5-mavzu: Zamonaviy sog’lomlashtirish tizimlari
Jismoniy
tarbyaning
o‘ziga
xos
uslubiy
xususiyatlaridan
biri
shug‘ullanuvchilarning ayrim muskullari, muskul guruhlari, gavda qismlari a’zolri va
umuman aytganda butun tana a’zolariga nisbatan turlicha ta’sir ko‘rsatish imkoniyati
hisoblanadi. Mashqlarning maxsus tanlanishi, dastlabki oraliq va oxirgi xolatlarni
o‘zgartirish imkoniyati, ularni bajarishdagi usullarning o‘zaro bog‘liqligining o‘zi
shug‘ullanuvchilar organizmiga maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatish uchun qulay
sharoitlar yaratadi, ularda kerakli harakat mahorati va ko‘nikmalarini muvoffaqiyatli
shakllantirish, jismoniy rivojlanishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, maxsus
jismoniy sifatlarni rivojlantirish, gimnastik harakatlar tavsilotlari va texnikasini
takomillashtirishga imkon beradi.
Ma’lum didaktik holatlarga keng asoslanish:engildan qiyinga, ma’lumdan
noma’lumga, oddiydan murakkabga, yaqindan uzoqqa, ya’ni odam jismoniy
rivojlanishning muhim sharoitlaridan biri o‘rganilayotgan mashqlarni uzluksiz
murakkablashtirish va ularni bajarishga bo‘lgan talabni oshirish va shu asosda uning
jismoniy takomillashuvida yangi sifat va son siljishlariga erishishni amalga oshirish
imkoniyati. Odam xarakat vazifalarining muvoffaqiyatli rivojlanishi va takmillashuvi
muayyan, oddiy, yaxshi o‘zlashtirilgan va engil bajariluvchi harakatlardan ancha
qiyin va murakkablariga sekin-asta, uzluksiz o‘tishni ko‘zda tutadi.
Ko‘pgina jismoniy tarbiya mashqlarini bajarishda musiqa jo‘rlgidan
foydalanish: jismoniy mashqlar tarkibidagi xarakatlarni ko‘rsatish, ta’riflash,
tushitirish rasmlar ko‘rinishida tasvirlash mumkin. SHu bilan birga xarakatning
tezlik, ravonlik, shiddatlilik kabi juda muhim tavsilotlarini o‘rgatish musiqa
yordamida muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.
Jismoniy tarbiyaning uslubiy xususiyatlari o‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldirib
turadi. Ular yordamida jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirish, ilm olish va tarbiya
masalalari muvaffaqiyatli xal qilinadi.
Jismoniy tarbiya va sport mashqlarining turli- tumanligi va ularning
shug‘ullanuvchilarga keng ko‘lamli ta’siri sportning ayrim, nisbatan mustaqil
turlarining rivojlanish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Jismoniy tarbiya vositalari
echishi zarur bo‘lgan masalalarning ko‘pligi, mashqlarning o‘ziga xosligi ularning
shug‘ullanuvchilar organizmiga ta’siri tabiati mamlakatimizda gimnastika turlari
tasnifini aniqlash va yuzaga keltirishga yordam beradi.
Asosiy, sog‘liqni saqlashga xizmat qiluvchi va kuch va epchillikni talab
qiluvchi bazaviy sportni o‘z ichiga olgan umumrivojlantiruvchi turlar.
1. Gimnastika, engil atletika va sport uyinlar birlatiruvchi sport turlari.
2. Ishlab-chiqarishdagi badantarbiya, xarbiy-amaliy va sport – amaliy, hamda
davolash gimnastikasidan iborat amaliy turlar.
Odamlarning barkamol jismoniy rivojlanishi va takomillashuviga umumiy
maqsadli yo‘nalishni saqlagan holda rus gimnastikasi turlarini tasniflash amaliy ishda
katta pedagogik va sog‘lomlashtirish va gigiena natijalariga erishishga yordam
beradi.
Jismoniy tarbiya va sport barkamol jismoniy rivojlanish, sog‘liqni
mustahkamlash, shug‘ullanuvchilar organizmini chiniqtirish, ularning ish qobiliyatini
oshirish va xarakat vazifalarini takomillashtirish masalalarini hal qilishda
foydalaniladi.
Jismoniy tarbiya va sport bolalar (maktabgacha va maktab yoshidagi) va
kattalar mashg‘ulotlarida keng qo‘llanilmoqda. SHug‘ullanuvchilarning muayyan
kontingenti (bolalar, kattalar va keksa odamlar)ga qarab asosiy jismoniy tarbiya
vazifalari, mazmuni va mashg‘ulot olib borish uslubiyati ancha farq qiladi. Asosiy
mashg‘ulotlar deyarli barcha sog‘lom odamlar uchun jismoniy yuklama kattaligi va
yo‘nalishi (faoliyati qonuniyatlarini egallash va odamning harakat imkoniyatlarini
baholash) jihatidan qulay va engilligi bilan tasniflanadi.
Jismoniy tarbiya va sport maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar bilan
jismoniy tarbiyaning maxsus darslarida va guruxdan tashqari mashg‘ulotlarda qaddi-
qomatni to‘g‘ri tutishni shakllantirish sog‘liqni mustahkamlash yaxshi jismoniy
rivojlanishga ko‘maklashish xayot uchun zarur asosiy harakat maxorati va
ko‘nikmalari ishlab chiqish maqsadida olib boriladi.
Bolalar bilan bo‘ladigan asosiy gimnastika mashg‘ulotlari turli-tuman
vositalarni o‘z tarkibiga oladi: amaliy mashqlar(yurish,yugirish, sakrash, irg‘itish va
boshq), predmetli va predmetsiz umumrivojlantiruvchi mashqlar (qo‘l, oyoq va gavda
uchun) ommaviy turdagi gimnstika ot, devorchasi, xarisi, narvon va boshq.)
gimnastika anjomlar bilan bo‘ladigan mashqlar (turnik, bruslar, xalqalar va boshq).
O‘smirlar, qizlar erkaklar va ayollar uchun asosiy gimnastika. Gimnastikaning xuddi
shu vositalarini o‘z ichiga oladi, uyushgan mashg‘ulotlar ko‘rinishida olib boriladi va
odamning jismoniy va axloqiy –irodaviy sifatlarining rivojlanishiga shuningdek unda
xayotiy zarur harakat mahorati va ko‘nikmalarining shakllanishiga imkon beradi.
Jismoniy tarbiya va sport shug‘ullanuvchilar organizmini sog‘lomlashtirish va
chiniqtirish va ish qobiliyatini oshirishga yo‘naltirilgan.
Jinsi,
yoshi,
sog‘lig‘i jismoniy tayyorgarligidan qatiy nazar u
shug‘ullanuvchilarning barcha kontingentlari uchun qulaydir. Sog‘liqni saqlashga
xizmat
qiluvchi
gimnastika
mashg‘ulotlarining
asosiy
mazmuni
umumrivojlantiruvchi va ba’zi bir amaliy mashqlar bilan uqalash muolajasini qabul
qilish va suvda organizmni chiniqtirishni qo‘shib olib borish xisoblanadi. Sog‘liqni
saqlashga xizmat qiluvchi gimnastika mashg‘ulotlari ertalab, kunduzgi va kechqurun
mustaqil ravishda(yakka xolda) va o‘qituvchi rahbarligida (guruh shaklida)
o‘tkazilishi mumkin.
Jismoniy tarbiya va sport keyingi o‘n yilliklarda gimnastikaning sport turlari
(sport, badiiy gimnastika va sport akrobatikasi) mamlakatimizda keng tarqalib,
ommalashib ketdi. Bunga vatan gimnastikachilarining dunyoning eng yuqori xalqaro
gimnastika anjumanlaridagi ajoyib muvaffaqiyatlari yordam berdi.
Bazaviy sport turlari shug‘ullanuvchilaridan yuqori har tomonlama jismoniy
tayyorgarlikni talab qiladi, ularda muhim axloqiy-irodaviy sifatlarni rivojlantiradi,
ularning ma’naviy va badiiy tarbiyasiga ta’sir qiladi, turli-tuman, tuzilishi, texnikasi
va bajarish aniqligi jihatidan murakkab gimnastik mashqlarni birlashtiradi. Bazaviy
sport turlari bilan muntazam shug‘ullanish yuqori sport natijalariga erishish va odam
gavdasining vaziyat va xarakatlaridagi nafosat va mahorat namunalarini ko‘rsatib,
san’atda murakkab mashqlarni egallashga erishish imkonini beradi
Bazaviy sport turlari mamlakatimizda ommalashgan sport turlaridan biridir
sport mashqlarning hammabopligi jamoaligi ulardan bolalar, o‘smirlar va kattalar
mashg‘ulotlarida foydalanishga imkon beradi.
Jismoniy tarbiya va sport amaliy turlaridan mehnat, xarbiy va sport
foaliyatining takomillashuvidan maqsadga yo‘naltirilgan masalalarni hal qilishda va
mehnat faoliyati va sog‘liqni saqlash va tiklash uchun profilaktika choralari sifatida
foydalaniladi.
Jismoniy tarbiya va sport mehnatkashlarni sog‘lomlashtirish ularning mehnat
qobiliyati va mehnat samaradorligini oshirish masalalarini hal qiladi. Ish amaliyotida
ishlab chiqarish gimnastika mashg‘ulotlarning ikki shaklidan keng foydalaniladi. Ish
boshlanishidan oldin va mehnatkashlar organizmini kutilayotgan mehnat faoliyatiga
tayyorlovchi dastlabki gimnastika va ish paytida charchoqni bosish va shu qobiliyatni
tiklashga imkon beruvchi jismoniy tarbiya to‘xtamlari.
Jismoniy tarbiya va sport ishlab chiqarishda muayyaan mehnat jarayonlari
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mehnatkashlarning maxsus xarakat mahorati va
ko‘nikmalarini shakllantirish va takomillashtirishga imkon beradi.
Dengizchilar, uchuvchilar, fazochilar, o‘t o‘chiruvchilar va boshqalar uchun
kasbiy- amaliy gimnastikaning turli ko‘rinishlari mavjud.
Harbiy – amaliyjismoniy tarbiya va sportkasbiy-amaliy gimnastikaning bir turi
xisoblanadi va harbiy faoliyatiga xos bo‘lgan maxsus xarakatmahorati va
ko‘nikmalarini shakillantirish va takomillashtirishga imkon beradi.
Harbiy-amaliy gimnastika mashiqlari gimnastikaning turli-tuman amaliy
vositalari yurish,yugirish, sakrash, to‘siqlarni engib o‘tish va boshqa) dan tarkib
topgan va muayyan qo‘shin turining o‘zi hosligini hisobga olgan holda o‘tkaziladi.
Jismoniy tarbiya va sportdan umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni
oshirishda va shu asosda tanlangan sport turida yuqori sport natijalarga erishishda
keskin choralar sifatida foydanalinadi.Amaliy sport gimnastikasi mazmuni sport turi
mazmuniga bog‘liq va mashg‘ulot jarayonining ayrim davirlari masalalariga mos
ravishda o‘zgarishi mumkin.
Jismoniy tarbiya va sport mehnatkashchilarning sog‘lig‘i va mehnat
qobiliyatlarini tiklashga e’tirof qilingan. Davolash gimnastikasi vositalarini tiklashda
shikastlanish va kasallik natijasida paydo bo‘lgan kamchiliklarni to‘g‘rilashda,
ayniqsa samara beradi. Davolash gimnastikasi mazmuni kasallik va shikastlanishlar
turiga bog‘liq bo‘lib, davolovchi xakim bilan davolash jismoniy tarbiya
uslubiyatchisi tomonidan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |