Gimnastika jihozlari va inventarlarni to’g’ri joylashtirish
Gimnastika o’quv mashg’ulotlari o’tkaziladigan joylar Maxsus jihozlangan gimnastika zallarida yoki ochiq maydonlarda (gimnastika shaharchalarida) o’tkaziladi. Gimnastika zali
Gimnastika zalining jihozlashda zalda qo’shimcha yordam xona bo’lishi shart. Unda kerakli jihoz va inventarlar saqlanadi. Shu bilan birgalikda instruktorlar uchun xona bo’lishi kerak. Gimnastika zalida talabalar uchun ( 2 ta yechinish xonasi) yigit va qizlar uchun alohida yechinish xonasi bo’lib, dush xonalari bo’lishi kerak.
Zal shunday joylashtirilishi kerakki, koridordan to’g’ri yurib, hech qanday qiyinchilik hosil qilmasdan zalga kirishlari lozim.
Oliy o’quv yurti talabalari uchun quyidagi gimnastika zalini tavsiya etamiz:
№
|
Zalning nomlanishi
|
Uzunligi
|
Eni
|
Balandligi
|
Sig’imi nechta talaba
|
1
|
Gimnastika zali
|
36-m
|
18-m
|
7-m
|
65-ta
|
Gimnastika mashg’ulotlarini o’tkazishda zaldan foydalanish talablari
Zal shunday qurilgan bo’lishi lozimki uning tozaligiga e'tiborni kuchaytirishga qulay bo’lsin. Devorlari oppoq, yon
tomondan 1,75 m balandlikda qurilgan bo’lib, quyosh yorug’ligi doimiy ravishda tushib turishi kerak.
Zalning potologi tekis, oqartirilgan, pollarida yoriqlar bo’lmasligi kerak. Zalning issiqlik temperaturasi doimiy ravishda Q18, Q2oh da, havo bosimi 50, 60 % da bo’lishi' shart. havo so’rg’ichlar ishlashi lozim. Zalning barcha sharoitida yechinish xonalari zal bilan yonma yon bo’lib, har mashg’ulotlardan keyin zal tozalanib turishi kerak. «
Zalni jihozlash
Gimnastika mashg’ulotlarini o’tkazishda zalda maxsus jihozlar bo’lishi kerak. Har bitta jihozni shunday joylashtirish lozimki, talabalarning shug’ullanishlari uchun qulay sharoitlarni tug’dirsin:
Xulosa
Odam gavdasi harakatlarining tahlili va xulosasini egallab olish, o'rganilayotgan harakat mashqlarini sekin-asta murakkablashtirib borish, gimnastika mashqlarining cheksiz ko'rinishlari (ularning shakli .tuzilishi, bajarish ketma-ketligi)dan foydalanish imkoniyati gimnastika bilan shug'ullanuvchilarda tasawurlarini ko'rgazmali kengaytirish, ularning umumiy qonuniyatlarini bilib olish va shunday qilib, aqliy bilim va jismoniy tarbiya o'rtasida amaliy aloqa o'rnatish imkonini beradi. Gimnastikaning pedagogik ahamiyati kattadir. O'quv mashqlarini qat'iy belgilash shug'ullanuvchilar harakatini aniq tashkil qilish bo'yicha turlicha bo'lgan mashqlarni o'rganishdagi muayyan ketmaketlik, ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik tartibi jismoniy yuklamalarning sekin-asta ortib borishi, yangi harakat mahorati va ko'nikmalarini egallashdagi sharoit va talablarining turli-tumanligi odamlarda insonparvarlik tarbiyasi masalalarini muvaffaqiyatli hal qilish imkonini beradi. Gimnastika mashqlarini bajarishdagi aniqlik, ifodalilik va his-hayajon, ularning texnik takomillashuvi estetik tarbiyaga ham yordam beradi. Gimnastika to'g'ri yugurish, sakrash, turli to'siqlarni yengib o'tish, og'ir yuk tashish va boshqa shu kabi mehnat va jangovor faoliyatda qo'llaniladigan ko'pgina amaliy, hayotiy zarur ko'nikma va mahoratini shakllantirishga yordam beradi. Nihoyat, gimnastika vositalaridan yuqori sport natijalariga erishishda foydalaniladi
Adabiyotlar ro`yxati
1. A.Abdullayev, Sh. Xonkeldiyev. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti”. Toshkent. 2005 y
2. Gimnastika. A.M. Shlyomin, A.T. Brikinlar tahriri. 1982 yil, Toshkent.
3. M.N.Umarov. Gimnastika. Toshkent.2015 y
4. Eshtayev A.K. Sport gimnastikasi mashg’ulotining nazariy asoslari (uslubiy qo’llanma). O‘zDJTI nashriyot-matbaa bo’limi. -T.: 2009.
Do'stlaringiz bilan baham: |