O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti «tasdiqlayman»


Nizoni hal qilishning pedagogik usullari



Download 7,8 Mb.
bet60/103
Sana09.07.2022
Hajmi7,8 Mb.
#766077
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103
Bog'liq
Kasbiy ta\'lim metodikasi

Nizoni hal qilishning pedagogik usullari:

  1. suhbat;

  2. iltimos;

  3. ishontirish;

  4. nizoga kirishuvchilarga qo‘yilgan talablar yoki ishtirokchilarning xatti- harakatlari noto‘g‘riligini tushuntirish va b.

Nizoni hal qilishning ma’muriy usullari:

  1. nizoga kirishuvchilar manfaatlarini kuch bilan bostirish;

  2. ularni boshqa ishga o‘tkazish;

  3. nizo qatnashchilarini turli ko‘rinishlarda o‘zaro ajratish;

  4. axloq komissiyasining qarori;

  5. rahbar buyrug‘i;

  6. sud qarori.

Pedagoglar pedagogik nizo ishtirokchilariga pedagogik, pedagogik yordam ko‘rsata olish imkoniyatiga ham ega bo‘lishlari zarur. Bu borada ko‘rsatiladigan yordam turlari quyidagilar sanaladi:
Pedagogik nizo sub’ektlariga ko‘rsatiladigan pedagogik-psixologik yordam turlari:
^ Maslahat berish;
Axborotli yordam ko‘rsatish;
Tashxislash;
Amaliy treninglar uyushtirish.
Axloqiy nizo-axloq ijtimoiy ong shakllaridan biridir, u muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi-shaxslarning bir-biriga, jamiyatga, xalq mulkiga, oilaga ishlab chiqarish vositalariga, muayyan tartibga solinadigan hatti harakatlarda tizimida ko‘rishimiz mumkin.
Shaxs muloqotda bo‘lgani sari ular o‘rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari umumiylik va o‘xshashalik va uyg‘unlik kabi sifatlar paydo bo‘ladiki, ular bir- birini bir qarashda tushunadilar yoki yarmiga jumladan fikr ayon bo‘lib qoladigan bo‘lib qoladi. Ammo shunday muloqot tizimidagi teskari reaksiyalarni bir-biridan charchab gapiradigan gapining qolmasligi kabi vaziyatni ya’ni, shaxslar va shaxslararo ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Guruhlararo ziddiyatlar - odamning o‘rtasidagi yoki shaxslararo munosabatlar asosan guruh sharoitida shaxs ma’lum insonlar davrasida, guruhda jamoada bo‘lgan taqdirdagina ro‘y beradi. Guruhlararo ziddiyatlar guruh a’zolarida liderlarni ko‘rishimiz mumkin. Liderlar: rasmiy va norasmiy bo‘ladilar, rasmiy lider o‘qituvchi tomonidan tanlangan guruh staristasidir, norasmiy lider boshqa guruhdagi shaxslarni o‘ziga jalb qila oladigan boshqalarni o‘ziga tortadigan shaxsdir. Bunday holatlarda rasmiy va norasmiy rasmiy lider o‘rtasida nizo yuzaga keladi.
NAZORAT SAVOLLARI

  1. . Nizo va uning turlari qanday tavsiflanadi.

  2. O’quv faoliyatidagi nizolarni qanday izohlaysiz.

  3. . Nizoning rivojlanish bosqichlarini sanang.

  4. Nizolarni bartaraf etish yo’llarini yoriting

  5. Pedagogik nizo nima?

  6. Pedagogik nizolarning asosiy turlarini izoxlang.

  7. Nizoni hal qilishning pedagogik va ma’muriy usullarini izoxlang.

  8. Pedagogik nizo sub’ektlariga ko‘rsatiladigan pedagogik-psixologik yordam turlari:




  1. MAVZU:O‘QUV JARAYONINI TASHKIL ETISHGA INNOVATSION YONDASHUV, 0‘QITISHNING SAMARALI SHAKLLARI

Reja:

  1. Ta’limning innovatsion shakllari.

  2. Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etishning samarali shakllari

  3. Vebinar texnologiyalar va ularni ta’lim jarayonida qo‘llash.

  4. O‘quv loyihalarini ishlab chiqish.

Tayanch tushuncha va iboralar: ta’limning innovatsion shakllari: muammoli ma’ruzalar, seminar-trening, debatlar, vebinar, masofali o‘qitish, mahorat darslari, vebinar texnologiyalari va b
1. Ta’limning
innovatsion shakllari. Zamonaviy sharoitda talabalarning o‘quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, o‘qitish sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega ta’lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda amaliy o‘yinlar, muammoli o‘qitish, interfaol ta’lim, modul-kredit tizimi, masofali o‘qitish, blended learning (aralash o‘qitish) va mahorat darslari ta’limning innovatsion shakllari sifatida e’tirof etilmoqda. Ayni o‘rinda ta’limning innovatsion xarakterga ega ushbu shakllari to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
I. Trening - (ingliz tilidan training-train -o‘qitmoq, tarbiyalamoq) interfaol mashg‘ulotlarni amalga oshirishning asosiy shakli bo‘lib, u o‘rganilishi lozim bo‘lgan nazariy g‘oya va fikrlarni amaliy ish, mashqlar davomida o‘zlashtirish, muloqot almashish imkonini beruvchi tashkiliy tadbir hisoblanadi. Trening bu nafaqat ta’lim oluvchilarda shaxslararo o‘zaro hamkorlikning samarali ko‘nikmasini shakllantirishga balki, mutaxassis kasbiy kompetentligining umumiy darajasini oshirishga yo‘naltiriladi. Trening mobaynida o‘qituvchilar nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtirish bilan birga, ularda bilish, emotsional va xulq-atvor ko‘nikmalari rivojlanib boradi.
• tahsil oluvchi faoliyatiga mo‘ljallangan ta’lim shakli bo‘lib, nazariy ma’lumotlarni amaliy mashqlar orqali o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. U ta’lim beruvchi tomonidan o‘qitishni emas, balki tahsil oluvchi tomonidan mustaqil va faol o‘rganishni ko‘zda tutadi.
Treninglar o‘rganilishi lozim bo‘lgan nazariy g‘oya va fikrlarni amaliy ish hamda mashqlar davomida o‘zlashtirish imkoniyatini beradi va qatnashchilardagi o‘zaro hamkorlikni, samarali muloqot ko‘nikmasini shakllantirishga yo‘naltiriladi. Har qanday trening quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
1. Izyuminka (joziba - qatnashchilar bilan ishlashning o‘ziga hos ajoyib tomoni) qatnashchilarning treningga qiziqishini uyg‘otish uchun qisqa bahs boshlash, savollar berish, qatnashchilar fikrini chalg‘ituvchi (provakatsion)
ta’kidlarni ilgari surish yoki qandaydir faoliyat turini faraz qilish. O‘quv mashg‘uloti qatnashchilarining dastlabki bilimlari va ularning hayotiy tajribalarini bog‘lashga harakat qilish. Trening ahamiyati nimadan iborat ekanligi sabablarini tushuntirish. Odatda trening qatnashchilari birinchi mashg‘ulotda o‘zini noqulay sezishi, Sizga nisbatan ishonchsizlik holatlari kuzatiladi. Unutmang, Sizning har bir harakatingiz va e’tiboringiz qatnashchilar ishonchini qozonishigizga asos bo‘ladi.

  1. Qatnashchilar uchun natijalarni ta’kidlash. Qatnashchilarga treningdan qanday maqsad kutilayotganini auditoriyaga tushuntiring. Qatnashchilar trening natijasida: «Bu treningdan keyin nimalarni bilishim va nimalarni qilishim lozim?» degan savolga javob berishlari kerak.

  2. Trenerning hissasi. Trening uchun zarur dastlabki ma’lumotlar, zarur bilimlar (matn, ma’ruza, hujjatlar, o‘qish) va biror faoliyat turini o‘tkazish uchun fan mazmunini namoyish qilish.

  3. Interfaol strategiya - treningning yuragidir. Interfaol uslubiyotda foydalanadigan ish tartibini qisqacha bayon qilish. Interfaol uslub-bu jamoaviy muhokamani tashkil etish, fikrlarni erkin aytish, muhokama, tahlil va faoliyatni baholashdir. Umuman treningdagi faoliyatning ushbu turida qatnashishning barcha qadamlarini chizib chiqish. Guruxda ishlash uchun aniq va qisqa tushuntirishlar olib borish. Qatnashchilar tushunganlik darajasini muntazam nazorat qilib borish. Treningni yakunlashga vaqt etishi uchun, uning har bir qismini diqqat bilan tashkil qilish. Bu erda treningni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan savollar muhim ahamiyatga egaligini e’tibordan chetda qoldirmaslik. Trener mashqlarni qatnashchilar tomonidan bajarish jarayonida topshiriqlarni to‘g‘ri bajarishini kuzatib borishi lozim.

  4. Debrifing (xulosa) baholash. Qatnashchilar o‘zlari yod olgan va o‘zlashtirgan bilim(yo‘nalish)lari bo‘yicha xulosa qiladilar, o‘zlashtirgan ma’lumotlar va malakalarni boshqa holatlarda, talabalar bilan ishlashda qo‘llashni muhokama qiladilar. Bu - treningni baholash qismidan iborat bo‘lib, bunda «Qatnashchilar nimani o‘rgandilar?» savoliga javob olinadi. Trening davomida qatnashchilar o‘rgangan yoki ko‘rsatgan bilimlari natijalar bilan mos kelishini tekshiriladi. Treninglar an’anaviy o‘quv mashg‘ulotlaridan quyidagi jihatlari bilan farqlanadi:

  • bunda ta’lim oluvchilar yoki ishtirokchilar guruhi yoshi va bilim jihatdan bir xil bo‘lmaydi;

  • trening jarayonining asosiy maqsadi ishtirokchilarni o‘zaro muloqotga

  • chorlash va faollashtirishdan iborat etib belgilanadi;

  • o‘qitish va tarbiyalashning shakl, metod va vositalari trening maqsadidan

  • kelib chiqib tanlanadi va individuallashtiriladi.

  • YAxshi trening har doim trener va qatnashchilarning o‘zaro hamkorlikdagi harakatlariga asoslanadi.

  • Treningni o‘tkazish texnikasi. Qatnashchilar bilan noverbal (so‘zsiz, mimika, pantomimika, qarash va hokazo) aloqa o‘rnatish:

  • Gapirayotganingizda har bir talabani ko‘z ostingizda tuting.

  • Hammaga bir xil e’tibor bering, Siz guruxdagi ba’zi odamlarga xayrixoh bo‘lib qolmang.

  • Xonada guruhning diqqatini buzmasdan harakat qiling (tez-tez va maqsadsiz yurishlardan qoching, shuningdek, guruhga o‘zingiz ko‘rinmaydigan joydan turib gapiring).

  • Qatnashchilarning bosh qimirlatishi, tabbassumi va hatti harakatlari nimanidir aytmoqchi ekanliligiga hohishi borligiga e’tibor bering.

  • Guruh qarshisida turing. O‘qish va trening boshlanganda o‘tirmang (xotirjam, shu bilan birga maqsadli va qat’iy bo‘ling).

  • Verbal (nutqiy) aloqa o‘rnatish:

  • Savollarni shunday tuzingki, qatnashchilar gapirsin. Bunda Sizga ochiq savollar yordam beradi: «Siz bu haqda nima deysiz?», «Nimaga?», «Qanday? «Agar? va hokazo. Agar talaba «Ha», «Yo‘q» deb javob bersa, «Nega shunday gapiryapsiz?» deb so‘rang.

  • O‘z ovozingiz ohangiga e’tibor bering. Ayniqsa, qatnashchilar ichida pedagogik ma’lumoti bo‘lmagan kishilar bo‘lsa, u holda asta-sekin va aniq gapiring.

  • Qatnashchilarni o‘zingizdan ko‘proq gapirishga undang. O‘zingiz va qatnashchilarning so‘zga chiqish vaqtlarini hisobga olib boring.

  • Hamma savollarga faqat o‘zingiz javob bermang. Qatnashchilar bir- birining savollariga javob berishi mumkinligini unutmang. Bu Sizning zaxirangizni ko‘paytiradi. «Kimdir bu savolga javob bera oladimi?» deb so‘rang.

  • Qatnashchilarning fikrini o‘z so‘zingiz bilan takrorlab, bir oz o‘zgartirib ifoda qiling. Bu Sizga gapiruvchini tushunishingizni etarli darajada nazorat qilishga imkoniyat beradi va muhokama savollarini tushunishni kuchaytiradi.

  • Bahs umumlashtirilgan natijalari mohiyatini har bir ishtirokchi to‘g‘ri tushunganiga va to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganligiga amin bo‘ling. Bu qarama- qarshiliklarni ko‘rish va xulosa chiqarish uchun qulay fursatdir.

  • SHaxsiy tajribangiz mazkur bahsga mos kelsa, qatnashchilar fikrlarini mustahkamlang. «Bu menga o‘tgan yilgi voqeani eslatadi» - deyishingiz mumkin.

Treninglarni samarali amalga oshirishda o‘qitish metodlarining tanlanishiga katta ahamiyat beriladi.

  1. Amaliy o‘yinlar. Dastlab “o‘yin” tushunchasining mohiyatini anglab olish talab etiladi.

Zamonaviy sharoitda ta’lim amaliyotida amaliy-innovatsion xarakterga ega o‘yinlardan samarali foydalanilmoqda. Ta’lim amaliyotida qo‘llaniladigan amaliy o‘yinlar o‘z-o‘zidan didaktik xususiyat kasb etadi, shu sababli ular ko‘p holatlarda “didaktik o‘yinlar” deb yuritiladi.
Kishilik tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida ham o‘yin sub’ekt faoliyatining eng birinchi va muhim turi sifatida tan olingan. Binobarin, shaxs faoliyatining muhim turlari - mehnat, o‘qish bilan birga o‘yin ham uning shakllanlanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘yinlar vositasida katta avlod tomonidan to‘plangan hayotiy tajriba, o‘zlashtirilgan bilim, turmush tarzi va ijtimoiy munosabat asoslari, madaniy qadriyatlar yosh avlodga izchil uzatib kelingan.
O‘yin shaxsning tarbiyalash, rivojlantirish, unga ta’lim berish xususiyatlariga ega. Mavjud xususiyatlari tufayli o‘yinlar qadim-qadimdan xalq pedagogikasining muhim asoslaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bevosita o‘yinlar bolalarda idrok, sezgi, xotira, tafakkur, nutqni rivojlantirishga yordam berish orqali ularni ma’naviy- axloqiy, aqliy, jismoniy va estetik jihatdan tarbiyalashga xizmat qiladi. “Maktabgacha yoshdagi bola o‘yin faoliyatida o‘qish va mehnatga tayyorlanadi. YOsh ulg‘aygan sari o‘yinning roli O‘yin - kishilik faoliyatining muhim turi hamda ijtimoiy munosabatlar mazmunining bolalar tomonidan imitatsiyalash (ko‘chirish, taqlid qilish) asosida o‘zlashtirish shakli sanaladi Amaliy o‘yinlar - muayyan amaliy harakatlarning tashkil etilishini imitatsiyalash imkoniyatini beradigan o‘yinlar biroz kamayib boradi. O‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati bolaning butun hayoti davomida saqlanib qoladi”
Agarda jismoniy xatti-harakatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan o‘yinlar bolalarda chaqqonlik, epchillik, chidamlilik, qat’iylikni tarbiyalasa, intellektual, konstruksiyali o‘yinlar ularni o‘ylashga, fikrlashga, mantiqiy tafakkur yuritishga o‘rgatadi. “O‘yin inson hayotining hayotining har bir davri uchun uning ruhiy rivojlanishini belgilovchi etakchi faoliyat turi hisoblanadi. Faqat o‘yinda va o‘yin orqali bola voqelikni, shu jumladan, kishilar ijtimoiy munosabatlarini, hulqini, xatti- harakatlarini bilib oladi”. Tarixiy taraqqiyot jarayonida o‘yin nafaqat bolalar, balki kattalar hayotidan ham alohida o‘rin egallashga muvaffaq bo‘lindi. Zamonaviy sharoitda intellektual, kompyuter, iqtisodiy, harbiy, kasbiy, sport va maishiy hodiq chiqarishga ko‘maklashadigan o‘yin modellari ham kattalar orasida keng ommalashgan. O‘yinning mohiyati va tuzilishi ma’lum ko‘nikma, malaka, qobiliyat va sifatlarning har bir ishtirokchida butun o‘yin davomida shakllanishini ta’minlaydi. Ta’lim jarayonda o‘yin texnologiyalaridan foydalanishda o‘qituvchi pedagogik vazifalarini ssenariyda aniq ifodalay olishi zarur. O‘yin faoliyatining psixologik mexanizmlari shaxsning o‘zini namoyon qilish, o‘zining hayotda o‘rnini belgilash, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishan iborat asosiy ehtiyojlarni qondirish imkoniyatini yaratadi. O‘yin ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish va qayta yaratishga yo‘nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida

belgilanadi hamda o‘yin jarayonida shaxsning o‘z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.


O‘yinli texnologiyalari, shuningdek, talabalarning ijodiy qobiliyati va kreativ tafakkurini o‘stiradi. Pedagogik maqsadda foydalanilayotgan o‘yinlar o‘yin texnologiyalari deb nomlanadi. O‘yin texnologiyalari ta’lim oluvchilarni muayyan jarayonga tayyorlash, ularda ma’lum hayotiy voqelik, hodisalar jarayonida bevosita ishtirok etish uchun dastlabki ko‘nikma, malakalarni hosil qilishga xizmat qiladi. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (m: ta’lim oluvchilar, ota-onalar, pedagogik jamoa a’zolari, ta’lim muassasalarining rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlarining vakili va b.) sifatida turli rollarni bajarish ishtirokchilarga pedagogik faoliyat mazmuni bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratish asosida ma’lum faoliyatni samarali tashkil etishga nazariy, amaliy va ruhiy tayyorgarlikka erishish nuqtai nazaridan yordam beradi. ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirishning barcha ko‘rinishlari: bilim, ko‘nikma, malaka hamda hissiy- baholovchi faoliyat jarayonini hosil qilishga yo‘naltirilgan shartli o‘quv vaziyatlarini ifodalovchi shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim (pedagogik texnologiya) turlaridan biri • didaktik maqsad talabalar oldiga


o‘yinli topshiriq shaklida qo‘yiladi;

  • o‘quv faoliyati o‘yin qoidalariga bo‘ysundiriladi;

  • didaktik o‘quv materialdan o‘yin vositasi sifatida foydalaniladi;

• o‘quv faoliyatida didaktik vazifani o‘yin vazifasiga aylantiruvchi musobaqa elementi qo‘llaniladi;
•muvaffaqiyatli bajarilgan didaktik topshiriq o‘yin natijasi sanaladi
O‘quv jarayonida o‘yin texnologiyalarining o‘rni, roli, shuningdek, o‘yin elementlari hamda ta’limning o‘zaro uyg‘unligi ko‘p jihatdan o‘qituvchi tomonidan pedagogik o‘yinlar mohiyati, funksiyasi va turlarining qanchalik tushunilishi bilan belgilanadi. Har qanday o‘yinlar kabi pedagogik jarayonlarda foydalaniladigan o‘yinlar ham o‘zining aniq maqsadi va natijasiga ega bo‘ladi. Ta’lim muassasalarida ko‘p holatlarda rolli va kasbiy xarakterga ega ishbilarmonlik o‘yinlarian foydalaniladi. Muhimi pedagogik maqsadlarda qo‘llaniladigan o‘yinli
texnologiyalarining asosini talabalarni faollik va tezkorlikka asoslangan faoliyati tashkil etadi. Pedagogik o‘yinlar yangi o‘quv materialini o‘zlashtirish, mustahkamlash, talabaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, umumiy kasbiy tayyorgarlik ko‘nikma, malakalarini shakllantirish kabi masalalarni echishga qaratiladi. Ular yordamida talabalar turli holatlardan o‘quv materialini tushunish, uning negizida ma’lum ko‘nikma, malaka va sifatni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ayni o‘rinda o‘yin metodikasiga ko‘ra guruhlangan o‘yin texnologiyalarining mohiyati xususida so‘z yuritiladi.


. Pedagogik o‘yinlarning asosiy belgilari




  1. Didaktik o‘yinlar - o‘rganilayotgan ob’ekt, hodisa, jarayonlarn modellashtirish asosida talabalarning bilishga bo‘lgan qiziqishlari, faolliklarini oshiradigan o‘quv faoliyati turi hisoblanadi. Bu kabi o‘yinlar ishtirokchilar tomonidan ijtimoiy-foydali mehnat va o‘qish ko‘nikmalarini faol o‘zlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning ahamiyati natijalar bilan emas, balki jarayonning mazmuni va kechishi bilan belgilanadi; bu kabi o‘yinlar ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ulardagi turli psixologik zo‘riqishlarni kamaytiradi.

  2. Syujetli o‘yinlar - pedagogik voqelik, hodisalar bayonining muayyan izchilligi va unda ishtirok etayotgan shaxslar faoliyatining o‘zaro bog‘liqligiga asoslangan o‘yinlar sanaladi. Bu kabi o‘yinlar odatda pedagogik muammolarning

echimini izlash, ta’lim-tarbiya jarayonida yuzaga kelgan muammoli vaziyatlarni bartaraf etish, shaxsni qayta tarbiyalash maqsadida qo‘llaniladi.
Pedagogik o‘yinlar Talabaning xohishiga ko‘ra-tanlangan erkin rivojlantiruvchi faoliyat ekanligi. Ushbu faoliyatning ijodiy, avvaldan tayyorlanmagan, juda faol xarakteri Faoliyatning hissiy ko‘tarinkiligi, raqobatga asoslanishi Bilvosita va bevosita qoidalarning mavjudligi

  1. Rolli o‘yinlar - ma’lum bir shaxsning vazifa va majburiyatlarini bajarishdagi ruhiy holati, xatti-harakatlar mohiyatini ochib berishga yo‘naltirilgan o‘yinlar, ularda rollar majburiy mazmuni bilan taqsimlanadi. Rolli va ishbilarmonlik o‘yinlari ishtirokchilarni muayyan jarayonga tayyorlash, ularda ma’lum hayotiy voqelik, hodisalar jarayonida bevosita ishtirok etish uchun dastlabki ko‘nikma- malakalarni hosil qilishga xizmat qiladi. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (m: talabalar, ota-onalar, pedagogik jamoa a’zolari, ta’lim muassasalarining rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlarning vakillari va b.) sifatida turli rollarni bajarish pedagogik faoliyat mazmuni bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratib, ma’lum faoliyatni samarali tashkil etishga nazariy, amaliy, eng muhimi, ruhiy jihatdan tayyorlanishga yordam beradi.

  2. Ishbilarmonlik o‘yinlari - ma’lum faoliyat, jarayon yoki munosabatlar mazmunini yoritish, ularni samarali, to‘g‘ri, oqilona uyushtirishga doir ko‘nikma, malaka hamda sifatlarni o‘zlashtirish maqsadida tashkil etiladigan o‘yinlar. Bu turdagi o‘yinlar ta’lim oluvchilarda aniq faoliyat yo‘nalishida zarur BKM va sifatlarni shakllantirish yoki rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi. SHu jihatdan ishbilarmonlik o‘yinlari ishlab chiqarish jarayoni, kasbiy faoliyatining modellashtirilishini anglatadi. Ishbilarmonlik o‘yini talabalarda kasbiy sifatlarni hosil qilish bilan birga shaxsiy sifatlarni ham tarbiyalaydi, ularning ijtimoiylashuvini ta’minlaydi.

  3. Imitatsion o‘yinlar - ishlab chiqarish korxonalari, ish o‘rinlari, firmalar, tashkilotlarda xodimlar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatni imitatsiyalash (taqlid qilish, ko‘chirish) asosida talabalarni muayyan amaliy yoki kasbiy faoliyatga samarali tayyorlashga yo‘naltiradigan o‘yinlar. Bu turdagi o‘yinlar ssenariyasi, syujetidan tashqari, imitatsiya jarayon, ob’ektlarning tarkibiy tuzilmasi va ahamiyatini to‘la ochib berish maqsadia modellashtiriladi. Imitatsion o‘yinlar jarayonida ta’lim oluvchilar muayyan operatsiyalarni, m: masalalar echish, ma’lum bir usulni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

  4. Dramatik o‘yinlar (psixologik va ijtimoiy dramalar) - psixologik hamda ijtimoiy masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan o‘yinlar bo‘lib, ular tashkil etilishi, metodik xususiyatlariga ko‘ra rolli va ishbilarmonlik o‘yinlariga yaqin. Odatda psixologik va ijtimoiy xarakterdagi dramatic o‘yinlar jamoadagi muhitni yaxshilash, shaxslararo munosabatlarning ijobiy bo‘lishiga erishish, muloqotga kirisha olish, jamoada yagona birlikni qaror toptirish, o‘zgalarning ruhiy holatini to‘g‘ri baholash, og‘ir vaziyatlarga uch kelgan sub’ektlarga yordam ko‘rsatish hamda samarali, unumli faoliyat ko‘rsatish uchun zarur sharoitni yaratishga xizmat qiladi. Barcha o‘yinlarda bo‘lgani kabi pedagogik o‘yinlar jarayonida ham ishtirokchilar faol holatda bo‘ladi, sheriklari bilan o‘zaro munosabatga kirishadi, shuningdek, o‘z qarashlarini sheriklariniki bilan taqqoslash, jamoa bilan zarur munosabatni o‘rnatish orqali o‘zini o‘zi o‘rganadi. Pedagogik jarayonda o‘yinlardan foydalanishda ayrim jihatlarga e’tibor qaratish lozim. Jumladan:

o‘yin ssenariysini tayyorlash; yo‘riqnomalar tuzish;
auditoriyani o‘yin mohiyatiga muvofiq jihozlash
Ssenariy va uning mohiyati muhim ahamiyatga ega. Zero, aynan ssenariygina tegishli ta’lim, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarga erishish imkoniyatini ta’minlaydi. O‘qituvchilar o‘yin ssenariylarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratishlari, ssenariyni tayyorlash malakasiga ega bo‘lishlari zarur. Pedagogik xarakterdagi o‘yinlarning tarkibiy tuzilmasi quyidagilardan iborat:

  • o‘quv maqsadi;

  • o‘yinning vazifasi;

  • o‘rganiladigan muammo tafsiloti;

  • o‘yin vaziyatining tafsiloti;

  • ishtirokchilarning tasnifi

Ta’lim jarayonida o‘yin texnologiyalari qo‘llash quyidagilarga asoslanadi:

  • guruhni shakllantirish;

  • mashg‘ulotlarning bosh maqsadini ifodalash;

  • muammoli vaziyatni vujudga keltirish;

  • rollarni taqsimlash,

  • o‘yin reglamentini o‘rnatish;

  • materiallar, yo‘riqnomalar, qoidalar va

  • ko‘rsatmalar to‘plamini tarqatish;

  • maslahat berish

O‘yin texnnologiyalarini qo‘llashda rollar qur’a tashlash yo‘li bilan taqsimlanadi. Bunda rollar nomi yozilgan kichik qog‘ozchalarda foydalanish mumkin. Rollarning ishtirokchilar o‘rtasida qur’a asosida taqsimlanishi kelib chiqish ehtimoli bo‘lgan noroziliklarning oldini oladi. O‘yin jarayonida belgilangan vaqt (reglament)ga, muloqot odobiga rioya etish, faollik ko‘rsatish hamda o‘yinni oxirigacha davom ettirish kutilgan natijani kafolatlaydi. Shuningdek, quyidagi omillar pedagogik maqsadlarda o‘yin texnologiyalaridan samarali foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi:

  • o‘yin ssenariysining puxta tayyorlanganligi;

  • o‘yin maqsadi va vazifalarining to‘g‘ri, aniq belgilanishi;

  • o‘yin qoidalarining aniq, lo‘nda (8-10 tagacha) ifodalanishi;

  • o‘yin yo‘riqnomasining mavjudligi;

  • ishtirokchilarning o‘yin jarayoniga qiziqishlari;

  • rollarning samarali, to‘g‘ri taqsimlanishi;

  • jamoada ko‘tarinki kayfiyatning yuzaga kelishi;

  • ishtirokchilarning bir-birlarini tushuna

  • olishlari va qo‘llab-quvvatlashlari;

  • har ishtirokchining o‘yin natijasi uchun mas’uliyatni his etishi;

  • barcha ishtirokchilar imkoniyatlarining yagona maqsadga yo‘naltirilishi O‘yin jarayonida hech kim halaqit qilmasligi kerak. Bordi-yu, zaruriyat

bo‘lsagina faqat boshlovchi ishtirokchilarning harakatlarini tuzatishi, ularni to‘g‘ri yo‘naltirishi mumkin. Har qanday jarayon singari o‘yin yakunida uning tashkil etilishi, o‘tkazilishi yuzasidan muhokama o‘tkazilishi zarur. Muhokama chog‘ida o‘yin ishtirokchilari, tomoshabin (jamoaning o‘yina ishtirok etmagan a’zolari), ekspertlar o‘yinning tashkil etilishi va o‘tkazilishi yuzasidan o‘z fikr- mulohazalari, takliflarini bildiradi. Muhokama jarayoni quyidagi tartibda tashkil etiladi:

  • taqrizchilarni chiqishlari;

  • fikrlar almashinuvi;

  • ishtirokchilarning o‘z qarorlari va xulosalarini himoya qilishlari;

  • o‘yinga yakun yasash

NAZORAT SAVOLLARI:

  1. Amaliy o‘yinlarning zamonaviy ta’lim uchun ahamiyati qanday?

  2. Amaliy o‘yinlarning qanday turlari mavjud?

  3. Mahorat darslari nima va ular qanday tashkil etiladi?

  4. Bugungi kunda OTMda qanday innovatsion o‘qitish shakllari keng qo‘llanilmoqda?

  5. Didaktik o’yinli texnologiyalarni izoxlang.

  6. Imitatsion o’yinlar nega kerak?

  7. Dramatik o‘yinlarni izoxlang.

  8. O‘yin texnnologiyalar turlarini izoxlab bering.

  1. MAVZU: ISHLAB CHIQARISH TA’LIMIDA YO‘RIQNOMA O‘TKAZISH METODIKASI

REJA:

  1. Yo‘riqnomalarning vazifalari va tasnifi. Og‘zaki va yozma yo‘riqnoma.

  2. KHK o‘quv xonalari, laboratoriyalari hamda o‘quv ustaxonalarini tashkil qilish bo‘yicha umumiy talablar.

  3. Kasb-hunar ta’limi o‘quv ustaxonalaridagi ta’lim va tarbiyaning vazifalari hamda ularning jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar.

Tayanch tushuncha va iboralar: Ishlab chiqarish ta’limi, joriy ko‘rsatma, yakuniy ko‘rsatma, o‘quv ustaxonasi, yo’riqnoma,
Ishlab chiqarish ta’limi turli shakllarda joriy qilinadi. Bularga kasb-hunar kollejlari o‘quv ustaxonasida ishlab chiqarish sayohati, amaliyoti va maslahatlar, ishlab chiqarish korxonalar ustaxonalarida amaliyotlar, ish o‘rinlarida diplom oldi ishlab chiqarish amaliyoti va boshqalar kiradi.
Ishlab chiqarish ta’limini tashkil etishning asosiy shakllarini ko‘rib chiqamiz.
Ishlab chiqarish ta’limi - o‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulot bo‘lib, uning maqsadi ishlab chiqarish sharoitlarida unumli mehnat uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish xisoblanadi. Ishlab chiqarish ta’limi mashg‘ulotlarida bilimlarni yaxlitlashtirish va ularni talabaning amaliy faoliyati jarayonida har tomonlama qo‘llash amalga oshadi. Bu ishlab chiqarish ta’limi mashg‘ulotlarining tuzilmasini, mazmuni va o‘qitish usullarini, shuningdek ularning davomiyligini aniqlab beradi. Ishlab chiqarish ta’limi mashg‘ulotlari tuzilmasida ko‘rsatma berish muhim bo‘lib ularga boshlang‘ich ko‘rsatma, joriy ko‘rsatma va yakuniy ko‘rsatmalar kiradi.
Boshlang‘ich ko‘rsatma berish quyidagi vazifalarni echadi: a) talabalar oldida turgan ishlar mazmuni bilan va uni bajarish mumkin bo‘lgan vositalar bilan (asbob, moslama, jihoz va hokazo) tanishtirish; b) mehnatning yakuniy natijasiga (mahsulotga) bo‘lgan talablar va texnik hujjatlar bilan tanishtirish; v) butun ishni va uning alohida qismlarini (usullar, operatsiyalar va h.k.) bajarish qoidalari va ketma- ketligini tushuntirish; g) mumkin bulgan qiyinchiliklar, xatolar haqida talabalarni ogohlantirish; d) zarur hollarda operatsiyalarning bajarilishi ustidan o‘z-o‘zini nazorat qilish usulini namoyish qilish.
Joriy ko‘rsatma berish talabalar tomonidan amaliy ishlar bajarilayotganda o‘tkaziladi. U odatda, yakka tartibda va guruh bo‘yicha o‘tkaziladi.
Joriy ko‘rsatma berishda usta butun o‘quv guruhi diqqatini o‘rganilayotgan operatsiyani bajarishning eng samarali usullariga qaratadi, topshiriqni bajarishga sust tayyorlangan talabalarga yordam beradi va hokazo. Usta faoliyatining yutug‘i ko‘pincha butun guruh va har bir talaba ishi ustidan maqsadga yo‘naltirilgan kuzatuvni tashkil etish mahoratidan bog‘liq bhladi. Guruhni faollashtirishga musobaqa elementlari, o‘yin vaziyatlarini kiritish bilan, alohida operatsiyalar bajarilishini bosqichma-bosqich baholash bilan erishiladi.
Yakuniy ko‘rsatma berish bir necha didaktik va tarbiyaviy maqsadlarga ega: guruxda jamoaviy va yakka tartibdagi mehnat natijalarini ob’ektiv baxolash, ilg‘or talabalarni aniqlash va ularni rag‘batlantirish, u yoki bu mehnat operatsiyalarini bajarishda umumiy va yakka tartibdagi xatoliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini izlash va hokazo. YAkuniy ko‘rsatmalarni to‘g‘ri berish talabalarga katta tarbiyaviy ta’sir o‘tkazadi, ularda o‘z mexnati natijasi uchun javobgarlik, jamoaviylik, bajarilgan ishdan qoniqish hosil qilish, mehnatga bo‘lgan estetik munosabat hissiyotini uyg‘otadi va shakllantirishga ko‘maklashadi.
O‘rganilayotgan materialning maqsadlari va mazmunidan bog‘liq ravishda ishlab chiqarish darslarining quyidagi turlari mavjud:

  • maqsadi talabalarga o‘rganilayotgan usul yoki operatsiyalarni bajarish uchun ishlab chiqarishtexnik bilim, boshlang‘ich ko‘nikma va mahorat berish bo‘lgan mehnat usul va operatsiyalarini o‘rganish bo‘yicha darslar;

  • maqsadi talabalarni asta-sekin murakkablashib borayotgan o‘quv ishlab chiqarishlari, mehnatni tashkil etish va texnologik jarayonni rejalashtirish, ko‘nikma va mahoratlarni takomillashtirish va mustahkamlash, turli birikmalarda avval o‘rganilgan operatsiyalarni bajarish bilan tanishtirish bo‘lgan kompleks ishlarni bajarish bo‘yicha darslar.

Maxsus tajriba maydonlarda ishlab chiqarish darsi. O‘quv sharoitlarida ko‘pincha ko‘nikma va mahoratlarni shakllantirish uchun ishlab chiqarish xaqiqiy vositalardan foydalanishning imkoni bo‘lmaydi. Maxsus tajriba maydonlariga turli xil avtotransport vositalari bilan jixozlangan maydonchalar, qurilish mashinalari va mexanizmlari bilan jihozlangan o‘quv-qurilish maydonchalari, harakatlanuvchan katta yukli kranga ega bo‘lgan ochiq maydonchalar, geologik va geodezik ishlar uchun o‘quv maydonchalari va hokazolar kiradi. Maxsus-tajriba - o‘quv maydonchalarida kasb-hunar kollejlari yo‘nalishlariga qarab, masalan, qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji maydonchasida - qishloq xo‘jalik mashinalarini o‘rganish va ular bilan ishlar, maishiy xizmat kasb-hunar kollejida - tikuvchilik mashinalarini o‘rganish va ular bilan ishlar amalga oshiriladi.
O‘quv ustaxonasida ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha mashg‘ulotlar. O‘quv ustaxonasida ishlab chiqarish ta’limi - talabalar o‘quv va ishlab chiqarish faoliyati ko‘lamini kengaytirishning muhim shartlaridan biridir.
O‘quv ustaxonalarida ishlash o‘quv-tarbiyaviy jarayonning samaradorligini oshiradi, chunki o‘qitish sharoitlari ishlab chiqarish sharoitlariga yaqin va talabalarga murakkab mahsulot ishlab chiqarish jarayonini o‘zlashtirish imkonini beradi. Tayanch ishlab chiqarish korxonalari ustaxonalarida mashg‘ulotlar. Talabalarning korxonada ishlab chiqarish ta’lim olishlaridan asosiy maqsad - ularning kasbiy ko‘nikma va mahoratlarini oshirish, kasbiy bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ilgor ishlab chiqarish tajribasi bilan tanishtirish, ishlab chiqarish amaliyotiga tayyorlash va shular asosida kasb-hunar kollejlarini tugatgandan so‘ng ishlab chiqarishda mustaqil faoliyat ko‘rsatishga o‘rgatishdan
iboratdir. Talabalarni korxona ustaxonalarida o‘qitish - malakasi kichik mutaxassislarni tayyorlashdagi hal qiluvchi davr hisoblanadi. Bu erda talabalar ishlab chiqarish holati, yangi jixozlar va texnologik moslamalar, zamonaviy texnologik jarayonlar bilan tanishadilar. Korxonada ishlab chiqarish ta’limi talabalarning kompleks ishlarni bajarishda muhim ko‘nikmalarni mustahkamlashlari va takomillashtirishlariga, texnologik jarayonlarni rejalashtirish
mahoratiga ega bo‘lishlariga, turli maxsulotlaming assortimentlari bilan keng tanishib chiqishlariga yo‘naltirilgan.
Ishlab chiqarish amaliyoti. Ishlab chiqarish amaliyoti kasbiy tayyorgarlikning yakuniy bosqichini tasvirlaydi va o‘qitishning so‘nggi oylarida o‘tkaziladi. Ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida echiladigan vazifalarga quyidagilar kiradi: talabalarning ishlab chiqarish sharoitlariga ijtimoiy, psixologik va fiziologik jihatdan moslashishi; kasbiy bilim, ko‘nikma va maxoratlarni takomillashtirish; tanlangan kasb bo‘yicha ixtisoslashtirish; murakkab ishlab chiqarish ishlarini bajarishda mustaqil ishlash tajribasini to‘plash; progressiv texnologiyalar va zamonaviy jihozlarni, mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalarini o‘rganish; yuqori unumli asbob va moslamalarni, ishlab chiqarish ilg‘orlari tajribasini o‘zlashtirish; korxona texnik va texnologik hujjatlarni, ish o‘rinlarida mexnatni ilmiy tashkil qilish masalalarini o‘rganish; ko‘nikma va maxoratni shakllantirish, bilimlarni amaliyotda qo‘llash, murakkab ishlab chiqarish vazifalarini yechishdan iboratdir.
Ishlab chiqarish amaliyoti tayanch ishlab chiqarish korxonasi ish o‘rinlarida tashkil etiladi. Korxona odatda, amaliyotga raxbarlik qilish uchun muhandis-texnik xodimlar va malakali mutaxassislarni ajratadi. Ta’lim olishning bu davrida talabalar korxonada mustaqil ishlashga to‘liq tayyorlanadilar. Ma’lumki, kasb-hunar ta’limining moddiy-texnika bazasi yaxshi ta’minlangan va ulardan maqbul foydalanilgan holdagina, sifat jihatdan ko‘zlanganday mutaxassis kadrlar tayyorlash imkoniyati tug‘iladi. SHu bois o‘quv muassasalarni o‘zida ham, korxona sexlarida ham yaxshi jihozlangan ustaxona, maydonlar tashkil qilinishi nazarda tutiladi. Tahsil oluvchilar bu erda ish o‘rnini oqilona tashkil etish malakalarini egallaydilar, shuni bajarish uchun zarur bo‘lgan asbobuskunalar, moslamalar, mexanizmlar bilan tanishadilar, operatsiyalar va hatti-harakatni bajarish tartibini, ishlab chiqarishi madaniyatini egallaydilar, o‘quv vaqtidan oqilona foydalanish xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish va texnologik talablarga rioya qilishni o‘rganadilar. Ta’lim muassasalarida o‘quv ustaxonalarining mavjudligi tahsil oluvchilarni frontal o‘qitish uchun zarur sharoitlar yaratadi, nazariy mashg‘ulotlarni amaliyot bilan oqilona bog‘lab o‘rganilishiga imkon beradi, materiallarni o‘quv dasturiga muvofiq izchillikda o‘rganishni ta’minlaydi.

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish