O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent temir yo'l muhandislari instituti



Download 5,06 Mb.
bet104/156
Sana07.07.2022
Hajmi5,06 Mb.
#753418
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   156
Bog'liq
УМК ҲФХ (2)

Nazorat savollari
1. Sexlarda ish joylaridagi chang konsentratsiyasi qaysi kattaliklarda о‘lchanadi?
2. Ishni bajarish vaqtida havo hajmini о‘lchashda qaysi asbobdan foydalandingiz?

  1. Standart usuli bо‘yicha chang konsentratsiyasini aniqlash formulasini kо‘rsating

  2. Temir yo’l korxanalariuchun changning yо‘l qо‘ysa bо‘ladigan konsentratsiyasini /YQBK/ kо‘rsating. /mg/m3 larda/

  3. Paxta changining dispersligi /katta-kichikligi/ bо‘yicha odam organizmi uchun xavflidiapazonini kо‘rsating. /mkm larda/.

3-LABORATORIYA ISHI
ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDAGI ZARARLI MODDALAR
MIQDORINI UG-2 GAZOANALIZATORIDA ANIQLASH


Ishdan maqsad: Ish zonasidagi zararli gaz va bug’larning kontsentratsiyasini aniqlash va ishlab chiqarish xonalaridagi havo muxitining tozaligiga baho berishni talabalarga o’rgatish
3.1.Umumiy ma`lumotlar.
Temir yo’l va engil sanoat korxonalaridagi ishlab chiqarish jarayonlarida tsex havosiga inson organimiga zararli bo’lgan gaz, chang va boshqa moddalar ajralib chiqadi. Inson bunday havodan nafas olganda bu moddalar ko’zga, nafas olish yo’llariga, o’pka faoliyatiga,teriga ta`sir qiladi va turli kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Tsexlardagi havoning tozaligi ishchilar salomatligini saqlashda katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun bu gazlarning miqdorini, turini aniqlash va sanitar me`yorlar bo’yicha solishtirish hamda ularni yo’l qo’ysa bo’ladigan kontsentratsiyasini aniqlash muxim vazifalardan biridir.
Ma`lumki, ko’pgina zararli moddalar xarorat oshishi bilan suyuq va qattiq xolatdan bug’ yoki gaz xolatiga o’tadi va nafas olish a`zolari orqali inson sog’ligiga salbiy ta`sir ko’rsatadi. Nafas olish a`zolari orqali o’tgan zararli gazlar havo bilan qonga so’riladi. Bu esa ushbu gazlarning inson organizmiga salbiy ta`sirini boshqa yo’llar bilan ta`siriga nisbatan 20 marta ko’prokdir. Masalan avtomobil yoqilg’isi uy xaroratida 1m yuzadan 400gr,/soat tezlik bilan bug’lanadi. Shu sababli boshqa neft mahsulotlariga nisbatan kuchli zaxarlanishga olib keladi. Аgar havo tarkibida benzin bug’larining miqdori 3-4g/m bo’lsa, bunday sharoitda 2-3 minutdan keyin insonda kuchli yo’tal boshlanadi, ko’zi yoshlanib yurish muvozanati buziladi. Benzin bug’larining miqdori 30-40g/m bo’lsa inson 3-4 nafasdayok xushidan ketadi va u kuchli zaxarlanadi. Bundan tashqari ayrim tenologik jarayonlar vaqtida ajralib chiqadigan oltingugurt va ammiak gazlari ham xavfli xisoblanadi, ularning ma`lum miqdordagi kontsentratsiyasi portlashga va yong’inga olib kelishi mumkin
Temir yo’l va paxta tozalash sanoatida, kimyo va matbaa korxonalarida, oyok kiyim va tikuvchilik fabrikalarida, mahsulotlarga dastlabki ishlov berish, mahsulotlarni tayyorlash, pardozlash jarayonlarida ko’plab ximiyaviy zararli gazlar ajralib chiqadi. Ularga sulfat kislotasi, xlorid va sirka kislotalari,o’yuvchi natriy, nitrobo’yoqlar, xlor, ammiak kabi kimyoviy moddalar ajralib chiqib, organimni zaxarlanishiga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun xar doim vaqti-vaqti bilan havoning tarkibidagi zararli moddalarning yo’l qo’ysa bo’ladigan kontsentratsiyasiga (YKBK) mos kelishini nazorat qilib turish kerak va tsex havosini ya`ni mikroiqlim sharoitini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqilishi lozim. Buning uchun esa dastlab ushbu gazlarning ajralib chiqish sabablari aniqlanishi, keyin esa shunga mos chora-tadbirlar ko’rilishi lozim. Masalan ishlab chiqarishda ishlatiladigan zaxarli moddalarni boshqa xil zaxarsiz moddalar bilan almashtirish, texnologik jarayonlarni takomillashtirish, tirqishlarni jipslash iloji bo’lmasa aspiratsion qurilmalarni tadbiq qilish, shaxsiy ximoya vositalaridan foydalanish, uzoqdan turib boshqarish, avtomatlashtirish kabi tadbirlardir.
Ish zonalari xavosidagi zararli gaz va bug’larning yo’l qo’ysa bo’ladigan kontsentratsiyasi (YQBK)
3.1-jadval

Zararli moddalar nomi

YQBK, mg/m

Xavflilik sinflari

Oltingugurt angidridi

10

3

Аtseton

200

4

Аmmiak

20

4

Benzin-erituvchi

300

4

Benzin-yoqilg’i

100

4

Benzol

5

3

Uglerod oksidi

20

4

Ksilol

50

3

Toluol

50

3

Etil efiri

0,15

2

Xlor

1

2

Oltingugurt oksidi

10

2

Kerosin

300

4



Namuna uchun olinayotgan havo faqatgina asosiy ish joyidangina emas, balki ishchilarning qisqa vaqt bo’ladigan joylaridan ham olinadi odatta 2-3 marta va undan ko’p olinadiki, kachonki bitta nuqtaning o’lchanayotgan kontsentratsiyasi bir biridan unchalik farq qilmasin. Tekshirishlar natijasida shu tsexning havo muxitining zararlanganligini, shamollatish qurilmalari va ishlab chiqarish uskunalarining samaradorligini taxlil qilish mumkin
Temir yo’l va engil sanoat korxonalarida zaxarli moddalarni kontsentratsiyasini aniqlashda eng ko’p tarqalgan va juda oddiy bo’lgan ekspress(tez) usuli ya`ni UG-2 gazoanalizatoridan foydalaniladi. Bu usul shu joyning o’zida havoning zararlanish darajasini aniqlash imkonini beradi. Bu gaz analizator yordamida havo tarkibida oltingugurt angidridi, atsetilin, uglerod oksidi, oltingugurt, vodorod, xlor, ammiak, azot kislota, etil efiri, benzol, toluol, ksilol, atseton borligini aniqlash mumkin.
UG-2 gazoanalizatorining ishlash printsipi indikatorlar bilan shimdirilgan maxsus kukunlar solingan shisha naychadan ishchi xonalaridagi havo o’tkazilganda undagi zaxarli moddaning kontsentratsiyasiga qarab rangini o’zgarishiga asoslangandir. Naychadagi kukunning rangli kismi uzunligi qancha katta bo’lsa, mazkur zaxarli moddaning kontsentratsiyasi shuncha ko’p bo’ladi. Buni maxsus tarirovka qilingan chizg’ich orqali aniqlanadi. Bo’yalgan ustunchaning uzunligi sinalayotgan havodagi moddalarning kontsentratsiyasiga proportsional o’zgaradi.






Download 5,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish