69
majburiy zaxira stavkalari darajalari sezilarli darajada pasaydi. Bu esa, banklarning
resurs saloxiyati va likvidligiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi.
Taxlil qilinayotgan davrda xorijiy valyutalarda jalb etilgan depozitlarga
nisbatan belgilangan majburiy zaxira stavkasi sezilarli darajada oshdi. Bu esa,
respublikamiz banklariga xorijiy valyutalarni deposit sifatida jalb etishga salbiy
ta’sir ko`rsatdi. Chunki, majburiy zaxira stavkasi yuqori bo`lgan sharoitda tijorat
banklari xorijiy valyutalardagi depozitlarga to`lanadigan foiz stavkasini oshira
olmaydi.
Qayd etib o’tish lozimki, O`zbekiston Respublikasida tijorat banklarining
Markaziy bankdagi majburiy rezervlari hajmi 2008-yil 1 noyabrdan milliy va chet
valyutasida qabul qilingan depozitlar miqdoridan 15% miqdorida belgilangan edi.
2009-yil 1-sentabrdan esa, majburiy rezervlar miqdori tijorat banklari tomonidan
jalb qilingan depozitlarning muddatiga qarab tabaqalashtirildi. Jumladan, yuridik
shaxlarning talab qilib olguncha va 1 yildan ortiq bo’lmagan muddatli depozitlari
uchun 15% miqdorda, yuridik shaxslarning muddati 1 yildan 3 yilgacha bo’lgan
muddatli depozitlari uchun 12% miqdorda, yuridik shaxslarning 3 yildan ortiq
muddatli depozitlari uchun esa 10,5% miqdorida belgilab qo’yildi. Shu bilan birga,
majburiy rezervlarni hisob-kitob qilish davri bir oydan o’n to’rt kunga qisqartirildi.
Bularning samarasi o’laroq:
Tijorat banklari tomonidan xo’jalik yurituvchi sebyektlardan uzoq
muddatli depozitlar jalb qilish yanada rag’batlantirildi;
Tijorat banklarining resurs bazasi mustahkamlandi;
Tijorat banklarining joriy likvidlik darajasi oshdi hamda likvidlikni
yanada samarali va tezkor boshqarish imkoniyati yuzaga keldi;
Tijorat banklari tomonidan yuridik shaxslardan jalb qilingan uzoq
muddatli depozitlarni investitsion faoliyatda qo’llash imkoniyati yanada oshdi;
Bugungi kundagi majburiy zahira normalari muomaladagi pul massasini va
tijorat banklarining likvidlik darajasi boshqarish uchun, shuningdek, hozirgi vaqtda
mamlakatda hukm surayotgan iqtisodiy holat uchun me’yoriy darajada deb
hisoblaymiz. Chunki, amaldagi rezerv normalarni yanada pasaytirish oqibatida
70
muomaldagi pul massasisining oshishi, tijorat banklarida ortiqcha likvidlikning
paydo bo’lishi va buning oqibatida, milliy valyutaning qadrsizlanishi kabi salbiy
oqibatlar yuzaga kelishi mumkin.
Markaziy bank ochiq bozor operatsiyalari orqali tijorat banklari likvidligiga
va muomaladagi pul massasining o`sish sur’atlariga bevosita ta`sir ko`rsatadi. O`z
navbatida Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalar hajmini oshirish tijorat
banklarining yuqori likvidli qimmatli qog`ozlariga qilingan operatsiyalari
miqdoriga bog`liq. Odatda, Markaziy bank ochiq bozor operatsiyalari obyektlari
majmuini moliyaviy yil boshlanishidan oldin e’lon qiladi.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ochiq bozor operatsiyalari
obyektlari bo`lib, davlat qisqa muddatli obligatsiyalari va o`rta muddatli xazina
majburiyatlari hisoblanadi. Shu sababli, Markaziy bankning ochiq bozor
operatsiyalari hajmini oshirish bevosita davlat qimmatli qog`ozlar emissiya
hajmiga bog`liq.
Do'stlaringiz bilan baham: