Viruslami kelib chiqishi haqidagi muammoli fikrlar. Viruslami evolyutsion kelib chiqishi haqida ham turli fikrlar mavjud bo'lib ulardan ba’zilari haqida quyida fikr bildiriladi. Viruslami evolyutsion nuqtayi nazardan bir-biri bilan bog'liqligini bilish, ularni klassifikatsiyasini tuzish asosida yotuvchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Eng haqiqatga yaqin gipoteza bu ularni hujayraning genetik elementlarini (nuklein kislotalari) avtonom «xo‘jayin - hujayra»ga bog'- liq boimagan holda replikatsiyalanish xususiyatiga ega bo‘lishidir.
Vimslarni ko‘payishi ham boshqa organizmlamikidan tubdan farq qiladi. Vimslar faqat tirik hujayradagina ko‘payaoladilar, «xo‘jayin-hujayra»dan o'zlarining nuklein kislotalari va oqsillarini sintezi uchun foydalanadilar. Hujayra ichiga kirgan virusning oqsil qavati parchalanadi, uni nuklein kislotasi matritsa vazifasini bajarib, xo‘jayin-hujayra ishtirokida virus o‘z nuklein kislotasi va oqsil qobig‘i va boshqa tarkibiy qismlarini sintez qiladi. Viruslar hujayradan hujayraga inert mavjudot kabi o‘tadi, degan fikrlar mavjud edi va unga asoslanib, viruslar hujayrali organizmlardan kelib chiqqan deb xulosa qilingan. Viruslami kelib chiqishi haqida oxirgi fanma’lumotlari ko‘rsatishicha ular umumiy ajdodga ega bo‘lmagan yig‘ma guruh deb hisoblanadi. Hozirgi kunda viruslami kelib chiqishi haqida bir qancha gipotezalar mavjud: DNK-tutuvchi yirik viruslar o‘z genomini salmoqli qismini yo‘qotgan murakkab hujayra parazitlaridan (mikoplazma va rikketsiylardan) kelib chiqqan deb ham hisoblanadi (yuqorida aytilgan fikming tasdig‘i desa ham bo‘ladi). Haqiqatdan ham, ba’zi yirik DNK- tutuvchi vimslar birinchi qarashda funksional f ermentlarni ortig‘i bilan kodlantiradi, bu balki murakkab hayot formalaridan meros bo‘lib qolgan bo‘lishi mumkin. Aytib o‘tish joyizki, ba’zi virus oqsillarini bakteriyalar, arxeylar va eukariotlar oqsillari orasida hech qanday gomologiyaga (o‘xshashlikga) ega emasligi kuzatilgan. Bu esa mazkur guruhni avval dan yaralganligidan darak beradi degan fikrlar mavjud. Bu haqda yana boshqa bir fikr bo‘yicha RNK tutuvchi viruslami kelib chiqishini viroidlar bilan bog‘lanadi. Viroidlar hujayra RNK- polimerazasi tomonidan replikatsiya qilingan murakkab tuzilishga (yuqori konstruksiga) ega RNKning halqali fragmentidir. Viroidlar - m-RNKning(informatsion RNK (i-RNK) ning) ahamiyatsiz (maz- munsiz) qismlarini splaysing vaqtida qirqilgani -»qochib qolgan intronlari (kodlanmaydigan qismlar)» dir. Ular keyinchalik tasodifan replikatsiyalanish xususiyatiga ega bo‘lib qolishgan deyiladi. Viroidlar oqsillarni kodlantirmaydi. Viroidlami kodlantiruvchi qism- larga ega boiishi birinchi RNK tutuvchi vimslarni paydo bo'lishiga olib ke- ladi. Haqiqatdan ham, misol uchun, «viroidga-o‘xshash» uchastkalarga ega vimslar bor. Misol qilib, Delta gepatiti vimsini aytish mumkin.
o‘zgaruvchanlikga ega, yashash muhit o‘zgarishiga moslashaoladigan tabiiy va suniy tanlanadigan biologik evolyutsiya bilan ta'minlangan, degan fikrlar hukm surgan bo'lsa, 60-yillarga kelib molekulyar biolo- giyaning rivoji viruslami organizm deb hisoblagan bu konsepsiyani noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsata boshladi. Viruslami ontogenetik siklida - hujayradan tashqari va hujayraviy ikki formasini ajratildi. Hujayradan tashqari formasini virion deb nomlandi. Virionning tuzilishi hujayra tuzilishidah farqliligi ko‘rsatildi. Viruslami ko‘payishi hujayranikidan tubdan farqlanishi va ularni ko‘payishini dis’yunktiv reproduksiyalanish deyildi. Dis’yunktiv ko‘payish deganda viruslami tashkil qiluvchi qismlarni, ya’ni genetik materiali va oqsillarini vaqt va hududiy ayrim- ayrim sintezlanishi va keyingi qurilishi va virionning shakllanishini tushuniladi. Vimslarni genetik materiali yoki DNKdan yoki RNKdan iboratligi ko‘rsatildi. Viruslami boshqa hayot formalaridan farqlashning asosiy va absolyut mezoni bu ulardagi o‘z oqsil sintezlovchi sistemasini yo‘qligidir. To‘plangan materiallar viruslami o‘ta kichik organizmlardan ham kichikligini, ya’ni ular minimal organizmlar bo‘lgan mikoplazmalar, rikketsiylar va xlamidiylardan ham kichik va o‘z oqsil sintezlovchi sis- temalariga ega bo‘lmagan agent ekanligini ko‘rsatdi. V.M. Jdanovning viruslami tabiati haqidagi fikri bo'yicha: «viruslar faqat tirik hujayralardagina hayot faoliyati kechadigan, ularning nuklein kislotasining sintezlanishi hujayraga qisman (har xil darajada) bogMiq bo‘lgan, hujayraning oqsil sintezi va energetik sistemalariga esa to‘la bog‘liq bo‘lgan va mustaqil evolyutsiyaga uchraydigan avtonom genetik strukturalardir», - deydi. Parazitologiya nuqtayi nazaridan viruslar obligat hujayraaro para - zitlardir. Parazitizm (parazit grekcha tekinxo‘r (naxlebnik - parasitos)) degan ma’noni bildirib, ikki organizmni biri ikkinchisiga zarar keltirib yashashidir. Bunda parazit xo‘jayin organizmga ham fizik, ham fiziologik jihatlardan bog‘liq bo‘ladi. Viruslar genetik parazitlardir. Bu parazitizm viruslami genomi hujayraning genomi bilan bilan integratsiyalanishida yaqqol namoyon bo'ladi. Bu nuqtayi nazardan viruslar molekulyar va molekulyar genetik darajada parazitlik qiladigan hayotning hujayrasiz formasidir.
Shunday qilib, viruslar xilma-xil ko‘p sonli guruhga ega, mik- roorganizm bolmagan va Vira saltanatiga birlashgan hayotning hujayrasiz formasidir. To‘plangan ma’lumotlarni umumlashtirib viruslarga quyidagicha ta’rif bersa bo‘ladi deb o‘ylaymiz: