12.3. Sug„urta kompaniyalari investitsiya faoliyatining xorij
tajribasi
Rivojlangan
mamlakatlarning
investitsiya
bozorlarida
sug‗urta
kompaniyalarining olgan daromadlari ayrim sug‗urtalash turlari bo‗yicha sug‗urta
operatsiyalarini amalga oshirishda yuzaga kelgan zararlarni qoplash imkoniyatini
bermoqda. Shu nuqtai nazardan sug‗urta tashkiloti investitsiya faoliyatini samarali
olib borishi uning daromad manbalari tarkibida muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek sug‗urtalovchi sug‗urta operatsiyalarini amalga oshirishi va
investitsiya joylashtiriluvidan tashqari boshqa faoliyatdan ham daromad olishi
mumkin
19
.
Bunday daromadning manbalari bo‗lib quyidagilar hisoblanadi:
-
depo mukofotlar hisobiga o‗tkazilgan foiz summalari;
-
regress tartibida olingan summalar;
-
asosiy fondlar, moddiy boyliklar va boshqa aktivlarni sotishdan olingan
foyda;
-
ijarachilik faoliyatidan olingan daromadlar;
19
David Bland Insurance: Principles and Practice. The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 2003.
172
-
sug‗urta zahiralarining qaytim summalari;
-
o‗qitish, maslahat ishlarini olib borish bo‗yicha undirilgan to‗lovlar
hisoblanadi.
Sug‗urtalovchining sug‗urta xizmatlarini sotuvidan tashqari olgan
daromadlari asosan o‗z filiallariga ish qog‗ozlarini (hisobot blanklari va shu
kabilarni) tayyorlab berish, ularning yangi «maxsulot»ini reklama qilish kabilar
hisobiga olinadi. Ayrim hollarda ular ijara munosabatlari orqali ham daromadlarini
shakllantiradi.
Sug‗urtalovchilar tomonidan yig‗ilgan sug‗urta mukofotlar, ularning
jamg‗arma hajmini oshiradi. Shu bilan birga ularning biznesni yuritish bilan
bog‗liq xarajatlar, da‘vo va aksiyador dividentlariga sarflangan to‗lovlar
jamg‗arma hajmini kamaytiradi. Sug‗urtalovchi ko‗p yil davomida faoliyat
ko‗rsatish uchun jamg‗armani yildan-yilga mustahkamlab borishi zarur
20
. Shu
bilan birga kompaniya menejerlari bu mablag‗larni bank depozitida ma‘lum foiz
olish maqsadida ushlab turishadi. Agar menejerlar jamg‗arma mablag‗larini bank
kabi turli ob‘ektlarga investitsiya qilsalar, ular katta daromad olishlari mumkin.
Bank foiz to‗lash imkoniyatiga ega bo‗lgan mijozga berishi ham mumkin.
Mijozdan olingan pul mablag‗lari omonatchi to‗lovini va bank xarajatlarini
qoplashi lozim. Shuningdek sug‗urta jamg‗armaning menejerlari bevosita qar
berishi mumkin. Sug‗urtalovchilar bank bo‗lmaganligi tufayli ular bu ishni
aksiyalar sotib olish orqali amalga oshiradi.
Sug‗urtalovchilar o‗zlari mas‘ul bo‗lgan jamg‗armalar mablag‗larini boshqa
usul bilan ham joylashtiradilar. Masalan ijaraga berish va ob‘ektlarni qurish,
shuningdek turli moliyaviy instrumentlarni ishlatish usullari orqali amalga
oshiradilar.
1979 yildan boshlab, rivojlangan mamlakatlarda yangi tashkil etilgan
sug‗urta kompaniyalarga bir vaqtning o‗zida umumiy sug‗urtalash va hayot
sug‗urtasi bilan shug‗ullanish taqiq etilganligi to‗g‗risida qonuni harakatga tushishi
bilanoq, ko‗p tarmoqli sug‗urta kompaniyalar faoliyatining ikki turini alohida
20
David Bland Insurance: Principles and Practice. The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 2003.
173
alohida olib bordi. Chunki mazkur sug‗urta jamg‗armalar mohiyatan bir-biridan
farqlanadi. Hayot sug‗urtasi bilan bog‗liq mablag‗lar uzoq vaqt davomida
yig‗iladi. Agar jamiyat barqaror bo‗lib jamg‗arma oqilona boshqarilsa, unda
jamg‗armaning faqat oz qismi to‗lovlarga sarflanadi. Shunday qilib hayot
sug‗urtasi jamg‗armasining boshqaruvi uzoq muddatli xususiyatiga ega. Demak
uning mablag‗larini qisqa vaqt ichida foyda keltirmaydigan, masalan, aksiyalarga,
ko‗chmas mulkka va boshqa yo‗nalishlarga jalb qilish mumkin (bunday holatda
mablag‗lar besh yigirma besh yillar davomida kapital o‗sishini va yaxshi daromad
kelishini ta‘minlaydi). Agar bunday investitsiyalar yuqori likvidli instrumentlarga
bo‗lgan qurilmalar bilan balanslangan bo‗lsa, unda qurilmalarning barchasi
(portfel) hayotni sug‗urtalash bo‗yicha kompaniyalarning investitsion siyosatini
optimallashtiradi
21
.
Sug‗urta tashkilotlarining investitsiya faoliyati rivojlangan xorijiy
mamlakatlarda bo‗lgan Buyuk Britaniyada ancha taraqqiy etgan. Shunisi diqqatga
sazovorki, Buyuk Britaniyada faoliyat ko‗rsatuvchi barcha sug‗urta
tashkilotlari sug‗urtaning qaysi tarmog‗ida faoliyat ko‗rsatishiga qarab aktiv
va majburiyatlar bo‗yicha alohida hisob-kitob ishlarini yuritishadi.
Sug‗urtaning
bu
tarmoqlaridah
faoliyat
yurituvchi
sug‗urta
tashkilotlarining bo‗sh mablag‗larini investitsiyaga yo‗naltirishda alohida
talablar qo‗yilgan. Chunki, hayot sug‗urtasi odatda uzoq muddatli bulib, unda
sug‗urta zahiralarini uzoq muddatli investitsiya ob‘ektlariga joylashtirish
mumkin. Buyuk Briganiyadagi har bir sug‗urta tashkiloti o‗zining investitsiya
dasturlariga ega. Moliyaviy bozorning rivojlanishi natijasida sug‗urta
tashkilotlarining investitsion siyosatida jiddiy o‗zgarishlar yuz berdi. Shunday
bo‗lishiga qaramasdan, hozirgi paytda Buyuk Britaniya sug‗urtalovchilari o‗z
investitsion faoliyatlarini amalga oshirishda o‗tgan asrning 40 yillarini oxirida
London aktuariylar instituti tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillarga asoslanib
olib boradilar.
21
David Bland Insurance: Principles and Practice. The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 2003.
174
Buyuk Britaniyada uzoq muddatli hayot sug‗urtasi bilan shug‗ullanuvchi
kompaniyalar quyidagi tamoyillarga rioya etishlari shart:
-
investitsiya faoliyatining maqsadli sarflangan kapitalni saqlanishini
kafolatlagan holda yuqori darajada daromad olishdan iborat bo‗lishi;
-
investitsiya mablag‗lari turli-tuman ob‘ektlarga joylashtirilishi va bunda
iqtisodiy va siyosiy omillarning salbiy ta‘sirini mumkin bo‗lgan darajada kamaytirishni
hisobga olish;
-
sug‗urta tashkiloti elgusida iqtisodiyotda va siyosatda ehtimol tutilgan
o‗zgarishlarni hisobga olgan holda o‗z investitsiya dasturlarini ishlab chiqishi;
-
sug‗urta tashkilotlarining investitsiya faoliyati istiqbolli, iqtisodiy va ijtimoiy
loyihalarga mo‗ljallangan bo‗lishi kerak.
Sug‗urta tashkilotlarining investitsiya faoliyatidagi asosiy tamoyillaridan
biri investitsiya mablag‗larining likvidligini ta‘minlashdir.
Investitsiyalar bo‗yicha sug‗urta kompaniyalarining menejerlari doimo
yuqori daromad olishdan manfaatdor bo‗lganligi tufayli yo‗naltirish ko‗zda
tutilgan investitsiyalar ishonchlilik nuqtai nazarda ko‗rib chiqishni maqsadga
muvofiq deb biladilar.
Umuman olganda hayot sug‗urtasi jamg‗armalari investitsiyalarning
quyidagi holatlarini qayd etish mumkin
22
:
-
shartnomalar uzoq muddatli bo‗lishi lozim: qo‗yilgan xatolar
sug‗urtalanganlarga zarar keltiradi. shuning uchun sug‗urta mukofotlarining
tushishi barqaror va doimiy bo‗lishi lozim;
-
xarajatlar ularning miqdori va vaqt doirasida taksimlanishiga nisbatan
asosli va sinchkovlik bilan baholanishi lozim; ular favkulotda kerak bo‗lganda
jamg‗armalarga murojaat etish xususiyatidan holi bo‗lishi lozim;
-
inqiroziy risk ehtimolligi minimallashtirilishi lozim;
-
sug‗urta mukofotlari polis harakati davomida olingan foydani hisobga
oladi. Hayot sug‗urtalash jamg‗armasi o‗zining to‗lovligini o‗z investitsiyalari va
sug‗urta kompaniyalaridan tushgan mablag‗lar hisobidan qoplaydi. Shuning uchun
22
David Bland Insurance: Principles and Practice. The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 2003.
175
ishlab topilgan mablag‗ sug‗urta mukofotlarini hisoblashda nazarda tutilgan
summaga to‗g‗ri kelishi lozim;
-
investsion siyosat anderrayting bo‗yicha faoliyat kabi muhimdir.
Sug‗urtalanuvchilar manfaatida boshqariladigan hayot sug‗urtasining katta
miqdordagi zahiralar umumiy sug‗urtalash kompaniyalarining zahiralaridan
ancha ko‗pdir;
-
shartnomalar uzoq muddadga ega bo‗lganligi sababli sug‗urta to‗lovlarini
hiosob-kitob qilishda inflyasiya bilan bog‗liq jarayonlarni ham e‘tiborga olish
lozim;
-
kafolatlangan sotib olinuvchi annuitetlar va naqd pul bilan to‗lov
imkoniyati bor annuitetlar va daromad kuponlari investitsiyalarga nisbatan
boshqacha yondoshuvni, masalan, katta likvidlilikni talab qiladi.
Kompaniyalarning bunday xususiyati investitsiyalar sohasida ba‘zi bir
oqibatlarini belgilab beradi
23
:
-
shartnomar uzoq muddadli (60 yildan ko‗proq muddat) bo‗lganligi sababli
hayot sug‗urtasi jamg‗armalari oddatda o‗z mablag‗larini uzoq muddatli qimmali
qog‗ozlarga kiritadi;
-
hayot
sug‗urtasi
jamg‗armalar
kompaniyalarning
daromadlari
xarajatlaridan ko‗p bo‗lganligi sababli va barcha sug‗urta qoplamalar, zararlar va
shu kabilar mukofot va investitsiyalardan kelgan daromad hisobidan to‗lanilishi
sababli hayot sug‗urtasi jamig‗armalarini qisqaa muddatli qimmatli qog‗ozlarga
kiritish kerakligiga talab qolmaydi:
-
aktuariylarning tarjibasi shundan dalolat beradiki, polislar bo‗yicha
mas‘uliyat xaraktining tugatish muddatini investitsion prtfeldagi bitimlar
harakatining tugatish muddatlari bilan kelishish hayot sug‗urtasi kompaniyalari
uchun eng qulay siyosat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |