O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
JISMONIY MADANIYAT YO‘NALISHI SIRTQI BO‘LIM
207 guruh talabasi
Ro‘zimov Maqsadbekning
Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi fanidan
Mavzu: Gimnastika jixozlarida (brusda va h.k.) bajariladigan mashqlar
Topshirdi: Ro‘zimov M
Qabul qildi: __________
Urganch-2022 y
Reja :
Kirish
Gimnastikaning ta'rifi ;
Gimnastikaning asosiy vositalarida mashqlar bajarish ;
Gimnastikaning uslubiy xususiyatlari ;
Gimnastikaning turlari ;
Gimnastika jihozlari va inventarlarni to’g’ri joylashtirish
Xulosa
Adabiyotlar
KIRISH
O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgach barcha sohalar kabi jismoniy tarbiya va sport ham tamomila yangicha maqom yo‘nalishida shakllanib, yuksak cho‘qqi sari qanot yozmoqda. Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning tashabbusi hamda davlatimiz rahnamoligida jismoniy tarbiya va sportga doimiy katta e’tibor qaratilib kelinmoqda. Jumladan, 2017 yil 3 iyun, Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-son, 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli farmon va qarorlarida yurtimiz aholisini sog‘ligini mustahkamlash jismoniy tayyorgarligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga oid masalalarga e’tibor qaratilgan. Ta’kidlash joizki, jismoniy tarbiya va sport turlarini rivojlantirish bilan bir qatorda, «katta» sport mavqeini ko‘tarishga ham ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Yildan yilga Respublikamizda xalqaro va jahon miqyosidagi nufuzli musobaqalarni o‘tkazish an’anaviy tadbirlar tarkibidan joy olmoqda. O‘zbek sportchilari Osiyo, Jahon va Olimpiya musobaqalarida yuksak natijalarga erishib, yurtimiz shuhratini jahon hamjamiyati oldida tarannum etib kelmoqda. Shunday sport turlaridan biri bu gimnastikadir. Albatta gimnastika sport turi o‘zining murakkab harakatlari va jozibadorligi bilan boshqa sport turlaridan ajralib turadi. Shuningdek gimnastika mashg‘ulotlarining shug‘ullanuvchilarga nisbatan o‘ziga xos talablari mavjud bo‘lib, ularga maxsus ta’sir qilish kuchiga ega. Gimnastik mashqlar pedagogning nutqi, musiqa va mashg‘ulotlar o‘tkazishning sharoitlari bilan uyg‘unlikda insonga shaxs sifatida va biluv-amaliy faoliyat yurituvchi subyekt sifatida har tomonlama katta ta’sir qilish potensialiga ega.
Davlatimiz mustaqillikka erishgan yilidan boshlab Prezidentimiz diqqat e'tiborini jismoniy tarbiyani rivojlantirishga qaratdi xali xech qaerda, xech qanday davlat bunday qarorlar, farmonlar chiqarmagan .
Mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o'z ijodiy va intellektual saloxiyatini ruyobga chiqarishi, mamlakatimiz yig'it qizlarni XXI asr talablariga to'liq javob beradigan xar tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo'yicha ko'ng ko'lamli aniq yo'naltirilgan chora tadbirlarni amalga oshirish maqsadida, shuningdek O'zbekiston Respublikasida 2010 yilning "Barkamol avlod yili" deb e'lon qilishi xam bejiz emas O'zbekistonda o'zliksiz o'tkazib kelinayotgan "Umid nixollari", "Barkamol avlod", "Universiada" musobaqalari yoshlarni jismoniy xamda ma'naviy yetuk qilib tarbiya juda katta vosita bo'lib xisoblanmoqda.
Ayniqsa Respublikamiz Prezidenti tomonidan chiqarilgan "Bolalar sportini rivojlantirish ", "Futbolni yanada rivojlantirish chora tadbirlari", "Respublikada badiiy gimnastikani rivojlantirish to'g'risida"gi kator qarorlar bizni yanada ma'suliyatliroq o'z vazifasiga mutaxassisligiga chukur e'tibor bilan karashga va ishlashga, yangi pedagogik texnologiyalarni ko'llashga chikarmoqda.
Sport gimnastikasi xamda badiiy gimnastika Respublikamizda yanada ommallashtirilib yig'it qizlar shug'ullanmoqda Respublikamizni viloyatlari va shaxarlarida Qorokolpokiston avtonom Respublikada gimnastika inshotlari bilan ta'minlash, sport zallarni xalqaro tipdagi shaklda ko'rilmoqda.
Keyin yillarda badiiy gimnastika Toshkent shaxrida, Sirdaryo viloyati Guliston shaxrida, Navoiy shaxrida, Namanganda keng kulach yoyilishi. Ayniqsa Toshkent shaxridan Aleksandr Pokinni Xitoyda bo'lib o'tgan olimpiadaga qatnashishi gimnastikani Respublikamizda shug'ullanish va malakali yig'it qizlarni tayyorlash talab darajasiga ko'tarilmoqda. Yoshlarimizni jismoniy yetuq ma'naviy boy qilib tarbiyalashda gimnastika tizimi jismoniy tarbiya tizimi muxim vositalaridan biri bo'lib xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |