Kompleks morfologik birliklarning asosiy xususiyatlari
Turkiy tillarda so‘z yasovchi qo‘shimchalar tabiati
Affiksal morfemalar oʻzak morfemaga birikish xususiyatiga koʻra muayyan tilning oʻziga xos jihatlarini namoyon qiladi. Oʻzak morfemalarning tabiatiga koʻra tillar asosan agglutinativ va flektiv tillarga boʻlinadi4.
Turkiy tillar, jumladan oʻzbek tili affiksal morfemalari tabiatiga koʻra agglyutinativ hisoblanadi. Agglutinatsiya «ketma-ketlik» ma’nosidagi soʻz boʻlib, qoʻshimchalarning oʻzakka ma’lum tartib va ketma-ketlikda qoʻshilishidan dalolat beradi. Bunday hollarda oʻzak va qoʻshimchalar chegarasi sezilib turadi. Agglutinativ tillarda soʻz shakllari oʻzgarmas holda qoʻshiladigan affikslar yordamida yasaladi. Bunday tillarda affikslar asosan bir grammatik ma’noni ifodalaydi. Masalan, -lar faqat koʻplik qoʻshimchasi sifatida qaraladi. Mazkur qoʻshimchaning boshqa hollarda ifodalagan hurmat, kesatiq, kinoyani bildiruvchi grammatik ma’nolari uslubiy jihatlari hisoblanadi.
Turkiy tillarda (oʻzbek tilida) oʻzakka dastavval, soʻz yasovchi qoʻshimchalar (morfemalar), keyin shakl yasovchi va oxirida soʻz oʻzgartuvchi qoʻshimchalar birikadi: tila-k-lar-imiz-ni. Bu qat’iy qoida morfem tahlilda, ya’ni soʻzlarni ma’noli qismlarga ajratishda ham muhim. Masalan, oʻrtoqlarcha, mardlarcha soʻzlari oʻrtoq-lar-cha, mard-lar-cha koʻrinishida emas, balki oʻrtoq-larcha, mard-larcha tarzida ma’noli qismlarga ajratiladi.
Oʻzbek tilidagi affiksal morfemalar oʻzak morfemadan keyin qoʻshilish xususiyatiga ega. Shu jihatdan, old qoʻshimchalar oʻzbek tili tabiatiga xos emas. Tilimizdagi ser-(sersuv), no-( nomard), be-(begunoh), ba-(badavlat).. kabi old qoʻshimchalar fors-tojik tiliga xos boʻlib, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy omillar ta’sirida oʻzbek tiliga oʻzlashib ketgan. Old qoʻshimchalar rus-baynalmilal soʻzlarida ham uchraydi.
Flektiv tillarda oʻzak morfema va affiksal morfema chegaralari sezilmaydi. Rus tili, arab tili flektiv tillarga mansubdir: videt-viju; xodit-xoju; hukm-mahkama-hokim-hakam-mahkum; fikr-tafakkur-mutafakkir; zulm-zolim-mazlum; hol-ahvol; xulq-axloq; she’r-ash’or.
Tabiiy tilga avtomatik ishlov berish masalasi jahon tilshunosligida keng tadqiq etilgan. Masalan, rus tilshunosligi va kompyuter lingvistikasida morfologik analizator, uning umumiy tavsifi, ishlash prinsiplari, tilga oid grammatik kategoriya, dastur uchun lingvistik modullarlar tavsifi haqidagi ishlar sifatida O.V.Dereza, D.A.Kayutenko, A.S.Fenogenova, M.Hakimovning ishlarini keltirish mumkin. Turkiy tilshunoslikda ham tabiiy tilning kompyuter ishlovi, morfologik analizator tuzish masalari keng tadqiq etilgan. Bunday ishlar sirasiga A.V.Dibo, A.V.Sheymovich, A.R.Gatiatullin, A.M.Bashirov, P.V.Jeltov, N.A.Israilova, P.S.Bakasovalarning turli tadqiqotlarini kiritish mumkin. Oʻzbek tili morfologik analizatorini tuzish maxsus tadqiqot predmeti boʻlmagan boʻlsa-da, ayrim tadqiqotlarda masalaning ba’zi qirralari haqida fikr bildirilgan. Jumladan, M.Orxun, N.Abduraxmonova [Abduraxmonova;1], M.Abjalova, U.Tursunovning ishlarini shunday tadqiqotlar sirasiga kiritish joiz. M.Orxun oʻzbek tili otlarini qidiruv tizimida avtomatik qayta ishlash hamda morfologik analizatorning ayrim xususiyatlari haqida toʻxtalar ekan, oʻzbek tili morfologik analizatorida bajarilishi mumkin boʻlgan jarayonlar haqida fikr bildiradi. Tabiiy tilni qayta ishlashning birinchi bosqichi − morfologik tahlil yechimi.
Ma’lumki, oʻzbek tili agglyutinativ xususiyatga ega, grammatik ma’noning qoʻshimcha bilan ifodalanish imkoniyati keng. Shu sababli morfologik analizator tuzishda grammatik shakllarning unifikatsiya qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Kompyuter lingvistikasi tajribasida morfologik analizator tuzishning turli usuli mavjud boʻlsa-da, turkiy tillarda yaratilgan koʻpgina analizator ikki darajali morfologik analizator xususiyatini namoyon qiladi. Demak, oʻzbek tili morfologik analizatorini tuzishda ham ikki bosqichli morfologik analiz nazariyasiga asoslanish maqsadga muvofiq.
A.V.Dibo, A.V.Sheymovich qadimgi turkiy tillar va xakas tili morfologik analizatorini yaratishda dastlab grammatik kategoriyalar tavsifini oʻrganishadi. Oltoy tillarini tavsiflashda qabul qilingan an’anaga koʻra, xakas tilida quyidagi asosiy grammatik sinflar ajrataladi: nomlar, fe’llar. Guruhdagi dastlabki ikki sinf ma’lum rasmiy koʻrsatkich (affiks)lar bilan ifodalangan grammatik toifalar toʻplami bilan tavsiflanadi. Grammemalar toʻplami soʻzni soʻzga tobelantirib bogʻlash hamda sintaktik shakl yasovchilar paradigmasini ajratadi. Masalan, fe’l uchun shaxs, son, mayl, zamon, ot uchun son, egalik, kelishik. Ma’lumki, turkiy tillarda grammatik sinflar orasidagi differensiatsiyaning ifodalanishi kuchsiz. Xususan, ismlar orasida bu xususiyat keng tarqalgan: gapdagi vazifasiga qarab bir soʻz ham ot, ham sifat sifatida qaralish holatlari kuzatiladi.
Shuningdek, morfologik analizator tuzishda soʻz asoslari lugʻati ham muhim lingvistik ta’minot vazifasini oʻtaydi. Xakas tili morfologik analizatorini tuzishda lemmalarni guruhlashda yuqorida tahlil qilingan masala alohida e’tiborga olingan. Turkiy tillar morfologik tahlil tizimi hamda ularning modellari tavsifi, tahliliga bagʻishlangan bir qancha tadqiqotlar mavjud. Quyida ularning ayrimlari bilan tanishamiz. A.V.Dibo, A.V.Sheymovichning turkiy tillar avtomatik morfologik analizi borasidagi fikrlari ahamiyatga molik. Maqolada turkiy tillar uchun avtomatik morfologik analizatorning ishlash tamoyillari tavsiflangan. Uning asosiy tarkibiy qismi sifatida quyidagilar ajratiladi:
1) tilning grammatik lugʻati;
2) soʻz shaklining tartibli modeli (soʻzshakl pozitsiyalar toʻplami va bu pozitsiyalar uchun qoʻshimchalarning morfologik ifodalari);
3) soʻz shakli chegarasida qoʻshimchaning muvofiqlik qoidalari hamda ma’lum bir qoʻshimchaning allomorflarini tanlash uchun ikki darajali fonetik qoidalar. Parserning ishlash algoritmi F.Krilov tomonidan Starling tizimi bazasi asosida ishlab chiqilgan qoidalar tizimiga boʻysunadi. Namuna sifatida qadimgi turk tili morfologik analizatori versiyasi keltiriladi. Turkiy tillar uchun moʻljallangan analizator rus yoki nemis tillari kabi hindevropa tillariga moʻljallangan Abby Finereader, Abbyy Lingvo kabi yirik dasturiy mahsulotlarda ishlatiladigan avtomatik morfologik analizatorlar bilan bir xil tamoyil asosida ishlab chiqiladi. Lugʻatdagi har bir lemma paradigma indeksi shaklini oladi.
Flektiv tilda paradigmalar katta emas, ammo ularning soni koʻp. Analizator har bir soʻz uchun toʻliq paradigmani shakllantiradi, keyin matnda uchragan soʻzshaklni shu paradigma bilan qiyoslaydi. A.V.Dibo, A.V.Sheymovichlar oltoy guruhiga kiruvchi turkiy tillar morfologik analizatori xususiyatini yoritar ekan, ushbu metod barcha agglyutinativ tillar uchun optimal usul emasligiga urgʻu beradi. A.V.Dibo, A.V.Sheymovich agglyutinativ tillarning xususiyatlarini quyidagicha farqlashadi:
1) sintaktik shakl yasovchi qoʻshimchalar tizimi keng rivojlangan; bunday qoʻshimchalarning koʻpchilik qismi grammatik jihatdan bir ma’noli, ya’ni qoʻshimchaning oʻzi grammatik omonimiyani hosil qilmaydi (bir grammatik shakl bitta grammatik ma’noni ifodalaydi;
2) turlanish, tuslanishning yagona usuli mavjudligi, ya’ni (flektiv tillarga qaraganda) ism va fe’llar orasida turlanish hamda tuslanish tizimida farq katta emas;
3) murakkab morfonologik hodisalar mavjud emas: allomorflar qoʻllanishining aniq qoidalari mavjud. Agglyutinativ soʻzshakllar asosga standart grammatik shakllarning qat’iy tartibda qoʻshilishidan hosil boʻladi: morfemaning chegarasi aniq, morfemalar qoʻshilishidan hosil boʻladigan fonetik hodisalar qoidasi qat’iy. Ma’lum bir soʻzshaklning paradigmasini tuzish soʻzshaklning favqulodda murakkab, koʻptarmoqli ekanligini koʻrsatadi. Bu murakkablik sintaktik shakl yasovchi shakllarning koʻpligi bilan izohlanadi. Bu esa turkiy tillar morfologik analizatorini tuzishda morfemalar kombinatsiyasining ahamiyatni katta ekanligidan dalolat beradi.
Turkiy tillarning mavjud parserlari bitta soʻzshaklning 300 gacha shaklnini qamrab olgan paradigmasini tuzgan holatlarni koʻrish mumkin. Bu esa analizatorning ish sifatiga ta’sir koʻrsatmay qolmaydi. Turkiy soʻzshakllarning kompyuter modelini tuzishda agglyutinativ tillarga xos an’anaviy “tasniflangan grammatika”ga asoslaniladi. Bu dasturiy ta’minot axborot vositasi agglyutinativ tillarni tavsiflashning qulay vositasi, uning morfologiyasi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) soʻz yasovchi qoʻshimchalar ketma-ketligining belgilab qoʻyilishi;
b) soʻz yasovchilarning grammatik bir ma’noliligiga erishish;
v) ma’lum bir grammemaning bir soʻzshaklda qanday shaklda uchrashining belgilanganligi
Morfologik analizatorning asosiy tashkil qiluvchilari sifatida quyidagilarni koʻrsatish mumkin:
1) til lugʻati (soʻzning turkumga mansublik belgisi haqidagi izoh hamda fonologik qoidalar mavjud lugʻat);
2) soʻzshaklining yetarli grammatik tavsifiga asoslangan (tilning avtomatik tahliliga yoʻnaltirilgan) kompyuter modeli;
3) ma’lum qoʻshimchaning asosga qoʻshilishi uchun fonetik qoidalarga boʻysunuvchi allomorflarini tanlash qoidalari toʻplami. F.Krilov tomonidan tahlil algoritmi yuqorida sanab oʻtilgan material bilan istalgan turkiy til materialini toʻldirish hamda undan foydalanish imkonini beradi. U tuzgan algoritm boʻyicha soʻzshakl tahlili oʻngdan chapga yoʻnaltiriladi. Dastlab, dastur asoslar lugʻatidan soʻzshaklning toʻliq shaklini qidiradi. Agar asoslar lugʻatida bunday shakl (belgilar ketma-ketligi) uchramasa, parser soʻzshaklning oʻng tomonidagi qoʻshimcha formantiga mos shaklni izlaydi. Agar bazada mavjud qoʻshimchaga mos belgilar ketma-ketligi topilsa, kesib olinib, tekshirishga yuboriladi; soʻzshaklning chap tomoni asoslar lugʻat bilan solishtiriladi. Agar natija musbat boʻlsa, parser shu shaklning tahlilini boshlaydi. Natija manfiy boʻlganda, parser yana oʻng tomondagi shaklga murojaat qiladi hamda qoʻshimchalar bazasidan mos formantni qidiradi. Bu qidiruv asoslar lugʻatidan mos asos topilguncha davom etadi. Ushbu parser xakas tili morfologik tahlili uchun ishlab chiqilgan boʻlsa-da, ma’lumotlar bazasini toʻldirish orqali shor, tuva, yoqut va qadimgi turk tilini morfologik tahlil qilish mumkin. Bu tillarning “asoslar lugʻati” vositasida tuzilgan va katta turkiy-rus tili lugʻati bilan tekshirilgan.
Morfologik analizator tuzishda asosiy ish lingvistik qoidalar tizimini ishlab chiqish, lugʻatdagi xatoni bartaraf etishda koʻp mehnat resursi talab qilinadi. Shunday mehnatni qisqartirish va avtomatik tahlilni amalga oshirish uchun avtomatik tahlil vositalari talab qilinadi. Morfologik analizatorga til leksikasining yuqori chastotali soʻzlari, tilda mavjud boʻlgan har qanday soʻzni qayta ishlashga oid qoidalar majmuini ishlatadigan algoritm kiritilishi maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, morfoanalizatorda turli taxminlarni inobatga olgan holda soʻz tahlili haqidagi farazlarni yaratishga imkon beradigan moslashuvchan sozlama boʻlishi talab etiladi. Bularning barchachi axborotni avtomatik tahlil qiluvchi tahlil vositalari tomonidan amalga oshiriladi. Oʻzbek tili soʻzshakllarini avtomatik tahlil qiluvchi tahlil vositasi yaratilsa, til korpusi, avtomatik tarjima, elektron lugʻatlar yaratish uchun ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash jarayoni avtomatlashtiriladi.
Turkiy tillar tarixiga nazar tashlasak morfologik usulda otlar 2 xil asosdan – ot(ismlar)ga va fe’llarga yasovchi qo‘shimchalar qo‘shish yo‘li bilan yasaladi.
Otdan (ismlardan) ot yasovchi qo‘shimchalar. Bular:
- čï, - či affiksi. Ushbu qo‘shimcha kasb-hunar, yumush egasi ma’nosini anglatuvchi ot yasaydi. Ko‘k turk bitiklarida: yoğčï-azachi,tarïğč- dehqon, emči-shifokor.
Hozirgi turkiy tillarda faol ot yasovchi qo‘shimchalar: -ci//-ci//-cu//-su//-si//-su//-si/; -ca//-ce; -zu//-zi: oqci, bitikci. Bu affiks shaxs kasbini, faoliyatini bildiruvchi ot yasaydi: ozarb. ogucit “yig‘ lovchi”, bicinci “o‘ruvchi”, qazmaci “shaxtyor, qazuvchi” ; olt. dulkiicu “otboqar”, qomusci “musiqachi, qo‘bizchi’’, tegunci “yolg‘onchi” ; boshq. baliksu “baliqchi’’, timerse “temirchi”, hunarsu “ovchi”, qoshso “qushchi”, yazuusu “yozuvchi”; gagauz. duuscu “hazilchi”, yolcu “yo‘lchi”, cifici “yer haydovchi”, hayvanju "chorvador”; karaim. burguci “burg‘uchi”, baltacu “usta”, anacu “doya”, toraci “boshliq”, “hakam”; q-qalp.temirsi “temirchi”, baluqsu “baliqchi”, tuzsu “dehqon”, etikci “etikdo‘z”, qoysu “cho‘pon”, suvsu “suvchi”, bazarsu “bozorchi”; q.-balq. Kumussu “misgar”, tirmenci “tegirmonchi”, qayuqci “qayiqchi”; no‘g*. qoysu “cho‘pon”, cmju “ovchi”, yazuvsu “yozuvchi”; uyg. etukci “etikdo‘z”; turk. avci “ovchi”, dem irci “temirchi’', baliqci “baliqchi”.
Bu qo‘shimcha tuva, qorachoy-balqar tillarida shaxsning muayyan hududga xosligini bildiruvchi shaxs otlarini ham hosil qiladi: kondelenci “Gundelenda yashovchi”, bulwmci “Billimda yashovchi", basxancu “Baskanda yashovchi”.
-das//-dos//-des//-tas//-tes//-das//-des//-las//-les\ yoldas, kokaltas, qarmtas. Bu affiks yaqinlik, birgalik, hamkorlik m a’nosidagi otlarni hosil qiladi: boshqird. yaqtas “tarafchi”, yuldas “yo‘ldosh”, iptas “o‘toq”, ldas “yurtdosh”; olt. qarundas, d'oldas “y o idosh ”, ctyuldas “ovuldosh”; ozarb. qardas, cngurdas “yo‘ldosh”; q.balq. qarindas-qarnas “uka”, ktindes “kundosh”; qoz. jo ld a s “yo‘Idosh”, jerles “yurtdosh”, qizmettes “xizmatdosh”; qirg‘. avuldas “ovuldosh”, zcimandas “zamondosh”;
-laq//-daq//-lak//-lag: qislaq, tuzlaq, yaylaq, avlaq. tuv., xak. Cavlag “yaylov”, uyg‘. yaylak, turk. yaylaq, qirg1. qumdaq “qumloq”, shor. kistag “qishloq”, qoz. qistaq “qishloq”, ja yla u “yaylov”.
-q//-k// -g//-g; -ik//iq//-uk-//-uq: aldag, bilik//bilig, tiluk//dileg, purnak “hayot” (p иran-'yashamоq ”); qum. kurek “kurak”, tat. uraq “o‘roq”, yataq “to‘shak”, turkm. gapaq “qopqoq”, qirg4. curek “yurak”, shor. Qarbaq “qarmoq”, tuv. buduk-ki//-qi//-gi//-gi//-ki//-gu: jilitq i “issiqxona”, xirgi “qirg‘ich”, ajitqi “achitqi”; shor. qapqi “qopqon”, у eski “eshkak”, turk. burgu, no‘g '.salgi “chalg‘i”, sibirgi “supurgi”, oltsusku “suzgich”.
-qaq//-kak //-kek//-gek: tat. iskek “eshkak”, qirg1. saygaq “sayg‘oq”, boshq. qayraq “qayroq”. o ‘zb. ilgak.
-qic//-gic//-kic//-gic: olt. asqis “ochqich”, tat. sizgic “chizg‘ich”, shor. susqus “suzgich”, xak.pasxis “bosqich”, qirg1. keskic “kesgich”, qaraim. acqic “kalit”, turkm.yan gic “y o n ilg i”, gisac ’’qisqich”,
-duruq//-duruk//-tiiruq: boyunduruq, moyunduruk, oqunduruq.
-ndi//-indi//-(i)ndu:qirindi, cuundu “yuvindi”.
-ik//-iq//-ig//-ig: qumiq. yirtiq, qoz. oyiq “o ‘yiq”. tuv. satig “savdosotiq”, xak. cadig “to‘shak”. B a’zi so‘zlarda affiks tarkibidagi undosh tushib qoladi: tat. satu “savdo-sotiq”, qirg1. basqaru: “boshqaruv”, chuv. pelu “bilim”, yoq. ban “borish”, kulu “kulgu”.
-qitt //-kin, -gin//-gin: tat. yangin “yong‘in”, gag. kackin “qochqin”,
qirg1. tutqin “tutqin”, shor. tasqm, turkm. surgun, o‘zb. ucqim.
-qan//-kan: olt. qapqan “qopqon”, turk. kurgan “qo‘rg‘on, qal’a”, turkm. degisgen “masxaraboz”, qirg1. tu.gan “qai'indosh”, tuv. tirtqan “qiyma”.
-ma//-me: ozarb. yarm a, xak. carba “yorma”, tat., boshq. belma “xona”, qoz. toqima “to ‘qilgan ashyo”, qirg1. kesme “ugra”, tat.
nigitma “istehkom”, turk. qizarma “qovurma”. Ba’zi turkiy tillarda bu qo‘shimchaning dastlabki variantlari saqlanib qolgan: pa, -pe//-ba,-be; shor. pu rba “uzuk”, olt. sezurbe “to‘r”.
-m//-im//-itti//-um: ozarb. kiyim, oh.olum “o‘lim”, qum. ahm “pora, hadya”, xak. tunm “o‘ram ”. tuv. ozum “o ‘svmlik”, qirg1. jutum “yutum”,
tat. belem “bilim ”, qoz. belim “bo‘lim ”, sigim “chiqim”, gag. Attm “otim”, sagim “sog‘im”(oichov birligi), uyg1. taliym “o ‘lja”, boshq. sigim “chiqim”, tuv.bazim "qadam ”, xurk.sagim, bicim.
Turkiy tillarda sifat yasalishi affiksatsiya, so‘z qo‘shilishi va adyektivatsiya orqali amalga oshiriladi. Turkiy tillarda sifatlarning qo‘llanishi, ma’lum ma’noda. cheklangan.
Bunga sabab otning sifat vazifasida kelishidir: tat. q 'sh, Yasama sifatlar so‘z yasovchi qo‘shimchalar yordamida hosil qilinadi. Masalan, tatar tilida kyos so‘ziga -li qo‘shimchasini qo‘shish orqali kyosli “kuchli” sifati yasaladi. “Janjal, urush” m a’nolarini anglatuvchi sugs so‘ziga -san qo‘shimchasini qo‘shish orqali sugssan "urishqoq”, “janjalkash” sifati hosil qilinadi.
Turkiy tillarda sifat yasovchi qo‘shimchalar quyidagicha:
-h, -li: qum. tuzlu “tuzli”, no‘g‘. qim li “qumli”, tarh "astarli”, qaraim.
qajgili “qayg‘uli”, turkm. baqili "boqimli”. Qozoq tilida -ti varianti qo‘llanadi: tasti “toshli”.
-qi-g, -ig / -ig,-g/-k. Bu affiks qadimgi turkiy til davrida keng tarqalgan: a jtg “yovuz”, “iliq”; qoz.suyiq “sovuq”, “buyuk”. Bu qo‘shim cha tuva, xakas, shor tillarida saqlanib qolgan: tuv. an g “toza”, cihg “iliq”, izig “issiq”. sook “sovuq”, xak. xatig “qattiq”, ajig “achchiq”, cilig "iliq”, shor. kadig “qattiq”.
Uyg‘ur va o‘zbek tillarida so‘z oxiridagi g tovushi q ga almashgan: qattiq “qattiq”. Bu fonetik o‘zgarish boshqa turkiy tillarda ham kuzatiladi:
qirg‘. isiq< isig “issiq”, ozarb. jiliq < jilig “iliq”.
-g fonemasining q ga o‘tishi qadimgi sifat shakllarida ham kuzatiladi:
-i, - hg, - lik, -k, -dan; xak. xatg “qatiq”; tuv. izg “issiq”; qirg‘. isq, chuv, casq “issiq”. Bu qadimgi shakllar Sibir tillarida ko‘proq saqlangan. Bir qator turkiy tillarda yasama sifatlar oxiridagi undosh tushib qoladi: no‘g ‘. qatiq “qattiq”, turk. kati “qattiq”, sari “sariq” olt. qatu, tat. Esse “issiq”, jili “issiq”, qum. issi “issiq”, jih “iliq”; q.-qalp. issi “issiq”; qoz. sari “sariq”. Qaraim tilida oxiridagi g lab-lab w holatida saqlangan: aruw
“toza” (arig so‘zidan). -hg //-lig affiksi ham qadimgi turkiy tilda keng qoTlangan: adalig “xavfli”, azighg “oziqli”, buzlug “m uzli”. Tuva, xakas, shor va tofalar (karagas) tillarida uchraydi: tuv. daghg “tog‘li”, xarlig “qorli”, xak. Cillig “shamolli”, tofa. malhg “molli”, qustug “kuchli”, m istig “shoxli”.
-ci//-ci: shor. uruscu “urushqoq”, olt., shor. qatqici “kulgili”.
-can//- caij//-sei) //-San//- sai)//-jeij: olt. sognscarj “urushqoq”, boshq. buys an “bo‘ychan”, qoz. boysarj “bo‘ychan”, q irg \ atcan “nomdor", q.qalp. issey, turkm. isjey, chuv.sarccan “uyatchan”.
Do'stlaringiz bilan baham: |