O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


chinnigulni oronjeriyalarda o‘stirish texnologiyasi



Download 1,37 Mb.
bet10/11
Sana18.07.2022
Hajmi1,37 Mb.
#823966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Alimova Sapura botanika kurs ishi

chinnigulni oronjeriyalarda o‘stirish texnologiyasi bizning sharoitimizda qishda atirgullarni oranjeriyalarda payvandlpsh mumkin, bu esa ishchi kuchidan bir tekisda foydalanish imkonini beradi.
Oldindan tayyorlab qo‘yilgan ko‘chatlar er to‘la yoki parnikda chuqurchaga ko‘mib qo‘yiladi va payvandlash oldidan bir-ikki hafta burun oktyabr oxirida, noyabr o‘rtalarida temperaturasi 12-15 gradus bo‘lgan teplitsaga tashiladi. Payvandlash dekabr oyining oxirida boshlanib, fevral oyigacha davrm ettiriladi. To‘g‘ri pavandlangan qalamchalarlarning 90-95 protsenti ko‘karadi.
Payvand qilish vaqtida payvndtagning ildiz bo‘yni yaxshilab artiladi, yuqorigi qismi uchi kesib tashlanadi, po‘stlog‘i o‘tkir pichoq bilan bo‘yiga 2 sm uzunlikda tilinadi va shu joyga bir-ikkita kurtakli qalamcha tiqib qo‘yiladi. Bundan oldin qalamchaning kurtak tagi qiyasiga va kurtak tepasi 1 sm teparoqdan to‘g‘ri kesiladi, kurtakning qiya kesilgan uchi payvandtagga jirs yopishib turmog‘i lozim. Payvand yaxshi ko‘karishi uchun teplitsadagi temperatura 20-23 gradus atrofida bo‘lishi kerak. 10-15 kundan keyin qalamcha payvandtagga qo‘shilib o‘sib, kurtak bo‘y cho‘za boshlaydi. SHundan keyin ko‘chatni tuvakka o‘tqazib, sekin-asta chiniqtirish kerak.
chinnigullar mart-aprel oylarida tuproqqa o‘tqaziladi. chinnigullarni erta gullatmoq uchun ular maxsus oranjeriyalarda o‘tqaziladi, shunda ular apreldayoq ochiladi. Tuvakda o‘stirilgan atirgullar fevral-mart boshlarida ochiladi. SHuni nazarda tutish kerakki atirgullar yorug‘lik va sof havoga juda talabchandir. Havosi yaxshi almashinib turilmaydigan xonalarga atirgullar kasallikka tez-tez chalinadi.
Oranjeryalarda atirgul qalamchalarni ildiz oldirish- poliant atirgullardan qalamchalar olish erta muddati iyulning oxiri avgust oyining boshlaridir. Qalamchalarning ochiq maydonda o‘sib turgan tupdan kesib olish kerak, lekin oranjeriyadagi atirguldan olsa ham bo‘ladi. Ildiz oldirish uchun qalamchalar teplitsa, oranjeriya yoki issiq parniklarga olib kiriladi. Atirgul uchun yirik qum, chirindi aralashtirilgan parnik tuprog‘i olinadi, bu tuproqqa qum va chirindi barovar miqdorda aralashtiriladi. Qalamchalar uchun juda yosh novdalar olinadi, bunday qalamchalarning hammasi 100 protsent ildiz otadi. Po‘stlog‘i qotgan, qattiq yog‘ochga aylangan novdalarning ildiz yoyishi unchalik yaxshi bo‘lmaydi.
Qalamchalar toza, o‘tkir pichoqda kesilib, shu zahoti ho‘l lattaga o‘rab qo‘yiladi. Bu ishni soya joyda bajarish kerak. Qalamchani pastki bo‘g‘imi tagidan kurtakdan pastroqdan qiyasiga, kurtakdan yuqorigi qismini esa kurtakdan 1 sm qochirib to‘g‘ri kesish kerak.Pastki barg yulib tashlanadi, qalamchadan bitta,ikkita yoki uchta kurtak qoldirish mumkin. Jo‘da uzun qalamchaning ildiz yoyishi qiyin bo‘ladi. Qalamcha uchun novdaning o‘rta qismi yoki uchi olinadi.
Qalamchani o‘tqazishda avvalo qum qoziq bilan o‘yiladi, ana shu chuqurchaga qalamcha o‘tqazilib, atrofi qum bilan ko‘milib, qum qo‘lda bosib-bosib zichlanadi. Qalamchalar har metr kvadrat joyga 1000 dona sig‘adigan qilib sal qiyshaytiribroq o‘tqaziladi. Qalamchalar zich o‘tqazilganda tuproqning nami yaxshi saqlanadi, qalamchalar mahkam o‘rnashadi va tezroq ildiz oladi.
Ildiz yoygan chinnigullar 7-10 santimetrlik tuvaklarga ko‘chirib o‘tqaziladi, tuvakka baravar qismda aralashtirilgan parnik tuprog‘i bilan kum solinadi. Usimlik tupi 25-30 santimetr chuqurlikda o‘tqaziladi, sug‘orilgach, tuvaklar parnikka terib qo‘yiladi. Chinnigullar kun ochiq vaqtlarda kuniga ikki marta sug‘oriladi, suv har tupning chanqash darajasiga qarab o‘rtacha miqdorda beriladi. Ikki uch haftadan keyin parniklar shamollatiladi, sungra ramalar olib qo‘yiladi. Sovuq tushgach ramalar yana bekitiladi. Bahorda kun isigach ramalar olib tashlanib, atirgullar ochiq parnikda qoldiriladi. Keng maydonlarga o‘tqaziladigan navlar 12-15 sm tuvaklarga, qolganlari esa doimo o‘sib turishi uchun mo‘ljallangan ochiq maydonlarga ko‘chirib o‘tqaziladi.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, chinniguldoshlar oilasiga o't o'simlik buta va daraxtlar bo'lib, barglari butun. Gullari ikki jinsli, kamdan-kam hollarda bir jinsli. Ko'pchilik vakillarida gul tojbarglar bo'lmaydi. Bulaming xarakterli belgilaridan biri urug'kurtakning bukilgan bo'lishi hicoblanadi. Chinnigulkabilar ayiqtovonkabilardan kelib chiqqan degan fikrlar mavjud. Ko'pchilik vakillari quruq iqlimga moslashgan. Lekin tog' zonalarida ayniqsa chinniguldoshlar oilasiga mansub o'simliklardan ko'plab uchratish mumkin. Ajdodcha 3 ta qabila, 650 turkumga mansub 11500 yaqin tumi o'z ichiga oladi. O'rta Yer dengizi bo'ylarida, G'arbiy, O'rta va Markaziy Osiyo, Janubiy Afrika, Shimoliy Amerikaning preriyalarida, Janubiy Amerika pampaslarida hamda Avstraliya cho'llarida uchraydi. Ular o'tlar, ba’zan buta yoki kichik daraxtlar odatda sho'rlangan tuproqlarda hayot kechirishga moslashgan. Poyasi ko'pincha bugimli va sukkulent tipida bo'ladi. Oila vakillarining barglari oddiy, navbat bilan yoki karama-karshi joylashgan, yonbargchasiz, gullari mayda, kurimsiz. Ular xilma-xil murakkab tupgullami hosil etadi.
Chinniguldoshlar oilasining xududimizda uchraydigan ayrim vakillari quyidagilar:
1) Mensimas yulduzo`t (Stellaria neglecta). Bu o`simlik bir yillik o`t, bog` va ekinzorlarda va yo`l yoqalarida uchraydi.
2) Angren chinniguli (Dianthus angrenicus). Ko`p yilik tog` zonasida uchraydi.
3) Ugam chinniguli (D. ugamicus). Ko`p yillik o`t. Adir va tog` zonasida uchraydi .
4) Zurcha (Silene), Bex, etmak ( Acanthophyllum) va boshqalar.
5) Ekiladigan turlaridan: Xitoy chinniguli (D. chinensis), Turkiya chinniguli (D. barbatus), Golandiya chinniguli (D. caryophyllus).
Chinniguldoshlarning tarkibida saponinlarning bo'lishi ularning muhim xususiyatlaridandir. Yetmak, gipsofila ildizlarida saponinlar ancha ko'p to'planadi. Yetmak muhim tcxnikaviy o'simlik. Chinnigullar ajoyib manzarali o'simliklar bo'lib, ularning 70 dan ziyod navlari bor. Qoramug', randak kabi zaharli va begona o'tlari ham uchraydi.
Chinniguldoshlar oilasi urug'larining tuzilishi va tarkibida saponinlarning bo'lishiga ko'ra Semizo'tdoshlarga (Portulacaceae) yaqin turadi. Bu ikkala oilada pinitol moddasining bo'lishi ularning filogcnctik jihatdan yaqinligini ko'rsatadi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish