O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 150,5 Kb.
bet2/8
Sana04.04.2022
Hajmi150,5 Kb.
#526948
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Gulshan 2

Mavzuning o‘rganilishi Tilning sistema ekanligi bugungi kunda deyarli barcha tilshunoslar tomonidan e’tirof etilsa ham, lekin til sistemasi va tuzilishiga yondashuv lingvistlar o‘rtasida bir xil emas. Sistemaga tilshunoslarning turli xil qarashlarini jamlagan holda Y.S.Kubryakova va G.P.Melnikovlar ularni quyidagi besh guruhga bo‘ladilar:
1) inventar-taksonomik;
2) vazifaviy:
3) struktur;
4) stratifikatsion;
5) tipologik.
Boduen de Kurtene va F.de Sossyurlar asos solgan sistemaviy tilshunoslik deb nomlanuvchi hozirgi tilshunoslikning bosh vazifasi bevosita. Jumladan, rus tilshunoslaridan Y.F.Kirov, L.N.Murzin, I.I. Revzin, o‘zbek tilshunosligida morfemik, morfologik, sintaktik sathda modellashtirish masalalari T. Mirzaqulov kabilarning ilmiy izlanishlarida morfologik birliklar masalasi ham yoritib o‘tilgan.

Turkiy tillar morfologiyasida o‘ziga xos jihatlari
Turkiy tillar morfologik qurilishida tarixiylik tamoyili
Qadimgi turkiy tilning adabiy til sifatida shakllanishi qadimgi turkiy yozma yodgorliklar ko‘rsatib beradi. Turkiy tillarning rivojida yozma yodgorliklar muhim ahamiyatga ega. Yozma yodgorliklarni tadqiq qilish orqali bugungi kunga qadar saqlanib qolgan turkiy tillarning umumiy xususiyatlarini bilib olamiz.
Turk-mo‘g‘ul tili miloddan oldingi V asrda Markaziy Osiyo qavmlari uchun yagona til edi. Ma’lum bir turkiy til bu davrdan boshlab turkiy qavmlar o‘rtasida asosiy aloqa vositasi bo‘lganligi to‘g‘risida ham fikrlar mavjud. Jumladan, V.V.Bartold chuvash tili yuzasidan olib borilgan tadqiqotlarga tayangan holda “bu davrda (ya’ni mil.ol. V asrda – N.R) turkiy guruhga mansub tillarning muhim belgilari hali shakllanmagan edi”, deb aytadi. Bu fikri bilan V.Bartold turk-mo‘g‘ul tillarining umumiyligiga ishora qiladi. Shu xulosalariga tayanib, u chuvash tili Markaziy Osiyo sharqida ko‘hna turkiylar tili bilan genetik tomondan bog‘liq, deb ta’kidlaydi va bu qarashlarini venger tilidagi qadimgi turkiy til elementlari bilan chuvash tilidagi o‘xshashliklarni qiyoslagan holda ilgari suradi.2 Ko‘plab venger va nemis turkolog olimlari – K. Shiratori, B. Munkasi, A.fon Gaben, Yu. Nemet, L.Bazen kabilarning ishlarida chuvash va venger tillaridagi qadimiy turkiy til elementlari tadqiq etilgan. Qolaversa, hozirgi har bir turkiy tilda shubhasiz, qadimgi turkiy til elementlari (leksikada, grammatik shakllarda, sintaktik qurilishda) bor. Masalan, hozirgi turk tilida sifatdosh (-mish, duk, dik) shakllarining qo‘llanishi bunga misoldir. Ammo turkologlar venger va chuvash tillarini qadimgi turkiy tilga qiyoslaganlari sababi – chuvash tilining boshqa turkiy tillarga qaraganda qadimiy, Markaziy Osiyoning sharqida keng hududda asosiy aloqa vositasi bo‘lganini dalillash edi.
Chuvash tilining shu bilan birga yoqut tilining ham geografik joylashuvi bu tillarni boshqa tillardan ajralgan, asl holatini saqlagan holda rivojlanishga sabab bo‘lgan. Yoqutlar uzoq shimolga kelib, turkiy qavmlar hayotidan uzilgan. Chuvash tili esa Itil (Volga) bo‘ylarida saqlanib qoldi. Volga bo‘ylariga O‘rta Osiyodan turkiy qavmlar ko‘chib o‘tdi. Shuning uchun chuvash tili o‘rta asrlarda hozirgiga nisbatan keng tarqalgan edi, deb aytish mumkin.
Chuvash tilining ilk o‘rta asrlarda o‘ziga xos til bo‘lganini hamda keng hududga tarqalganini arab geagraf va sayyohlari ham tasdiqlaydi. Ular Janubiy Rus yerlaridagi bajnoqlardan tortib Xitoy chegarasigacha bo‘lgan hududlardagi turkiy qavmlar tillari o‘rtasidagi o‘xshashlikni aytadilar. Shu bilan birga, bulg‘orlar (ya’ni chuvashlar) va xazarlar boshqa turkiy qavmlar tillari o‘rtasidagi o‘xshashlikni aytadilar. Xazarlarning geografik joylashuvini aytar ekanlar, Itil daryosining o‘rta oqimida yashaganlar, deb ko‘rsatadilar. Darvoqe, chuvashlar va xazarlar tilida Itil degan so‘z “daryo” ma’nosini bildiradi. Ana shu Itil nomidan kelib chiqib, turkologlar, chuvash tilida xazarlar ham gaplashganlar, deb hisoblaydilar. Bugungi chuvash tili chuvashlar va xazarlardan qolgan tildir. Ayni paytda qadimgi turkiy tilning ko‘hna turk davridan boshlab Markaziy Osiyoda o‘ynagan rolini va imkoniyatlarini ko‘rsatadigan til chuvash tilidir.
Demak, chuvashlar sharqiy ko‘hna turkiylarning avlodi ekanini e’tiborga olsak, mo‘g‘ullar hali bu davrda mustaqil qavm sifatida shakllanmagani ma’lum bo‘ladi. Shuningdek, mo‘g‘ul tili ham ilk o‘rta asrlarda qadimgi turkiy tildan ajralib chiqmagan edi. Xususan, turk xoqonligining poytaxti Mo‘g‘uliston hududida bo‘lgani, barcha mo‘g‘ul qabilalari ham turk xoqonligi hududida yashagani uchun mo‘g‘ul tili qadimgi turkiy til tarkibidan turk xoqonligi davrida ajraliv chiqa boshlagan deb aytish mumkin.
Yana qadimgi Mo‘g‘uliston hududida yashagan ba’zi qabilalar borki, ularning tili to‘g‘risida ham, kelib chiqishi to‘g‘risida ham turli fikrlar bor. Syanbiylar tarix sahnasida milodning I asrida paydo bo‘lgan. Syanbiylarning tili ham, kelib chiqishi ham qadimgi turklardan, degan fikrlarga ko‘pchilik turkologlar shubha bilan qarashgan. Mashhur turkolog P.Peloning xabar berishicha, xitoycha adabiyotlar orasida syanbiycha-xitoycha lug‘atlar saqlanar ekan. P.Pelo bu lug‘atni o‘rganish jarayonida syanbiy tili turkiy tillar oilasiga kiradi degan xulosaga keldi. Shu bilan birga, P.Pelo xitoycha adabiyotlarga asoslanib, urxun yodnomalarida eslangan qitaniy tili lug‘ati borligini ham eslaydi. Bu lug‘atlar shuni dalillaydiki, ilgari tungus xalqiga mansub deb qaralgan syanbiylarning, shuningdek, qitaniylarning tili ham hali milodning boshlarida mo‘g‘ul tili sifatida ajralib chiqmagan edi. Mo‘g‘ul tili leksik qatlami hali bu davrda yo‘q edi. Mazkur lug‘atllar mo‘g‘ullar turkiy qavmlardan ajralib chiqmasdan oldin yaratilgani uchun syanbiycha-xitoycha va qitaniycha-xitoycha lug‘atga asoslangan holda har ikki qavm mo‘g‘ul tilida so‘zlashgan degan fikr kelib chiqmaydi, balki qadimgi turkiy tilda so‘zlashgani ayon bo‘ladi.
Ma’lum bir tilning, jumladan, mo‘g‘ul tilining ko‘hna turk davrida alohida til sifatida ajralib chiqqani to‘g‘risida qarashlarga shunday munosabat bildirish mumkin: ko‘hna turk davriga yoki qadimgi turk davriga oid mo‘g‘ul tilidagi yozuv yodgorliklari topilsagina, bu tilning turk-mo‘g‘ul tillari guruhidan alohida til sifatida ajralib chiqqani to‘g‘risida fikr yuritish mumkin. Mo‘g‘ul tili grammatikasi qadimgi turkiy til grammatikasidan keskin farq qilmaydi. Qadimgi turkiy tildagi fe’l zamonlari ko‘rsatkichlarini mo‘g‘ul tilidagi fe’lning zamon ko‘rsatkichlari bilan solishtirishning o‘ziyoq shundan dalolat beradi:

  • qadimgi turkiy tilda: -ïr, -ar, -r – mo‘g‘ul tilida: -r

  • qadimgi turkiy tilda: -ïb, -ïban – mo‘g‘ul tilida: -ba.

Qadimgi turkiy til bilan mo‘g‘ul tilining leksik parallelligi ham shundan dalolat beradiki, mo‘g‘ul tilining VII-VIII asrdagi taraqqiyoti qadimgi turkiy til bilan bir bosqichda bo‘lgan edi. Masalan, qadimgi turkiy tildagi adaq/ajaq (oyoq) va mo‘g‘ul tilidagi adaq (oxir) so‘zlarining ma’no jihatdan yaqinligini qiyoslash kifoya: Törtünč čush bashinta süngüshdümüz, türk bodun adaq qamhatdi. – To‘rtinchi martda Chush boshida jang qildik, turk xalqi oyoqdan qoldi. Qadimgi turkiy tildagi yodgorliklarda adaq so‘zining “oxir” ma’nosi keyinroq – XI asrdan keyin paydo bo‘lganini dalillar tasdiqlaydi: adaq so‘zining mo‘g‘ul tilidagi “oxir” ma’nosi “O‘g‘uznoma”da uchraydi: Muzdaj degan taghnung adaqiqa käldi – (U) Muzday degan tog‘ning etagiga keldi.
Hozirgi qozoq tilida ham adaq so‘zining mo‘g‘ul tilidagi “oxir” ma’nosi saqlangan. Xullas, mo‘g‘ul tilini qadimgi turkiy tildan kelib chiqqan va qadimgi turkiy tilning xususiyatlarini o‘zida saqlagan til sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. Zotan, “qadimgi turkiy tilga qaraganda” taraqqiyotning ancha oldingi bosqichiga ko‘tarilgan edi”3.
V.V.Bartoldning ana shu gapiyoq mo‘g‘ul tilining Turk xoqonligi davrida qadimgi turkiy tildan to‘liq ajralib chiqmaganini ko‘rsatadi. Qadimgi turkiy yodgorliklarda tilga olingan otuz tatar, toquz tatar qabilalari mo‘g‘ul qavmidan (V.Tomson) ekanini e’tiborga olsak, VII-VIII asrlarda mo‘g‘ullarning mavqei turk xoqonligida baland bo‘lmagan. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, mo‘g‘ul tili Markaziy Osiyoning sharqiy qismida katta hududga tarqala olmagan. Shu bilan birga, mo‘g‘ul tili XIII asrgacha yozuvsiz til bo‘lganli uchun hali bir tizim holiga kelmagan til edi, deb qarash mumkin.

Download 150,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish