104
Yuqorida muxokama qilingan keramika bu turdagi ishlab chiqariladigan
materiallarning katta qismini tashkil etsa xam, oxirgi vaqtlarda o‘zgacha xossali
keramika deb nomlangan yangi keramik materiallar yaratilmoqda. Xozirgi vaqtda
bu materiallar zamonaviy sanoatda o‘z o‘rnini topmoqda. Jumladan keramik
materiallarning elektrik, magnit va optik xossalari unikal kombinatsiyasi yangi
maxsulotlar ishlab chiqishda qo‘llanilmoqda. Ulardan ba’zilari 12,18 va 19 boblarda
muxokama qilingan.
O‘zgacha xossali keramika, optik tolalar asosidagi
kommunikatsion sistemalarda, mikroelektromexanik sistemalarda, podshipniklar
zo‘ldiri uchun material sifatida va bir qator pyezoelektrik xossali keramik
materiallar ishlatilishiga asoslangan uskunalarda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: