O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga olish



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/176
Sana18.07.2021
Hajmi2,25 Mb.
#122959
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   176
Bog'liq
moliyaviy va boshqaruv hisobi

11.6. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga olish 
 
Korxonalarda  mahsulot,  ishlar  va  xizmatlar  sotishdan  olingan  yalpi  foydadan 
tashqari  asosiy  faoliyatdan  olinadigan  boshqa  daromadlar  ham  bo‘lishi  mumkin. 
Bunday  daromadlar  kelib  tushish  manbalariga  qarab  quyidagi:    9310-«Asosiy 
vositalarning chiqib ketishdan foyda», 9320 «Boshqa aktivlarnining chiqib ketishdan 
foyda»,  9330-«Undirilgan  jarima,  penya  va  ustamalar»,  9340-«O‘tgan  yillar 
foydalari», 9350-«Qisqa muddatli ijaradan daromadlar», 9360- «Kreditor va deponent 
qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar», 9370-«Хizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar 
daromadlari»,  9380-«Тekin  moliyaviy  yordam»,  9390-«Boshqa  operatsion 
daromadlar»  schyotlarda  hisobga  olinadi.  Bular  tranzit  schyotlar  bo‘lib,  passiv 
schyotlarga mansub.   
Yuqoridagi  schyotlarning  kredit  oboroti  tegishli  manbalar  hisobidan  foyda 
(daromad)  ning  ko‘payishi,  debet  aylanmasi  esa  ularning  hisobdan  chiqarilishini 
ko‘rsatadi va hisobot davri boshiga qoldig‘i qolmaydi. 


 
229 
Asosiy  faoliyatdan  olinadigan  boshqa  daromadlarning  shakllanishi  milliy 
standat bilan tartibga keltiriladi.
38
 
9310-«Asosiy  vositalarning  chiqib  ketishidan  foyda»  schyotida  asosiy 
vositalarni  sotish  va  boshqa  ko‘rinishdagi  hisobdan  chiqarishlardan  olingan  foyda 
hisobga  olinadi.  Bu  vaqtda  quyidagicha  rasmiylashtiriladi:  Dt  9210-«Asosiy 
vositalarning chiqib ketishi», Kt 9310 «Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» 
schyoti. 
9320-«Boshqa  aktivlarning  chiqib  ketishidan  foyda»  schyotida  nomoddiy 
aktivlar, qimmatli qog‘ozlar va shunga o‘xshagan boshqa aktivlarni sotishdan olingan 
foyda  summasi  quyidagi  rasmiylashtiriladi:  Dt  9220-«Boshqa  aktivlarning  chiqib 
ketishi», Kt 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyoti. 
9330-«Undirilgan  jarima,  penya  va  ustamalar»  schyotida  shartnoma  shartlarini 
buzganligi  uchun  undirilgan  yoki  qarzdor  tomonidan  e‘tirof  etilgan  jarimalar, 
boqimandalar, vaqtida to‘lanmagan qarzlar va boshqa hil jazo jarimalari, shuningdek 
yetkazilgan zararlarni undirish bo‘yicha daromadlar aks ettiriladi. 
Bunday  jarima  va  boqimandalar  undirib  olinsa  5110  yoki  pul  mablag‘larini 
hisobga  oladigan  boshqa  schyotlar  debetlanib,  9330  schyoti  kreditlanadi.  Lekin 
bunday  jarima  va  boqimandalar  aybdor  tomonidan  tan  olinib  hali  puli  o‘tkazib 
berilmagan bo‘lsa, 4860-«Da‘volar bo‘yicha olinadigan schyotlar» schyoti debetlanib 
9330- schyot kreditlanadi. 
9340-«O‘tgan  yillar  foydalari»  schyotida  hisobot  yilida  aniqlangan  oldingi 
yillarga  tegishli  foyda  aks  ettiriladi.  Bunga  xususan,  oldingi  yillarda  olinib  sarflab 
yuborilgan materiallar bo‘yicha qaytadan hisoblash natijasida mol yuboruvchilardan 
olingan  summa,  xaridorlarga  oldingi  yillarda  jo‘natilgan  mahsulot,  ko‘rsatilgan 
xizmatlar  bo‘yicha  qaytadan  hisoblash  natijasida  hisobot  yilida  olingan  summa  va 
shunga o‘xshaganlar kiradi. 
Bunday  foyda  o‘tkazib  berilsa,  pul  mablag‘larini  hisobga  oladigan  schyotlar 
debetlanib,  9340-«O‘tgan  yillar  foydalari»  schyoti  kreditlanadi.  Agar  bunday  foyda 
hali  o‘tkazib  berilmagan  bo‘lsa,  4010-«Хaridor  va  buyurtmachilardan  olinadigan 
schyotlar» schyoti debetlanib, 9340-«O‘tgan yillar foydalari» schyoti kreditlanadi. 
9350-«Qisqa muddatli ijaradan daromadlar»  schyotining kreditida 4820-«Qisqa 
muddatli  ijara  bo‘yicha  olinadigan  to‘lovlar»  schyoti  bilan  korrespondentlangan 
holda mulklarni qisqa muddatli ijaraga berishdan olinadigan daromadlar aks ettiriladi. 
Qisqa  muddatli  ijara  haqi  olinganda  pul  mablag‘larini  hisobga  oladigan  schyotlar 
debetlanib  4820-«Qisqa  muddatli  ijara  bo‘yicha  olinadigan  to‘lovlar»  schyoti 
kreditlanadi. 
9360-«Kreditor  va  deponent  qarzlarni  hisobdan  chiqarishdan  daromadlar» 
schyotida  da‘vo  qilib  olish  muddati  o‘tgan  kreditor  va  deponent  qarzlarni  hisobdan 
chiqarishdan  olingan  daromadlara  ks  ettiriladi.  Bunday  hollarda  quyidagi 
rasmiylashtiriladi: 
Dt-6720-«Deponentlangan 
mehnat  haqi»,  6990-«Boshqa 
majburiyatlar»,  Kt  9360-«Kreditor  va  deponent  qarzlarni  hisobdan  chiqarishdan 
daromadlar» schyotlari. 
                                                 
38
 
ЎзР  АВ  томонидан  рўйхатла  олинган  2-сонли  «Асосий  хўжалик  фаолиятидан  олинадаган  даромадлар» 
БХМС. 


 
230 
9370-«Хizmat  ko‘rsatuvchi  xo‘jaliklar  daromadlari»  schyotida  korxonaning 
asosiy  faoliyati  bo‘yicha  mahsulot  ishlab  chiqarish,  ishlar  bajarish  va  xizmatlar 
ko‘rsatish  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  daromadlar  hisobga  olinadi.  Bularga  korxona 
balansida  turadigan  sog‘liqni  saqlash,  maktabgacha  yoshdagi  bolalar  muassasalari 
obyektlari, turar-joy-kommunal xo‘jaligi, madaniyat, sport obyektlari kiradi. 
Yuqorida keltirilgan obyektlarning daromadlari xarajatlaridan ko‘p bo‘lsa, farqi 
quyidagicha  daromadga  o‘tkaziladi:  Dt  2710-«Хizmat  ko‘rsatuvchi  xo‘jaliklar» 
schyotining  tegishli  analitik  schyoti,  Kt  9370-«Хizmat  ko‘rsatuvchi  xo‘jaliklar 
daromadlari» schyoti. 
 9380-«Тekin  moliyaviy  yordam»  schyotining  kreditida  pul  mablag‘lari  va 
ularning ekvivalentlarini hisobga oladigan schyotlar bilan korrespondentlangan holda 
qaytib  olmaslik  sharti  bilan  pul  mablag‘lari  va  ularning  ekvivalentlari  ko‘rinishida 
olingan daromadlar aks ettiriladi. Bu vaqtda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 5110-
5530-schyotlar, Kt 9380«Тekin moliyaviy yordam» schyoti. 
 9390-«Boshqa 
operatsion  daromadlar»  schyotida  boshqa  operatsion 
faoliyatidan  daromadlar  hisobga  olinadi.  Bu  schyotining  kreditida,  xususan, 
quyidagilar hisobga olinadi:  
-asosiy,  yordamchi,  xizmat  ko‘rsatuvchi  xo‘jaliklarda  ortiqcha  chiqqan 
tugallanmagan  ishlab  chiqarishlar,  umumxo‘jalik  omborlarida  ortiqcha  chiqqan 
materiallarning  kirimga  olinishi,  Dt  2010,  2310,  2510,  2710-schyotlar,  Kt  9390 
«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti». 
-  oldin  hisobdan  chiqarilgan  debitor  qarzlarni  undirib  olishdan  olingan 
daromadlar,  Dt  4010-  «Хaridorlar  va  buyurtmachilardan  olinadigan  schyotlar»,  Kt 
9390 «Boshqa operatsion daromadlar» schyoti». 
Shu  bilan  birga  balansdan  tashqari  007-  «Тo‘lashga  qobiliyatsiz  debitorlarning 
zararga o‘tkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi» schyotidan chiqim qilinadi; 
-  mulk  sug‘urtasi  bo‘yicha  sug‘urta  organlaridan  tushgan  to‘lovlarga,  Dt  4510- 
«Sug‘urta  bo‘yicha  bo‘nak  to‘lovlari»,  Kt  9390-«Boshqa  operatsion  daromadlar» 
schyoti; 
-  zaxira  tashkil  etilgan  yildan  keyingi  yilning  oxirigacha  dargumon  qarzlar 
zaxiraidan  foydalanilmagan  qismini  daromadga  o‘tkazilishiga,  Dt  4910-«Dargumon 
qarzlar bo‘yicha zaxira», Kt 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti. 
-  ortiqcha  chiqqan  mahsulot  va  tovarlarning  kirimga  olinishi,  Dt  2810-2890, 
2910-2990-schyotlari, Kt 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti. 
-  tugallanmagan  qurilishda  aniqlangan  ortiqcha  chiqishlarni  daromadga 
olinishiga,  Dt  0810-0890-schyotlar,  Kt  9390-«Boshqa  operatsion  daromadlar» 
schyoti. 
-xaridor  va  buyurtmachilardan  olingan  bo‘nak  summalarni  talab  qilib 
olinmaganligi  uchun  hisobdan  chiqarilishiga,  Dt  6310-6390-schyotlar,  Kt  9390-
«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti. 
Bu xil daromadlar hisobot davri oxirida yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi: 
Dt-9310,  9320,  9330,  9340,9350,  9360  ,9370  ,9380,  9390-schyotlari,  Kt  9910-
«Yakuniy moliyaviy natija» schyoti. 
 
 


 
231 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish