237
amaliyotda 8710-schyot debet saldoga ham ega bo‘lishi mumkin, ya‘ni korxona
hisobot davrini zarar bilan yakunlashi ham mumkin.
Jamg‘arilgan foyda - bu har qanday zararlar, dividendlar va mulkdorlar qarori
bo‘yicha hususiy kapitalga reinvestitsiya qilingan summalar chiqarilib tashlangandan
qolgan xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatini boshidan boshlab olgan sof
foydasidir.
8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)»
schyotida korxonaning hisobot yili bo‘yicha taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan
zarari) hisobga olinadi.
Dividendlar va mulkdorlar qaroriga binoan boshqa ajratmalar qilingandan so‘ng
hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan
foydasi (qoplanmagan zarari)» schyotidan 8720-«Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan
zarar)» schyotiga o‘tkaziladi.
Ilgari aytganimizdek, 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi
(qoplanmagan zarari)» schyoti, agar xo‘jalik faoliyatidan olingan foydasidan zararlari
va to‘langan dividendlari ko‘p bo‘lsa, debet saldoga ham ega bo‘lishi mumkin.
Bunday hollarda zarar summasi quyidagi yozuv bilan jamg‘arilgan foydani
kamaytirishga o‘tkaziladi: Dt 8720-«Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)», Kt
8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)»
schyoti.
Тaqsimlanmagan foydadan zaxira kapitalini shakllantirish uchun ajratiladi.
Bunda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan
foydasi (qoplanmagan zarari)», Kt 8520- «Zaxira kapitali» schyoti.
Тaqsimlangan foydadan dividendlar hisoblansa, 8710- schyot debetlanib, 6610-
«Тo‘lanadigan dividendlar» schyoti kreditlanadi. Dividendlar to‘langanda, 6610
«Тo‘lanadigan dividendlar» schyoti debetlanib quyidagi schyotlar kreditlanadi: 5010,
5110, 5210- schyotlar. Pul mablag‘lari bilan yoki 9010- «Mahsulot sotishdan olingan
daromadlar» schyoti - sotish bahosida ishlab chiqarilgan mahsulot bilan to‘lansa, shu
bilan birga natura shaklida to‘langan mahsulotning haqiqiy tannarxiga 9110-
«Sotilgan tayyor mahsulotlar tannarxi» schyoti debetlanib, 2810-«Ombordagi tayyor
mahsulotlar» schyoti kreditlanadi.
4610-«Ustav kapitaliga ta‘sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi» schyoti -
dividendlar aksiyalar bilan to‘lansa, 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotining
sintetik va analitik hisobi 15-jurnal - orderida yuritiladi. Bu jurnal - orderga yozish
uchun asos bo‘lib buxgalteriyaning ma‘lumotnomasi, bankning hisob - kitob schyoti
va boshqa schyotlardan bergan ko‘chirmasi va boshqa hujjatlar hisoblanadi. Chorak
va hisobot yili oxirida jurnal - order ko‘rsatkichlari chorak va yillik hisobot
shakllarini tuzish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: