Gubalak — bu qishloq Qashqadaryo viloyati Koson rayonidagi kolxoz hududida joylashgan. Qishloq viloyat markazi Qarshi shahridan 18 km shimoli-g`arbda, rayon markazidan esa 10 km janubi-sharq tomonda joylashgan. Qishloqda 200 dan ko`proq xo`jalik istiqomat qiladi. Aholining milliy tarkibi ham xilma-xil bo`lib, uning asosiy qismini o`zbeklar tashkil etadi. Aytishlaricha, qishloqning o`rni bundan bir necha yil muqaddam cho`l bo`lgan. Ko`chmanchilik bilan shug`ullangan odamlar asta-sekinlik bilan shu erga kelib o`troqlashib qola boshlaganlar. Qishloq yonida ko`chmanchi «arab» qabilalari kelib o`rnashgan. Ular avvallari kapa va erto`lalarda yashaganlar, so`ng guvala quyib, undan uy qurib olganlar. Shundan keyin bu qishloq nomi «Guvalak» bo`lib qolgan, keyinchalik Guvalak so`zi «Gubalak» bo`lib ketgan. Bu nom O`zbekistonning boshqa viloyatlarida ham uchraydi., Farg`ona vodiysida guvalak nomli bir necha joylar mavjud
Mahmud tepa — Qashqadaryo viloyati Koson rayonidagi qishloq. Qishloqning oldingi nomi «Qoratelpak» bo`lgan. Qishloq axlining aksariyati qoratelpak kiyib yurganidan shunday nom olgan, deyishadi. Keyinchalik odamlar chakalakzor va tepalarni o`zlashtirib, yangi qishloq barpo qilganlar. Ishboshi Mahmud ismli oqsoqol bo`lgan ekan. O`sha vaqtdan boshlab Mahmud ota o`zlashtirgan tepa, keyinchalik Mahmud tepa deb atala boshlagan, qishloq nomi esa o`z holicha qolavergan.
Kitob — Qashqadaryo viloyatidagi shahar. Shaxdrni uch tomondan tog`lar, ya`ni Ziyovuddin tog`ining davomi, Qo`rg`on tog`, orqa tarafidan esa Taxta qoracha tog`i va shu tog`ning davomi o`rab olgan. Kitob nomining kelib chiqishi o`qiydigan «kitob» so`zidan emas, balki tojik tilidan olingan «kift» — elka, «ob» — suv, ya`ni «elkadagi suv» degan ma`noni bildiruVchi «kiftob» so`zidan kelib chiqqan bo`lishi mumkin. Haqiqatan ham bu nom to`g`ri qo`yilgan, chunki Kitob rayonining ikki tomonidan ikkita daryo — Qashqadaryo va Oqdaryo oqib o`tadi. Kitob rayoni janubdan SHahrisabz rayoni, shimol va g`arbdan Samarqand viloyatiga qarashli Jom deb atalgan qishloq bilan, sharqdan esa Tojikiston tog`lari bilan chegaralangan. Kitob rayoni kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Kitob posyolkasida qurilgan to`rt qavatli ma`muriy binolar va qishloq xo`jalik idorasi, zamonaviy oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, bosh kiyimlar, atir-upa, uy-anjomlar, attorlik, «Bolalar dunyosi» do`konlari binolari shahar ko`rkiga ko`rk qo`shib turibdi. Shuningdek, 500 o`rinli «O`zbekiston 50 yilligi» kinoteatri, mehmonxona binolari, «Paxtakor» sport jamiyati va shu kabilar kitobliklar xizmatida. Kitob rayonida sakkizta kolxoz, to`rtta sovxoz bor. Bularning xammasi don etishtirish, chorvachilik bilan shug`ullanadi. Ikki sovxoz, ya`ni «Qishlik» hamda «Palandara» sovxozlari uzumchilik, chorvachilik, sabzavot va poliz ekinlari, tamaki xom ashyosi etishtiradi.
«Qishlik» sovxozi Kitob rayonining shimol tomonidan joylashgan. Sovxozni «Qaynar» deb ham atashadi. Bunday atalishining boisi shuki, qishloqda katta chashma joylashgan. Bu chashma «Qaynar buloq» deb ataladi. Qaynar buloq sovxozning eng yuqorisida joylashgan. Chashmadan butun sovxoz suv ichadi. Qishloq qariyalari chashma haqida ko`pgina rivoyatlar to`qishgan. Chashmaning o`rtasida ikki tup daraxt o`sadi. Qariyalarning aytishicha, agar shu daraxtni birov sindirsa yoki uning yonida biron nojo`ya ish qilib qo`ysa, uning ko`zi ko`r, qo`li yoki oyog`i shol, ya`ni jonsiz bo`lib qolar ekan. SHuning uchun ham bu joyda hech kim nojo`ya ish qilmaydi. Faqatgina sovxoz ishchilari buloq suvi toza bo`lishi uchun gir atrofini betondan devor qilib ustini yopib qo`yishgan. Sovxoz hududida bir necha sayrgoh joylar bor. Shulardan biri «Etti qiz g`ori», «Ahmad g`ori», «Qirq qiz» degan joylar bo`lib, bu joylar ayniqsa bahorda kishining bahri-dilini ochadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |