Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 30 noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 353–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 2, 52-modda; 2003 yil, № 9–10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Toshkent shahri,
2019 yil 13 mart
№ OʻRQ–529
Atmosferani muhofaza qilish chora tadbirlari
3. Atmosfera havosini muhofaza qilish chora tadbirlari
Atmosfera havosi inson hayoti, qolaversa tabiatdagi muvozanat uchun katta ahamiyat kasb etadi. Shu bois atmosfera havosini muhofaza qilish chora-tadbirlaridan ustivori – bu ekologik ta'lim-tarbiya ishlarini olib borishdir, chunki atmosfera havosining ifloslanishi natijasida sodir bo'ladigan o'zgarishlarni to'liq anglay olgan inson to'g'ri va atroflicha xulosa chiqara oladi.
Havo ifloslanishini oldini olish va kamaytirishning turli yo'llari mavjud. Korxonalarda tozalash qurilmalari o'rnatiladi, zararli korxonalar shahar chekkasiga chiqariladi, ayniqsa chiqindisiz texnologiyaga o'tish, shuningdek transport harakatini tartibga solish metro, elektr transportini rivojlantirish, yoqilg'i sifatini yaxshilash, ekologik toza transport vositalarini yaratish havoning ifloslanishini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega, shu bilan bir qatorda sanoat korxonalari, shahar, dam olish zonalari atroflarini ko'kalamzorlashtirib atmosfera havosidagi muvozanatga erishish mumkin.
O’zbekistonda atmosfera muhofazasi ustuvor masala
O’zbekistonda atmosfara havosini muhofaza qilish ustuvor masalalardan hisoblanadi. Havo ifloslanishini kuzatish va nazorat qilish monitoringi yaxshi yo’lga qo’yilgan. Korxonalar uchun havoni belgilangan miqdordan ortiqcha ifloslagani uchun yo’lov va jarimalar brlgilangan. O’zbekistonda atmosferani muhofaza qilish to’g’risida maxsus qonun qabul qilingan.
Atmosfera havosini muhofaza qilish bo’yicha nazoratini Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Sog’liqni saqlash vazirlikning sanitariya-epidemiologik xizmati (atmosferaga zararli fizikaviy ta’sir ko’rsatish ustidan) amalga oshiradi. Mazkur davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini olib borganda, malum huquqlariga ega. Doimiy ifloslantiruvchi manbalardan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi va biologik organizlar chiqarish uchun hamda atmosfera havosini iste’mol qilish uchun Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomaga asosan yo’l qo’yiladi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, atmosfera havosini muhofaza qilish turli yo’llari mavjud bo’lib, ko’p qismi inson faoliyati bilan bog’liq, ma’lum qismi tabiiy muhitimizga bog’liq. Atmosfera havosini muhofaza qilaylik, uni ifloslantirishga chek qo’yaylik! SHUNDAGINA muhofaza qilish to’g’risida o’ylashga to’g’ri kelmaydi. Zamonaviy texnalogiyalarni atmosferaga zararsiz holda ishlab chiqarishimiz zarur . Toza atmosfera havosi inson hamda barcha jonzotlar u, o’simliklar uchun zarurdir.
Atmosferaning turli zaharli gazlar bilan ifloslanishi odamlar va hayvonot dunyosini turli kasalliklarga uchrashiga olib keladi. Havoning zaharlanishidagi “sezilmaslik” ta’siridan saqlanish uchun ma’lum maromli chegaralar belgilanadi. Bu maromlar zaharli moddalarning eng ko’p mum-kin bo’lgan konsentratsiyasi bilan belgilanadi. Eng ko’p mumkin bo’lgan ifloslanish konsentrasiyasi odamlarning soglig’ini, mehnat unumiga, kayfiyatiga bevosita salbiy ta’sir qiladi.
Atmosferani tozalash masalalari.Uzoq vaqtgacha havoni iflosliklar-dan tozalashning yagona yo’li atmosferaning o’zi hisoblangan. Keyincha-lik havo ifloslanishining oldini olish masalalari kiradi. Ulardan eng sodda-lari zavodlarning tuynuqlarini baland qilib o’rnatish. Hozir esa maxsus tutun ushlagich apparatlar o’rnatilgan, ular yaxshi natija bermoqda. Butun dunyoda transportdan chiqayotgan gaz masalasi muammo bo’lib qolayotir.
- Umuman, yer yuzida atmosferani muhofaza qilish keskin tus olmoqda. Atmosfera havosining tozalash choralaridan chang, gaz ushlaydigan inshootlarni qurish, chiqindisiz texnalogiyani qo’llash, temir yo’l transporttini elektrga o’tqazish yaxshi samara berayotir. Davlatimiz har yili atmosferani himoya qilish uchun katta miqdorda mablag’ ajratmoqda. Kerakli joylarda o’rnatilgan tozalagichlar havoning tarkibidagi turli aralashmalarni ushlab qoladi. Hozir havodagi changlarni elektr mexanik ultratovush yordamida ushlab qolinadi. Gazlarning zaharli xususiyatlirini kamaytiradigan kimyoviy asboblar, ho’llangan va elak tutqichlar (filtirlar) hamda boshqalar qo’llanilyapti. Chorva molxonalarida “Klimat-47” FE (filtr elektrli) FRU, BUB-60, DB-60 havo tozalagich va havoni dezin-feksiya qiluvchilar muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.
- Ayrim sanoat tarmoqlarida tozalagich inshootlar yaxshi ishlamoqda. Masalan, Vaxsh azot to’la ajratilib oliniyapti. Chiqindisiz texnologiyani joriy qilish asosiy mahsulot ishlab chiqarilayotganda havoga ajralib ketadigan zararli aralashmalarni ushlab qolayapti. Olimlar avtomobil transporti ajratadigan zaharli gazlarni zararsizlantirish ustida ish olib borishmoqda.
Hozirgi vaqtda 114 kimyoviy moddalar va 25 xil atmosferani ifloslovchi birikmalar ustidan davlat nazorati o’rnatilgan. Ular ustidan nazorat maxsus tashkilotlar tomonidan zavod, fabrikalarda o’tkazilmoqda. EMK boshqa davlatlarda ham o’rnatilgan. Lekin yomon tomoni shundaki, ular har xil.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
1. Axmedov Sh. “Umumiy va tarixiy giologiya” Toshkent 1985 yil.
2. Akromov , Xo’jayev , Qurbonov , “giologiyadan” amaliy ishlar
3. Jabborov N. Kimyo va atrof muhit. T., “O’qituvchi”1992.
4. Barotov P. Tabiatni muhofaza qilish. T., “O’qituvchi”1991.
5. Shodimetov Yu. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. I, II qism, T., “O’qituvchi”1994.
6. Otaboyev Sh. Nabiyev M. Inson va biosfera. T., “O’qituvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |