O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


  Boshqaruv  hisobini  tashkil  qilishning  avtonom  va  integrallashgan



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/176
Sana18.07.2021
Hajmi2,25 Mb.
#122959
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   176
Bog'liq
moliyaviy va boshqaruv hisobi

 
8.2.  Boshqaruv  hisobini  tashkil  qilishning  avtonom  va  integrallashgan 
usullari 
 
Хo‘jalik yurituvchi  subyekt boshqaruv hisobining tizimini tashkil qilayotganda 
ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarni umumiy schyotlar rejasidan 
ajratishni  taqozo  qiladi.  Demak,  boshqaruv  hisobini  yuritish  uchun  ayrim 
schyotlarning  rejasini  tuzish  yoki  umumiy  rejadan  tegishli  schyotlarni  ajratib  olish 
lozim.  O‘zbekistonda  ikkinchi  usul,  ya‘ni  tegishli  schyotlarni  schyotlar  rejasidan 
ajratib  olish  orqali  boshqaruv  hisobi  yuritilyapti.  Boshqaruv  hisobi  schyotlarini 
ajratib olgan holda yuritish natijasida: 
a)  boshqaruv  tarkiblarini  axborotlar  bilan  ta‘minlashni  yaxshilashga  olib 
kelmoqda; 
b)  ishlab  chiqarish  xarajatlarining  darajasi  to‘g‘risidagi  tijorat  sirini  saqlashga 
yordam bermoqda; 
v)  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  (ish,  xizmat)ning  rentabellik  darajasini  sir 
saqlashga yordam bermoqda. 
Boshqaruv  hisobini  tashkil  qilishning  turlari  va  uning  moliyaviy  hisob  bilan 
o‘zaro  aloqasi,  ya‘ni  mustaqil  (avtonom),  integratsiyalashgan  buxgalteriya  hisobi 
usullari iqtisodchi olimlar tomonidan chuqur o‘rganilmoqda va amaliyotda qo‘llashga 
taklif qilinmoqda. 
Buxgalteriya hisobining mustaqil (avtonom) variantida moliyaviy va boshqaruv 
hisob  tizimi  yopiq  hisoblanadi.  Moliyaviy  hisobni  yuritadigan  buxgalteriyada 
xarajatlar  iqtisodiy  elementlari  bo‘yicha  guruhlashtirilsa,  boshqaruv  hisobida  esa 
kalkulatsiya  moddalari  bo‘yicha  turkumlashtiriladi.  Ushbu  ishlab  chiqarish 
xarajatlarini  hisobga  olish  uchun  mustaqil  schyotlarning  kodi  tanlab  olinadi.  Ular 
ekran-schyotlar,  tranzit  yoki  oyna  schyotlar  deb  ham  yuritiladi.  Chunki  sarflangan 
xarajatlar  ushbu  schyotlarda  o‘zlarining  aksini  ko‘radilar.  Moliyaviy  hisobni 
yuritadigan  buxgalteriya  esa  ushbu  xarajatlarning  sodir  bo‘lgan  joylarini  aks 
ettirmaydi  va  tayyor  mahsulotlar  bo‘yicha  sarflangan  umumiy  xarajatlarnigina  aks 
ettirgan  axborotlarni  beradi.  Shuning  uchun  ham  moliyaviy  hisobda  faqatgina 
sarflarning umumiy miqdorini olish mumkin. 
Boshqaruv  hisobi  esa  ushbu  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  bo‘laklarga  ajratadi, 
ya‘ni  sarflangan  tovar-moddiy  zaxiralari,  mehnat  sarflari,  asosiy  vositalarning 


 
145 
eskirishi,  ijara  to‘lovlari,  yonilg‘i,  suv,  energiya  sarflari  qayerlarga  sarflanganiga 
qarab ayrim olingan holda ko‘rsatiladi. 
Shu bilan  bir qatorda  mahsulot  (ish, xizmat)larni sotishdan olingan daromadlar 
turlari bo‘yicha moliyaviy hisobda ham, boshqaruv hisobida ham ko‘rsatiladi. 
Shunday qilib, moliyaviy hisob olingan umumiy daromad va sarflangan umumiy 
xarajatlar  to‘g‘risida ma‘lumotlarni  yig‘adi.  Ushbu  ma‘lumotlarga  asoslangan holda 
manfaatdor  shaxslar  kalkulatsiya  qilish  sirlariga  chuqur  kirib  bormay  soliqlarning 
to‘g‘ri  hisoblanganligini  tekshirishi  mumkin.  Ushbu  holat  faqatgina  bozor 
iqtisodiyotiga  mos  kelmaydigan  davlatlarning  hozirgi  faoliyatiga  to‘g‘ri  kelmaydi. 
Chunki  amaliyotda  ko‘pchilik  holatlarda  soliq  organlari  xo‘jalik  yurituvchi 
subyektning  xarajatlarining  turlari,  kalkulatsiya  qilish  usullarining  qo‘llanishini 
mahsulotni  tannarxdan  past  bahoda  sotish  natijasida  soliq  summasini  kamaytirish 
holatlarining  oldini  olish  va  jazolash  maqsadida  chuqur  va  har  tomonlama 
tekshiradilar. 
Boshqaruv  hisobida  qo‘llanilayotgan  ayrim  schyotda  xo‘jalik  yurituvchi 
subyektning  ishlab  chiqarish  faoliyati  bo‘yicha  ikkita  moliyaviy  natija  aniqlanadi- 
marjinal  daromad  va  foyda  summasi.  Agarda  ishlab  chiqarish  jarayonidagi  hamma 
xarajatlar  o‘zgaruvchan  xarajatlar  bo‘lsa  u  vaqtda  marjinal  daromad  va  foydaning 
summasi  bir  xil  bo‘lib  qoladi,  umuman  olganda  amaliyotda  mahsulotni  sotishdan 
olingan  daromadning  summasidan  o‘zgaruvchan  xarajatlar  chegirilib  marjinal 
daromadning  summasi  aniqlanadi  va  ushbu  marjinal  daromad  summasidan  ishlab 
chiqarishning ustama xarajatlari chegirilsa qolgan summa foyda hisoblanadi. 
Moliyaviy buxgalteriyada 9900 schyotda daromad va xarajatlar yig‘ilib balansda 
aks ettiriladigan foyda summasi shakllantiriladi. Ushbu foyda asosiy ishlab chiqarish 
faoliyati,  muomalaviy,  moliyaviy  faoliyatdan  va  favqulodda  hodisalarning  natijasi 
bo‘yicha  olinishi  mumkin.  Ushbu  tartibni  tushunishni  osonlashtirish  uchun  ayrim 
cheklanishlarga  yo‘l  qo‘yiladi,  ya‘ni  xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  faqat  asosiy  ishlab 
chiqarish  faoliyatini  amalga  oshiradi  va  muomalaviy  faoliyatlari,  moliyaviy 
faoliyatlari yo‘q deb faraz qilinadi. 
Moliyaviy  buxgalteriyada  hisobot  davrining  oxirida  foyda  qo‘yidagi  tartibda 
hisoblab chiqiladi: 
-  tovar-moddiy  zaxiralarning  qiymati  faqatgina  yilning  oxirida  inventarizatsiya 
natijalaridan keyin boshqaruv hisobining ma‘lumotlariga muvofiq qayd qilinadi. 
-  moliyaviy  natija  esa  hisoblangan  daromad  summasiga  yilning  oxirida  ТMK 
qoldiq summasining ko‘payishiga qo‘shilib ushbu olingan ko‘rsatkichdan sarflangan 
umumiy xarajatlarning chegirilishi natijasida aniqlanadi. 
Hisobning integratsiyalashgan tizimida esa schyot-ekranlar qo‘llanilmaydi, balki 
buxgalteriya  hisobi  schyotlaridan  foydalaniladi.  Natijada  boshqaruv  hisobida 
qo‘llanilayotgan  schyotlarning  qoldiq  summasi  moliyaviy  hisobda  qo‘llanilayotgan 
ushbu  schyotlarga  ta‘lluqlidir.  Subyektning  faoliyati  bo‘yicha  sarflarni  aniqlash 
uchun  moliyaviy  hisobda  faqatgina  ushbu  schyotlarning  qoldig‘i  aks  ettiriladi  va 
ularning  muomalalari  va  jamlangan  aylanma  summalari  boshqaruv  hisobining 
schyotlarida yoritiladi. 
Misol: 2800-"Тayyor mahsulotlar" schyotlarining guruhida faqatgina boshqaruv 
hisobining  ushbu  schyotidan  berilgan  ma‘lumotga  asosan  tegishli  mahsulotlarning 


 
146 
qoldig‘i ko‘rsatiladi, ushbu qoldiqni topishgacha bo‘lgan hamma muomalalar, tayyor 
mahsulotlarni  qabul  qilish,  chiqarish  muomalalari,  ularning  umumiy  summalari 
boshqaruv  hisobining  ushbu  schyotida  qayd  qilib  boriladi.  Boshqa  jarayonlar- 
tugallanmagan  ishlab  chiqarishning  qoldiq  summasi,  ТMZ  qoldiq  summasi, 
moliyaviy  natijalarning  ko‘rsatkichlari  ham  shu  tartibda  moliyaviy  va  boshqaruv 
hisoblarida yoritiladi. Тegishli ma‘lumotlarni bir tizimdan ikkinchi tizimga o‘tkazish 
ayrim  olgan  schyotlar  (masalan,  4100  yoki  6100)  orqali  amalga  oshirilib  hisobot 
davrining ohirida ushbu schyotlar yopiladi va ularda qoldiq bo‘lmaydi. 
Boshqaruv  hisobi  tizimini  yaratishdagi  asosiy  omil  bu  ushbu  ma‘lumotlarning 
samaradorligidir.  Chunki  asosiy  maqsad  shu  hisobning  ma‘lumotlariga  tayangan 
holda  qabul  qilingan  qarorlarning  natijasidan  iqtisodiy  naf  olishdir.  Shuning  uchun 
ham  boshqaruv  hisobi  tizimini  joriy  qilish  uchun  ketgan  xarajatlarni  uning 
ma‘lumotlariga  asosan qabul qilingan  qarorlardan  ko‘rilgan iqtisodiy  naflar  qoplasa 
va ulardan ortiqcha bo‘lsagina ushbu tizim tashkil qilinadi. 
Ushbu  holatda  shuni  ham  e‘tiborga  olish  lozimki,  tegishli  qarorlardan  olingan 
naflar  darhol  ko‘zga  tashlansa  ham  boshqaruv  hisobi  tizimini  joriy  qilish  sarflarini 
qoplash  uzoq  vaqt  davom  qilishi  mumkin.  Shuning  uchun  boshqaruv  hisobining 
iqtisodiy  samardorligi  uni  qo‘llash  doirasiga  va  ma‘lumotlarni  yig‘ish  va  ularga 
ishlov  berishni  avtomatlashtirish  darajasiga  bog‘liq.  Amaliyotda  mamlakatimizda 
buxgalteriya  hisobi  tasdiqlangan  umumiy    schyotlarning  rejasiga  asosan 
(integratsiyalashgan) yuritiladi. 
Moliyaviy va boshqaruv hisobining integrallashgan tizimini yaratish eng avvalo 
tasdiqlangan schyotlarning rejasiga asoslangan holda schyotlar rejasini ishlab chiqish 
va hisob siyosatiga kiritishdir.     

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish