120
Buning uchun buyum rekristallanish temperaturasidan 200— 300° yuqoriroq
temperaturagacha (masalan, kam uglerodli po‘latlar 600—700°S gacha)
qizdirilib, shu temperaturada ma’lum vaqt saqlangach, asta sekin sovitiladi;
b) Chala yumshatish. Ba’zi hollarda po‘lat quymalar va pokov-
kalar ichki kuchlanishlarni yo‘qotib, mexanik ishlashdan avval struk-
turasini yaxshilash uchun chala yumshatiladi. Masalan, evtektoidgacha
bo‘lgan po‘lat
buyumlar
As
1
kritik nuqta bilan
As
3
kritik nuqta ora-
lig‘idagi temperaturagacha, evtektoidgacha keyingi po‘lat buyumlar
esa
As
1
kritik nuqta bilan
As
3
kritik nuqtalar oralig‘idagi
temperaturagacha qizdirilib, shu temperaturada ma’lum vaqt tutib
turilgach,
asta-sekin
sovitiladi.
Bu
ishlovda
faqat
perlit
struktura-
sigina qayta kristallanadi, qolgzn strukturalar o‘zgarmaydi. Shu-
boisdan ham chala yumshatish
deyiladi.
v) Diffuzion yumshatish. Po‘lat quymalar (ayniqsa, legirlangan
po‘latlar) ximiyaviy tarkibining notekisligini yo‘qotish maqsadida bu xil
ishlov beriladi. Buning uchun, masalan, evtektoidgacha bo‘lgan po‘lat buyumlar
As
3
kritik temperaturadan 200—300°S yuqori temperaturagacha qizdirilib, shu
temperaturada 10—15
soat saqlangach, avval 600°S temperaturagacha keyin esa
havoda sovitiladi.
Buyumni yuqori temperaturada bir necha soat tutib turishda austenit donlaridagi
uglerod va boshqa elementlar diffuziyalanganda tarkibi tekislanib gomogen
struktura hosil bo‘ladi. Bunda austenit donlari yiriklashadi. Shuning uchun bu termik
ishlovdan so‘ng donlarni maydalashtirish maqsadida u qo‘shimcha ravishda to‘la
yumshatiladi.
g) To‘la yumshatish. Bu usul yirik donli po‘lat quymalar va
pokovkalarning
donlarini
bir
tekis,
mayda
donli
qilish
na
ichki
kuchlanishlarni
yo‘qotish
maqsadida
qo‘llaniladi.
Bunda
evtektoid va evtektoidgacha bo‘lgan po‘latlarning markasiga qa-
121
rab
ularni
As
1
yoki
As
3
kritik
temperaturadan
30—50°S
yuqori-
roq temperaturagacha qizdirib shu temperaturada ma’lum vaqt
gaqlangach, asta-sekin sovitiladi.
Shuni ham qayd etish lozimki, evtektoiddan keyingi po‘latlarni go‘la
yumshatish
uchun ularni
As
T
kritik temperaturadan bir oz yuqoriroq temperaturagacha qizdirib, shu
temperaturada ma’lum vaqt saqlab, sovitilganda ajraluvchi sementit perlit donlarini parda
bilan chulg‘ab olib uni mo‘rtlashtiradi, shu sababli bu po‘latlar to‘la yumshatilmaydi
d) Izotermik yumshatish. Bu usul to‘la yumshatishdagi kabi
maqsadlarda qo‘llaniladi. Masalan, evtektoidgacha bo‘lgan po‘lat
As
3
kritik
nuqtadan, evtektoiddan keyingi po‘latlar esa
As
1
kritik nuqtadan 30—50°S
yuqori
temperaturagacha qizdirilib, shu temperaturada ma’lum vaqt saqlangach,
zaruriyatga ko‘ra, masalan, (60—700°S li muhitga o‘tkazilib, shu muhitda austenit
ferrit bilan sementitga batamom parchalanguncha tutib turiladi, keyin havoda
sovitiladi. Bu usul to‘la yumshatishga qaraganda 3—4 marta unumliroqdir.
Masalan, legirlangan po‘latlarni to‘la yumshatish uchun odatda 18—15 soat
vaqt
sarflansa, izotermik yumshatishda 3—4 soat kifoyadir. Bu ishlov ikkita
pechda yoki zonali pechlarda amalga oshiriladi.
( y e ) D o n a d o r p e r l i t o l i s h u c h u n y u m s h a t i s h . E v s ktoiddan keyingi va
legirlangan po‘lat buyumlarning plastinika tarzidagi sementit donlarini mayda
donador strukturaga aylantirish maqsadida yumshatiladi. Buning uchun evtektoiddan
kiyingi po‘latlar
As
1
kritik nuqtadan bir oz yuqoriroq temperaturagacha (750—
760°S) qizdirilib, shu temperaturada ma’lum vaqt tutib turilgach, asta-sekin
sovitiladi. Ma’lumki, po‘latni
As
1
kritik nuqtadan yuqoriroq temperaturagacha
qizdirilganda msrlit donlari austenitga aylanib, ikkilamchi sementit esa o‘zgarmay
qoladi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha austenitda erimagan karbid va boshqa
qo‘shimchalar po‘latni sovitishda qo‘shimcha kristallanish markazlari hosil qilib
donador struktura olishga ko‘maklashadi.