Yo`g`otepa — Samarqand viloyat Ishtixon rayonidagi qishloq. Toshkent yaqinida ham Yo`g`ontepa degan joy bor (yo`g`on — katta, semiz, ulkan demakdir; ingichka nomli joylar ham bor). Yo`g`ontepa — katta tepa degan ma`noni anglatadi.
Xorazm so`zining kelib chiqishi shunday talqin qilinadi. Rivoyatlarga ko`ra, podsho o`zining to`rt yuz askaridan g`azablanib, ularni odamsiz cho`lga chiqarib tashlashni buyurgan. Podshoning farmoni bajarilgan. Oradan bir necha yil o`tgach, podsho ulardan xabar olishni buyurgan, Podshoning odamlari ularning tirik ekanligi haqida xabar keltirgan. Quvg`in qilinganlar «xor» va «razm» bilan hayotkechirgan emish. SHuning uchun podsho bu erni Xorazm deb atashni buyurgan va Xorazm elati shunday paydo bo`lgan emish.
Har bir joy nomining o`z tarixi bor. Ular xalq hayotining turli tomonlarini o`zlarida aks ettiradilar. Nomlar ko`pincha shu hududda yashagan ma`lum xalq hayoti, yashash sharoiti bilan bog`liq holda sodir bo`ladi. Xorazm nomini tekshirgan S. P. Tolstov toponim shu hududda yashagan xvarri kabilasining nomi bilan bog`liqligini, ya`ni xvarri — er, «xvarri qabilasining eri» ekanligini aytadi.7 Qadimda Xorazm nomi ostida Amudaryoning quyi oqimi tushunilgan. Bu voha O`rta Osiyodagi eng ko`hna o`lkalardan biridir. Xorazm haqidagi dastlabki ma`lumotlarni «Avesto»da uchratamiz. Bu nom yunonlarda Xorazmiya yoki «Uvarezmeta», «Avesto»da Gairizao shaklida uchraydi. Arab mualliflari — Xuvorezm, Xitoy manbalari Xoli — si mi — kiya deb tilga oladilar. Bu so`zning kelib chiqishi haqida turli fikrlar bor. Ulardan ba`zilarida Xorazm «pasttekislik», «yomon er», «xur zamin», «quyoshli er», «hosildor er», «boquvchi er» shaklida izohlanadi. Umuman hamma tadqiqotchilar nomning ikkinchi qismi «zem», «zm»ni «er», «zamin» so`zi bilan bog`laydi. S. P. Tolstov Xorazm so`zini Xvari yoki Hurrit etnonimi bilan aloqador deb hisoblab, «Xvarri eri» shaklida izohlaydi. Akademik YA. G`. G`ulomov o`zining «Xorazmning sug`orilishi tarixi» nomli kapital asarida («Fan» nashriyoti, 1956 yil Toshkent) S. P. Tolstovning yuqoridagi fikrini to`la ma`qullaydi.Xorazm Amudaryo bilan Qoraqum o`rtasidagi serhosil, go`zal voha. Xorazm qadimiy o`lka, ko`hna madaniyatga ega. «Xor» degani qadimgi sug`d tilida «quyosh», «azm» — «O`lka»; ya`ni Xorazm — quyoshli o`lka degan ma`noni anglatadi.8 Xorazmning paydo bo`lishi to`g`risida bundan boshqa rivoyatlar, afsonalar ham borl Chindan ham Xorazmni quyoshli o`lka deyish mumkin, chunki Xorazmda yilning ko`p fasllarida quyosh o`z yog`dusini sochib turadi.Xiva — Xorazm viloyatining ikkinchi markaziy shahri, Xiva xonligining sobiq poytaxti bo`lgan. Xiva Amudaryoning so`l sohilidagi Polvon arig`i bo`yida, Urganchdan janubi-g`arbga tomon 32 km narida joylashgan. Shaharning paydo bo`lishi haqida ko`pgina afsona va rivoyatlar bor. Bu afsonalardan birida aytilishicha, Xivaga Nuh payg`ambarning o`g`li Som asos solgan emish. O`z qabiladoshlari bilan ko`chib yurib, deb hikoya qilinadi afsonada, Som bu joyga kelib qoladi. U tushida qum tepalari ustida ko`plab mash`allar yonib turganini ko`radi. Uyqudan uyg`ongach, u tevarak-atrofdan tuproq surib kelib, shahdr o`rnini belgilab ketadi. Ikkinchi marta u bu erga kelib devor ko`taradi, qal`aning g`arbiy tomonidan quduq qazdirib, bu joyni Xiyvak deb ataydi. Bo`lg`usi shahar Xiva nomi ana shundan kelib chiqqan emish. Afsona afsonaligicha qolaveradi. Lekin odamlarning birinchi o`rnashgan eri xonlikning bo`lg`usi poytaxti bo`lganligini, u quduq bilan haqiqatan ham bog`liq ekanligini to`la asos bilan aytish mumkin. Bu quduq yonida O`rta Osiyoning buyuk suvsiz cho`llarini kesib o`tgan karvon yo`li bo`lgan. Qal`a devorlaridan uncha olis bo`lmagan erda, Ichan qal`aning shimoli-g`arbiy qismida shu kunlarda ham Xiyvak qudug`i bor. Quduqning toshdan ishlangan devorlari uning qadimiyligidan dalolat beradi. Hozir ham uch qavat qilib terilgan toshlarni ko`rish mumkin. Ostki — eng qadimgi qismi tsilindr shaklida, keyingi qismi to`rtburchak va nihoyat yuqori qismi sakkizburchak shaklidadir. Qachonlardir quduq gumbaz bilan berkitilgan bo`lib uning qoldiqlari quduq atrofida tosh poydevor ko`rinishida saqlanib qolgan. Xiva birinchi marta X asrda Xorazm davlati tarkibiga kiruvchi shahar sifatida arab geograflarining asarlarida tilga olinadi.Arxeologiyagaoidtekshirishlar shaharning VI — VII asrlarga tegishli ekanligini ko`rsatadi.
Darhaqiqat, Xiva so`zining etimologiyasi Xiyvak, ya`ni quduq so`ziga yaqin, chunki suvsiz joiga quduqlar qazilgan bo`lsa kerak. Hozirgi kunda ham quduqni ayrim Xorazm dialektikasida Xivak deb atashadi. Xiva shahri va uning etimologiyasi haqidagi yangi ma`lumotlar B. A. Ahmedovning «O`zbekistonda ijtimoiy fanlar» jurnalining 1982 yil 9- sonida «Xiva haqida yangi ma`lumotlar» deb nomlangan maqolasida daliliy ma`lumotlar bor
Gurlan — Gurlan so`zining asl ma`nosi hali ma`lum emas. Bu so`zning kelib chiqishi haqida bir rivoyatda shunday deyiladi: bir vaqtlar bu hududga ko`r chol bilan cho`loq kampir ko`chib kelishibdi. Ular juda mohir hunarmand ekanlar. Ular tuzatgan narsalarini bozorga olib chiqib sotar ekanlar. Bozorda hech kimning narsasi o`tmasa ham ularniki bemalol sotilaverarkan. SHunda odamlar ikkalalarida biron sir bor, deb ularning atrofiga kelib joylasha boshlabdilar. O`sha hududni esa «ko`r va lang» deb atay boshlabdilar. Vaqtlar o`tishi bilan bu so`z o`zlashtirilib «Gurlan» bo`lib ketibdi. Xorazm lahjasida k — tovushi ko`pincha «g» shaklida ishlatiladi. Shuning uchun «ko`r» so`zi «gur» shaklida ishlatilib «gurlan» bo`lib ishlatilib kelinmoqda Hozir ham shu nom bilan yuritiladi. Yana bir manbada — «Qadimgi mualliflar O`rta Osiyo haqida» degan kitobda aytishlaricha, qadimgi yunon tarixchisi Gerodot Xorazm haqida ko`p ma`lumotlar yozib qoldirgan. Gerodotning yozishicha, xorazmliklar, girkaniyaliklar, parfiyaliklar bilan bir-biriga yaqin joyda istiqomat qilganlar. YUnon tarixchisi tilga olgan «girkaniya» so`zi qadimgi turkiy yozuvlaridagi «Kurikan» qabilasining nomi bilan uzviy bog`liq bo`lib, ularning asrlar davomida fonetik o`zgarishidan «Gurlan» varianti kelib chiqqan bo`lishi ham mumkin. Ammo bundan Gurlandagi aholining nomi girkanlardan kelib chiqqan ekan, degan xulosaga kelib bo`lmaydi. Kichik bir ovulning nomi ham yoki oila boshlig`i yoki uning bir a`zosi nomi toponimikada asos bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |