2-mashg‘ulot. “Qo‘g‘irchoq Olima yuvinyapti” didaktik
o‘yini.
Mashg‘ulotning maqsadi: yuvinish buyumlarining nomini
aniqlash: sovun, sovun qutichasi, tish cho‘tkasi, tish pastasi,
sochiq, taroq; ularning xususiyatlarini hajmi, rangi va nima uchun
ishlatilishini bildiruvchi so‘zlarni aniqlash; suvning xususiyatini
(sovuq, issiq, tiniq, oqar suv) bildiruvchi so‘zlarni; harakatlarning
xarakterli belgilarini so‘zlar bilan ifodalanishini (quritish,
ho‘llash, sovunlash, shimarish, ishqalash, yuvib tashlash, artish,
tarash, qo‘yish, osish). She’rni ifodali va jarangli aytish ustida
mashq qilish.
Mashg‘ulot jarayonida o‘rtoqlariga yordam berishga tayyor
turish, saranjom-sarishtalikni tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |