XULOSA
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi barkamol shaxsni – insonni shu tariqa ongli jamiyatning shaklanishiga, ya’ni yangicha ongga, tafakkurga ega bo’lgan shaxslarningko’payishiga va o’z navbatida ijobiy ravishda «portlash effekti»ning sodir bo’lishiga olib keladi. Bu to’g’rida I.A.Karimov «Tafakkur» jurnali bosh muarririga bergan intervyusida aytganidan teranroq bayon etish mumkin emas.
«…Ishonchim komil: agar bu islohatni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak tez orada biz hayotimizda ijobiy ma’nodagi «portlash effekti»ga ya’ni uning samarasiga erishamiz.
Bu nima degani?
Kadrlar tayyorlash milliy dasturimizda, shu jumladan hali siz tilga olgan ikki hujjatda nazarda tutilgan vazifalar to’liq amalga oshgan taqdirda ular birinchidan, ijtimoiy siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir qiladi va natijada mamlakatimizdagi mavjud muhit butunlay o’zgaradi. Ikkinchidan ta’limning yangi modeli ishga tushgach insonning hayotdan o’z o’rnini topish jarayoni tezlashadi. Har qanday odam ham o’smirlik chog’ida, endigina voyaga yetib kelayotgan davrida jamiyatda munosib o’rnini topishi kerak…»
Ta’limni yangilashdan ko’zlangan bosh maqsad, o’sib kelayotgan yosh avlodni jahon andozalaridagi bilim, amaliy ko’nikma malakalar bilan qurollantirishni takomillashtirish, shu bilan birga ularning ma’naviy barkamol shaxs qilib kamolga yetkazishdan boy milliy merosimizdan foydalanishimizdan iborat. Bunday maqsadga erishish uchun xalq maorifi tizimida bo’layotgan o’zgarishlar boshlang’ich maktabda dars samaradorligini yanada oshirishni talab etadi.
Ta’lim samaradorligini oshirish hozirgi kunda olimlar, ilg’or o’qituvchilarning fidokorona mehnatlari tufayli uzluksiz ta’lim tizimi shaklantirilgandan so’ng har bir tizimda jumladan, boshlang’ich ta’lim tizimida ham o’quv jarayoniga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini keng joriy
etilmoqda va boy tariximizda aks ettirilgan ilmiy merosimizdan foydalanilmoqda. Boshlang’ich maktabning asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarning matematikaga oid DTS talablarida ko’zda tutilgan vazifalarni to’liq bajargan holda ularning matematika faniga qiziqishlarini ajdodlarimizdan qolgan milliy meros va matematikaning hayotda tutgan o’rni orqali amalga oshirishdan iborat.
Boshlang’ich sinfda matematika darslarini o’qitish samaradorligini oshirishda o’qituvchidan yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishva ta’limni milliylashtirish uchun avvalo uni egallash talab etiladi. Bunga o’qituvchi tinimsiz mehnat o’z ustida ishlash, ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish orqali erishishi mumkin.
Ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish va yoyish o’qituvchilar uchun o’z kasb mohoratlarini takomillashtirishning eng qulay shaklidir. Ilg’or pedagogik tajriba o’qituvchining o’z pedagogik faoliyatiga ijodkor va novatorlarcha yondoshib, o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berishning Yangi yo’llarini izlab topishdir. Boshlang’ich matematik ta’limda qo’yilgan asosiy talab o’quvchilarning dasturda belgilangan bilim, ko’nikma va malakalarini puxta o’zlashtirishlariga erishishdir. Kichik yoshdagi o’quvchilarga puxta bilim berish uchun ularga mustaqil fikrlash, muhokama yuritish va matematika tarixiga oid boy merosimizni o’rganib ijodiy izlanish malakalarini shakllantirish lozim. Bunig uchun albatta o’qituvchining o’zi shunday shakllangan bo’lishi va har bir matematik tushunchaning kelib chiqish sabablari uning matematika Fani taraqqiyotidagi o’rni va ularni o’quvchilarga yetkaza olish ko’nikmalariga erishgan bo’lmog’i lozim.
Mustaqil Respublikamizning bundan buyongi taraqqiyoti iqtisodiy va milliy ma’naviy mustaqillikni mustahkamlashni talab qiladi. Bu esa shubhasiz maktab va muorif oldiga o’quvchilarni milliy madaniy merosimizga tayangan holda yetuk mutaxassislar qilib tayyorlashni, shu jumladan ularni milliy madaniy merosni o’rganish jarayonida matematika faniga bo’lgan qiziqishlarini o’stirishni talab qiladi.
Matematika tarixi va O’rta Osiyolik olimlarning boy tarixiy meroslarini o’rganish bo’yicha ko’p ishlar qilinmoqda va bu ishlar davom ettirilishi zarur, chunki matematikaning amaliy tadbiqlaridan tashqari uning yosh avlodni har taraflama rivojlangan yetuk kishilar qilib tarbiyalashdagi o’rni beqiyosdir. Shuning uchun matematika o’qitish jarayonida al-Xorazmiy va boshqa bobokolonlarimizning matematika rivojiga qo’shgan hissalarini darslarda va darsdan tashqari mashg’ulotlarda chuqur o’rganib borish orqali ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil eti shva boshqarishga erishmog’imiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |