O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Yangi pedagogik texnologiyalar, uning mazmuni va maqsadi



Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/106
Sana20.09.2021
Hajmi1,22 Mb.
#179951
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   106
Bog'liq
2 1 Fizikani o'qitish uslubiyati (Rustamov H) Maruza

 
Yangi pedagogik texnologiyalar, uning mazmuni va maqsadi.   
Respublikamizda  ta’lim  sistemasi  isloh  qilinmoda.  «Kadrlash  tayyorlash 
milliy  darsturi»  va  «Ta’lim  to’g’risidagi»  qonunlarda  ta’lim  jarayoniga  ilg’or 
pedagogik  texnalogiyalarni,  ta’limning  yangi  uslubi  va  shakllarini  tadbiq  etish  
ko’zda  tutiladi.  Ta’lim  tizimini  texnologiyalashtirish  g’oyasi  1960-yillarda 
rivojlangan  mamlakatlar:  AQSh,  Yaponiya,  Angiliya,  Italiyada  joriy  etila 
boshlangan 
edi. 
Ushbu 
mamlakatlarning 
pedagogik 
tajribalari 
shuni 
ko’rsatmoqdaki,  yangi  pedagogik  texnologiyalar  o’zining  hayotiyligini  har 
tomonlama  namoyon  etmoqda.  YaPT  tushunchasi  sanoatdagi  texnologik 
jarayondan  bilvosita  analogiya  sifatida  olingan.  YaPT  da  yagona  ta’rif  mavjud 
emas hozirgi kunda unga 15  ga  yaqin ta’rif berilgan. Shular  ichida  “YuNESKO” 
tomonidan berilgan ta’rif ancha mukammal hisoblanadi: “Pedagogik texnalogiya” 
bu  inson  va  texnika  imkoniyatlarining  o’zaro  ta’siri  va  aloqasini  hisobga  olib 
o’qitish  va  bilimlarni  o’zlashtirish  va  qo’llashning  eng  maqbul  yo’llarini 
aniqlashning  sistemali  usulidir”.  Texnologiya  lotin  tilidan  olingan  bo’lib  techno- 
san’at, mahorat, ko’nikma, Logos-ta’limot, tayyorlash degan ma’nolarni anglatadi. 
YaPT  ning  asosida  sistemali  tahlil  turadi.  Ta’lim  jarayoni  sistema  deb  qaralsa, 
sistemaning  tarkibi  va  sturukturasini  aniqlash  YaPT  ning  asosiy  vazifasi 
hisoblanadi.  U  zamonaviy  o’quv-uslubiy  majmuasini  yaratish,  o’quv-tarbiya 
jarayonini  didaktik  jihatdan  taminlash,  o’qitishning  yangi  samarali  vositalaridan 
foydalanishga  asoslangan  o’quv  jarayonini  yaratishni  o’z  oldiga  maqsad  qilib 
qo’yadi.  Ta’lim  jarayonini  ham  sanoat  texnologiyasi  darajasiga  ko’tarish,  ya’ni 
bajaruvchining shaxsiga bog’liq bo’lmagan holda texnik hujjatlar talablariga to’la 
rioya  qilinganda  sifati  kafolatlangan  mahsulot  chiqarishga  erishish  zamon  talabi 
hisoblanadi.  Bizga  o’tmishdan  meros  bo’lib  qolgan  pedagogik  jarayon  rus 
pedagogi  A.S.  Makarenko  qayd  etganidek  “Bizda  ta’lim  hyech  qachon  mantiq 
asosida  qurilmagan,  balki  hamma  vaqt  axloqiy  targ’ibot  mantig’i  asosida 
qurilgan.”  Shu  bois  bizda  ishlab  chiqarishning  muhim  bo’limlari  umuman  yo’q. 
Pedagogikada sanoatdagi kabi qayta tiklanadigan  siklni  yaratish  ancha murakkab 
jarayon  hisoblanadi.  Chunki  o’quv  maqsadlarining  rang-barangligi,  ta’lim 
mazmunining  elementlari  va  o’quv  materialining  xilma-xilligi,  ta’lim 
oluvchilarning  individual  xususiyatlari  va  boshqa  ko’pgina  omillar  ta’lim 
jarayonini  samaradorligiga  xalaqit  beradi.  Ta’lim  jarayoni  murakkab,  ochiq 
boshqariladigan,  nochiziqli  dinamik  sistema  hisoblanadi.  Sistemali  tahlil  asosida 


 
35 
yangi  pedagogik  texnologiyalarni  joriy  etishdan  ko’zga  tutilgan  maqsad: 
birinchidan,  o’quvchilarni  darsda  faolligini  oshirish,  mustaqil  fikrlash,  ijodkorlik 
kabi  xislatlarini  shakllantirish  uchun  o’qituvchilarni  noan’anaviy  o’qitish  usullari 
bilan  qurollantirish,  ikkinchidan  o’quvchilarni  sezgi,  idrok,  tasavvur,  hissiyot, 
xarakter  kabi  ichkiy  ruhiy  faoliyatini  kuchaytirish  orqali  o’qish  va  o’rganishning 
noan’anaviy  usullari  bilan  tanishtirish.  Texnologiya  tushunchasi  bilan  bog’liq 
ravishda  texnologik  xarita  atamasi  yuzaga  keldi.  Texnologik  xarita-texnologik 
hujjatning shakli bo’lib, unda ta’lim jarayonida amalga oshiriladigan operasiyalar 
va ularning tarkibiy qismlari, O’TV, darsliklar, reyting, baholash mezonlari, unga 
sarflanadigan  vaqt,  o’qituvchilar  kvalifikasiyasi  va  hokazolar  qayd  etiladi. 
Pedagogik  texnologiya  ilmiy  pedagogik  konsepsiyaga  asoslanadi.  Ko’zlangan 
maqsadga  erishish  uchun  u  didaktik,  ruhiy,  ijtimoiy  pedagogik,  falsafiy 
tamoyillarga  asoslanadi.  Pedadgogik  texnologiya  sistemasida  ketma-ketlik,  o’zaro 
bog’liqlik saqlanadi. YaPT ta’lim sistemasidagi o’ziga xos innovasion yondashuv 
xisoblanadi.  Hozirgi  kunda  jahon  pedagogika  fani  ilmiy-texnika  taraqqiyoti 
ta’sirini  boshidan  kechirmoqda.  U  psixologiya,  kibirnetika,  sistemalar  nazariyasi, 
boshqarish  nazariyasi  va  boshqa  fanlar  bilan  integrallashib  bormoqda.  Natijada 
ta’lim va tarbiyaning insonning ichki qobilyatlariga  asoslangan samarali usullarini 
amaliyotga keng qo’llash imkoniyatlari yaratilmoqda. Xulosa qilib aytganda YaPT 
lar  rivojlangan  xorijiy  davlatlarda  sinovdan  o’tib  o’zining    hayotiy  ekanligini 
namoyon  etmoqda.  Buning  yaqqol  isboti  ushbu  mamlakatlarning  iqtisodiy 
salohiyotini  yuksak  darajada  rivojlanib  borayotganligi  hisoblanadi.  Ta’lim 
sistemasiga YaPTni joriy etish orqali quyidagi muammolarni yechishga imkoniyat 
yaratiladi.  
1 . Bo’lajak fizik o’qituvchilarni YaPTning asosiy tamoyillari bilan tanishtirish. 
2.  Talabalarni  xorijiy,  MHD  va  O’zbekistonda  YaPT  lar  sistemasini 
shakllantirishda to’plangan tajribalar bilan tanishtirish  
3.  Bo’lajak  o’qituvchilarga  fizika  fanini  o’qitish  jarayonini  loyihalashtirishni 
o’rgatish  
4. 
O’quvchilar bilimini nazorat qilishning obyektiv usulini joriy etish  
5. 
O’quvchilar  bilimini  va  malakasini  nazorat  qilish  uchun  test  topshiriqlarini 
tuzish uslubiyati bilan qurollantirish.  
 YaPTni  joriy  etish  bo’yicha  AQShda  pedagogik  texnologiya  (1961yil), 
Angliyada  “Pedagogik  texnologik  va  programmalashtirilgan  ta’lim”  (1964) 
Yaponiyada  “Pedagogik  texnologiya”  (1965)  Italiyada  shu  nomdagi  jurnallar 
1971yildan boshlab chop etilmoqda. 1999 yil dekabr O’zR xalq ta’limi va Oliy va 
o’rta maxsus ta’lim vazirliklari qoshida “Yangi pedagogik texnologiya” markazlari 
tashkil etildi. 

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish