5-chizma
manba:stat.uz
Quyida iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha YaIM ni ishlab chiqarish quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi: 6-chizma
|
Milliard so’m
|
2016-yilga nisbatan %da
|
YaIM o’sishida tarmoqlarning hissasi %da
|
2016-yil
|
2017-yil
|
I. YaIM
|
198 871,6
|
249 136,4
|
105,3
|
5,3
|
Tarmoqlarning yalpi qo’shilgan qiymati
|
178 053,1
|
223 829,8
|
105,3
|
4,8
|
Mahsulotlarga sof soliqlar
|
20 818,5
|
25 306,6
|
105,3
|
0,5
|
II.Tarmoqlarning yalpi qo’shilgan qiymati
|
178 053,1
|
223 829,8
|
105,3
|
5,3
|
Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi
|
32 276,8
|
43 149,8
|
102,0
|
0,4
|
Sanoat
|
45 398,0
|
59 650,9
|
104,6
|
1,1
|
Qurilish
|
13 148,0
|
15 225,2
|
105,6
|
0,4
|
Xizmatlar
|
87 230,3
|
105 803,9
|
106,9
|
3,4
|
Savdo va ovqatlanish
|
19 833,2
|
25 773,9
|
103,9
|
0,4
|
Tashish va saqlash, axborot va aloqa
|
21 113,0
|
24 553,2
|
108,9
|
1,1
|
Boshqa xizmat tarmoqlari
|
46 284,1
|
55 476,8
|
107,3
|
1,9
|
manba:stat.uz
6-chizmadan ko’rinib turibdiki, iqtisodiy o’sish sur’ati milliy iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ijobiy o’sish sur’atlari bilan bog’liqdir. Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo’shilgan qiymat (YaQQ) hajmi YaIM umumiy hajmining 89,8% ni tashkil etadi va 5,3% ga o’sdi. Mahsulotlar uchun sof soliqlarning YaIM tarkibidagi ulushi 10,2% ni tashkil etdi va YaQQ kabi 5,3% darajada o’sdi.
Quyida 2017-yil uchun YaIMning iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha o’sish sur’atlari:
7-chizma
manba:stat.uz
7-chizmadan ma’lum bo’lmoqdaki, YaIM o’sish sur’atiga xizmatlar sohasi eng katta ko’rsatdi va bu soha o’tgan yilga nisbatan 6,9% ga oshdi. Jumladan, savdo, yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar 3,9%ga, tashish va saqlash, axborot va aloqa – 8,9% ga va boshqa xizmatlar – 7,3%ga o’sdi.
Sanoat tarmog’ining qo’shilgan qiymati 4,6%ga o’sdi va YaIM tarkibidagi ulushi 26,7% ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishning YaIM mutlaq o’sishi sur’atiga ijobiy ta’siri 1,1% darajaga yetdi.
Milliy iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish uchun Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan “2017 – 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi” ishlab chiqildi. Harakatlar strategiyasining uchinchi yo’nalishida makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolishning bir qator vazifalari belgilab olindi:
̶ makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o’rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o’zgarishlarni chuqurlashtirish hisobidan yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash;
̶ xarajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganligini saqlab qolgan holda, davlat budjetinig barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy budjetlarning daromad qismini musthakamlashga qaratilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;
̶ ilg’or xalqaro tajribada qo’llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda, pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek,vayutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etis, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash;
̶ soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag’batlantiruvchi choralarini kengaytirish;
̶ bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini taminlash, banklarning kapitallashuv darajasi va deposit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanada kengaytirish.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |