Bog'liq 2 1 Fizikani o'qitish uslubiyati (Rustamov H) Maruza
Ta’limning onglilik va ijodkorlik tamoyili. Ta’limning onglilik tamoyili o’qitish sifati bilan bog’liq. O’quvchilar olgan
bilim yuzaki, mexanik, yodlab olish tarzida kechsa u hyech qanday samara
bermaydi. Ta’lim sohasida milliy islohatlar amalga oshirilayotgan hozirgi paytda
bozor iqtisodiyotiga mos raqobatbardosh, har tomonlama kamol topgan yoshlarni
tarbiyalash har kachongidan ham muhim vazifa xisoblanadi. O’quvchilarni darsga
ongli ishtirok etishlari bir necha omillarga bog’liq.
1) O’quv maqsadi (motiv).
2) O’qitish uslubi.
3) O’quvchilar psixologiyasi.
Ta’limning onglilik tamoyili amalga oshirilgan taqdirda o’quvchilarda
mustaqil fikrlash, ijodkorlik xislatlarini shakllantirishga erishish mumkin. Mustaqil
fikrlash, ijodiy yondashuv kabi tushunchalar tez o’zgaruvchan bozor iqtisodi
sharoitida yoshlardan talab etilayotgan asosiy vazifa hisoblanadi.
Ta’limning ko’rgazmalilik tamoyili. Didaktika tarixiga nazar solsak
ta’limning ko’rgazmalilik tamoyiliga katta e’tibor berilganligini guvohi bo’lamiz.
Ko’rgazmalilik tamoyili Ya.A Komenskiy tomonidan kashf etilgan deb aytiladi.
Ta’limning ko’rgazmaliligiga quyidagicha ta’rif berish mumkin. “Ta’lim mavhum
tasavvurlar va so’zlar asosida emas, balkim o’quvchi bevosita idrok etadigan
konkret obrazlar orqali amalga oshiriladi”. Ko’rgazmalilik usuli turli yoshdagi
o’quvchilarda turlicha yo’llar bilan amalga oshiriladi. Fizika fanini ko’rgazmali
usulda o’qitish turli xildagi O’TV, zamonaviy kompyuterlar vositasida amalga
oshiriladi. Hozirgi paytda ko’zga ko’rinmas va tez kechadigan fizik jarayonlarni
kompyuter orqali modellashtirish ta’lim jarayoniga kirib kelmoqda. Ko’rgazmalilik
usuli ta’limning samaradorligini oshirishga, o’quvchilarni darsga qiziqish bilan
ishtirok etishlarini ta’minlab o’quvchilarni fizika fanidan chukur va mustahkam
bilim olishlariga imkoniyat yaratadi. Shuni ham yoddan chiqarmaslik lozimki
ko’rgazmalilik usuli og’zaki bayon usuli bilan ham- ohang olib borilishi lozim.
Didaktikada so’z bilan ko’rgazmalilikni qo’shib olib borishning ikki yo’li mavjud.
Birinchi yo’l o’qituvchi mavzuni bayon etishdan avval ko’rsatma qurollar
yordamida hodisani namoyish etadi. Ikkinchi yul ko’rgazma qurol namoyish
etishdan avval uning bayoni beriladi. Bu ikkala usuldan qaysi biri samaraliroq
hisoblanadi? Bu ikkala usuldan qaysi birini tanlash dars mavzusiga bog’liq,
birinchi usulda muammoli vaziyat vujudga keladi va u o’quvchilar diqqatini
oshiradi, dars mavzusini ongli o’zlashtirishiga erishiladi, ikkinchi usulda esa vaqt
kamroq sarflanadi.