1.Chinnigullarni ko’paytirish vao’stirish texnalogiyasi.
CHinnigul – chiniguldoshlarga mansub bir yillik o‘tlar va buta o‘simliklar turkumi, gullari xushbo‘y va chiroyli, tanasida 5 ta tojbargi bor. Osiyo, Afrika, Evropa va O‘rta er dengizi atrofi kabi joylarda 300ga yaqin turi uchraydi. SHulardan 80 ta turi sobiq Sobiq ittifoqda ham tarqalgan. Bu gullar orasida ko‘p yillik bog‘ chinniguli ko‘proq ahamiyatlidir. Bu turning bir qancha chiroyli xillari mavjud. Poyasining bo‘yi 60 sm ga etadi. Qalampirmunchoq chinnigul daraxtining quritilgan g‘unchalari ham gvozdika deb ataladi.
Gulchilikda chinnigullar alohida o‘rin tutadi. Gulxonalarda, uylarda, balkonlarda, chinnigullarni ko‘paytirish alohida zavq bag‘ishlaydi. CHinnigullarni qalamchalar yordamida kuzda, qishda va erta bahorda ko‘paytiriladi. Kuzda qilingan qalamchalar qishd yaxshi parvarish qilinsa, bo‘liq va nihoyatda yirik yaxshi yirik nihollar olish imkoniyatini beradi. Bahorda qilingan qalamchalar kuzda qish kirashi bilanoq yoppasiga gullashga kirishadi. Qalamcha olish uchun o‘sib turgan chinnigullarning uchki tomoni sindirib olinadi. Sindirib olingan ko‘chatlarning pastki tomonidan yon novdalar chiqa boshlaydi. Ana shu yon novdalarni gullashga qoldirib, sindirib olingan novdalardan esa qalamchalar tayyorlanadi. Qalamcha yaxshi va tez ildiz olishi uchun quyidagi o‘stiruvchi moddalardan foydalanamiz: Indolil yog‘li kislota, geteroauksin, naftil sirka kislotasi, NRV va yuka. Qalamchalar yaxshi tutishi va suvni ko‘p miqdorda bug‘latmasligi uchun qalamchalarning yaproqlari qisqartirilib qalamchaning pastki ildiz beruvchi qismi ozgina + shaklida qirqiladi. SHundan so‘ng yuqorida ko‘rsatilgan o‘stiruvchi moddalar eritmasiga 4-5 soat botirib qo‘yib, so‘ng toza suvda chayqaladi yoki 10 minut suvga qo‘yib so‘ng olamiz. Qalamchalarni imkoniyati boricha to‘g‘ridan-to‘g‘ri erga qalinligi 25-30 sm daryo qumi yoki perlit to‘shab, atrofi taxta yoki betonli devor qilinib, shunga o‘tqaziladi va ustki tomoni oddiy oyna bilan berkitilib, har kuni sug‘oriladi. Qalamchalarni 3 x 3 yoki 4 x 4 sm qilib o‘tqazish kerak. Qalamchalarni o‘tqazib bo‘lgandan so‘ng yaxshilab sug‘oriladi. Qalamchalarni 12-14 oS issiqlikda ushlash kerak va suvning qo‘llanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Qalamchalarni ostidan 18-20 oS issiqlik berilib, yuza qismi 10-12 oS da ushlansa nihoyatda tez ildiz beradi, ya’ni qalamcha qilingan kundan uch hafta o‘tgach to‘liq ildiz bergan bo‘ladi. SHundan so‘ng gul tuvaklarga, yashiklarga, oranjereyalarga olib qator qilib o‘tqaziladi.
chinnigulni ko‘paytirish usullari – atirgullar urug‘dan, bachki novdadan, o‘simlik tupini ajratb o‘tqazib, parxish qilib, ildizning bir qismini ko‘chirib o‘tqazib, qalamcha o‘tqazib va payvand qilib ko‘paytiriladi.. chinnigullar yangi nav yaratish maqsadidagina urug‘dan ekiladi. chinnigul mevasi qo‘ng‘ir tusga kirishi bilan pishib etilishidan oldin urug‘i yig‘ib olinib, darhol ekiladi yoki qumga ko‘mib qo‘yiladi, qum kuzgacha suv sepib, ho‘llab turiladi. Urug‘lar yaxshilab tayyorlangan tuproqqa kuzda yoki bahorda ekaladi. Qatorlar orasi 0,6-0,7 m bo‘lishi lozim. Pushtalar va egatlar shimoldan janubga yo‘nalgan bo‘lsa, ko‘chatlarga bir tekisda yorug‘lik tushadi. Urug‘ni qo‘sh qatorlab, tasma va pol qilib, ekish mumkin, qo‘sh qatorlab ekishda aqtorlar oralig‘i 40-50 sm bo‘lishi lozim. CHinnigullar urug‘dan, ayrim hollarda qalamchalardan ko‘paytiriladi. Urug‘larni ekkanda, tuslari va yaproqlari turlicha bo‘lgan avlodlar olinadi. Mart oyining oxiri aprel oyining boshlarida, ayrim hollarda may oyida ekiladi. Ko‘chatlar 7-9 kuni unib chiqadi. YAshiklar, sovuq issiqxonalar yokm ko‘chatzorlarga ko‘chirib ko‘chat qilinadi. Iyun oyida doimiy joyiga ekiladi. O‘simliklar orasidagi masofa 20-25 sm bo‘ladi. Ekilgan yili kalta, kuchli shoxlangan novdali tup qilib shakllantiriladi. Ochiq, quyoshli joylarda, unumdor, qumoq tuproqlarda yaxshi o‘sadi va gullaydi. Nam tuproqda va sovuqda kasalanadi. O‘simliklar qish oldidan sichqonlarga qarshi ishlatiladigan zaxarli ximikatlar (TMTD va boshqalar) bilan dorilanadi va qoraqarag‘ayning kesilgan shoxlari bilan berkitiladi. SHu maqsadda chinnigul tomorqasining atrofi qishda qor bilan berkitib, zichlanadi. Qish davomida chinnigul chirishi mumkin. Qish tugaganda quyoshdan kuymasligi uchun shoxlarini erta olib tashlamaslik kerak. SHoxlar bulutli havoda olib tashlanadi. Asosan kesishga, ayrim hollarda maysazorlarda va miksborderlarda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |