2.2. Hayot sug„urtasi fanining maqsad va vazifalari
Hayot sug‗urtasida sug‗urtalanayotgan risk – inson hayotining davomiyligi –
uchta holatni o‗z ichiga oladi:
-
sug‗urtalangan shaxsning yosh paytida yoki o‗rtacha umr ko‗rish yoshidan
oldin vafot etish ehtimolligi;
23
-
ma‘lum vaqt oralig‗ida vafot etish yoki yashab qolish ehtimolligi;
-
qarilik davrida uzoq umr ko‗rish va ushbu davrda mehnat faoliyatisiz
doimiy daromad talab qilinishi ehtimolligi.
Hayot sug‗urtasining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
1. Sug‗urta manfaatdorligi. Biror kishining hayotini sug‗urtalash uchun
sug‗urtani amalga oshirayotgan shaxs ushbu sug‗urtadan manfaatdorlikka ega
bo‗lishi kerak, ya‘ni sug‗urtalangan shaxsning nogironlik olishi yoki vafot etishi
natijasidagi moddiy yo‗qotishlarning o‗rnini qoplash imkoniyati bo‗lishi kerak.
2. Hayot sug‗urtasi shartnomalari bo‗yicha matematik rezervlarni hisoblash
uchun diskontlashtirish va vafot etish ehtimolligi jadvalidan foydalanish.
3. Sug‗urtalanuvchining sug‗urtalovchi daromadidagi ishtiroki. Sug‗urta
kompaniyasi hayot sug‗urtasining uzoq muddatli sug‗urta ekanligini hisobga olgan
holda o‗z daromadining ma‘lum qismini sug‗urta shartnomalarining sug‗urta
summalarini ko‗paytirishga yo‗naltiradi. Bu qo‗shimcha mablag‗ bonus deb
ataladi.
4. Hayot sug‗urtasining shaffofligi. Bu mijoz uchun sug‗urtachi to‗g‗risidagi
ma‘lumotlarning va mazkur sug‗urta shartnomasi bo‗yicha amalga oshirilayotgan
operatsiyalar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarning ma‘lumligi va tushunarliligi.
Hayot sug‗urtasining paydo bo‗lishi va rivojlanishiga quyidagilar sabab
bo‗lgan deb hisoblash mumkin:
1) oilaning boquvchisidan ajralishi yoki oila boshlig‗ining daromad
olishining yo‗qolishidan oilani himoya qilish zarurati;
2) biznes bo‗yicha hamkorning, korxona rahbarining yoki muhim xodimning
vafot etishi natijasida korxonaning faoliyat ko‗rsatishi va biznes davomiyligining
yo‗qolishidan himoyalanish zarurati;
3) zayom, ssuda yoki ipoteka krediti olish uchun kafolatga ega bo‗lish;
4) jamg‗arma tashkil etish;
5) merosni himoya qilish, jumladan:
- hayot sug‗urtasi polisi hisobidan meros solig‗ini to‗lash;
- merosxo‗rlardan biriga meros mulkini o‗tkazishni engillashtirish;
24
6) dafn marosimi xarajatlarini to‗lash;
7) shaxsiy sug‗urtaning sug‗urta mukofotlari va sug‗urta qoplamalari
bo‗yicha soliq imtiyozlarining mavjudligi, jumladan:
- to‗langan sug‗urta mukofotlari to‗lanadigan daromad solig‗ining
kamaytirilishiga olib keladi;
- sug‗urta qoplamalari soliqdan ozod qilinadi, mulk meros bo‗lib o‗tgan
holatda meros solig‗i to‗lashdan ozod qilinadi va boshqa shu kabi soliq imtiyozlari
bo‗lishi mumkin.
Hayot sug‗urtasi turlari quyidagi belgilari bo‗yicha bir-biridan farqlanadi.
Sug‗urta predmeti bo‗yicha:
-
vafot etishdan sug‗urtalash:
-
ma‘lum yoshgacha etish bo‗yicha sug‗urta;
-
hayotni aralash sug‗urtasi (vafot etish va ma‘lum yoshga etish).
-
Sug‗urta mukofotlarini to‗lash tartiblari bo‗yicha:
-
sug‗urta mukofotini bir martada to‗lash belgilangan sug‗urta shartnomasi;
-
sug‗urta mukofotini shartnoma amal qilishi davomida bo‗lib to‗lab borish
belgilangan sug‗urta shartnomasi.
Sug‗urta qoplamasini to‗lashning davriyligi bo‗yicha:
-
hayotni bir umrga sug‗urtalash;
-
hayotni ma‘lum davrga sug‗urtalash.
Sug‗urta qoplamasining turi bo‗yicha:
-
qat‘iy belgilangan sug‗urta summasiga asoslangan sug‗urta;
-
kamayuvchi sug‗urta summasiga asoslangan sug‗urta;
-
ko‗payuvchi sug‗urta summasiga asoslangan sug‗urta;
-
chakana narxlar indeksining ko‗tarilishiga muvofiq ravishda sug‗urta
summasining ortishiga asoslangan sug‗urta;
-
sug‗urtalovchining daromadida ishtirok etish hisobidan sug‗urta
summasining ko‗payishiga asoslangan sug‗urta;
25
-
sug‗urta mukofotini maxsus investitsiya fondlariga to‗g‗ridan-to‗g‗ri
yo‗naltirish natijalari bo‗yicha sug‗urta summasini belgilashga asoslangan
sug‗urta.
Sug‗urta qoplamasini to‗lash tartibi bo‗yicha:
-
sug‗urta summasini bir martada to‗lashga asoslangan sug‗urta;
-
renta to‗loviga asoslangan sug‗urta (annuitet);
-
nafaqa to‗loviga asoslangan sug‗urta.
Hayot sug‗urtasi insonlarga ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning butun
kompleksini hal etish imkonini beradigan katta hajmdagi sug‗urta kafolatlari va
investitsion xizmatlarning to‗plamini taqdim etadi. Shartli ravishda ushbu
xizmatlarni ikki guruhga ajratish mumkin: ijtimoiy va iqtisodiy. Birinchi guruh
vazifalarning amalga oshirilishi davlat ijtimoiy sug‗urtasi va ta‘minoti tizimidagi
etishmovchiliklarni boshqarish imkonini bersa,ikkinchi vazifalar guruhining
bajarilishi esa bir tomondan shaxsiy daromadlarning oshishiga olib kelsa ,ikkinchi
tomondan butun moliya-kredit operatsiyalarini amalga oshirish paytida zarur
bo‗lgan kafolatni taqdim etadi.
Ijtimoiy xarakterga ega bo‗lgan maqsadlar:
1)
Boquvchisini yo‗qotgan oilaning daromadini yo‗qotgan holatda oilani
himoya qilish.
2)
Sug‗urtalanuvchini vaqtincha yoki butunlay mehnat qobilyatini yo‗qotgan
holatda moddiy ta‘minlash.
3)
Qarilik pensiyasi bilan ta‘minlash.
4)
Bolalar balog‗at yoshiga etganda moddiy yordam ko‗rsatish uchun
mablag‗ to‗plash,misol uchun ularning talim olishi uchun to‗lovlar.
5)
Marosim xizmatlari haqlarini to‗lash.
Iqtisodiy xarakterga ega bo‗lgan maqsadlar:
1)
Investitsion daromad olish va kapital qo‗yilmalar bilan bog‗liq
jamg‗armalar tashkil etish.
2)
Xususiy biznesni himoya qilish, biznes bo‗yicha sherik, korxona
boshqaruvchisi, ―kalit‖ shaxs vafot etgan holatda korxonani saqlab qolish.
26
3)
Meros qoldirishni himoya qilish:
-
merosga soliqning sug‗urta polisidagi sug‗urta summasi hisobidan
to‗lanishi;
-
benefitsiarning sug‗urta summasidagi to‗g‗ridan-to‗g‗ri shaxsiy huquqi
sababli meros qoldirilayotgan mol-mulkning merosxo‗rlardan biriga osongina
o‗tishi, kreditorlar va boshqa merosxo‗rlarning huquqlaridan mustaqil ravishda;
-
sug‗urta summasining qonunda belgilangan tartibda meros uchun soliqdan
ozod etilishi.
4)
Hayot sug‗urtasidagi mukofot va to‗lovlar bo‗yicha soliqdan berilgan
imtiyozlar hisobidan shaxsiy daromadning ortishini ta‘minlash, bunday imtiyozlar
quyidagilar:
-
bir qancha davlatlararo sug‗urta shartnomalari tuzilsa sug‗urta uchun
soliqdan ozod etiladi;
-
hayot sug‗urtasi jismoniy shaxslarga daromad solig‗ini kamaytirish
huquqini beradi. Bu hayot sug‗urtasi bo‗yicha to‗langan sug‗urta mukofoti
summasini soliq hisoblanadigan bazadan chegirib tashlash orqali, yoki soliq
kreditlari hisobidan, ya‘ni daromad solig‗i summasining omonat yoki ijtimoiy
xarakterga ega bo‗lgan sug‗urta mukofotlari summasiga pasaytirilishi orqali
amalga oshiriladi. Hayot sug‗urtasining ushbu rag‗batlantirish metodi AQSH,
Kanada va evropa mamlakatlarida amal qiladi;
-
sug‗urta polisi orqali berilgan ssudalarga soliqlarning yo‗qligi;
-
uzoq muddatli hayot sug‗urtasi bo‗yicha sug‗urta to‗lovlarining daromad
solig‗idan ozod qilinishi;
-
kapitalning belgilangan summagacha ortishi va shartnoma amal qilish
muddatida soliq solishdagi imtiyozlar.
Qonuniy hujjatlarga muvofiq zimmasiga hayot sug‗urtasi bo‗yicha
belgilangan tartibda shartnoma tuzish majburiyati yuklatilganlar hayot sug‗urtasi
bo‗yicha alohida maqsadlarni belgilashi mumkin,masalan xavfli va zararli mehnat
sharoitidagi ishchilarning hayot sug‗urtasi,davlat xizmatidagi shaxslar hayot
sug‗urtasi. Rossiya Fuqarolik Kodeksida ―o‗z hayoti va sog‗lig‗ini sug‗urta qilish
27
majburiyati fuqarolarga qonunga muvofiq yuklatilishi mumkin emas‖. Lyokin har
bir fuqaro kredit olish vaqtida qo‗shimcha moliyaviy kafolat taqdim etmoqchi
bo‗lganda hayot sug‗urtasi bo‗yicha shartnoma tuzishga ehtiyoj sezadi.
Shunday qilib fuqaro hayot sug‗urtasi shartnomasini o‗z oilasini barvaqt
o‗lim xavfidan saqlash maqsadida, yoki kelgusi moliyaviy ehtiyojini ta‘minlash
uchun investitsion maqsadda tuzishi mumkin. Shuning uchun uzoq muddatli hayot
sug‗urtasi favqulodda muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarishga va bu orqali
davlatni qo‗llab-quvvatlashga imkon beradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida hayot
sug‗urtasi ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlashning muhim bir mexanimi
bo‗lib xizmat qiladi.
Rossiyada hayot sug‗urtasining favqulodda rivojlanishi ushun mavjud
ko‗plab omillar to‗sqinlik qilmoqda:
-
hayot sug‗urtasi uzoq muddatli xarakterga ega bo‗lgan ya‘ni polislarning
amal qilish davri 10-20yil yoki undan ortiq sug‗urta hisoblanadi.Siyosiy va
iqtisodiy nobarqarorlik sharoitida,inflatsiya yuqori bo‗lganda aholining uzoq
muddatli qo‗yilma aholida qiziqish uyg‗otmaydi;
-
uzoq muddatli hayot sug‗urtasining asosida sug‗urta mukofotlarini
kapitalizatsiya qilish yotganligi sababli sug‗urta tashkilotlarining barqarorligi va
moliyaviy holatiga jiddiy talablar qo‗yiladi.Umumiy nobarqarorlik va moliyaviy
krizis sodir bo‗lishi mumkin bo‗lgan holatda sug‗urta qiluvchilar uzoq muddatli
istiqbolga kafolat bera olmaydilar.Aholining ularga bo‗lgan ishonchi boshqa
institutlarda bo‗lgani kabi yetarlli emas.
-
barcha mamlakatlarda hayot sug‗urtasi asosan aholining o‗rta qatlami
uchun xizmat qiladi.Bu yerda aholi xarajatlaridan daromadlari yuqoriligi va ular
ushbu mablag‗larni kelajak avlodiga meros qoldirishni yoki investitsiya uchun
foydalanib, qo‗shimcha daromad olish maqsadini ko‗zlashi kuzatilgan.Hozirgi
kunda Rossiyada hayot sug‗urtasi uchun bunday keng sug‗urta bazasi mavjud
emas;
28
-
hayot sug‗urtasining jamga‘rish va omonat funksiyalarini bajarilishi uchun
investitsiyalar bozori rivojlangan bo‗lishi zarur.Rossiyada esa ushbu bozorlar
endigina tashkil etilmoqda.
-
ishlab chiqaruvchilar va aholining sug‗urta shartnomasi tuzishini
rag‗batlantiruvchi(misol uchun, yollanma ishchilarni sug‗urta qilish yoki hayot
sug‗urtasini ssuda va ipoteka kreditlari olish orqal ham amalga oshirish) qonuniy
va iqtisodiy richaglarning mavjud emasligi.
Hayot sug‗urtasi uchun faqatgina mijozlarga sug‗urta summasini to‗lash
kafolatini berish emas ,balki iqtisodiy qiziqish uyg‗otish va shartnomalar tuzish
hamdir. Sug‗urta operatsiyalarida to‗g‗ri yo‗lga qo‗yilgan soliq siyosati aholi va
yuridik shaxslarning hayot sug‗urtasi xuzmatlariga bo‗lgan talabni oshirish uchun
yaxshi richag bo‗lib xizmat qilishi mumkin.Bizni davlatda imtiyozli soliq solish
to‗g‗risidagi savol allaqachon muhokama qilingan lyokin hozircha hech qanday
siljish kuzatilgani yo‗q. Soliqdan imtiyoz faqatgina ish beruvchi o‗z ishchilarining
shaxsiy sug‗urtasining jamoa shartnomasini tuzayotgan paytda to‗lagan sug‗urta
to‗lovlari uchun amal qiladi,bazi hollarda sug‗urta badallari ushun ham o‗rnatilishi
mumkin.Biroq Rossiya qonunchiligida sug‗urta shartnomalari tuzilganda fuqarolar
uchun hech qanday soliqdan imtiyozlar va rag‗batlantirishlar kuzatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |