Turkiy tillar gramatikasida morfologik birliklar
So‘zning morfem tarkibi matn yaratilgan davr me’yorlariga asoslanib belgilanadi. Tarixiy taraqiyot, til me’yorlarining harakatlanishi oqibatida ba’zan o‘zak, ba’zan esa qo‘shimchalar iste’moldan chiqishi mumkin. Ba’zida ikkovi unitilib, bir komponentga birikib ketadi. Natijada ularning ma’noli qismlarga bo‘lishning iloji qolmaydi. So‘zning bunday holatini tabiatdagi ayrim kristallarga qiyoslash mumkin. Tabiatdagi ayrim qattiq moddalar qachonlardir suyuq yoki yumshoq holatda bo‘lgan, hozir ular zaranglashin, bo‘linmas holga kelib qolgan.
Tilda me’yoriy, odatiy holatlar bilan bir qatorda, tarixiy holatni ko‘satuvchi, lekin hozir harakat qilmaydigan relikt (qoldiq) hodisalar ham uchrab turadi. Bu hodisa so‘zning morfem tarkibiga ham aloqador. Xuddi shunday relikt holatlar hozirda “kristall” hayoliga kelib qolgan so‘zning o‘zagi, unutilgan qo‘shimchasi yoki har ikki komponenti bo‘lishi mumkin.
Qadimgi turkiy tilda apa so‘zining “ona; opa, egachi” ma’nolari bilan bir qatorda “katta, ulug‘” ma’nosi ham bor. Masalan, ko‘k turk bitiglarida apa tarqan atamasi uchrayi. Bu so‘z tarkibidagi qarqan “tarxan” unvonidir. Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha,tarxan – bek. Islomiyatdan oldin qo‘llanilgan ism (arg‘ucha). Apa tarqan atamasi tarkibidagi apa – “katta, ulug‘, bosh” ma’nosida; apa tarqan – “katta tarxon, bosh tarxon, bosh qo‘mondon” degani.
Apa – aba “katta, ulug‘” ma’nosida aqrabolik (qarindosh-urig‘chilik) otlari tarkibida ham keladi. Masalan, eski o‘zbek tilida (“chig‘atoy turkchasi”da) abağa so‘zi qo‘llangan. Navoiy so‘zi bilan aytganda, turklar “atanïȠ apa (vä) inisin abağa” deganlar. Mazkur so‘z apa aba-ağa – “katta og‘a” degan ma’noni bildiradi.
Hozirgi o‘zbek tilida ham apaning “katta, ulug‘” ma’nosi qoldiq shaklida ayrim so‘zlar tarkibida saqlangan: apağayi (apa+ayi) – so‘zma-so‘z “ulug‘ ona, katta ona” degani, amakining xotini; apa (ğ) dada yoki apağada – birinchisi apa+dada (“katta dada”)dan, keyingisi apa+ada (“katta ota”)dan. Apağdada – aslida dadaning yoki onaning buvasi.
Apağada esa otaning yoki onaning otasi; apağbuwï (apa+ buwï) – ma’nosi “katta buvi” degani; apaqï (apa+qï): qï – so‘z yasovchi qo‘shimcha. Apaqï – asl ma’nosi “apa, ya’ni katta tug‘ishgan (amaki yoki tog‘a) ga tegishli” degani, amakining yoki tog‘aning xotini.
So‘zlar tuzilishiga ko‘ra tub va yasama bo‘ladi. Tub so‘zlar asli muayyan ma’noni bildiruvchi morfem birlikdir. Ot, sifat, son, fe’l singari mustaqil so‘z turkumlari ham, shuningdek, yordamchi so‘z turkumlari ham tub so‘zlar bo‘luvi mumkin. Masalan, otlar: ï – “o‘simlik, buta”, ot – “dori-darmon”, ig – “kasallik”, qaz – “g‘oz”, qoń – “qo‘y”, sőz – “so‘z”; fe’llar: ba – “bog‘la-”, te-, “de-“, ay- “ayt”, uy-“uq”, al-“ol”, ked – “kiy”, ber – “ber-”, ürk – “hurk” va boshqalar. Yasama so‘zlar esa o‘zakka yasovchi qo‘shimcha qo‘shish yoki mustaqil so‘zlarning grammatik birikishi tufayli yuzaga keladi.
Turkiy tillar tarixida, yozma yodgorliklar tilida so‘zlar qat’iy qonunlar asosida yasalgan. Yasama so‘z ma’no jihatdan o‘ziga bog‘liq bo‘lgan o‘zakdan, o‘sha so‘zning har qaysi emas, aynan tutash ma’noli semasidan urchiydi. Agar yasama so‘zning sostavi chuqur tahlil qilinsa, o‘sha ildizga yetib boriladi. Masalan, hozirgi o‘zbek tilida “o‘tni yulish jarayoni” ni anglatuvchi otaq so‘zi “o‘tni yul-” ma’nosidagi ota fe’lidan, u esa “o‘simlik” anglamidagi ot so‘zidan yasalgan. Yodgorliklarda otačï degan atama uchraydi, “tabib, davolovchi” degani. Bu so‘zning o‘zagi “o‘t, o‘simlik” emas, balki “dori, yem” ma’nosidagi ot dir, unda ota-, ya’ni “davola-“ fe’li, unga čï qo‘shimchasi qo‘shib otačï oti yasalgan. Demak, otačï so‘zining ildizi “davolamoq” ma’nosidagi ota-, uning negizida “dori” ma’nosidagi ot ga bog‘lanadi.
So‘zlarni juftlash yo‘li bilan yangi ma’no hosil qilish, asosan, badiiy matnlarga xos. Ko‘k turk bitiglarida ot va tub so‘zlar juft holda qo‘llanib, “dushman, yov” ma’nosini anglatadi: biriki bodunuğ ot sub qïlmadïm.
Bitiglarda yer va suv so‘zlari juft holda qo‘llanib, “tuproq, o‘lka, yurt, vatan” ma’nosini anglatgan: Kőgmän yer-sub idiziz qalamazun tiyin – Ko‘gman yer-suvi egasiz qolmasin deya. TäȠri Umay ïduq yer-sub basa berti erinč – Tangri umay bilan yer-suv(imiz yovni) bosib berdiku.
Turkiy tillarda grammatik shakllar evolyutsion yo‘l bilan rivojlanishda davom etgan. Turkiy tillarda tarixan grammatik kategoriyalarning rivojlanishi leksik shakllarga nisbatan juda sekin yuz beradi.
Turkiy tillar ham genetik, ham tipologik jixatdan bir-biriga yaqindir. Turkiy tillar tillarning morfologik tasnifiga ko‘ra, agglyutinativ tillar guruhiga kiradi.
Agglyutinativ tillarda qar bir grammatik ma'no, odatda, aloxida affiks bilan ifodalanadi. Agglyutinativ tillarga turkiy tillar, ugor-fin tillari, iberiy-kavkaz tillari, dravid tillari kiradi. Turkiy agglyutinativ tillarning o‘ziga xos morfologik xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular kuyidagilardan iboratdir:
1. So‘z doimo o‘zakdan boshlanib, u o‘zgarmasdir. O‘zakka qo‘shilgan affiks uni fonetik jihatdan o‘zgartirmaydi.
2. So‘z shakllarini xosil qilish affikslar vositasida amalga oshiriladi.
3. Bir so‘zning turli shakllari fakat bir o‘zakdan hosil qilinadi, bunda suppletiv shakllar mutlaqo ishtirok etmaydi.
4. So‘zda o‘zak va affiks organik birikib ketmaydi, ular orasidagi chegara aniq va ravshan bo‘ladi: ishladi so‘zida ish-o‘zak, -la -fe'l yasovchi affiks, -di - zamon yasovchi affiks.
5. Har bir grammatik ma'noni ifodalash uchun aloxida affiks so‘z o‘zagga qo‘shiladi: so‘zlashganlar, qishloqdagilar kabi.
Turkiy tillarda so‘z tarkibi o‘zak va affiksdan iboratdir. Turkiy tillarda fonetik jihatdan o‘zakning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
1. Faqat bir unlidan iborat bo‘lgan o‘zak: u, o kabi.
2. Bir unli va bir undoshdan iborat bo‘lgan o‘zak: ol, ot, bu shu, na, ma.
3. Bir unli va ikki undoshdan iborat bo‘lgan o‘zak: bosh, qo‘l, don, ont, ost, ust; ona, ota, o‘qi.
4. Bir unli va uch undoshdan iborat bo‘lgan o‘zak: to‘rt, tort
5. Ikki unli va ikki undoshdan iborat bo‘lgan o‘zak: bola; dala.
6. Ikki unli va uch undoshdan tarkib topgan o‘zak: tomon, somon.
O‘zak ko‘rinishlaridan uchinchisi (SGS) ko‘p tarqalgandir. Qolganlari juda kam darajada uchraydi.
Turkiy tillardagi o‘zakning strukturasi va taraqqiyoti haqida turli xil fikrlar mavjud. V.L.Kotvich yuqorida ko‘rsatilgan o‘zak tiplari turkiy tillarda azaldan mavjud desa (34:30). N.A.Baskakov o‘zak ko‘rinishining uchinchi tipi (SGS) turkiy tillar uchun xarakterli va qolgan barcha ko‘rinishdagi o‘zaklar shu tipning taraqqiyoti natijasida paydo bo‘lgan deydi. (8:141). Turkolog A.Zayonchkovskiy qamma tip o‘zaklar ikkinchi tip (SG) o‘zaklarning taraqqiyoti natijasida yuzaga kelganligini uqdiradi (25:28-35, 47:39-44).
Demak, turkiy o‘zagida uch xil fikr mavjud bo‘lib, ulardan uchinchisini haqiqatga yaqin deb hisoblaymiz. Chunki hozir uch tovushga ega bo‘lish anchagina o‘zaklar kadimgi turkiy obidalar va “Devonu lug‘otit turk”da hamda o‘g‘uz gurux, tillarida ikki tovush (SG) xolida uchraydi. Masalan: sa (sana), ba (bog‘la), yu (yuv); ol (bol).
Turkiy tillar taraqqiyotining hamma bosqichlarida yangi so‘z o‘zakka affiks ko‘shish bilan hosil qilingan.
Turkiy tillarning aksariyatida murakkab affikslar qo‘llanadi. Bu holat eski uyg‘ur, yoqut va chuvash tillarida, ayniqsa, keng tarqalgan.
Ushbu jihat o‘zbek tilida ham kuzatiladi: mo‘1-chilik. B a’zi affikslarning murakkab ko‘rinishga kelib qolishi bois morfemalarning arxetiplarini tiklash mushkul. Bu muammoni etimologik tadqiqotlar orqali tarixiy so‘z yasalishini kuzatish natijasida bartaraf etish mumkin.
Turkiy tillarga oid ayrim affikslarda flektiv xususiyat namoyon bo‘ ladi. Ba’zi o‘zak va qo‘shimchalar tarixiy taraqqiyoti davomida o‘zgarishlar kuzatiladi. O‘zak va qo‘shimchalarning birikib ketishi,qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida muayyan tovushlarning tushib qolishi fuziyani namoyon qiladi. Affiksal morfemalarning kelib chiqishi masalasidagi muammolardan biri affikslar fuziyasi, ya’ni qo‘shilib ketishi, birtashishi talqinidir. Turkiy tillarda bir xil ma’noli va hatto har xil ma’noli (vazifadagi) affikslar ham fuziya jarayonida o‘zgarishga uchragan. Bunday holat qo‘shma fe’llarda ham kuzatiladi. Masalan, olib kel no‘g‘ay tilida: akel.
Chuvash tilidagi so‘zlarning morfem tarkibi turkiy qo‘shimchalardagi flektiv holati bobo turk davrida ham mavjud bo‘lganligini asoslaydi. Chuvash tili morfologik tuzilishga ko‘ra qo‘shimchalar muayyan tartibda qo‘shiladigan agglyutinativ tillar qatoriga kiradi. Unda so‘z yasalishi va so‘z o‘zgarishi negiz yoki asosga turli affikslar qo‘shilishi orqali yuzaga keladi. Hosil bo‘lgan so‘zlarda negizlar ham, affikslar ham aniq farqlanadi.
Masalan, siranaymaancensencenyex iyt “yozilishga ulgurmaganlardan so‘ra”. Bu jumladagi birinchi so‘z 9 ta morfologik qismdan iborat: siran-ay-ma-a/n/ce/-n-sen-cen-yex-iyt.
Chuvash tilida prefikslar mavjud emas. Nutq qismida qat’iy differensiatsiya(chegara)ning yo‘qligi turk va fin tillari kabi chuvash tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Ko‘p hollarda bir so‘z ot, sifat, fe’l va ravish bo‘lib kelishi mumkin. Masalan, yanas “xato, xatoli. xatosiz”.
Natijada so‘zning morfologik xususiyati uning sintaktaktik vazifasi bilan belgilanadi. Chuvash tilida otlar bosh kelishikda doimo 0 (nol) ko‘rsatgichga ega bo‘ladi, asos esa doim unli ( о va i dan boshqa) va undosh tovushlar bilan tugashi mumkin. Qattiq va yumshoq tuslanish variantlari bir-biridan shunisi bilan farq qiladiki, а, э, и qattiq variantlari yumshoq variantdagi ye, yo, о‘larga mos keladi.
O‘rin-payt va chiqish kelishiklarining ikki xil varianti bor: -ta,- te, -tan affikslari faqat 1, n, r asosli so‘zlarga qo‘shiladi. Masalan, yal-yalta, yaltan "qishloq”, kil-kilte-kilten “uy”, varman-varmanta-varmantan “o‘rm on” va boshqalar. Unli va undosh bilan tugovchi barcha so‘zlar ra, re, ran, ren qo‘shimchalarini qabul qiladi.
Qadimgi turkiy til umumturkiy morfologik xususiyatlarni namoyon qiladi. Qadimgi turkiy tilda so‘zlar ham, morfemalar ham, qattiq va yumshoq turlarga bo‘linadi. Qadimgi turkiy tilda birlamchi cho‘ziq unlilar ham farqlangan, undoshlarda jarangli va jarangsiz uyg‘unlik bor.
Qadimgi turkiy adabiy tili morfem tuzilishining hozirgi o‘zbek adabiy tili bilan mos keluvchi va farq qiluvchi tomonlari mavjud. Ba’zi shakllar iste'moldan chiqqan bo‘lsa, ba’zilarining vazifasi o‘zgargan. Ayrimlari turli fonetik o‘zgarishlarda hozirgi turkiy tillarda uchraydi. Qadimgi turkiy tilda mavjud bo‘!ib, hozirgi o‘zbek adabiy tilida saqlanmagan, lekin umumxalq tilida yoki boshqa turkiy tillarda uchraydiganlari ham yoq emas. Qadimgi turkiy tilda faol sanalgan ayrim shakllar hozirgi o‘zbek tilida qoldiq sifatida kuzatiladi.
Ma’lumki, davr o‘tishi bilan morfemalar ma’no o ‘zgarishiga uchrashi mumkin; so‘z-morfema ham, affiks-mofema ham o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Ya’ni ulardan biri iste’moldan chiqadi. Shunda tarixan mustaqil morfemalar bir so‘zga aylanib, hozirgi paytda m a’noli qismlarga bo‘linmaydi. Bunga qattiq, yuksak, yuksal, egiz, siljimoq so‘zlarini misol sifatida keltirish mumkin.
Qadimgi turkiy til morfemalari hozirgi adabiy tildagidan fonetik variantlarining ko‘pligi bilan farqlanadi. Hozirgi adabiy tilda ko‘proq morfologik prinsipga amal qilinsa. qadimda fonetik prinsip ustun bo‘lgan.
Talaffuz qanday bo‘lsa, yozuvda ham ko‘proq shunga amal qilingan va bu adabiy til me’yori hisoblangan.
Turkiy tillarda affikslarning turlaridan biri o‘zakdan keyin ko‘shiluvchi postfikslar mavjud. Affiksning prefiks, infiks kabi turlari turkiy tillarda yo‘q. Faqat boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlardagina prefikslar mavjud.
Hozirgi turkiy tillarda kelishiklar miqdor jiqatidan uncha farq qilmaydi. O‘zbek, qoraqalpoq, turkman, ozarbayjon, tatar, gagauz tillarida oltita, qozoq tilida yettita, xakas va chuvash tilida sakkizta, yokut tilida to‘qqizta kelishik mavjud.
Bu tillardagi ortiqcha kelishik shakllarining aksariyati mazkur tillar taraqqğčiyoïtining keyingi davrida vujudga kelgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |