a) o‗quvchi va talabalarda bilim, ko‗nikma va malakalarini xosil qiladi.;
b) ularda duneqarashni, ishonch va e‘tiqodlarini o‗stiradi;
v) yoshlarni muayyan darajada o‗qimishli, madaniyatli, tarbiyali kishilar bo‗lib
yetishishlariga, qobiliyat va iste‘dodlarini o‗stirishga erishiladi.
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli xal etish uchun o‗qituvchida o‗z kasbiga layoqat bo‗lishi
lozim. Layoqatlilik pedagogik mexnatni muvaffaqiyatli bajarishga qodir bo‗lishdir. Bu avvalo,
pedagogik kasbning ijtimoiy roli va zaruriyatini yaqqol tasavvur qila olishida ko‗rinadi. Bundan
tashqarii o‗qituvchi, o‗quvchiga o‗z faoliyatining ob‘ekti sifatida qiziqib qarashi, uning extiyoj
va xususiyatlarini tushuna bilishi lozim.
Bundan tashqari o‗qituvchi ta‘lim jarayonida xar bir o‗quvchi-talabaning bilimi va
tarbiyalanganlik darajasini aniqlay olishi va xisobga olishi, o‗quv materiallarini to‗g‗ri tanlay
bilishi, taxlil qila olishi va umumlashtira bilishi pedagogik maxorat uchun zarur bo‗lgan ta‘lim
usullari, vositalari va shakllarini mukammal bilish, o‗quvchiga nisbatan talabchan bo‗lish
pedagogik vaziyatga qarab ulardan o‗rinli foydalana olish, ta‘lim natijalarini dastlabgi va keyingi
ko‗rsatgichlar bilan taqqoslash, taxlil qili shva xulosalash kabilar. Xullas, o‗qituvchi keng
ko‗lamdagi didaktik bilimlarga, pedagogik maxoratga ega bo‗lishi lozim.
Uzluksiz ta‘lim tizimi o‗quv tarbiya-tarbiya jarayonining xamma bosqichlarini qamrab
oladi xamda xar tomonlama yetuk barkamol avlodni yetishtirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Shu sababli mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida uzluksiz ta‘limni tashkil
etish va rivojlantirishning asosiy tamoyillari (prinsiplari) belgilanadi. Bular ta‘limning ustvorligi,
ta‘limni demokratlashuvi, ta‘limniinsonparvarlashuvi, ta‘limning ijtimoiylashuvi, ta‘limning
milliy yo‗nalganligi, ta‘lim va tarbiyaning uzviy bog‗liqligi, iqtidorli yoshlarni aniqlash, yuqori
darajada bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabilar. Jamiyat talab qilayotgan uzluksiz
ta‘limga tegishli bu qonun-qoidalar o‗qitish, bilim berish, ya‘ni talim jarayoniga xam samarali
ta‘sir ko‗rsatadi. Pedagogikada ta‘limning ilmiy-nazariy, uslubiy asoslari aloxida, ya‘ni didaktika
qismida o‗rganiladi. Bu jarayonda ta‘lim prinsiplariga xam aloxida to‗xtaladi.
Yaqin va O‗rta Sharqda Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Tusiy
kabi mutafakkirlar ilmiy didaktika asoschilaridir. Yan Amos Komenskiy, shveysariyalik pedagog
I.G.Pestalotssi, nemis pedagogi A.Disterverglar Yevropada didaktikaning rivojlanishiga katta
xissa qo‗shdilar. Ular pedagogik qarashlarining muxim xususiyati shundan iborat ediki, mazkur
olimlar doimo predmetning qiyofasiinson ongida mavzumlashuvi jarayoniga, mana shu
predmetning moxiyati va o‗ziga xosligini tushunish sodir bo‗lishi xamda shakllanishiga e‘tibor
berganlar.
Sharq xalqlari pedagogikasining buyuk allomasi Yusuf Xos Xojib «Qutadg‗u bilig» asari
orqaliilm-fan, ma‘rifatning axamiyati, ta‘rifi va tavsifida odamlarni tinmay ilm olishga, bilim
o‗rganishga undadi. Bilimlar rivojida Sharqning yana bir buyuk mutafakkiri Al-Xorazmiyning
salmoqli xissalari bor, albatta. Buyuk olim algebra, arifmetika, astronomiya, geografiya va
musiqa soxalarida bir qancha asarlar yozgan.
Sharqu g‗arb ma‘naviy merosi asosida pedagogik jarayondan markaziy o‗rin olgan
didaktika doimo rifojlanib bordi, didaktika rivojiga buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy
xam katta xissa qo‗shgan. Uning
«Buyuk didaktika» asari o‗qitishni rivojlantirishga katta ta‘sir
ko‗rsatdi va muallimlarning doimiy foydalaniladigan adabiyoti bo‗lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: