6-rasm.Chinnigul.
Semizo ‘tdoshlar oilasi — Portulacaceae
Bu oila vakillari bir yillik va ko'p yillik o't o'simliklar, qisman yarimbuta va butachalardan iborat. Barglari oddiy, butun, navbatlashib yoki qarama-qarshi o'rnashgan, ctli va scrshira (sukkulent), yonbarglari ham ctli. Gullari bittadan, simoz yoki ratsimoz to'pgullarda joylashgan, ikki jinsli, aktinomorT ba’/an /igomorf, gultojibarglari yo'q, kosachabarglari (gultojibarg- simon) odatda 4—5 ta, ba’zan 2—3 ta, oq, sariq, qizil rangli, erkin yoki asosi qisman tutash. Changchilari kosachabarglari soniga teng, yoki undan 2—4 maria ko'p. Urug'chisi 2—8 mevabargdan tashkil topgan, ustunchalari crkin yoki qisman qo'shilib o'sgan, tugunchasi yarim ostki, gul formulasi: Ca,Co5 L5 G(,_8). Mevasi ko'ndalang yorilib ochiladigan ko'p urug'li ko'sakcha. Semizo'tdoshlarning 30 ta turkumga mansub 600 ga yaqin turlari mavjud
0‘zbekistonda scmizo‘t (Portulaca) turkumining bitta turi—oddiy semizo‘t (P. oleracca) o'sadi. Bu tuksiz, poya va barglari etli, tik yoki yoyilib o'suvchi, bo'yi 15—35 sm uzunlikdagi, gullari sariq, gultojibargi kosachabargdan sal uzunroq, bir yillik bcgona o't. U sug'oriladigan ckinlar (sabzavot, poliz, g'alla, g'o'za) orasida juda keng tarqalgan. Bir tup semizo't 10000 tagacha urug' beradi. Poyalarining ildiz otishi va qalamchalari bilan ham ko'paya oladi. Yirik gulli semizo't — gulbcor (P. grandiflora) bir yillik, madaniy, poyasi 10—15 sm balandlikdagi manzarali o'simlik. Gullari qizil, sariq-oq, qirmizi rangli. Vatani Janubiy Amerika.
Yovvoyi semizo'tning yosh poya va barglaridan xomligicha yoki qaynatib salat tayyorlanadi, qishga tuzlab saqlash ham mumkin.
Semizo'tdoshlar Chinnigulnamolar qabilasining Ayzoadoshlar va Kaktusdoshlar oilalariga yaqin turadi, ammo ginctseyning lizikarp (ustunlari crkin) bo'lishi bilan farq qiladi.
Kaktusdoshlar oilasi
Oila asosan serct sukkulcnt o't va buta, qisman daraxtlardan iborat. Aksariyat ko'pchiligida barglari metamorfozga uchragan va tikanlar ko'rinishida saqlangan. Ammo Pcrcskiya (Pereskia) va Percskiopsis (Pereskiopsis) turkumlarida rosmana seret barglari bor, opunksiya (Opuntia) turkumlarida esa ontogcnezining dastlabki bosqichlarida mayda barglar hosil bo'ladi, ammo ular tczda tushib ketadi. Poyalarining shakli har xil turkumlarida o'ziga xos tuzilishga ega, ular ustunsimon (sereuslarda, Mcksikada o'suvchi gigant sereus 20 metrgacha boradi), yassi, barg- chasimon (opunksiya, epifillum), sharsimon (exinokaktus, mammillariya). Poyalarining scrct bo'lishi ularda suv g'amlovchi to'qimalarning kuchli rivojlanganligidandir. Poyasining hajmi ancha katta. Ildizlari yuza yoki chuqur joylashadi. Gullari asosan bittadan, ba’zan poya uchida ro'vaksimon to'pgullar hosil qiladi (Pereskia), qismlari spiral, spirotsiklik holda joylashgan, ikki jinsli, aktinomorf, ba’zan zigomorf. Gullarining rangi oq, sariq, qizil, och qizil, erkin yoki asosidan tutashib naycha hosil qiladi.
Changchilari ko'p, erkin, gultojibarglarga birik- kan, ustunchasi bitta, 3 ta va undan ko'p mevabargli, tugunchasi ostki, entomofil, ba’zan ornitofil o'simliklar. Mevalari rezavor, ba’zan quruq meva (Echioncactus), urug'lari endospermsiz tez unuvchan.
Hozirgi vaqtda kaktuslarning 105 (50—220) turkumga mansub 2200 ga yaqin turlari mavjud. Ular Shimoliy, Markaziy va Janubiy Amcrikaning quruq va yarim quruq iqlimli hududlarida keng tarqalgan. Meksika kaktuslarning asosiy kelib chiqish markazidir. Ular dengiz sathidan 3000—4500 rnetr balandlikdagi tog'larda ham o'sadi. Amcrika qit’asidan tashqari kaktuslarning bir necha turlari Afrika, Madagaskar, Maskaren, Seyshel orollarida va Shri-Lankada ham tarqalgan. Kaktusdoshlar oilasi bir qator belgilariga ko'ra 3 ta kichik oilaga bo'linadi: Pereskiyadoshchalar (Pereskioideac), Opunksiyadoshchalar (Opuntioideac) va Kaktusdoshchalar (Cactoideae). Birinchi oilacha 2ta, ikkinchisi 6 ta turkumni o'z ichiga oladi. Kaktusdoshchalar esa bu oilaning markaziy kichik oilasi bo'lib, 19 ta turkumni o'z ichiga oladi va barcha kaktuslarning asosiy ko'pchilik turlarini tashkil etadi.
Kaktusdoshlarning tabiatda va inson hayotida ahamiyati katta. Ularning manzarali o'simliklar sifatida ckiladigan 300 dan ko'proq turlari bor. Tropik mamlakatlarda, Janubiy Amcrikada o'suvchi Hindiston „anjiri" deb ataladigan (Opuntia ficus indica), scrcus triangularis (Cereus triangularis) kabi turlarining mevasi ycyiladi. Ularning mevasi katta nokdek bo'lib, Meksika bozorlarida sotiladi, shirasidan „pulkvc" deb ataluvchi spirtli ichimlik tayyorlanadi. Hindiston „anjiri" Avstraliyagacha tarqalgan va yaylovlarning ashaddiy begona o'tiga (paskval) aylangan. Ayrim nopalea kaktuslarida (Nopalca mondcantia, N. coccinillitera) koshenil shira bitlari ko'paytiriladi va ulardan mashhur karmin qizil bo'yog'i olinadi. Eng yirik manzarali kaktuslarga Ccrcus giganteus misol bo'ladi (3.13-rasm). Yirik gulli scrcus (Ccrcus grandiflorus) „tun malikasi"ning yirik sariq gullari tunda ochiladi va yoqimli vanil hidini tarqatadi. Vatanida kaktuslar chor\'a mollari uchun sug'oriladigan suv manbai va yem-xashakdir. Mashhur amerikalik seleksioner Lyuter Berbank opunksiya kaktuslarining tikansiz navlarini yaratdi va ular Amcrikada yem-xashak o'simliklari sifatida ekiladi. Kaktuslar oilasi Chinnigulnamolar qabilasining Ayzoadoshlar (Aizoaccae) va Semizo'tdoshlar (Portulacaceae) oilalariga yaqin turadi. Xallir, Vettshteyn, Golenkin, Taxtadjyan sistemalarida ham bu yaqinlik e’tirof etilgan.
Sho'radoshlar oilasi (Chenopodiaceae) 2. Shuradoshlar oilasi- Chenopodiaceae.
Bu oila 1500 turni, 100 ta turkumga birlashtiradi. Ular Arktikadn tashqari, deyarli hammma erda uchraydi. Ko`pchilik vakillari qo`rg`oqchilikka (kserofil) chidamli o`simliklar bo`lgan uchun cho`l-saxro xududlarida ko`proq tarqalgan. Bular orasida gipsofil, golofil (sho`rlikka chidamli) vakillari ham bor.
Oilaning vakilarining eng ko`p tarqalgan joylari. O`rta Osiyo chullari. (Qizilqum, Qorakum), Xitoy (Gobi), Shimoliy Afrikadagi Saxroi Kabir (Saxara cho`li) hisoblanadi.
Shuradoshlr oilasining ko`pchiligi o`t o`simliklar, ba`zan buta va daraxtlarni ham o`z ichiga oladi. Bularning tanasi ko`pincha tuksiz yoki har-xil oq g`uborli tuklar bilan qoplangan. Barglari oddiy ketma-ket joylashgan. Gullari ikki jinsli, ba`zi vakillarida (olabutalarda) ayrim jinsli, gulqo`rg`oni oddiy. Kosachasimon, gul qismlari 5 a`zoli, changchilari 5 ta, urug`chisi 2-5 ta meva bargchalarining qushilishidan hosil bo`lgn. Tugunchasi ustki.
Oilaning gul formulasi: P5 A5 G(2-5)
Mevasi yong`okcha, ko`sakcha yoki rezavor meva.
Oila vakillari:
1. Oq Sho`ra (Chenopodium album). Bir yillik o`t. Bo`yi 10-100 sm. Barglari bandli, ikkala tomoni ko`l rang g`uborli. Bog` va ekinzorlarda, yo`l yoqalarida o`sadi.
2. Turkiston ismalog`i, (Spinacia turkestanica). Bir yillik, ikki uyli o`simlik. Bo`yi 10-60 sm . Gullab bo`lgach, 4-6 ta urugli gullar uzaro birlashib, tikansimon to`p meva hosil qiladi. ekinlar orasida o`suvchi begona o`t.
3. Tatar olabutasi, eshaksho`ra (Atriplex tatarica). Bir yillik o`t. Bo`yi 10-100 sm. Tanasi bir oz ko`kish rang gubor bilan qoplangan . Ariq, kanallar bo`yi, ekinlar atrofida o`sadi.
4. Itsigek (Anabasis aphylla). Chala buta o`simlik. Zaharli, tarkibida anabazin, alkaloidi bor. Bu alkaloidan qishloq xo`jalik zararkunandalariga qarshi kurashish uchun preparat tayyorlashda ishlatiladi.
5. Koxiya, izen (kochia prostrata). Chala buta. Buyi 10-75 sm. Cho`l, adir va togzonalarida, sho`rxok erlarda uchraydi. Yana bir turi Supirgi izen (K.scoparia), bir yillik o`t. Bo`yi 30-140 sm. Bo`sh yotgan joylrda, bog`larda, yo`l yoqasida va ekinzorlar chetida o`sadi. Undan supurgi sifatida foydalaniladi.
6. Oq saksavul (Haloxylon persicum). Bu o`simlik qumliklarda o`sadi. Qora saksavul (H. aphyllum) qumli, shurxok, hamda er osti suv yakin bulgan joylarda o`sadi.
7. ekiladigan turlaridan: Oddiy lavlagi (Beta vulgaris) Ikki yillik o`simlik. Ildiz mevsining tarkibida 22 % qand moddasi bo`lib shakar olish uchun oziq-ovqat sanoatda foydalaniladi.
3. Ahamiyati: Bu oila vakillarining ko`pchiligi cho`l xududlarida o`sib, chorva mollari, qoraqo`l ko`ylari uchun muxim em – xashak o`simligi hisoblanadi. Qolaversa ba`zilari oziq – ovqat sifatida ham ishlatiladi.
Bu oilaga bir yillik, ikki yillik, ko'p yillik, yarim buta va kichik daraxtlar kiradi. Oila vakillari barglarinig vakillari oddiy, ketma-ket, qarama-qarshi joylashgan. Gullari mayda, ko'rimsiz, gulqo'rg'oni oddiy, 5 bo'lakli, changlari ham 5 tadan, urug'chisi 2-5 mevachi barglardan iborat. Sho'radoshlarga mansub o'simliklar asosan cho'l va yarim cho'llarda o'sadi. Bu oilaga 140 ga yaqin turkum va 1600 tur kiradi. O'zbekistonda bu oilaga mansub 176 turi o'sadi. Sho'radoshlarga vakil qilib oddiy laviagi (Beta vulgaris) ni olish mumkin. U ikki yillik o'simlik. Lining tarkibida 22 foiz qand bor, xashaki laviagi, osh laviagi, osh laviagi yoki sabzavot laviagi, barg laviagi kabi tur va navlari bor.Oq sho'ra (Chenopodium album) begona o't sifatida o'sadi. Xushbo'y sho'ra (Chenopodium batrys) bir yillik o't, daryo va soylardagi toshli joylarda o'sadi. Efir moyli o'simlik. Ismaloq (Spiniacia turkestanica) vitaminli o'simlik. Oq saksovul (Haloxylon persicum), qora saksovul (H. aphyllum) cholda dominat o'simlik sifatida uchraydi. Oq saksovul asosan qumlarda, qora saksovul sho'rxoq, tuproqlarda o'sadi. Ular qumlami ko'chishdan saqlashda, chorva mollari uchun yem-xashak sifatida katta rol o'ynaydi.
Oq sho'ra (Chenopodium album) begona o't sifatida o'sadi. Xushbo'y sho'ra (Chenopodium batrys) bir yillik o't, daryo va soylardagi toshli joylarda o'sadi. Efir moyli o'simlik. Ismaloq (Spiniacia turkestanica) vitaminli o'simlik. Oq saksovul (Haloxylon persicum), qora saksovul (H. aphyllum) cholda dominat o'simlik sifatida uchraydi. Oq saksovul asosan qumlarda, qora saksovul sho'rxoq, tuproqlarda o'sadi. Ular qumlami ko'chishdan saqlashda, chorva mollari uchun yem-xashak sifatida katta rol o'ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |