O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Qo’shilgan  va zaxira kapitallarini hisobga olish



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/176
Sana18.07.2021
Hajmi2,25 Mb.
#122959
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   176
Bog'liq
moliyaviy va boshqaruv hisobi

 
11.2. Qo’shilgan  va zaxira kapitallarini hisobga olish 
 
Aksioner  jamiyatlarida  qo‘shilgan  kapitalning  buxgalteriya  hisobi  8400- 
«Qo‘shilgan  kapitalni  hisobga  oluvchi  schyotlar»  ning  quyidagi:  8410-«Emissiya 
daromadi»  va  8420-«Ustav  kapitalini  shakllantirishdagi  kurs  farqi»  schyotlarida 
hisobga olinadi. 
Ushbu schyotlar oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha nominal qiymatidan ortiq 
olingan,  shuningdek,  ustav  kapitalini  shakllantirishda  kursdagi  farqlarning  mavjud 
summalarini va ularning harakatini umumlashtirish uchun tayinlangan. 
8410-«Emissiya  daromadi»  schyotida  aksiyalarni  ta‘sischilarga  birlamchi 
sotishda  nominal  qiymatidan  ortiqcha  tushgan  summa  hisobga  olinadi.  Bu  vaqtda 
5010,  5110,  5210–schyotlar  debetlanib,  8410-«Emissiya  daromadi»  schyoti 
kreditlanadi.  Bu  schyotning  debetida  o‘z  aksiyalarini  sotib  olishi  va  bekor  qilishda 
tashkil  bo‘lgan  salbiy  farq  summalarini  qoplanishi  aks  ettiriladi.  Bu  vaqtda  8410 
«Emissiya  daromadi»  schyoti  debetlanib,  8610-«Sotib  olingan  xususiy  aksiyalar  – 
oddiy» va 8620-«Sotib olingan xususiy aksiyalar – imtiyozli» schyotlari kreditlanadi. 
8410-«Emissiya  daromadi»  schyoti  bo‘yicha  analitik  hisob  oddiy  va  imtiyozli 
aksiyalar bo‘yicha alohida yuritiladi. 
8420-«Ustav  kapitalini  shakllantirishdagi  kurs  farqi»  schyoti  ustav  kapitalini 
shakllantirish  jarayonida  vujudga  keladigan  kursdagi  farqlarni  hisobga  olish  uchun 
tayinlangan. 
Ustav  kapitalini  shakllanishida  valuta  va  valuta  qimmatliklari  ustav  kapitaliga 
badal  qo‘yilgan  vaqtdagi  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan 
belgilangan  kurs  bo‘yicha  baholanadi.  Valuta  va  valuta  qiymatliklari  va  boshqa 
mulklarning  bahosi  ta‘sis  hujjatlarini  ro‘yxatdan  o‘tkazish  paytidagi  bahosidan 


 
220 
farqlanishi  mumkin.  Bu  vaqtda  vujudga  keladigan  kursdagi  farqi  8420-«Ustav 
kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi» schyotida hisobga olinadi. 
Baholar orasidagi ijobiy farq summasiga mulk,  valuta va valuta qiymatliklarini 
hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs 
farqi»  schyoti  kreditlanadi,  salbiy  farqi  esa  aksincha  provodkalar  bilan 
rasmiylashtiriladi.  Baholardagi  farqlarni  shu  tartibda  hisobdan  chiqarish  ta‘sis 
hujjatlarida  kelishilgan  ta‘sischilarning  ustav  kapitalidagi  ulushini  o‘zgartirmaslik 
imkoniyatini beradi. 
Ustav  kapitalini  shakllantirishda  vujudga  keladigan  kurs  farqlarining  analitik 
hisobi, ochiq turdagi aksioner jamiyatining aksionerlari bilan olib boriladigan hisob –
kitoblar hisobidan tashqari, har bir ta‘sischilar bo‘yicha yuritiladi. 
 
Qo‘shilgan kapital hisobi bo‘yicha schyotlar korrespondensiyasi (8400) 
№ 
Хo‘jalik muomalalarining 
mazmuni 
Schyotlar korrespon-
densiyasi 
Yozuvni tasdiqlovchi  
hujjatlar 
Debet 
Kredit 

Aksiyalarning nominal 
qiymati bilan emission 
qiymati orasidagi farq 
summani qabul qilish 
5110, 5010, 
5020, 5210 
8410 
Kirim kassa orderi, bankning 
ko‘chirmasi 

Sotib olingan o‘z 
aksiyalarini ikkilamchi 
sotishdan pul tushdi 
5110, 5010, 
5020, 5210 
8610, 8620 
Kirim kassa orderi, bankning 
ko‘chirmasi 

Sotib olingan aksiyalarini 
qayta sotishda sotib olgan 
narxdan kam sotilganligi 
uchun farqi emission 
daromad hisobidan qoplandi 
8410 
8610, 8620 
Тa‘sischilar qarori, bankning 
ko‘chirmasi 

Sotib olingan aksiyalarni 
bekor qilishda aksiyalarni 
nominal qiymati bilan sotib 
olish bahosi orasidagi salbiy 
farqi emission daromad 
hisobidan qoplandi 
8410 
8610, 8620 
Тa‘sischilar qarori  

Ustav kapitalini 
shakllanishida kapitalni 
to‘lash paytida vujudga 
kelgan ijobiy kurs farqi 
4610, 4890  8420 
Тa‘sischilar qarori, bankning 
ko‘chirmasi 

Ustav kapitalini 
shakllanishida kapitalni 
to‘lash paytida vujudga 
kelgan salbiy kurs farqi  
8420 
4610, 4890 
Тa‘sis xujatlari, buxgalteriya 
raschyoti 
 
Ochiq  tipdagi  aksioner  jamiyatlari  umumiy  majlis  qarori  bo‘yicha  aksiyalarni 
nominal qiymatini ko‘paytirish yoki qo‘shimcha aksiyalar chiqarish yo‘li bilan ustav 
kapitalini  ko‘paytirishlari  mumkin.  Sodir  bo‘lgan  zararlarni  qoplash  uchun  ustav 
kapitalini  ko‘paytirishga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Aksionerlarning  umumiy  majlisi  ustav 
kapitalini  kamaytirish  to‘g‘risida  ham  qaror  qabul  qilishi  mumkin.  Ustav  kapitalini 
kamaytirish  aksiyalarni  nominal  qiymatini  kamaytirish  yo‘li  bilan  yoki  aksiyalarni 


 
221 
umumiy  sonini  kamaytirish  maqsadida  ularning  bir  qismini  sotib  olish  yo‘li  bilan 
bo‘lishi  mumkin.  Ochiq  tipdagi  aksioner  jamiyatining  ustav  kapitalini  kamaytirish 
jamiyatning barcha kreditorlarini ogohlantirgandan so‘ng amalga oshiriladi. 
Хo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  o‘zlarining  sof  foydasidan  ta‘sis  hujjatlarida 
belgilangan miqdorda zaxira kapitali tashkil etishi mumkin. Zaxira kapitaliga har yili 
ustavda belgilangan miqdorgacha ajratiladi. Basharti amaldagi qonunchilik va ta‘sis 
hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, boshqa  tijorat tashkilotlari ham  zaxira  kapitalini 
tashkil etishlari mumkin. 
Zaxira kapitalining tayinlanishi – sodir bo‘ladigan korxonaning balans zarari va 
boshqa  to‘lovlarini  qoplashdir.  Ochiq  tipdagi  aksioner  jamiyatlarida  zaxira 
kapitalidan, foyda yetarli bo‘lmagan yoki yo‘q bo‘lgan hollarda, imtiyozli aksiyalar 
bo‘yicha  dividendlar  to‘lash  uchun  ham  foydalaniladi.  Zaxira  kapitalini  to‘ldirish 
uchun asosiy vositalarning indeksatsiya fondi summasi ham yo‘naltiriladi. 
Zaxira  fondi  harakatining  hisobi  8500-«Zaxira  kapitalini  hisobga  oluvchi 
schyotlar» ning quyidagi: 8510-«Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»; 8520-
«Zaxira kapitali» va 8530-«Тekinga olingan mulk» schyotlarda hisobga olinadi 
8510–schyotida  mulklarni  qaytadan  baholash  natijasida  ularning  qiymatini 
ortishi  hisobga  olinadi.  Bu  schyot  passiv  bo‘lib  mulklarni  qayta  baholash  natijasida 
zaxira kapitalini tashkil etilishi va to‘ldirilishi 8510-«Mulkni qayta baholash bo‘yicha 
tuzatishlar»  schyotining  kreditida  aks  ettirilib,  tegishli  qiymati  ko‘paytirilgan 
mulklarni hisobga oladigan schyotlar debetlanadi. 
Basharti  qaytadan  baholash  natijasida  mulklarning  qiymati  kamaytirilsa,  xuddi 
shu mulk turi bo‘yicha qaytadan baholash natijasida ortgan qiymati tugaguncha 8510 
«Mulkni  qayta  baholash  bo‘yicha  tuzatishlar»  schyoti  debetlanib  tegishli  aktivlarni 
hisobga  oladigan  schyotlar  kreditlanadi.  Undan  ortiYoiga  9430-«Boshqa  operatsion 
xarajatlar»  schyoti  debetlanib  tegishli  aktivlarni  hisobga  oladigan  schyotlar 
kreditlanadi.  8510-schyotning  qoldig‘i  balansda  «Zaxira  kapitali»  moddasi  bo‘yicha 
ko‘rsatiladi. 
8510-«Mulkni  qayta  baholash  bo‘yicha  tuzatishlar»  schyotining  debetiga 
quyidagi hollarda yoziladi:  
qaytadan  baholash  natijasida  mulklar  qiymatini 
kamayishi;   Qaytadan  baholash  natijasida  uzoq  muddatli  investitsiya  qiymatini 
kamayishini  qoplash;  korxonaning  tugatilishida  ta‘sischilar  orasida  taqsimlanadigan 
summa. Bunda 8510-schyot debetlanib 6620-«Chiqib ketayotgan ta‘sischilarga ulushi 
bo‘yicha qarz» schyoti kreditlanadi. 
8520-«Zaxira  kapitali»  schyotida  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  o‘zlarining 
ta‘sis  xujjatlarida  belgilangan  miqdorda  zaxira  kapitali  tashkil  etilganda  yoki 
to‘ldirilganda  aks  ettiriladi.  Bu  vaqtda  8710-«Hisobot  davrining  taqsimlanmagan 
foydasischyoti debetlanib, 8520-«Zaxira kapitali» schyoti kreditlanadi. 
 Zaxira  kapitalidan  foydalanilishi  8520-«Zaxira  kapitali»  schyotining  debetida 
aks  ettiriladi.  Masalan,  aksioner  jamiyatining  dividend  to‘lash  uchun  foydasi  yo‘q 
bo‘lsa,  yoki  yetmasa  zaxira  kapitali  hisobidan  dividendlar  hisoblash  bo‘yicha 
quyidagicha  rasmiylashtiriladi:  Dt  8520-«Zaxira  kapitali»,  Kt  6610-«Тo‘lanadigan 
dividendlar» schyoti. 
8530-«Тekinga  olingan  mulk»  schyoti  qaytarib  bermaslik  sharti  bilan  olingan 
mol-mulklarni hisobga olish uchun tayinlangan.  


 
222 
Mol-mulk  bepul  olinganda,  olingan  mol-mulklarni  hisobga  oladigan  schyotlar 
debetlanib,  8530  «Тeking  olingan  mulk»  schyoti  kreditlanadi.  Bepul  olingan  mol-
mulklar  qiymati  foyda  (daromad)dan  ajratma  solig‘iga  tortiladi.  Bepul  olingan  mol-
mulkni soliqqa tortish tartibi O‘zR Soliq Kodeksi bilan belgilanadi.  

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish