kuchli narkotik dorilar bilan uyquga ketadigan og‘ir ahvoldagi bemor, oxir–oqibat bir – ikki oydanmi, bir–ikki
yildan keyinmi, baribir, o‘limga maxkumligini his etgach, tibbiyot xodimidan o‘zini dori dozasini kuchaytirish
orqali o‘ldirib qo‘ya qolishni iltimos qiladi. Tibbiyot xodimi qanday qaror qabul qilishi kerak? Bemorni o‘ldirish
orqali og‘ir azoblardan qutqarish axloqiylikka kiradimi yoki axloqsizlikkami? Bu muammolar hali uzil–kesil hal
etilgan emas. Bundan tashqari. har ikki holatdagi o‘limda o‘z xohishi bilan o‘limni barvaqt istagan, Xudo bergan
umrni o‘zi qisqartirishga ahd qilgan odam ahloqlimi yoki ahloqsizmi?
O‘zini o‘zi o‘ldirish gunoh, lekin o‘zini ham, oila a‘zolarini ham qiynab yashash–chi? Ikkinchi xolatda u
matonat, mardlik ko‘rsatib, «o‘ladigan kasalning o‘lgani, bo‘ladigan ishning bo‘lgani ma‘qul» degan maqolga amal
qilgani ahloqiylikmi yoki ahloqsizlikmi? Bu savollarga birdan va bir tomonlama, qat‘iy javob berish hozir ham
mushkul, barcha davrlarda ham mushkul bo‘lib kelgan.
O‘lim borasidagi mulohazalarda yana bir muhim masalaga to‘xtalamoq joiz. Xo‘sh o‘lim, odatda qabul
qilingan tarzida, eng ulkan yovuzlikmi? Bunga dialektik yondashuv orqali javob berish lozim. O‘lim og‘ir yo‘qotish.
«Lekin o‘z-o‘zicha u tabiiy hodisa – yovuzlik emas... U uzoq davom etgan biologik evolyutsiya mobaynida foydali
va zarur ahamiyatga ega bo‘ldi»
128
.
Darhaqiqat, o‘lim va hayot, boshqacha aytganda, hayot va mamot bir – biri bilan uzviy dialektik bog‘liq
tabiiy hodisalardan. Bu dunyoda hayotsiz o‘lim, o‘limsiz hayotning bo‘lishi mumkin emas. Buni Lametri obrazli
qilib shunday izohlaydi: «Narsalar dunyosida, o‘lim arifmetikadagi nolning o‘zgasini boshqa narsa emas»
129
Faqat
bevaqt, fojeaviy o‘limni yovuzlik tarzida talqin etish mumkin. CHunki aynan shunday o‘lim tufayli, yuqorida
aytganimiz, insonni jamiyat va oila uchun qiladigan ezgu ishlar to‘xtaydi.
Biz fojeaviy o‘lim deganda ham ikki xil o‘limni tushunishimiz lozim: birinchisi – tasodifiy, tabiiy yoki
texnikaviy halokatlar tufayli ro‘y beradigan o‘lim. Unda tabiiylik mavjud, ikkinchisi – estetikadagi fojeaviylik
tushunchasiga taaluqli o‘lim, unda fojeaviylik qaxramonlikni vujudga keltiradi, o‘lim – ijtimoiy hodisaga aylanadi.
Boshqacharoq aytganda, Yangi g‘oya uchun zamon bilan kurashib, o‘zini fido qilgan shaxs qahramonlarcha halok
bo‘ladi, ya‘ni erkinlik sub‘ektda, zaruriyat ob‘ektda beriladi va ob‘ekt sub‘ektning ustidan g‘alaba qozonadi, lekin
bundan buyog‘iga, sub‘ektning g‘oyalari
bilan yashaydi, bundan o‘sha inson ijtimoiy – axloqiy ideal
sifatida maqom
topadi, jisman halok bo‘ladi, lekin ruhan, ma‘nan u uzoq zamonlar yashaydi yo abadiiy o‘lmaslikka erishadi.
CHunki fojeaviy qahramon «o‘z erkini yo‘qotishi bilan aynan ana shu erkinlikning mavjudligini isbotlab,
o‘zining erkin ixtiyorini e‘lon qilib, halok bo‘ladi».
130
Biz o‘lmaslik deganida asosan ana shu holatni, ijtimoiy – ahloqiy ideal sifatidagi o‘lmaslikni tushunamiz.
Jisman o‘lmaslik to‘g‘risidagi fikrlar esa tibbiyot muammosi bo‘lib, unga erishishning imkoni yo‘q, zero, keksayish,
inson a‘zolarining qarishi mavjud ekan, ular albatta o‘limga olib boradi.
Ba‘zi tadqiqotchilar, chunonchi, I. V. Vishev, inson kosmosga chiqmasdan oldin, kosmos haqida fikrlagan,
ilmiy ishlar olib borgan edi, o‘lmaslik haqida ham shunday fikr bildirsa bo‘ladi, fan taraqqiyoti shunga olib kelish
mumkin degan hayotbaxsh ruhdagi farazni ilgari suradi. Ayni paytda bu masalada «amaldagi o‘lmaslik» tushunchasi
bilan «o‘lmaslik» tushunchasini qorishtirib yubormaslik muxim shart» ekanini ta‘kidlab o‘tadi.
131
. Demak, o‘lmaslik
mavjud va u ahloqiy tushuncha sifatida olib qaralishi lozim. SHu ma‘noda axloqiy yuksak, fidoyi, ijtimoiy–axloqiy
idealga aylangan insonlargina abadiylikka daxldordir.
SHunday qilib, biz axloqshunoslik mezoniy tushunchalarini imkon qadar ko‘rib chiqdik. Ushbu nisbatan
qisqacha tahlilning o‘zi ham ularning axloqshunoslik sirlarini ochishda ilmiy kalit sifatida naqadar katta ahamiyatga
ega ekanini ko‘rsatib turibdi. Boshqacha qilib aytganda, mezoniy tushunchalar axloq nazariyasining asosini tashkil
etuvchi mehvarlardir, barcha qolgan katta–kichik tushunchalar ular atrofida aylanib, axloq haqidagi ilmni vujudga
keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: