Qadimgi dunyoning mumtoz estetikasi
Qadimgi dunyoning mumtoz falsafasi haqida gap ketganda ko‘pgina adabiyotlarda uni go‘yo
Yunonistonda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolgan aqliy yuksaklik, ya‘ni, yunonlarning (Yevropaliklarning) boshqa
irqlarga nisbatan buyukligidan dalolat beruvchi hodisa sifatida talqin etiladi. Lekin, aslida qadimgi Yunoniston
fani va madaniyati Eron, Bobil, qadimgi Misr va qadimgi Hindiston singari Sharq mamlakatlari erishgan
yutuqlardan foydalanib, shu darajaga ko‘tarildi. Qadimgi Sharq yunonlar uchun ulkan maktab vazifasini o‘tadi.
Chunonchi, Fales, Pifagor, Demokrit, Geraklit, Suqrot, Aflotun singari allomalar ana shu maktab ta‘limotidan
bahramand bo‘lib, buyuklikka erishganlar. Buning isbotini deyarli barcha qadimgi manoqiblarda, xususan,
yunonlardan qolgan falsafiy, adabiy va tarixiy manbalarda ko‘rish mumkin.
162
Дао. М., - Харков, Эксмо-пресс – Фолио, 2000. С. 9.
163
Древнекитайская философия. Эпоха Хан. М., Наука, 1990. С. 75.
Qadimgi yunon mumtoz estetikasi deganda biz, asosan, uch buyuk siymoni nazarda tutamiz. Bular-
Suqrot, Aflotun va Arastu.
Suqrot (miloddan avvalgi 469-399 yillar) jahon falsafasida birinchi bo‘lib antropologik yondashuvga asos
solgan mutafakkir, ungacha falsafaga faqat kosmologik yondashuv hukmron edi. U diqqatni kosmos – fazoga
emas, balki insonga qaratdi, insonni amaliy xatti-harakati, axloqiyligi nuqtayi nazaridan o‘rganishga kirishdi.
Suqrot axloqshunoslik va nafosatshunoslikning, axloq va go‘zallikning uzviy aloqasini ta‘kidlab ko‘rsatadi.
Uning ideali – ma‘nan va jisman go‘zal inson. U insonni san‘atning asosiy ob‘ekti sifatida olib qaraydi,
san‘atning estetik va axloqiy mezonlari masalasini o‘rtaga tashlaydi hamda shular orqali ijodiy jarayonni ochib
berishga urinadi.
San‘at, Suqrotning fikriga ko‘ra, taqlid orqali hayotni in‘ikos ettirishdir. Lekin bunday taqlid aslo nusxa
ko‘chirish emas. Haykaltarosh Pirrasiy bilan suhbatida mutafakkir, san‘atkor insonni, tabiatni, voqelikni
umumlashtirish orqali qaytadan jonlantiradi degan fikrni bildiradi. Haykal ham, ya‘ni, tosh ham, boshqa san‘at
turlaridagi kabi «qalbning holatini», insonning ruhiy-ma‘naviy qiyofasini aks ettirishi kerak. Axloqiy
ideallargina in‘ikos etilishga loyiq.
Qadimgi yunon nafosatshunosligida Aflotunning (milodgacha 427 – 347) qarashlari diqqatga sazovordir.
Uning nafosat borasidagi fikr-mulohazalari asosan «Ion», «Fedr», «Bazm», «Qonunlar», «Davlat» singari
asarlarida o‘z ifodasini topgan.
Aflotun, Suqrotdan farqli o‘laroq, g‘oyalar muammosini o‘rtaga tashlaydi. Uning nazdida asl borliq ana
shu g‘oyalardan iborat. Umumiy tushunchalar qancha bo‘lsa, g‘oyalar ham shuncha. G‘oyalarning o‘rni
narsalarga nisbatan birlamchi: avvalo g‘oyalar, undan keyin narsalar. Atrof-tevarakdagi his etiluvchi narsalar
hissiyotdan yuksak turuvchi g‘oyalarning in‘ikosidir. Aflotunning fikriga ko‘ra, asl go‘zallik his etilguvchi
narsalar dunyosida bo‘lmaydi, u g‘oyalar olamiga taalluqli. «Davlat» asarida faylasuf Suqrot va Glaukon suhbati
asnosida g‘or haqidagi mashhur masal-afsonani keltirar ekan, bizga ko‘rinib turgan, biz yashayotgan dunyo bor-
yo‘g‘i soyalar o‘yini, haqiqiy dunyoni ko‘rish uchun esa inson ojizlik qiladi, deydi. Inson g‘or devoriga
kishanband qilingan tutqunga o‘xshaydi, u faqat haqiqiy borliqning soyasini kuzata oladi, xolos, haqiqiy borliq
esa ana shu soya ortida ko‘rinmay qolaveradi. Go‘zallik ham haqiqiy borliqqa taalluqli. Unga hissiyotlar
yordamida etishish mumkin emas, faqat aql orqaligina uni anglash mumkin: u - o‘zgarmas, zamon va makondan
tashqarida. Bu o‘rinda Aflotunning haqiqiy go‘zallik sifatida Xudoni nazarda tutayotganini ilg‘ash qiyin
emas
164
.
Ana shu nuqtayi nazardan kelib chiqqan holda, Aflotun, san‘atkorni o‘ziga xos nusxa ko‘chiruvchi sifatida
talqin etadi; u his etiladigan narsalar olamini aks ettiradi, bu olam esa, o‘z navbatida, g‘oyalarning nusxalaridir.
Demak, san‘at asari-nusxadan olingan nusxa, taqlidga taqlid, soyaning soyasi. SHu bois in‘ikosning in‘ikosi sifatida
san‘at, birinchidan, bilish quroli bo‘la olmaydi, aksincha, u aldamchi ro‘yo, asl olamning mohiyatiga etib borish
yo‘lidagi to‘siqdir. Ikkinchidin, u axloqqa nisbatan betaraf turadi, hatto axloqning buzilishiga ham sabab bo‘lishi
mumkin. Uchinchidan, idrok etuvchini ma‘naviy yuksaklikka emas, balki ruhiy kasallikka olib keladi. Chunki u his
etilguvchi narsalar olamini turli vositalar orqali in‘ikos ettirar ekan, ko‘p hollarda go‘zallikka taalluqli bo‘lmagan,
hunuklik, sharmandalik va behayolikni ham tasvirlaydi. SHu sababli ideal davlatdan san‘atning o‘rin olishi shart
emas. Lekin ma‘budlarga alqovlar, mardlik, vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otadigan qo‘shiqlar bundan mustasno.
Aflotun ilhomning ikki xilini keltiradi, biri – «tartibga soluvchi», ikkinchisi – «lazzat beruvchi».
Birinchisi odamlarning «yaxshilanishiga» xizmat qilsa, ikkinchisi – «yomonlashtiradi». Xo‘sh, shuning uchun
nima qilish kerak? Faylasuf o‘ziga xos nazorat – stenzurani taklif etadi: yoshi ellikdan oshgan odamlar orasidan
maxsus «baholovchi» kishilarni belgilash lozim, ular davlat miqyosida badiiy ijodni va shu asosdagi estetik
tarbiyani nazorat qilishni doimiy amalga oshirib turadilar. Ideal davlatda kulgililikka doir asarlarni
(komediyalarni) sahnalashtirish mumkin, faqat ularda rollarni muhojirlar va qullar o‘ynashi kerak bo‘ladi.
Fojeani esa qat‘iy stenzura asosidagina sahnalashtirishga ruxsat beriladi.
Aflotun san‘atning asl manbaini bilimda emas, ilhomda deb hisoblaydi. Uning nazdida shoir faqat
ilhomlangan va jazavaga tushgan paytida, es-hushi yo‘qolgan paytda she‘r yozadi; toki es-hushi joyida ekan, u
ijod va karomat qobiliyatidan mahrum. U, o‘zi anglamagan holda, telbavor, savdoyi bir holatda ijod qiladi. Shu
bois haqiqiy ijodkor uchun san‘at qonun-qoidalarini bilishning o‘zigina etarli emas: san‘atkor bo‘lib tug‘ilish
lozim.
Qadimgi yunon estetikasining yuksak cho‘qqisi Arastu (milodgacha 384 – 322) ijodidir. Uning asosan
«Xitoba» («Ritorika»), «Siyosat», ayniqsa «SHe‘riyat san‘ati» («Poetika») asarlarida nafosatshunoslik
muammolari o‘rtaga tashlangan.
Arastu go‘zallik masalasini o‘z tadqiqotlari markaziga qo‘yadi. U go‘zallikni tartib, mutanosiblik va
aniqlikda ko‘radi. Go‘zallikning nisbatan yuksak ifodasi esa, tirik jonzotlarda, ayniqsa, insonda namoyon
bo‘ladi. Go‘zallikning yana bir belgisi, Arastu fikriga ko‘ra, miqdorning cheklanganligi. «Jonsiz narsalar kabi
jonli mavjudotlar ham hajman oson ilg‘ab olinadigan bo‘lishlari kerak, deydi faylasuf – Shunga o‘xshash voqea
(fabula) ham oson esda qoladigan cho‘ziqlikka ega bo‘lishi shart»
165
. Go‘zallikning eng muhim belgisini esa,
164
Qarang. Platon. G‘or haqida masal. M.Qo‘shmoqov tarjimasi. // «Sog‘lom avlod uchun» jurnali, 1996, 1-son.
165
Аристотел. Сочинения в 4 т. Т.4. М., Мысл, 1983. С. 654.
Arastu uzviy yaxlitlik deb ataydi. Uning talqiniga ko‘ra, yaxlitlik ibtido, markaz va intihodan iborat bo‘ladi
166
.
Arastugacha go‘zallik va ezgulik aynanlashtirilar edi. Arastu esa birinchi bo‘lib ularni farqlaydi; ezgulik faqat
harakat orqali, go‘zallik harakastiz ham voqe bo‘ladi, degan fikrni o‘rtaga tashlaydi
167
.
Arastuning san‘at haqidagi mulohazalari ustozi Aflotun qarashlaridan jiddiy farq qiladi. Uning fikriga
ko‘ra, san‘at asari, tabiat yaratgan narsalar singari shakl va materiya (moddiyat) birligidan iborat. San‘atkor
ongida Olamiy Aqlda mavjud narsalardan boshqa biror narsaning mavjud bo‘lishi mumkin emas. Zero tabiat va
inson faoliyatining manbai Olamiy Aqldagi g‘oyalar yig‘indisidir. Ular yo tabiatdagi jarayon, yoki san‘at orqali
o‘zligini namoyon qiladi. San‘at tabiat o‘z maqsadini amalga oshiradigan shakllardan biri, xolos, lekin
shakllarning eng etugi, mukammali. San‘at tabiat oxiriga etkaza olmagan narsani oxiriga etkazadi.
San‘at tabiatga taqlid qiladi, deganida Arastu, san‘at tabiatning faoliyat usulini in‘ikos ettirishini nazarda
tutadi. San‘at ana shu taqlid natijasida, tabiatga o‘xshab organizm yaratadi. Mazkur organizmni yaratgan
san‘atkor faoliyati san‘at qonun-qoidalariga bo‘ysunadi, u haqiqiy aql-idrokka e‘tiqod qilguvchi «ijodiy odatdir».
Umuman olib qaraganda, san‘atning taqlid ob‘ekti odamlarning xatti-harakati, xatti-harakat bo‘lganda ham,
shunchaki emas, balki ularning axloqiy tabiati aks etadigan qilmishlaridir. Qisqacha qilib aytganda, nafis
san‘atning vazifasi insoniy tabiatni ifodalash, ya‘ni unga taqlid qilish. Lekin bu taqlid, bu in‘ikos voqelikdan
shunchaki nusxa ko‘chirish emas, balki ijodiy yondashuv asosidagi in‘ikosdir. SHu munosabat bilan Arastu
she‘riyat va tarixni solishtirib, shunday deydi; «SHoirning vazifasi haqiqatan bo‘lib o‘tgan voqea haqida emas,
balki ehtimol yoki zaruriyat yuzasidan ro‘y berishi mumkin bo‘lgan voqea haqida so‘zlashdir»
168
.
Arastu san‘atning bilish tabiati borligini, u bilishning o‘ziga xos turi ekanini ta‘kidlaydi va bu bilan ustozi
Aflotunga raddiya bildiradi. «Birinchi muallim»ning fikriga ko‘ra, badiiy asarning mazmuni aniq-ravshan unda
aks ettirilgan voqea-hodisa esa bilib olinishi oson bo‘lishi kerak, xuddi hayotdagidek idrok qilinishi lozim.
Biroq, badiiy idrok etish uchun estetik masofa zarur. Ana shu masofa tufayli badiiy reallik muxtor tarzda, amaliy
hayotdagiga aynan bo‘lmagan tarzda idrok etiladi. Bunday masofa badiiy til, musiqiy kompozistiya v. h.
vositasida yaratiladi. Boshqacha aytganda, badiiyat olamining o‘z zamoni, o‘z makoni, o‘z tili mavjud. Faqat
undagi o‘ziga xos mantiq haqiqiy hayot mantiqini aks ettirish lozim. SHu bois badiiy asar inson tomonidan
qandaydir qalbga yaqin, tanish hodisa sifatida idrok etiladi va masofa tufayli idrok etuvchida mushohada qilish
erki saqlanib qoladi. U hayajonlanadi, qalbi ravshan tortadi.
Ma‘lumki, Pifagor birinchi bo‘lib «forig‘lanish» – «katarsis» tushunchasini diniy-e‘tiqodiy ma‘noda
qo‘llagan edi. Arastu esa uni san‘atga nisbatan ishlatadi. Forig‘lanish, Arastu talqiniga ko‘ra, san‘at o‘z oldiga
qo‘ygan maqsad, xususan, fojea (tragediya)ning maqsadi. U mohiyatan qo‘rquv yoki achinish tufayli inson
qalbini salbiy hissiyotlardan forig‘lantiradi. Natijada inson, bir tomondan, taqdir ko‘rgiliklariga xotirjam qaray
boshlasa, ikkinchi tomondan, baxstizlik girdobiga tushganlarga o‘zida hamdardlik hissini tuyadi. YA‘ni, san‘at
insonni olijanob qilish, yaxshilash, go‘zallashtirish xususiyatiga ega Masalan, sizdan oshnangiz tez kunda qaytib
beraman, deb pul qarz oldi-yu, lekin bir oy bo‘lsa ham pulni qaytargani yo‘q. Siz g‘azabdasiz. Oshnangizni endi
bir boplab sharmanda qilish niyatida yuribsiz. SHu orada teatrga tushdingiz. «Qirol Lir» spektakli ketayotgan
ekan. Lirning fojeasi, otasini joni-dilidan sevgan Kordeliyaning fojeasi – bo‘g‘ib o‘ldirilgan go‘zal qiz, egilgan,
lekin sinmagan haqiqat, adolat sizni larzaga soladi. Sizda pokizalik, halollik, xulqiy go‘zallik timsoli bo‘lmish bu
odamlar qismatiga achinish, ularga hamdardlik hissi uyg‘onadi, odatiy turmushning ikir-chikirlari, tashvishlari
sizga sahnadagi buyuk insonlar jasorati va fojeasi oldida juda mayda ko‘rinadi; qarz olgan oshnangiz haqidagi
o‘ylaringiz e‘tiborsiz bir narsa bo‘lib tuyuladi, kechagi xayollaringizdan o‘zingiz uyalasiz. Qisqasi, siz san‘at
asarini idrok etganinigizdan so‘ng mayda hislardan forig‘lanasiz, ma‘naviy jihatdan kechagiga qaraganda bir
bosh yuksakka ko‘tarilasiz. Arastu aytgan katarsis – forig‘lanish mana shu. San‘at – forig‘lanish vositasida
insonni tarbiyalaydi. Forig‘lanishning estetik mohiyati ana shunda. Shunday qilib, antik davr estetikasining
yuksak nuqtasi sifatida Arastu ijodi hanuzgacha kishilik tafakkurida o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas.
Qadimgi dunyoning mumtoz nafosatshunosligida qadimgi Rim mutafakkirlarining ham o‘z o‘rni bor.
Chunonchi Tit Lukrestiy Kar (milodgacha 99-55 yillar), Kvint Horastiy Flakk (milodgacha 165-8 yillar)qarashlari
diqqatga sazovor. Tit Lukrestiy Kar o‘zining «Narsalarning tabiati» asarida san‘atning kelib chiqishini tabiat bilan
bilan bog‘laydi. Biroq bu ehtiyoj alohida maqomga ega, u boshqa ehtiyojlardan farq qiladi, uning mohiyati
«huzur»ga intilishdan iborat. Lekin u boshqa (ijtimoiy, maishiy) ehtiyojlar bilan yonma-yon turadi, ulardan kam
emas:
Kemachilik, ziroatu yo‘llar, devorlar,
Kiyimboshu qurollaru huquq va boshqa
Qulayliklar va huzurbaxsh barcha narsalar:
Rangtasviru qo‘shiq, she‘rlar, go‘zal haykallar –
Hammasiga ehtiyoju aql o‘rgatdi
Odamzotning olg‘a intilishida
.
166
Аристотел. Сочинения в 4 т. Т.4. М., Мысл, 1983. С. 653.
167
Qarang: Аристотел. Сочинения в 4 т. Т.1. С. 326.
168
O‘sha manba. S. 655.
Лукреций Кар. О природе вещей. М., ИХЛ, 1983. С. 198.
Lukrestiyning o‘z falsafiy qarashlarini she‘riy shaklda – doston janrida ifodalashi tafakkurga ham o‘ziga xos,
estetik yondashuvni anglatib turadi. Uning nazdida ilmiy fikrni san‘at ko‘rinishida, she‘riyat vositasida ifodalash
ko‘proq samara beradi, kitobxon – ilm tolibi «narsalar tabiatini» badiiy in‘ikos yordamida yaxshiroq tushunib oladi:
……………………. istardim tustam
Bu ilmni senga she‘riy harirga o‘rab.
Ehtimolki shunda aqlu diqqatingni men
Qaratgayman shoirona misralarimga –
To narsalar tabiatan bilmaguningcha,
Toki undan biror foyda olmaguningcha
.
YA‘ni, san‘at insonlarning real ehtiyojlaridan kelib chiqqan. Uning nazdida san‘at faqat lazzat, orom
bermaydi, balki, foydalilik xususiyatiga ham ega: u narsalarning tabiati haqida bilim beradi.
Qadimgi Rim shoiri H orastiy esa nafosatshunoslik borasidagi o‘z qarashlarini «Pizonlarga maktub» yoki
keyinchalik «SHe‘riyat san‘ati» deb atalgan asarida bayon etadi. «SHe‘riyat san‘ati» ham Lukrestiy Kar asari
kabi she‘riy shaklda yozilgan. U me‘yoriy tabiatga ega. SHoir uchun izchillik, yaxlitlik, birlik, qamrovlilik
kerakligini ta‘kidlaydi. Asarda mazmun hal qiluvchi ahamiyatga molik deb hisoblanadi.
Horastiy shoirdan, avvalo, falsafiy bilim egasi bo‘lishni, ikkinchidan, samimiyatni talab qiladi. Horastiy
Demokritning iste‘dodni, tug‘ma qudrat, falak ato etgan ulug‘ ne‘mat, degan gaplariga san‘atkor boshqalardan
o‘zining ilhom paytidagi holati bilan farqlanadigan, rosmana odamlarga nisbatan «bir oz tentakligi bor» insonlar
ekani to‘g‘risida bildirgan fikrlariga ichki, ya‘ni haqiqiy shoirligi, iste‘dodi bilan emas, balki tashqi ko‘rinishlari
bilan amal qiladigan sayoz shoirlarni tanqid ostiga oladi. Ularning quruq maqtanchoqligini, o‘zlarini – telbavor
tabiatli, shoirona qilib ko‘rsatishi iste‘doddan ham, ilhomdan ham emasligini aytadi. Maqsad shoir degan nomga
erishib, mashhur bo‘lish:
Hozir shunday shoirlar ko‘p o‘stirib soqol,
Tirnoq olmay, hammom ko‘rmay sahro kezadi
SHoirligu mashhurlikning yo‘li shu deya
.
Horastiy shoirdan avvalo falsafiy bilim egasi bo‘lishni, ikkinchidan, samimiyatni talab qiladi. Suqrotning
amaliy falsafa maktabini o‘tagan shoirgina ana shu talabga javob bera oladi. Chunki uning dialog shaklidagi
yozilgan falsafiy asarlari na faqat to‘g‘ri fikrlashga, ayni paytda drama san‘ati va odamlar qiyofasini haqqoniy
tasvirlashga o‘rgatadi. Bu boradi u o‘z ustidan kulib, kinoya bilan shunday deb yozadi:
o‘zim yozmay hech narsani o‘rgataman, bas,
Mazmun nima, shoirlikning qudrati nima,
Nimadandir yaxshi-yomon, zafaru xato.
To‘g‘ri yozay desang agar to‘g‘ri fikrla,
Buni senga o‘rgatadi Suqrot maktabi,
Agar puxta fikrlasang, oqib kelar so‘z
169
.
Bundan tashqari Horastiy she‘riyatning xil va turlariga ta‘rif beradi, asosiy diqqatni fojeaga (tragediyaga)
qaratadi. Rangtasvirni she‘riyat bilan ko‘p jihatdan o‘xshashligini alohida ta‘kidlab o‘tadi. Har qanday
nomutanosiblikni, soxtalikni qoralaydi, buni go‘zallikning buzilishi deb aytaydi.
Qadimgi Rim estetik tafakkurida Plotin alohida maqomga ega. Uning estetik qarashlarida go‘zallik muhim
o‘rin tutadi, u insonni ezgulikka, haqiqatga, Xudoga intilishini ta‘minlaydi. Go‘zallik – g‘oyaning (eydosning)
qiyofasi, moddiylik ustidan ma‘naviyat g‘alabasining mahsuli. Plotinning fikriga ko‘ra, jismoniy go‘zallik quyi
pog‘onadagi, qalb go‘zalligi o‘rtalikdagi, aqliy go‘zallik esa oliy darajadagi maqomga ega. Jismoniy go‘zallikning
mohiyati inson vujudining g‘oyada ishtirok etishi bilan bog‘liq. Qalb go‘zalligi o‘zi uchun alohida idrok etish
usulini talab qiladi, bu – hayratning mayin zavq, lazzat bilan omuxtalashib ketgan o‘ziga xos idrok etish jarayonidan
iborat. «Qalb go‘zalligi, – deb yozadi Plotin «Go‘zallik xususida» degan risolasida, – qiyofa ham, rang ham,
umuman jismoniylik ham emas, balki har qanday moddiylikdan ajralib turadigan haqiqiy mohiyatdan iborat
eydosdir»
170
. Plotin nazdida eydos (g‘oya) aqlga taalluqli ekan, demak, «qalb maqsadi aqliy poklanishdir, u aqlga
qarab yuksaladi, aql esa Birinchi ezgulikka intiladi, ikkinchi tomondan, u vujudga, quyiga qarab enadi».
171
Qalb
xunukligi uning ana shu quyiga, vujudga qarab enishi tufayli vujudga keladi. SHunday qilib, qalb – aql bilan, aql –
Yakayu yagona ezgulik bilan go‘zaldir.
Plotin o‘zining «Aqliy go‘zallik xususida» deb atalgan boshqa bir estetik risolasida yuqoridagi fikr va
mulohazalarini yanada chuqurlashtiradi. U aqliy go‘zallikni Ilk qiyofa deb ataydi va uning sub‘ektiv tomoni hayrat,
degan fikrni ilgari suradi. «Aqliy go‘zallik – Ilk go‘zallik va u yaxlitlikdir va u hamma erda yaxlitdir, – deydi
mutafakkir go‘zallikning ibtidosi to‘g‘risida
172
. Bu yaxlitlik hech qachon buzilmaydigan va u Alo aql haqida bizga
O‘sha manba. S. 126.
Гораций Флакк. Послание к пизонам // Фет А. Вечерные огни. М., Наука, 1971. С. 167.
169
O’sha manba. S. 167-168.
170
Лосев А.Ф. История античной эстетики. Поздный эллинизм. М., Искусства, 1980. С. 439.
171
O‘sha manba. S. 440.
172
O‘sha manba. S. 460.
tushuncha beradigan, aqlli arshdan taralgan go‘zallikdir. Plotinning estetik ta‘limotiga ko‘ra, go‘zal shakl ezgulik
emas, zero borliqning to‘laqonligi Ezgulikning shaklida emas, uning o‘zida, ya‘ni mohiyatida mavjud. SHunga
qaramaay shakl quyi darajadagi shaklsiz moddiyatdan go‘zalligi bilan yuqori turadi. SHakl qalbda moddiyatdan
qutiladi, aqlda esa u yana-da ozod, yana-da erkin bo‘ladi.
San‘at va uning estetik mohiyati to‘g‘risida ham Plotin o‘ziga xos fikrlar bildiradi. U san‘atni ikki umumiy
guruhga bo‘ladi. Birinchisi – taqlidiy san‘at (rangtasvir, haykaltaroshlik, raqs, musiqa v.b.). Ikkinchi guruh – amaliy
san‘at (me‘morlik, ziroat san‘ati, tabobat san‘ati, siyosat san‘ati v.b.). Birinchi guruhdagi sof san‘at turlari idrok
etuvchini Birinchi qiyofadan chetga, ikkinchi guruhdagi ishlab chiqarish san‘atlari esa avvalgi guruhga nisbatan
aksincha insonni Birinchi qiyofaga qarab tortadi. Chunki sof san‘atda yaratish tamoyillari mutanosiblik va ritmgina
U tomondan, uning mazmuni esa Bu tomondan olinadi. Ishlab chiqarish san‘atlari esa aksincha: narsalar
dunyosining sof san‘at kabi taqlidiy, jo‘n in‘ikosini emas, balki Ilk YAratganga yaqin bo‘lgan faol yaratuvchilik
tamoyillariga asoslangani bilan diqqatga sazovor. Sof san‘at ichida faqat musiqagina butunisicha mutanosiblik va
ritmdan iborat bo‘lgani uchun mazmunan U tomonga taalluqlidir. SHu bois buyuk faylasuf musiqaning tarbiyaviy
ahamiyati hamma san‘at turlaridan kuchli ekanini ta‘kidlab, uni axloqiylik bilan bog‘laydi: u insonni YAkkayu
yagonani tushunish va sevishga o‘rgatadi. Plotin ko‘pchilik antik davr mutafakkirlari kabi fikrlaydi: sof san‘at
turlari, garchand bezarar taqlidiylikka asoslangan bo‘lsa-da, ularni faol deb bo‘lmaydi. Xullas, san‘at, Plotinning
fikricha, Aqliy olamga etishishdagi birinchi pog‘onadir.
SHunday qilib, Plotinning Yangiaflotunchilik estetikasi go‘zallik hamda san‘atni Mutlaqlikka bog‘lab tahlil
qilishi bilan ajralib turadi va Qadimgi Rim estetikasida eng diqqatga sazovor ma‘naviy hodisa sifatida katta
ahamiyatga ega.
Biroq qadimgi Rim nafosatshunoslari, muayyan yutuqlariga qaramay, Arastu darajasidan yuqori ko‘tarila
bilmadilar, ularda qadimgi yunon mutafakkirlariga taqlidiy yondashuv katta o‘rin egallaydi.
Umuman olganda, Qadimgi dunyo nafosatshunosligi, xususan, uning mumtoz davri keyingi davrlardagi
estetik tafakkur taraqqiyotiga katta ta‘sir ko‘rsatdi va bu ta‘sirni hozir ham ma‘lum ma‘noda his qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |