Qadr–qimmat. Qadr–qimmat tushunchasi inson o‘z qadrini, bu dunyoda uning hayoti oliy qadriyat
ekanligini, o‘z shaxsi oldida o‘zi ma‘sul ekanligini anglashi uchun xizmat qiladigan hissiyot. U nomus, g‘urur
tushunchalari bilan bog‘liq, bir tomondan insonning o‘z qadrini har qanday holatda ham yerga urmasligini taqozo
etadi. Masalan, iste‘dodli, vijdonli, ziyoli odam biror bir shaxsiy ishini hal qilishi uchun nokas boyvachchaga yoki
to‘pos rahbarga yalinsa, garchand o‘z maqsadiga yetsa ham, bu o‘zi tomonidan o‘z qadrini yerga urishdir. Pirovard
natijada o‘zini kamsitilgan his qiladi, bundan afsus bilan yashaydi.
Qadr–qimmatning yana bir jixati – insonning boshqalar yoki jamiyat tomonidan kamsitilishi bilan bog‘liq.
Bunda kishining hayotida egallagan haqiqiy o‘rinni atayin tan olmaslik, boshqa birov, guruh yoki jamiyat tomonidan
ko‘ra–bila turib, uni chetga surib qo‘yish va shu orqali uni iztirobga solish kabi usullarni qo‘llaniladi. Bunday
usullar ma‘naviy saviyasi past odamlar orqali, qonunlari ishlamaydigan totalitar va avtoritar boshqaruv hukmronlik
qilgan jamiyatda ro‘y beradi. Bunga misol tarzida Abdulla Qodiriy, CHo‘lpon kabi buyuk siymolarning qamashga,
otishga hukm etilishini yoki iste‘dodli ziyolilarga atayn unvonlar bermaslik, iloji boricha ular nomini xalqqa
yetkazmaslikka harakat qilish hollarini keltirishimiz mumkin. Faqat bugina emas, sho‘rolar tuzumida «sovet xalqi»
deb atalgan millionlab fuqarolarning qadr–qimmati oyoqosti qilindi: ular ochlikka, surgunlarga, konsentratsion
lagerlar azoblariga mahkum etildilar, qiynoqlarga solindilar. Bularning hammasi faqat iqtisodiy qiyinchiliklar
oqibati emas, balki mustabid tuzum tomonidan inson g‘ururini oyoqosti qilib, uni qo‘rqoq, bo‘ysunuvchi jonzotga
aylantirish uchun olib borilgan mash‘um siyosat edi. CHunki g‘ururini yo‘qotgan kishida qadr–qimmat hissi o‘ladi,
u haqiqat, adolat va insoniy huquqlar tantanasi uchun kurashdan o‘zini olib qochadi. Zotan, qadr–qimmat insoniy
g‘ururning jamiyatdagi ijtimoiy–axloqiy munosabatlarda in‘ikos etish shaklidir.
Lekin g‘urur me‘yorida bo‘lishi kerak, ya‘ni kishining asl qadr–qimmatiga mos kelishi lozim. G‘ururdagi
me‘yorning buzilishi kishini kibrga olib keladi: u o‘zining va boshqalarning qadr–qimmati to‘g‘risida noto‘g‘ri
tasavvurga ega bo‘lgani uchun kibrlanadi, manmanlikka beriladi. Kibrli kishi o‘zini zo‘r deb biladi. Bu shunchaki
ro‘y bermaydi. Aslida u o‘z qadr–qimmatining boshqalarnikidan past ekanligi tufayli uni sun‘iy ko‘tarishga harakat
qiladi, ma‘naviy bo‘shliqni boshqalarga past nazar bilan qarash orqali to‘ldirishga intiladi, bu yo‘lda yolg‘on va
maqtanchoqlikdan toymaydi. Pirovard natijada u atrofdagilardan ajralib qoladi, o‘zgalarning nafratiga sozovor
bo‘ladi, asl o‘zligini topolmagan axloqsiz kimsaga aylanadi. SHu bois doimo insonning «o‘z o‘rnini» – qadr–
qimmatini real bilishi, o‘zgalargagina emas, birinchi navbatda o‘ziga baho bera olishi muhimdir. Xullas, qadr–
qimmat – insonning o‘zi, o‘zgalar va jamiyat tomonidan oliy qadriyat sifatida e‘tirof etilishi, uning ma‘naviy
huquqlarining tan olinishidir.
Biz yuqorida ko‘rib o‘tganlarimiz – asosiy mezoniy tushunchalarning barchasi baholash tabiatiga ega. Yana
qator muhim axloqiy tushunchalar borki, ular o‘z yechimini talab qilishi bilan, ya‘ni muammolik xususiyati bilan
ajralib turadi. Ideal, baxt, hayotning ma‘nosi singari tushunchalar shular jumlasidandir.
Biz yuqorida ko‘rib o‘tganlarimiz – asosiy mezoniy tushunchalarning barchasi baholash tabiatiga ega. Yana
qator muhim axloqiy tushunchalar borki, ular o‘z yechimini talab qilishi bilan, ya‘ni muammolik xususiyati bilan
ajralib turadi. Ideal, baxt, hayotning ma‘nosi singari tushunchalar shular jumlasidandir.
Ideal. Bir qaraganda, idealda ham baholash xususiyati mavjuddek tuyuladi. Lekin aslida u qiyoslashga
asoslanadi. Antiqa tomoni shundaki, idealda nomavjud, xayoldagi insonga voqelikdagi real, mavjud inson,
hayotdagi hodisalar qiyoslanadi, ya‘ni bor narsa yo‘q narsa bilan o‘lchanadi. Zero, ideal hayotda mavjud bo‘lishi
mumkin emas – bu hammaga ayon gap. Buning ustiga, ideal, yirik ma‘noda, hozirgi zamonda ham, kelajakda ham
bo‘lmaydi, uning mavjudlik sharti – o‘tgan zamon. SHunday qilib, idealga intilish shaxsning o‘z zamonasidagi
odatiy sharoitga sig‘maslik, uni tezroq kengaytirish uchun qilingan xatti–harakatidir. Bu xatti–harakat uchun
namunani inson, hozirgina aytganimizdek, kelajakdan topolmaydi, chunki namuna tarixiylikni, tajribaviylikni talab
etadi; axloqiy idealga aylangan shaxs tarixiy tajribadagina mavjud bo‘ladi va muayyan zamonga kelib, u ma‘lum
ma‘noda mubolag‘aviy hamda afsonaviy ta‘rif–tavsif bilan boyitiladi, ya‘ni ideallashtiriladi. Bunga ideal odil
podsho No‘shiravon, odil yoki ideal sahovat egasi, jo‘mard inson Hotam Taiy Yamaniy siymolari yorqin misol bo‘la
oladi.
Inson ideal sari intiladi, o‘z hayotini unga qiyoslaydi, unga taqlid qiladi. U inson hayotidagi eng oliy axloqiy
talabki, uning bajarilishi shaxsni komillikka yetkazadi. Albatta, hayotda bunga to‘la erishib bo‘lmaydi, lekin inson
ana shu komillikni o‘ziga namuna bilib, idealga intilib yashashi jarayonida nisbiy–hayotiy komillikni qo‘lga kiritadi.
Dunyoviy ideal bilan, aniqrog‘i, ijtimoiy–axloqiy ideal bilan diniy ideal, bir qaraganda, o‘xshashdek
ko‘rinsa–da, aslida keskin farq qiladi. CHunonchi, musulmonlar uchun – Muhammad alayhissalom, nasroniylar
uchun – hazrati Iso, yahudo dinidagilar uchun – hazrati Muso ideal hisoblanadi. Ular ideal sifatida hech qachon
o‘zgarmaydi, boqiy. Ijtimoiy–axloqiy ideallar esa o‘zgarishi mumkin va ko‘p hollarda o‘zgarib turadi. Masalan,
sho‘rolar davrida o‘sha tuzum asoschisi Lenin – eng yuksak axloqiy ideal sifatida talqin etilardi va ko‘pchilik
tomonidan shunday qabul qilinardi. Hozir esa «Kuch – adolatda!» degan shiorni hayotining ma‘nosi deb bilgan
buyuk ajdodimiz Amir Temur ko‘pchilik tomonidan ijtimoiy–axloqiy ideal, adolatli davlat rahbarining namunaviy
timsoli tarzida qabul qilinadi. Demak, muayyan tuzum talablaridan va jamiyat ravnaqidan kelib chiqqan holda,
ijtimoiy–axloqiy ideallar o‘zgarishi mumkin.
Biroq har bir tuzumning umri umumiy tarixiy jarayonda nisbatan qisqa vaqtni o‘z ichiga oladi. Yolg‘on,
ko‘zbo‘yamachilik va zo‘ravonlikka asoslangan tuzum esa uzoq muddat yashay olmaydi. CHunki zimdan
axloqiylikni inkor etgan siyosatning bir kunmas bir kun albatta asl basharasi ochiladi. SHu bois faoliyati
niqoblangan axloqsizlikdan iborat bo‘lgan Lenin, Stalin, Hitler kabi ijtimoiy ideallarning umri uzoq bo‘lmadi –
aldangan ko‘pchilik qisqa vaqt mobaynidagina ularni ideal deb bildi.
Bunday salbiy hodisalarga qaramay, ideal, umuman, jamiyatda, shaxs hayotida ijobiy hodisa. U insoniyat
tarixida yorug‘ mayoq vazifasini o‘tab kelmoqda, bundan keyin ham uning asosiy vazifasi shunday bo‘lib qolajak.
CHunki idealda har bir inson o‘z baxtining hissiyotli ifodasini ko‘radi, hayotining ma‘nosini unga qarab intilishda
deb biladi.
Hayotning ma‟nosi. Mashhur alloma Majididdin Xavofiy, yashash uchun ovqatlanurlar, ovqatlanish uchun
yashamaslar, degan hikmatni ko‘p takrorlar ekan. Xo‘sh, aslida inson nima uchun yashaydi? Yashashdan maqsad
nima? Inson hayotining ma‘nosi nimada?
Har bir inson o‘z umri mobaynida ana shu savollarga javob topishga urinadi va hayotining ma‘nosini o‘ziga
xos tarzda tushunadi. SHu bois hayotning ma‘nosi axloqshunoslikning ancha murakkab tushunchalaridan
hisoblanadi.
Avvalo shuni aytish joizki, hayotning ma‘nosini yashashdan maqsad degan tushuncha bilan qorishtirib
yuborish hollari ko‘p uchraydi. Vaholanki, ularni aynanlashtirish mumkin emas, chunki hayotning ma‘nosi
maqsadga nisbatan juda qamrovli tushuncha, o‘z ichiga o‘nlab, balki yuzlab maqsadlarni oladi, aniqrog‘i, u
muayyan maqsadlar tizimidan tashkil topadi. SHu bois kimningdir biror–bir ezgu maqsadi amalga oshmay qolsa,
uning hayotini «ma‘nosiz» deb bo‘lmaydi.
Ba‘zan hayot «ma‘nosiz» kechishi ham mumkin. Bunda kishidagi maqsadlar o‘tkinchi, mayda, yuksak orzu–
intilishlardan yiroq, hayvoniy, tuban, hatto yovuz bo‘lishi mumkin. Mazkur kishi – «hayot egasi»ning bunday tabiati
jamiyat erishgan axloqiy daraja bilan baholanadi. Zero, kimdir o‘z hayoti ma‘nosini qanday yo‘l bilan bo‘lmasin
boy–badavlat, to‘kin–sochin yashashda deb tushunadi: harom–xarishning farqiga borib o‘tirmaydi, birovning
haqidan qo‘rqmaydi yoki qanday vositalar bilan bo‘lmasin, martabaga erishishni o‘z oldiga hayotiy maqsad qilib
qo‘yadi, faqat «yulsam» deydi. Boshqa birov esa, qonunni buzmaydi, lekin o‘zgalarga qayishishni xayoliga ham
keltirmaydi, hech kim bilan ishi bo‘lmaydi, faqat «o‘z qobig‘ida» yashashni afzal ko‘radi.
Yana bir toifa odamlar borki, ular hayotining ma‘nosini eng yuksak qadriyatlar bilan bog‘laydilar va
jamiyatda yuksak axloq egasi, go‘zallik oshuftasi, e‘tiqodi but kimsalar sifatida e‘tibor qozonadilar. Ular oliy
ideallarga intilib, fidoyilarcha umr kechiradilar. Hayotining ma‘nosini o‘zidan keyin qoldiradigan «ikkinchi umr»da
ko‘radilar. Har bir jamiyatning taraqqiy topishi yoki tanazzuli hayotning ma‘nosini ana shu tarzda
tushunuvchilarning ko‘pligi yoki kamligi natijasida ro‘y beradi, bir so‘z bilan aytganda, bunday tom ma‘noda «elim
deb, yurtim deb yonib yashaydigan» odamlar yuksak axloqli, demokratik, erkin jamiyatning ustunlaridir.
Biz yuqorida ko‘rib chiqqan toifalar ikki umumiy ijtimoiy–ma‘naviy guruhning biriga, ta‘bir joiz bo‘lsa,
shartli ravishda dunyoviy deb ataladigan qismiga mansub.
Ikkinchi guruhni esa e‘tiqodiy–diniy deb nomlash mumkin. Bu guruh hayotning ma‘nosini Xudoni topishda,
Unga yetishishda deb biladi. Bunda goho cherkov yoki shariat aqidalari orqali emas, balki muhabbat vositasida ham
Xudoga murojaat qiladilar. Masalan, buyuk rus mutafakkiri va yozuvchisi, pravoslav cherkovidan ronda qilingan
Lev Tolstoy hayotning ma‘nosini quyidagicha tushunadi: «Men faqat Xudoga ishongan onlarimdagina haqiqiy
yashaganimni esladim... Xudoni tanish va yashash degani bir xil gap, Xudo hayot demakdir», – deb yozadi u
o‘zining mashhur «Iqrornoma» asarida.
125
O‘z hayotining ma‘nosini Xudoga yetishish uchun harakatda deb bilgan Tolstoy ayni paytda bu harakatni
dunyoviy muammolarning hal qilinishi bilan bog‘laydi. Xuddi shunday holatni biz avval ham bir necha bor misol
qilib keltirganimiz buyuk mutasavvif bobokalonimiz Alisher Navoiy shaxsida ham ko‘rish mumkin. Gap shundaki,
har ikki alloma o‘zlari tanlagan tariqatlar orqali Xudoga yetishishga intiladilar, ulardagi Xudoga bo‘lgan ilohiy ishq
U yaratgan har bir jonzotga, har bir giyohga, eng avvalo, insonga muhabbat sifatida namoyon bo‘ladi, ya‘ni ular
hayotida diniylik dunyoviylikni inkor etmaydi. SHu nuqtayi nazardan qaraganda, ba‘zi ekstremistchi guruhlar
mafkurachilarining «dinni dunyoviylikdan tozalash» haqidagi safsatalari ulardagi hokimiyatni qo‘lga olishga
intilishdan boshqa narsa emas, mohiyatan dinga aloqasi yo‘q, xudbinlikning niqoblangan ko‘rinishi, xolos. Zero,
Alloh u dunyoda jannatiy bo‘lish uchun o‘z bandalariga bu dunyoda go‘zal yashashni, chiroyli a‘mollar qilishni
buyuradi.
Ko‘rib o‘tganimizdan ma‘lum bo‘lyaptiki, hayotning ma‘nosini tushunishda har ikki ijtimoiy–ma‘naviy
guruhda ham turli qarashlar mavjud. Lekin ular bir masalada yakdil: ular hayotning ma‘nosi o‘z manfaatlarini
o‘zgalar manfaati bilan bog‘lab, oliy qadriyatlar va yuksak aqidalarni ichki shior qilib yashashdadir, degan axloqiy
qoidaga binoan umr kechiradilar.
Baxt. Hayotning ma‘nosi ideal bilan bog‘liq bo‘lgani kabi baxt atamasini ham hayotning ma‘nosi
tushunchasidan ajratib olingan holda tahlil etish mumkin emas. Zero, baxt inson o‘z hayoti ma‘nosini qay darajada
tushungani va shu ma‘nodan umri mobaynida qoniqish hosil qilib borishidan iboratdir. Har bir insonda qoniqish
hissi undagi maqsadlarning takomilga yetganidagina ro‘y beradi. Faqat bu takomilga yetish jarayoni bir umr davom
etadi. SHu ma‘noda buyuk ajdodimiz Abu Nasr Forobiy: «Baxt – har bir inson intiladigan maqsad, zotan u muayyan
komillikdir», – deganida ko‘p jihatdan haq edi.
126
125
Толстой Л.Н. Собрание сочинений в 22 т. Т. 16. М., ИХЛ, 1983. С. 151.
126
Аль – Фараби. Социально-этические трактаты. Алма – Ата, «Наука», 1973. С. 3.
Faqat bu qoniqish ham davomiylik tabiatiga ega ekanini unutmaslik lozim, uni lazzat bilan aynanlashtirish
to‘g‘ri emas. Lazzat oniylik xususiyatiga ega, o‘zini faqat jarayondagina namoyon etadigan hodisa va u moddiy
hayotdagi real, ammo o‘tkinchi ehtiyojlardan kelib chiqadi. Masalan, gastronomik yoki shahvoniy lazzatni olib
ko‘raylik: deylik, siz kabobni xush ko‘rasiz va lazzatlanib yeya boshlaysiz, lekin bir oz muddat o‘tgach, to‘yasiz,
boshqa yegingiz kelmay qoladi; shahvoniy lazzat ham shunday. Baxt esa ma‘naviy ehtiyoj bilan bog‘liq, unda
maqsadlarga birin–ketin erisha borish, qoniqish jarayoni, boya aytganimizdek, bir umr to‘xtamaydi va doimo lazzat
va zavqni o‘z ichiga oladi.
Baxt garchand, orzu kabi idealning hissiy–ehtirosli shakli sifatida ko‘zga tashlansa-da, aslida undan farqli
o‘laroq, shaxsning intilishini emas, shu intilishning ro‘yobini anglatadi. Har bir intilishning ro‘yobga chiqishi esa
muayyan tayyorgarlikni va kurashni taqozo etadi. Buyuk shoirimiz G‘afur G‘ulomning:
Do'stlaringiz bilan baham: |