19- Ma’ruza Inson psixikasini ontogeiezda rivojlanishi.
Ongni rivojlanishi va unga ijtimoiy tarixiy tajribalarni uzlashtirilishi. Uzlashtirish jarayonining tavsifi. Intereorezatsiya tushunchasi bolaning birgapikdagi faoliyatdan aloxida faoliyatga ztish xolati. Eksteriorizatsiya tushunchasi ijodiy faoliyatni shakllanishidagi urni.
Yuqori psixik funksiyalarni shakllanishi. Yuqori psixik funksiyalarni ixtiyoriy xarakteri ijtimoiy va bilvosita. Ongning shakllanishi va inson shaxsi
Xar qanday tirik organizmning faolligi extiyojlar natijasida xosil bo`ladi va ana shu extiyojlarni kondirishga karatiladi.Bukonuniyat insoniyat olamiga ham tegishlidir. Anglangan va anglanmagan, tabiiy va madaniy, moddiy va ma’naviy, shaxsiy va shaxsiy – ijtimoiy extiyojlar kishida faollikning turli shaqllarini vujudga keltiradi.
Xayvonning xatti – xarakati hamma vaqt u yoki bu extiyojni kondirishga bevosita yunaltirilgan bo`ladi. Extiyoj xayvonni faollikka majbur qilish bilan birga, shu faollikning shaqlini ham belgilaydi. Masalan, ovkatlanish extiyoji /ochlik/ xayvonda ovkatlanish faolligini vujudga keltiradi – sulak ajratishga, ovkat izlash yoki uni poylashga, erdan kavlab olish yoki yutishga olib kelgadi.
Insonning xatti – xarakati esa butunlay boshkacha to`zilishga egadir.
Agar xayvonlarning xatti – xarakati atrofdagi narsalarning ta’siri bilan belgilansa, kishining faolligi esa eng yoshlik chogidan boshlabok insoniyatning tajribasi va jamiyat talabi bilan boshkariladi. Xatti – xarakatning ana shu tipi aloxida xususiyatga ega bo`lib, psixologiyada u faoliyat degan tushuncha bilan ifodalanadi.
Inson faolligining o`ziga xos xususiyatlari nimada? Eng avvalo uning fark qiluvchi xususiyati shuki, ish – xarakatning mazmuni butunlay extiyoj bilan belgilanmaydi. Extiyoj motiv sifatida ish xarakatga turtki beradiyu, ish – xarakatning shaqli va mazmuni esa ijtimoiy sharoit, talab va tajribalar bilan belgilanadi. Kishini ishlashga majbur qilayotgan motiv undagi ovkatga extiyoj bo`lishi mumkin. Lekin kishi, masalan, stanokni boshkarar ekan, ochligini kondirish uchun emas, unga topshirilgan detalni tayyorlash uchun ishlaydi. Uning ish xarakatini mazmuni extiyojlar bilan emas, balki jamiyat undan talab qilayotgan bir maxsulotni tayyorlash maqsadi bilan belgilanadi. Demak, faoliyatning birinchi fark qiluvchi belgisi uning kishi tomonidan anglanganligi va ma’lum maqsadga yunaltirilganligidir.
Ikkinchidan, faoliyat ong va iroda bilan bevosita boglangan bo`ladi. CHunki ongsiz yoki irodaviy jarayonlarsiz xech qanday faoliyatni amalga oshirish mumkin emas. Demak, faoliyat anglangan maqsad bilan boshkariladigan kishining ichki /psixik/ va tashki /jismoniy/ faolligidir.
SHunday qilib, faoliyat XAQIDA gapirish uchun avvalo kishi faolligining maqsadi kanchalik anglanganligini aniklash zarurdir.
Faoliyat – bu borlikka nisbatan faol munosabatning shaqlidir, u orqali inson bilan borlik o`rtasida aloqa urnatiladi. Faoliyat orqali kishi tabiatga, narsalarga, boshka kishilarga ta’sir qiladi. Ana shu xarakatlarda kishi o`zining ichki moxiyatini ochib, atrofdagi narsalarga nisbatan sub’ekt, odamlarga nisbatan shaxs rolini bajaradi. U narsalarning javob ta’sirini boshdan kechirish orqali esa kishilar narsalar, tabiat va jamiyatning xakikiy, ob’ektiv, ichki moxiyatini bilib oladi.
Xar bir oddiy ishni bajarishga karatilgan va faoliyatning nisbatan tugallangan elementi ish – xarakat deb aytiladi. Bu keltirilgan misolimiz predmetli ish – xarakatlardir. CHunki u tashki olamdagi u yoki bu predmetning xolatini yoki xususiyatini o`zgartirishga karatilgan bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |