Oyoqlarni kerib yotib osilish
Bajarish texnikasi. Oyoqlarni ochib yotib osilish turli usullarda bajarish
mumkin, ammo o‘rgatish ketma-ketligini hisobga olib, o‘quvchilarda mavjud bo‘lgan
harakat tajribalarini qo‘llash maqsadga muvofiq. SHuning uchun, bir oyoqda siltanib
o‘tib yotib osilishdan yoki oyoqlarda itarilib osilishdan
P/P
ga o‘ng (chap) bilan yotib
osilishni bajarish yaxshi. Oyoqlarni ochib yotib osilishda tana, yotib osilishdagi kabi
bo‘lib, biroz kerilgan, qo‘llar to‘g‘ri, bosh orqaga egilgan, bir oyoq
P/P
ga sonning
orqa qismidan tayanib, ikkinchisi poyadan pastga joylashadi (164-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |