Shahsiy va umuiy gigiena qoidalariga rioya qilish
har insonning o’ziga bo’g’liq
bo’lib ko’pgina kassaliklarning oldi olinadi.Shahsiy gigienaga terining toza
tutilishi,terlasni oldini olish,tirnoqlarni toza tutish,sochlarning tozaligiga e’tibor
berish,kiyim-boshni toza tutish,oyoq kiyimiga e’tibor berish va hakozalar
kiradi.Terining holati organizmning kassalik qozg’atuvchisi miqroblarga
bardoshlilik darajasi haqiqa,allergiyaga beriluvchanlikni yoki berilmasligi
haqida,ichki sekresiya bezlarining holati haqida,yurak qon-tomir sistemasining
funqsiyasi haqida xulosa chiqatishga imkon beradi.Terining to’gri parvarish
qilinishi uning shamollash kasalliklari va barvaqt qarishining oldi olinadi.Teri
yuzasidagi yog’ va ter bezlari ajratmalarini doimo yoq qilib turish zarur.Buning
uchun ochiq joylarini har kuni,yopiq joylarini esa haftada bir marta sovunlab
yuvish kerak.Uy haroratida bo’lgan suvga yuvinish kerak:issiq suv terining
elastikligini kamytiradi,uni qurishtirib qo’yadi,sovuq suv esa yog’ bezlari
ajratmalarining normal chiqishini izdan chiqaradi,uning chiqish yollarini to’sib
qo’yadi va husunbuzarlarning paydo bo’lishiga yordam beradi.Tualetga borgandan
keyin va ovqatlanishdan oldin astoydil yuvinishga hamda boshqa gigienik
muolajalarni bajarishga organish kerak.Yuvingandan yoki qo’lni yuvgandan keyin
terini yahshilab artish kerak,chunki terining ho’l qisimlari dag’allashishi va yorilib
ketishi mumkin.Shahsiy gigiena qoidasi qizlardan va o’g’il bolarardan ularning har
qaysisida shahsiy sochigi,o’zining tish cho’tkasi va sovuni bo’lishini talab
etadi.Begonaning kiyim-boshidan va oyoq’ kiyimidan foydalahish nogigienik
208
hisoblanadi.O’smirlik va o’spirinlik yoshlik vaqtidaterajratishkuchayadi.Ko’pincha
ter ma’lum vaqtgacha o’tkir va badbo’y xidga ega boladi.O’smirlik vaqtida ba’zan
oyoqlar kuchli terlaydi,bu ko’pincha yassi oyoq’lik,tor,noq’ulay oyoq kiyish bilan
bog’liq.Sun’iy toladan to’q’ilgan paypoq’lar kiyish
ularning
tez-tez
almashtirmaslik,yoq’larni muntazam ravishda yuvib turmaslik,ovqatda o’tkir va
shirin mahsulotlar istemol qilish ham terlashga yordam beradi.Uning badbo’y hidi
atrofdagilarga seziladi.Bundan tashqari,ter bilan doimiy namlanish va ta’sirlanish
natijasida terining ustki qavati yumshaydi va qisman o’ladi,bichilish paydo
boladi,ular orqali teriga kassalik paydo qiluvchi miqroorganizmlar,birinchi
navbatda yiringli kassaliklarni qo’zg’atuvchi streptokokk,stafilokokk va
zamburug’lar kiradi.Kuchli yallig’lanish qizarish va bichilish terining ustki
qavatini zararlantiradi,bu vaqtda qavariqlar,eroziyar,yaralar hosil
bo’ladi,qichishish,achishish va hatto o’g’riq paydo paydo qiladi.Oyoq’lar
terlamasligi uchun,tunga ularni sovuq suv bilan sovunlab yuviladi,har kuni toza
noski yoki chulki kiyiladi va oyoq’ kiyim hamma vaqt quruq,qulay bo’lishi kuzatib
boriladi.Oyoq’terisini to’g’ri parvarish qilish uchun tarkibida
yumshatuvchi,tirishtiruvchi,oshlovchi moddalar bo’lgan maxsus vositalardan
foydalanish mumkin.Oyoq’larni doimiy ravishda kuzatib turish zarur,ana shunda
medisina yordamiga muhtoj bo’linmaydi.Tirnoqlarni parvarish qilish oson.Qo’l
tirnoqlari har haftada,yoq’niki esa 2-3haftada olinadi.Agar tirnoqlar noto’g’ri
kesilsa,ularning o’tkir va yallig’lanish paydo bo’ladi,barmoqning shakli
hunuklashadi.So’glom soch yumshoq,elastik bo’lib,tabiiy yaltiroqqa ega
bo’ladi,odamni ko’rkam qiladi.Uning tabiiy xossalarini saqlash,iloji boricha esa
ularni yahshilash ham muhimdir.Sochlarni parvarish qilshning asosiy vositasi –
ularni yahshilab yuvishdir.Boshni yuvish uchun juda issiq suv yaramaydi,chunki u
yog’ bezlarining ajralishini kuchaytiradi.Yuvilgandan keyin sochlar sochiq bilan
artiladi va xona haroratida quritiladi.Fen ko’pincha sochni o’ta quritib yuboradi,bu
vaqtda ularning uchlari yoyilib ketadi.Soch to’liq qurigandan keyin taraladi.Taroq
uchlari o’tkir bo’lmasligi kerak,agar u metall taroq’ bo’lsa yanada yaxshi.Agar
sovuq ob-havoda bosh kiyimsiz yurilsa,teri juda soviydi,yuza tomirlari torayadi va
sochning oziqlanishi,binobarin,ularing o’sishi ham yomonlashadi.Kiyim-bosh
qulay,engil va issiq bo’lishi kerak:biror modaning talabiga qarab bu sifatlardan
biror-biriga e’tiborsiz qarash lozim emas.Qisgda, ayniqsa qattiq sovuqda ham
engil-elpi yurishga moyil bo’lishsa-da,voyaga etgan qizlar ham,yosh o’spirinlar
ham issiq ichki kiyishlari zarur.Qishda oyoq kiyim,albatta issiq bo’lishi
kerak.Oyoq’lar surunkali sovusa tomirlar torayishi paydo boladi va qon yurishi
qiyinlashadi,natijada yoq’ to’qimalarining oziqlanishi jiddiy izdan chiqadi.Tor
oyoq kiyim oyoqni siqadi,panjaning shakli ozgaradi,terining ter ajratishga
moyilligi kuchayadi.Agar tagcharmi rezinka oyoq’ kiyim kiyishga to’gri
kelsa,unga namatdan patak solish va uning namlanib q’olmasligini muntazam
ravishda kuzatib turish lozim.Voyaga etgan qizlar va ayollar uchun juda baland
poshnali oyoq’ kiyim kiyish to’g’ri kelmaydi,chunki barmoqlarga
tayanish,tovonning noto’g’ri holati ularning shaklini buzishga olib keladi,tayanch
maydonini va bardoshliligini keskin kamaytiradi.Baland poshnali yoq’ kiyimda
209
boldir tovon bo’g’imidan oson qayriladi,muvozanat yo’q’oladi.Shahsiy va umumiy
gigiena qoidalariga riyo qilinmasa kasallik keltirib chiqaruvchi miqroblar
to’planishiga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |