu elementlar bilan axborot almashuvi natijasida uning ilmiy dunyo
qarashi, unda milliy iftixor, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, jonbozlik, fanni
o’rganishda sabr va matonat kabi hislatlar, shakllana boradi.
Umumta’lim maktablarining asosiy vazifasi komil insonning (barkamol av-
lod) ta’lim-tarbiyasi hisoblanadi. Zamonaviy bitiruvchidan talab qilinadigan xislat-
lar majmuasi y
i
o’zgaruvchilar orqali ifodalaymiz. Bu o’zgaruvchilar soni juda
ham ko’p, ularning asosiylari: malaka, yuksak ilmiy dunyoqarash, ijodiy fikrlay
oladigan garmonik rivojlangan, vatanparvarlik va hokazolar hisoblanadi.
Tashqi muhitdan sistemaga kiruvchi axborotlar majmuasini x
i
orqali ifodala-
sak bu o’zgaruvchilar qatoriga quyidagilar kiradi: Davlat ta’lim standartlari (o’quv
dasturlari, qaror va ko’rsatmalar), davlat buyurtmalari, byudjet mablag’lari va ho-
kazolar. Ta’lim jarayoni sistemasini mo’tadil ishlashi va takomillashib borishi
uchun tashqi muhitdan ko’rsatilayotgan moddiy mablag’lar ham kengayib, oshib
borishi zarur. Masalan: hozirgi kunda har bir fizika kabinetini, televizorsiz, kom-
pyutersiz tasavvur qilish mumkin emas.
Sistema elementlari orasidagi bog’lanishlarni qarab chiqaylik.
Z1-o’quvchi bilan o’qituvchi orasidagi o’zaro axborot almashuvi
Z2-fizika fani bilan o’qituvchi orasidagi axborot almashuv
47
RASM
Z3-o’qituvchi bilan O’TV orasidagi o’zaro axborot almashuvi
Z4-FO’M dan o’qituvchiga keladigan axborot
Z5-o’quvchi bilan O’TV orasidagi o’zaro axborot almashuvi
Z6-FO’M dan O’TV ga keluvchi axborot
Z7-fizikadan o’quvchiga keluvchi axborot
Z8-fizika bilan FO’M orasidagi o’zaro aloqa
Z9-o’qituvchi bilan madaniy muhit orasidagi o’zaro axborot almashuvi
Z10-o’quvchi bilan madaniy muhit orasidagi o’zaro axborot almashuvi.
Fizikani o’qitish jarayoni sistemasining elementlari bilan tanishamiz:
O’quv dasturi bu hujjat hisoblanib, bo’lajak mutaxassis shaxsiga qo’yilgan
talabalarga mos holda ta’lim mazmunini va uni o’quvchilar tomonidan
o’zlashtirishni tashkil etish usullarini o’zida aks ettiradi. O’quv dasturi didaktik
tamoyillar: ilmiylik, tushunarlilik, ko’rsatmalilik asosida tuziladi.
Darslik fanga oid ilmiy bilimlar asoslarini dasturga mos holda bayon qilu-
vchi kitob hisoblanadi. Darslik bilan dastur o’rtasidagi ikki tomonlama o’zaro
aloqa mavjud: Darslik-dasturni yangilanishiga, takomillashuviga ta’sir ko’rsatadi.
Darslik bu pedagogik tizimining axborotli modeli. Chunki pedagogik
jarayon aniq boshqariladigan sistema hisoblananib, darslik pedagogik sistemaning
alohida xususiyatlari va tamonlarini o’zida aks ettiradi. Darslikning takomillashti-
rish ikki usulda olib boriladi. 1-mazmunini yangilash, 2-didaktik yechimlarni ish-
lab chiqish va qo’llash. Darslik mazmunini yangilashda uning politexnik to-
48
monlariga keng e’tibor qaratilishi lozim. Didaktik jarayonda: Fan bo’limlari orasi-
dagi ichki va fanlar orasidagi tashqi o’zaro bog’lanish e’tiborga olinadi. Darslikda
kiritilayotgan yangi tushunchalar obdon o’ylanib, o’quvchilarga tushunarli
bo’lishini hisobga olish zarur.
FO’U o’qituvchi faoliyatining muhim bosqichi hisoblanadi. FO’U asosida
o’qituvchi dars jarayoniga YaPT larni qo’llaydi.
YaPT-o’qitish (dars) jarayoning modeli hisoblanadi. Dars bu didaktik
jarayon. O’qitish jarayoni klassik (an’anaviy) qoidaga bo’ysunadi. Ya’ni
o’qituvchi sinfga kirib dars mavzusini e’lon qilib uni bayon etishdan boshlaydi.
Didaktik jarayonda esa o’qituvchi mavzuni bayon qilishdan oldin o’quvchi
diqqatini jalb qila oladigan faoliyat (mativasiya)ni vujudga keltirishdan boshlaydi.
Ana shu mativasiya jarayoni o’quv-bilim (dars) jarayonining kaliti hisoblanadi.
Ammo hozirgi kunda ko’pchilik o’qituvchilar ta’limning sehrli kalitidan foydalana
olmayaptilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |