Oyoqlarni bukib boshda turish
Bajarish texnikasi. Bu mashq boshda va qo‘lda turishni o‘rganish uchun
yordamchi mashq hisoblanadi. Tayanib o‘tirishdan, oyoqlarni yozib, matga bosh
bilan tayanib, tana og‘irligini qo‘llarga va boshga o‘tkazib, itarilish va siltanishsiz, bir
oyoqni ko‘krakka bukish, so‘ng ikkinchisini va oyoqlarni bukib boshda turish holatini
egallash.
O‘rgatish ketma-ketligi.
1. Bosh va qo‘llar teng tomonli uchburchak hosil qilishi kerak. Panjalar elka
kengligida joylashgan. Bosh peshonaning yuqori qismiga tayangan.
2. Tayanib cho‘qqayishdan, yordam bilan oyoqlarni bukib boshda turish.
3. Tayanib cho‘qqayishdan mustaqil boshda turish.
Xatolar.
1. Boshni noto‘g‘ri joylashishi.
2. Boshni qo‘llarga yaqin qo‘yish.
Ehtiyotlash va yordam. YOnboshda tizzalarda turib, bir qo‘lda beldan,
ikkinchisida boldirdan ushlab yordam beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |