To„rtinchi kun.
Nonushta (7.30-8.00). Tarixiy obidalarga sayohat (8.00-13.30).
Tushlik (13.30-14.30). Bo‗sh vaqt (14.30-20.00). Kechki ovqat (20.00-21.00). Uyquga
yotish/bo‗sh vaqt.
115
Beshinchi kun.
Nonushta (7.30-8.00). Buxoroga jo‗nash. (8.00-12.00) Joylashish
va dam olish (12.00-13.00). Tushlik (13.00-14.00). Shahar bo‗ylab sayohat, Labi-
hovuzdagi teatrlashtirilgan shouda ishtirok etish (15.00-20.00). Kechki ovqat (20.00-
21.00). Uyquga yotish/bo‗sh vaqt.
Oltinchi kun.
Nonushta (7.30-8.00). Tarixiy obidalarga sayr qilish (8.00-13.30).
Tushlik (13.30-14.30). Bo‗sh vaqt (14.30-20.00). Kechki ovqat (20.00-21.00). Uyquga
yotish/bo‗sh vaqt.
Yettinchi kun.
Nonushta (7.30-8.00). Toshkentga jo‗nash (8.00-18.00). Yo‗lda
tushlik (13.00-14.00). Shahar bo‗ylab sayr qilish (18.00-21.00). Aeroportga transfert
(21.00). Parijga uchib ketish (24.00).
Yuqoridagilardan shu narsa ma‘lum bo‗lmoqdaki, yo‗nalish batafsil va mukammal
bo‗lishi, shaharning harakatlanish sxema – kartalari uning tarkibida mavjud bo‗lishi talab
etiladi. Unda barcha diqqatga sazovor joylar, mehmonxonalarni joylashuvi, restoranlar,
aloqa telefonlari va boshqa zarur bo‗lgan foydali ma‘lumotlar bo‗lishi zarur. Masalan,
turistlar o‗z sayohatlari davomida astronomiya fanining rivojiga buyuk hissasini qo‗shgan
alloma – Mirzo Ulug‗bekning observatoriyasiga tashrif buyuradi. Shu sababli,
Ulug‗bekning tarixiy hayoti va ilmiy faoliyatiga batafsil to‗xtalish, ma‘lumot berish
zarur. Bundan tashqari sayohatchilar yo‗lidagi qadimgi kishilarni to‗xtagan joylarini ham
qayd etish mumkin. Bularning barchasini jarangli va mazmunli nomlar bilan yetkazish
kerak.
Yuqorida qayd etilganidek, turmahsulot turistlarga paket (―pekidj‖) larda sotiladi.
Turoperator turagentlarga komission chegirmalar taqdim etadi yoki turagent o‗z
xizmatlari – reklama, mijozlarni topish, hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqalar uchun
ustama haq qo‗yadi. Shu bilan birga, paketdagi taqdim etilayotgan turni narxini
hisoblashni bilish lozim. Turmahsulotning narxini normativ kalkulyatsiya metodi bilan
hisoblash mumkin. Unga turistlarga xizmat ko‗rsatish bilan ham, turistlar guruhini
kuzatish bilan bog‗liq bo‗lgan barcha sarf-harajatlar kiradi. Turmahsulot narxining
formulasi qo‗yidagicha hisoblanadi:
Ngr
Ntour
Kd
ZT
T
Stax
SU
Ptur
Pr
Bu yerda, Ptur – milliy valyutada bitta turistning turpaket narxi (yoki dollar
ekvivalentida);
SU – turoperatorning turpaketi ichiga kiradigan xizmatlar tannarxi; Stax –
alohida xizmat turlari bo‗yicha bilvosita soliqlar summasi (NDS);
PrT – turoperatorni milliy valyutadagi foydasi (yoki dollar ekvivaletidagi);
ZT – turpaket tarkibiga kiruvchi alohida xizmat turlari uchun turistga turoperator
taqdim etayotgan chegirma;
Kd – turpaketni sotuvchi turagentni komission mukofotlash (ko‗p hollarda bu
turpaket narxiga qo‗shimcha yoki turoperatorni turagentning foydasiga narxdan
chegirma);
Ntour – guruhdagi turistlar soni;
Ngr – guruhga yo‗lboshchi sifatida hamkorlik qiluvchilarning soni.
116
Do'stlaringiz bilan baham: |