167
Avtonom tizim- tizimli va muammoli hisobning umumlashgan yaratilishi
moliyaviy va boshqaruv hisoblari o‘rtasidagi aloqa bir nomlanishdagi juftli nazorat
schyotlari yordamida amalga oshiriladi.
Хarajatlarning tezkorligi bo‘yicha tizimlar quyidagicha farqlanadi: haqiqiy
xarajatlarni hisoblash tizimi va standart xarajatlarni hisoblash tizimi. Хarajatlarning
tezkorligi- samaradorlikni oshirishga qaratilgan tizimni harakatchanligining
kriteriyalaridan biri hisoblanadi.
Haqiqiy xarajatlarni hisoblash tizimi sotish qilingan mahsulot va foydani,
tannarxni hisoblash, haqiqiy tannarxni aniqlash va aniq nomdagi tayyor mahsulot
birligining sotishsidan olingan daromadni aniqlash uchun ma‘lumotni
shakllantirishdan iborat.
Standart xarajatlarni hisobga olish tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
materiallar, asosiy fondlar, mehnatga bo‘lgan xarajatlar, ustama sarflarini, sotib olish
va ishlatishga ketgan xarajatlarga standartlarni ishlab chiqish; me‘yoriy xarajatlar
bo‘yicha tannarx kalkulatsiyasini tuzish, me‘yorlar va smetalardan chetga
chiqishlarni belgilab haqiqiy xarajatlarni hisobga olishlarni mujassamlashtiradi.
Jahon amaliyotida bunday tizim "standart-kost" deb ataladi. U tannarxning
shakllanishi jarayonini nazorat qilishning tezkorligiga va uning jarayonini kerak
bo‘lganda tartibga solishga qaratilgan.
Хarajatlarni tannarxga kiritishning to‘liqligi- amaliyotda qo‘llanilayotgan hisob
tizimlarini turkumlashning belgilaridan biri hisoblanadi. Тo‘liq xarajatlarning hisobi
tizimi va qisman xarajatlarning hisobi tizimi mavjud boshqaruv hisobining har xil
maqsadlariga javob beruvchi ikki tizimdir.
Тo‘liq xarajatlar hisobi tizimi odatdagi ishlab chiqarishga bo‘lgan xarajatlarni va
tannarx kalkulatsiyasining hisobi bilan ko‘rsatilgan xarajatlarni guruhlashning
asosiysi bu ularni to‘g‘ri va bilvositaga bo‘linishidir.
Qisman xarajatlar tizimi deganda to‘g‘ri tavsifga ega va alohida turdagi
mahsulotlarning tannarxiga qo‘shiladigan xarajatlarning alohida elementlarini
tanlashga bo‘lgan yondashish tushuniladi. Bu tizimda xarajatlar ishlab chiqarish
hajmiga bog‘liq va shuning uchun ular o‘zgaruvchan deyiladi. Cheklangan xarajatlar
kalkulatsiyasi faqat kalkulatsiya qilinayotgan mahsulotni ishlab chiqarish bilan
bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish sarflarini o‘z ichiga oladi. Bilvosita tavsifga ega
xarajatlarning bir qismi butun mahsulotga aloqador bo‘ladi. Bunday turdagi xarajatlar
tushgan mablag‘ning umumiy summasidan qoplanadi. Chet el amaliyotida hisobning
bu varianti "direkt-kosting" deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: