O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


yil: Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushining boshlanishi



Download 79,05 Kb.
bet12/15
Sana07.07.2022
Hajmi79,05 Kb.
#753107
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
UKRAINA ROSSIYA

2022 yil: Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushining boshlanishi

2022 yil 21 fevralda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin separatist (ayirmachi) “Donetsk Xalq Respublikasi” va “Lugansk Xalq Respublikasi” mustaqilligini tan oldi. Tegishli hujjatlar mamlakat parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilindi. Putin, shuningdek, ushbu tuzilmalar Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlari hududlarini o‘z ichiga olishini bildirdi. Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, bu viloyatlar separatistlar nazorati ostida bo‘lgan hududlardan ancha katta.


24 fevral kuni erta tongda Rossiya davlati rahbari Ukrainaga qarshi “maxsus harbiy operatsiya” boshlanganini ma’lum qildi. U o‘z maqsadini Ukrainani “demilitarizatsiya qilish” (demilitarizatsiya hudud – harbiy harakatlar olib borilishi taqiqlangan hudud) deb atadi. Shunday qilib, Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlari nafaqat Donbassga, balki Ukraina shaharlari va uning harbiy infratuzilmasiga zarba berishni boshladi.


Rossiya—Ukraina urushi: barchasi qanday tugaydi?

Bir necha kundan beri dunyo diqqat markazida bo‘lib turgan Rossiya va Ukraina urushi qachon tugashi noma’lumligicha qolmoqda. Bu paytda yuz minglab inson uyini tashlab ketib, qochqinga aylanayotgan bo‘lsa, yana yuz minglab kishi yerto‘lalarda hayot kechirmoqda. Dunyo xavfsizlik tizimi halokatini yaqinlashtirayotgan ushbu urush qachon va qanday tugaydi? “Daryo” kolumnisti Muhammadqodir Sobirov shu haqidagi taxmin va mutaxassislar fikrini jamladi.


Ayni kunlarda Ukrainaning qurolli va fuqarolik qarshiligi NATO a’zolari yetkazib berayotgan harbiy qurol-yarog‘lar ko‘magida rus armiyasini to‘xtatib turishga erishmoqda. Ukraina qarshilik harakatining qat’iyati va mahorati jang maydonida himoyachilar foydasiga ishlovchi turg‘unlik holatini keltirib chiqardi. NATO ukrainlarga qurol yetkazib berishni to‘xtatgani yo‘q va to‘xtatmaydi ham. Bu esa Ukraina qarshiligini kuchaytiradi, ayni paytda rus askarlarida jangovar ruhiyat so‘nib boradi.
Tez orada Kreml o‘zining avantyurasi uchun juda katta to‘lov to‘lashni boshlaydi. Ukrainada davom etayotgan va hali ancha uzoq davom etadigan urush Rossiya uchun og‘ir vaziyatlarni yaratadi. Jumladan, iqtisodiy inqiroz va xalqaro diplomatik izolyatsiya. Iqtisodiy sanksiyalar Putinning tayanchi bo‘lgan oligarxlarning undan uzoqlashishiga olib keladi, — deyiladi The New York Times’da chop etilgan maqolada.
Maqolada yana: “Putin ichki va tashqi bosim ostida qo‘shinlarni olib chiqishga buyruq beradi va Ukraina suveren demokratik respublika bo‘lib qoladi. Ukrainada mag‘lubiyat Rossiyada anchadan beri davom etayotgan ichki noroziliklarni kuchaytiradi. Putin uning hokimiyatiga qarshi qaratilgan ushbu noroziliklarga ko‘proq e’tibor qaratadi.
Bu paytda jazolangan Rossiya va g‘arbga yanada yaqinlashgan Ukraina sabab NATO chegarasida xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanadi. Biroq Yevropadagi holat urushdan oldingi status-kvoga qaytmaydi. Chunki minglab insonlar hayotiga zomin bo‘lgan urush ko‘pchilik xotirasida qora iz qoldiradi. Rossiya insoniyat ko‘z o‘ngida yovuzlik imperiyasiga aylanadi” — deyiladi.
Ukraina xalqi va harbiylari rus qo‘shiniga qarshi ancha payt muvaffaqiyatli qarshilik ko‘rsatadi. Biroq ukrain shaharlari katta talafot ko‘radi. Sanksiyalar esa Rossiya iqtisodiyotiga qattiq zarba bera boshlaydi. Shu sabab har ikki tomon ham murosaga kelishga majbur bo‘ladi.
Uning iflos shartlari shundan iborat bo‘ladiki, o‘t ochishni to‘xtatish va qo‘shinlarni olib chiqib ketish evaziga Ukraina Qrim, DXR va LXR ustidan Rossiya yurdiksiyasini rasman tan oladi hamda hech qachon NATOga qo‘shilmaslikka va’da beradi. Bundan tashqari, AQSh va uning ittifoqchilari Rossiyaga nisbatan yaqinda joriy etilgan barcha iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilishga rozi bo‘ladi.
Garchi ukrain qurollari kuchlari kamaytirilib, yirik shaharlar ruslar qo‘liga o‘tsa-da, bu pirrik (mag‘lubiyatga teng, katta qurbonlar berilgan) g‘alaba bo‘ladi.
Ukrainlar qo‘zg‘olon va partizanlik kurashini olib boradi, bu esa Rossiyani o‘z resurslarini ko‘proq sarflashga majbur qiladi. NATO ukrain partizanlarini yashirin qo‘llashni davom ettiradi, natijada, partizanlar bilan doimiy kurash shundoq ham sanksiyalar sabab ancha bo‘shab qolgan davlat byudjetini quritadi. Bu esa Rossiya tomonidan zo‘ravonlikning kuchayishiga ham olib kelishi mumkin.
Putin va rus elitasi Brejnev hokimiyati vaziyatiga tushib qoladi. Sovet qo‘shinlarini Afg‘onistonga kiritgan va g‘alabasiz urushni boshlagan Brejnev kabi Putin ham Ukrainada g‘alabasiz urushga kiradi. Natijada, minglab qochoqlar oqimi paydo bo‘ladi, noqonuniy savdo rivojlanadi.



Download 79,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish