144
1.Oldindan tayyorgarlik - ko‗rgazmani tanlash va unda qatnashish bilan bog‗liq
tashkiliy tadbirlarni o‗z ichiga oladi.
Yarmarkani tanlash
. Ko‗pgina kompaniyalar rahbarlari e‘tiborlarini eng yirik
birjalarga (FITUR kabi) qaratadilar. Agar firma barcha yo‗nalishlar bo‗yicha
hamkorlarga ega bo‗lsa va ular bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilayotgan bo‗lsa, bu
o‗zini oqlaydi, albatta. Bu holda Berlin, London yoki Madriddagi dunyo forumlari ular
bilan aloqa qilishning eng yaxshi joyi hisoblanadi.
Ammo firma o‗z kontragentlari doirasini kengaytirishga yoki o‗zi uchun yangi
yo‗nalishlarni o‗zlashtirishga harakat qilsa, u uchun hududiy ko‗rgazmalar va
professional tursalonlarda ishlash maqsadga muvofiqdir.
Ko‘rgazmaga tayyorgarlik ko‘rish.
Ko‗rgazmada qatnashish qarorini bir yil
avvaldan aniqlab olish lozim bo‗ladi, yarim yil oldin esa stend va uskuna (jihoz)lar uchun
haq to‗lanadi. Shuni hisobga olish kerakki, ko‗pchilik yirik ko‗rgazmalarda qatnashish
talabnomalarini qabul qilish, ular boshlanishidan 3-4
oy avval, ITB kabi juda
ahamiyatlilarida esa 6 oy oldin tugab bo‗ladi.
Tajriba shuni ko‗rsatadiki, potensial hamkorlar va mijozlarni maksimal jalb
qiladigan milliy kollektiv stendlarda ishlar samaraliroqdir. Turfirma alohida qatnashishi
bilan muzokaralarga va tayyorlanish ishlariga, stend ko‗rilishiga, ayniqsa, individual
dizaynga o‗zini oqlamaydigan harajatlar qiladi. Shuning uchun tashkilotchilar bilan
muzokaralarni va ma‘lumot materiallari, kataloglarini olishni,
stendlar bezashni,
ma‘lumotlarni katalog va marketing dasturiga qo‗shishni o‗z zimmasiga oladigan yagona
ekspozitsiyalar tashkil qiluvchilar bilan ishlash foydaliroqdir. Hozirda birlashgan o‗zbek
stendlari ba‘zi xalqaro ko‗rgazmalarda qatnashmoqdalar.
Shuni nazarda tutish lozimki, ko‗pgina ko‗rgazmalarda stendlarning minimal
maydoni 9-12 m
2
ni tashkil qiladi (Milandagi BITda - 20 m
2
). To‗laqonli ishlash uchun
esa faqat kollektiv stendlarda buyurtma berish mumkin bo‗lgan 4-6 m
2
yetarlidir. Bunda
firma - konsolidator xavf va ko‗rgazma maydoni uchun oldindan to‗lovlarni tashkil qilish
harajatlarni o‗ziga oladi va firma - eksponentlarni bu tashvishdan ozod qiladi.
Ko‗rgazma firmasi ko‗rgazma ochilishidan oldin o‗z eksponentlarining
tayyorgarlik ishlarini tashkil qilish bilan shug‗ullanadi (ko‗rgazmaga eksponentlarning
material va uskunalarini olib kelib beradi, stendlarni tayyorlash ishlarini oxirigacha olib
boradi, kataloglarni oladi). Shuning uchun kollektiv stend qatnashchilari kelishlari bilan
ishga tushib ketadilar, tayyorlanish ishlariga kuch va vaqt sarflamaydilar.
Oldindan katalog yoki stend qatnashchilar ro‗yxatini olish bilanoq hamkorlar va
mijozlarni jalb qilishga kirishish lozim. Firma aloqani o‗rnatishdan
manfaatdor
kompaniyalarga stendga tashrif buyurish taklifiiomalari bilan faks va xatlar jo‗natadi.
Stendlarga tashrif buyuruvchilar va potensial hamkorlarni jalb qilishning boshqa
usullari ham bor. Masalan, xatlar, konvertlardagi shtamp va nakleykalar. Ko‗rgazma
boshlanishidan ancha oldin stendlarga tashrif buyurishni taklif qiladigan, adresatlarga
mo‗ljallangan har bir pochta jo‗natmasi nakleyka bilan belgilanadi. Ayniqsa, hamkorlar
va manfaatdor haridorlarga individual taklifnomalar va nomi ko‗rsatilgan taklifnomalar
tarqatish yaxshi natijalar beradi. Taklif qilish uchun boshqa qiziqtirish usullarini ham
topsa bo‗ladi, masalan, stendda tushirilgan suratlarni yuborish, doimiy hamkorlarga esa
avvalgi ko‗rgazmaga kelganida tushirilgan suratni yuborish mumkin. Taklifnomalar
ko‗rgazma ochilishidan taxminan uch hafta oldin olingan bo‗lishi lozim. Tashrif
buyuruvchilarni jalb qilishning an‘anaviy
usullaridan ham foydalaniladi, ya‘ni,
maxsuslashtirilgan matbuot, kataloglar orqali reklama qilish.
Shuningdek, ko‗rgazmaga tayyorlanishda quyidagilar talab qilinadi:
145
avvalgi bo‗lib o‗tgan ko‗rgazma kataloglarini diqqat bilan o‗rganish;
ko‗rgazma tashkilotchisidan qatnashuvchilarning dastlabki ro‗yxatini olish va
oldingi ko‗rgazmalar ma‘lumotlari bilan solishtirish;
har bir mahsulot kategoriyasi bo‗yicha nazorat ro‗yxatini tayyorlash, katalogdagi
har bir qatnashchi bilan tanishib chiqish, raqobatchilarning mahsulotlari bilan
tanishib chiqish va ularni ma‘lumotlaridan foydalanish;
tashkilotchilargaf irmangizning to‗liq nomini va boshqa ma‘lumotlarini bildirish
kerak;
ko‗rgazmada taklif qilish uchun kompleks turpaketlar va alohida xizmatlarning
qat‘iy narxlarni belgilash;
o‗z mahsulotlaringiz, stend loyihalari bo‗yicha
texnik varaqalar, prays-listlar
tayyorlash;
avvaldan mahsulotlarni stendda qanday joylashtirishni aniqlab olish;
stend xodimlari uchun yozma ma‘lumotlar, yordamchi illustratsiyalar tayyorlash;
tarqatish uchun ikki turda reklama bukletlarini tayyorlash:
bittasi - umumiy (imkoniyatlaringiz haqida), boshqasi - nisbatan batafsilroq
(takliflaringiz bilan qiziqadigan mijozlar uchun);
hammasi yoki kamida ikkitasi xorijiy tillarni biladigan malakali stend
komandasini tuzish;
etarli miqdorda firma tashrifnomalarini tayyorlab qo‗yish;
Stendga tashrif buyuruvchilar bilan muloqotni osonlashtirish uchun qog‗oz va
maxsus
blanklarni
tayyorlash.
Bunday
blanklarni
«Muzokaralar
varag‗i»,
«Tashrifbuyuruvchi varag‗i», «Kontaktlar jurnali» deb atash mumkin. Ular quyidagilarni
ko‗rsatishi lozim:
a) tashrif buyuruvchi nomi va lavozimi, firma haqida ma‘lumot, firma qiziqishlari
sohasi, mavjud munosabatlari va imkoniyatlari;
b) manzil, kattaligi, egasi, oboroti, maxsus faoliyat sohalari kabi firma
ma‘lumotlari;
v) o‗zaro manfaatli sohalar;
e) tashrif buyuruvchi bilan muzokaralar natijasi (hamkorlik
imkoniyatlari,
Imkoni bo‗lsa, yuqorida tayyorlangan ma‘lumotlarning hammasini kompyuter
bazasiga kiritish kerak. Shuningdek, press-reliz, ma‘lumotlar, fayllar yoki stendda
qo‗yish uchun videoroliklar tayyorlab qo‗yish lozim. Avvaldan matbuot bilan
munosabatlarni, o‗z taqdimotlarini, press-konferensiyalarni, "aylana stol" larni
o‗tkazishni ham rejalashtirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: