O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/140
Sana12.07.2022
Hajmi3,63 Mb.
#779279
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   140
Bog'liq
fayl 1641 20210826

 
2-rasm

Sug„urta kompaniyasining faoliyati sxemasi
12
Oxirgi yillar mobaynida hukumatimiz tomonidan sug‗urta sahasini 
rivojlantirishga kata e‘tibor berilib, sug‗urta bozorini bosqichma-bosqich isloh 
qilish tamoyili amalga oshirilmoqda. O‗zbekistonning mustaqil rivojlanishi davrida 
sug‗urtalashning huquqiy bazasiga va sug‗urta sohasida bozor tuzilmasini 
rivojlantirishga poydevor qo‗yildi. Keyingi yillarda mamlakat sug‗urta xizmatlari 
bozorida islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uni erkinlashtirish doirasida bir 
qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
2002 yil 5 apreldagi VIII-sessiyasida ―Sug‗urta faoliyati to‗g‗risida‖gi qonun qabul 
qilindi. Mazkur qonunning 6-moddasiga muvofiq, sug‗urtalovchilar sug‗urta 
12
Кенжаев И. Суғурта компанияларининг инвестицион фаолияти масалалари // Молия илмий журнали, 2013 
йил №2-сон, 62 б. 
Sug‘urtalovchi 
Sug‘urta rezervi 
Sug‘urtalanuvchilar
Sug‘urta mukofotlari 
Sug‘urta qoplamalari 
Investitsiyalash 
Investitsiyadan keladigan 
daromadlar 
Ishlab chiqarish хаrajatlari 
Аgentlik va brokerlarga 
mukofotlar 
Qayta sug‘urta bo‗yicha 
beriladigan mukofotlar 
Qayta sug‘urta bo‗yicha
qoplamalar 
Niz
om
ka
pit
ali


161 
faoliyatini amalga oshirish bilan bevosita bog‗liq bo‗lmagan tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug‗ullanishi taqiqlanishi belgilandi
13

O‗zbekiston Respublikasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning 
ustuvor yo‗nalishlarini amalga oshirilishi investitsion faoliyatni jadallashtirishga, 
xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishga, eksport salohiyatini yanada 
kengaytirishga va eksport o‗sishiga ko‗maklashishga qaratilgan hamda 
institutsional o‗zgarishlarni nazarda tutadi. Sug‗urta bozori rivojlanishining 
zamonaviy bosqichi sug‗urta biznesi xalqaro amaliyoti talablariga javob beruvchi 
sug‗urta xizmatlarining keng ko‗lami Bilan taqdim etilgan sug‗urta xizmatlari 
tizimini rivojlantirishning tabiiy talabini belgilab berdi. O‗zbekistonda sug‗urta 
bozorida ushbu xizmatlarni olib borish barcha turdagi tadbirkorlik faoliyati 
sub‘ektlarining va haolining keng qatlamlari manfaatlarini himoya qilishdan 
iboratdir. 
Sug‗urta kompaniyalari asosiy faoliyati bilan bir qatorda investsiya 
faoliyatini ham amalga oshirish imkoniyatiga egadir. Odatda, sug‗urta 
kompaniyalarining sug‗urtaviy xizmat ko‗rsatish o‗ziga xos xususiyatga ega ya‘ni, 
mijoz dastlab sug‗urtalovchiga sug‗urta badalini shartnoma tuzilishi bilan to‗laydi. 
Sug‗urta shartnomasi muddatining tugashi xizmat to‗liq ko‗rsatilganligini bildiradi. 
Demak, sug‗urta kompaniyalarida moliya resurslarining harakati xususiyatlari 
shunga olib boradiki, sug‗urta kompaniyalari ixtiyorida shartnomani amal qilish 
mobaynida qo‗shimcha daromad olish maqsadida investitsiyalash mumkin bo‗lgan 
vaqtinchalik majburiyatdan holi bo‗lgan katta miqdorda vaqtincha bo‗sh 
mablag‗lar to‗planadi. Sug‗urtalovchilar bu mablag‗larni qo‗shimcha daromad 
olish maqsadida turli ob‘ektlarga investitsiya qilishlari mumkin.
Sug‗urta tashkilotlari ixtiyorida katta miqdordagi moliyaviy resurslarni 
to‗planishi, ularni iqtisodiyotni rivojlanishida muhim rol o‗ynashini ko‗rsatadi. 
Chunki sug‗urta kompaniyalar tomonidan moliya resurslarining to‗planishi 
sug‗urtani faol investitsion siyosat yo‗li bilan iqtisodiyotning asosiy omiliga 
aylantiradi. Boshqacha so‗z bilan aytganda, sug‗urtalovchilar turli polis egalaridan 
13
―Sug‗urta faoliyati to‗g‗risida‖gi qonunning 6-moddasi, 2002 yil 5 aprеl.


162 
olingan passiv pul mablag‗larni moliya bozorida harakat qiluvchi aktiv kapitaliga 
aylantirishadi. 
Sug‗urta kompaniyasining investitsion imkoniyatlarini quyidagi omillar 
belgilaydi: 
-
yig‗iladigan sug‗urta mukofotlari hajmi; 
-
sug‗urta portfeli hajmi; 
-
amalga oshirilayotgan sug‗urta xizmatining foydaliligi yoki zararliligi; 
-
sug‗urta rezervlarini shakllantirishga davlat tomonidan qo‗yiladigan 
talablar; 
-
tuzilgan sug‗urta shartnomalari muddati; 
-
o‗zlik mablag‗lari hajmi. 
Sug‗urta kompaniyasining investitsion imkoniyatlari taxminan shunday 
deyarli shakllanib boradi. Investitsion imkoniyat asosiy qismi «O‗zlik 
mablag‗lar‖ga to‗g‗ri keladi. Sug‗urta rezervi esa domiy ravishda sug‗urta 
qoplamalari to‗lanishiga qarab o‗zgarib turadi. Sug‗urta kompaniyasining 
investitsion portfeli tizimi, uning moliyaviy barqarorligini ta‘minlashi lozim va u 
odatda sug‗urta nazorati me‘yorlari bilan belgilanadi. Unda sug‗urta zahiralarining 
vaqtinchalik bo‗sh turgan mablag‗larini joylashtirish tartibi belgilanadi. 
Inflyasiya termini lotinchadan inflation – shishish ma‘nosidan olingan 
bo‗lib, pul qiymatining pasayishini bildiradi, ya‘ni pul qiymatining pasayishi 
natijasida bir xil summadagi pul massasiga ma‘lum oldingi davrga nisbatan kam 
tovar va xizmatlarni sotib olinishi yuz beradi. Inflyasiya yuz berayotganligini 
ko‗rsatuvchi ko‗rsatkichlardan biri narx-navoning oshishidir. Yuqori darajadagi 
inflyasiya butun mamlakat iqtisodiyotiga zarar keltirish bilan birga, o‗z o‗rnida 
hayot sug‗urtasiga hamda investitsiyalarning daromadliligiga salbiy ta‘sir 
ko‗rsatadi. 
Dunyo mamlakatlari moliyasi tarixiga e‘tibor bergan holda aytish mumkinki, 
inflyasiya doimiy o‗sish xususiyatiga ega, shundan kelib chiqqan holda 
manbalarda inflyasiyani o‗suvchi xususiyatga ega ekanligi ta‘kidlanadi. Ammo 
buni inkor etuvchi holatlarning ham bo‗lganligini manbalarga asoslangan holda 


163 
aytish mumkin. Masalan, AQSH mamlakati iqtisodiyoti tarixiga e‘tibor beradigan 
bo‗lsak, 1770 yildan 1920 yilga qadar inflyasiya jarayonida o‗sish yuz bermagan, 
1920 yilda 1970 yilga qadar kichik hajmdagi inflyasiya, ya‘ni 20 foizlik inflyasiya 
yuz berganligini ko‗rish mumkin. 1810 yildan 1850 yilgacha va 1870 yildan 1890 
yilgacha bo‗lgan davrlarda hattoki deflyasiya jarayonlari yuz berganligini ko‗rish 
mumkin
14
. Angliya tarixiga e‘tibor beradigan bo‗lsak, bu mamlakatda 1900 yildan 
1940 yilgacha inflyasiyada o‗sish deyarli bo‗lmagan, 1940 yildan 1980 yilga qadar 
kichik foizda inflyasiya yuz bergan va 1980 yildan 2000 yillar oralig‗ida inflyasiya 
darajasining keskin oshib ketganligini ko‗rish mumkin.
15
Ushbu ikki holatdan 
xulosa qilgan holda aytish mumkinki, dunyo miqyosida sezilarli darajadagi 
inflyasiya jarayonlari 1970 yillardan keyin yuz berib boshlagan. 
Inflyasiyaning asosiy sababi – muomaladagi pul massasining ortib ketishidir. 
Muomaladagi pul massasi ko‗paygani holda ishlab chiqarilayotgan tovarlar va 
ko‗rsatilayotgan xizmatlar hajmi oshmasa o‗z-o‗zidan narxlar oshadi. 
Muomaladagi pul massasining oshishiga ba‘zi hollarda haqiqiy bo‗lmagan yasama 
pullarning noqonuniy guruhlar tomonidan (bunday guruhlar pul ishlab chiqaruvchi 
rasmiy korxonalarda ham faoliyat ko‗rsatishi mumkin) muomalaga chiqarilishi 
ham sabab bo‗lishi mumkin. 
Kuchli yoki o‗rtacha inflyasiya jarayonlari ketayotgan mamlakatda hayot 
sug‗urtasi xizmatlarini sotib oluvchilar soni kamayib ketadi, buning sababi hayot 
sug‗urtasi xizmatlari asosan uzoq muddatli bo‗lib, ushbu davr davomida 
sug‗urtalanuvchi tomonidan to‗lab borilgan pul mablag‗larining kuchli 
qadrsizlanishi yuz beradi. 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan davrlarda bir tuzumdan boshqa 
tuzumga o‗tilishi, o‗tish davrida ma‘lum muddat iqtisodiyotning izdan chiqishi 
sezilarli darajadagi inflyasiyaning yuz berishiga olib keldi. Bu esa o‗z o‗rnida 
hayot sug‗urtasi xizmatlariga o‗z ta‘sirini o‗tkazmay qolmadi va ma‘lum muddat 
davomida hayot sug‗urtasi xizmatlarini ko‗rsatish deyarli to‗xtab qoldi. 
14
www.measuringworth.com 
15
www.measuringworth.com


164 
Mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanish pallasiga kirgan bugungi kunda hayot 
sug‗urtasi xizmatlari hajmi ham yildan-yilga sezilarli darajada oshib bormoqda va 
ushbu xizmatni ko‗rsatayotgan sug‗urta kompaniyalari soni ham ko‗payib 
bormoqda.

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish